Karvonsaroy
Diplomatiya

Xitoy va Rossiya “dunyoni avtoritarizm uchun xavfsiz” qilish rejasini tuzmoqda

Karvonsaroy va AFP

Bir xil rangli boʻyinbogʻ va kostyumdagi Rossiya prezidenti Vladimir Putin (chapda) va Xitoy rahbari Si Szinpin 4-fevral kuni Pekindagi uchrashuvda suratga tushmoqda. [Aleksey Drujinin/Sputnik/AFP]

Bir xil rangli boʻyinbogʻ va kostyumdagi Rossiya prezidenti Vladimir Putin (chapda) va Xitoy rahbari Si Szinpin 4-fevral kuni Pekindagi uchrashuvda suratga tushmoqda. [Aleksey Drujinin/Sputnik/AFP]

Chegaralarida tobora kuchayib borayotgan Gʻarbga xos demokratiyaga ega davlatlarning umumiy tahdididan ruhlangan Rossiya yetakchisi Vladimir Putin va Xitoy rahbari Si Szinpin oʻtgan hafta global siyosiy va harbiy tartibning “yangi davrida” bir safda boʻlishga vaʼda berdilar.

Ikki avtokratik rahbar juma (4-fevral) kuni Pekindagi Qishki olimpiadaning ochilish kunida uchrashib, keng qamrovli va uzoq muddatli kelishuvni eʼlon qildilar. Tahlilchilarning fikricha, bu kelishuv global kuch sifatida Qoʻshma Shtatlarga, NATO ittifoqi va butun liberal demokratiyaga tahdid soladi.

“Ikki davlat oʻrtasidagi doʻstlik chegaralanmagan”, deyiladi ularning uchrashuvdan soʻng eʼlon qilgan qoʻshma bayonotida. “Hamkorlikda taqiqlangan sohalar yoʻq”.

Putin va Si koinot, sunʼiy ong, iqlim oʻzgarishi va internetni nazorat qilish kabi koʻplab sohalarda hamkorlik qilishga kelishib olganlar.

Ukraina bilan chegaradosh harbiy okrugda gazniqoblar bilan mashgʻulot oʻtkazayotgan Rossiya askarlari, 6-fevral. [Rossiya mudofaa vazirligi]

Ukraina bilan chegaradosh harbiy okrugda gazniqoblar bilan mashgʻulot oʻtkazayotgan Rossiya askarlari, 6-fevral. [Rossiya mudofaa vazirligi]

Pekin qonunga zid ravishda suverenitet yoki maxsus yurisdiksiyaga daʼvo qiladigan Janubiy Xitoy dengizidagi raketa fregatidan oʻq uzayotgan Xitoy harbiy xizmatchilari. [Xitoy mudofaa vazirligi]

Pekin qonunga zid ravishda suverenitet yoki maxsus yurisdiksiyaga daʼvo qiladigan Janubiy Xitoy dengizidagi raketa fregatidan oʻq uzayotgan Xitoy harbiy xizmatchilari. [Xitoy mudofaa vazirligi]

Ular, shuningdek, demokratiyaning “hammabop” turi boʻlmasligini aytganlar – bu oʻz taʼsir doirasidagi demokratik harakatlarga qarshi kurashayotgan Moskva va Pekin uchun qulay daʼvodir.

Rossiya va Xitoy oʻzlariga chegaradosh mintaqalarda tashqi kuchlarning xavfsizlik va barqarorlikka putur yetkazish harakatlariga qarshi turishadi, tashqi kuchlarning suveren mamlakatlar ichki ishlariga har qanday bahona bilan aralashuviga, rangli inqiloblarga qarshi kurashish va hamkorlikni kuchaytirish niyatida”, deyiladi bayonotda.

“Tomonlar NATOning yanada kengayishiga qarshi va Shimoliy Atlantika ittifoqini sovuq urush davridagi mafkuraviy yondashuvlardan voz kechishga chaqiradi”, deyiladi “boshqa davlatlar suvereniteti, xavfsizligi va manfaatlarini” hurmat qilishga undovchi hujjatda.

Dunyoni avtoritarizm uchun hozirlash

“Ikki lider qatʼiyat bilan bir safda, AQSH va Gʻarbga qarshi turishini eʼlon qilmoqda – ular sanksiyalarga bardoshli boʻlish va Amerikaning global yetakchiligiga qarshi kurashishga tayyor”, deydi Osiyo jamiyati siyosati institutining (ASPI) xalqaro xavfsizlik va diplomatiya boʻyicha vitse-prezidenti Deniyel Russel Reyter agentligiga.

Vashingtondagi Uilson markazi Kissinjer institutining Xitoy va AQSH boʻyicha direktori Robert Deyli ham shunday fikrda.

“Bu mafkuraviy va harbiy jihatdan Amerika va Gʻarbga qarshi yelkama-elka turish vaʼdasidir”, dedi u The New Yorker nashri bilan suhbatda.

U mazkur kelishuv Rossiyaning sobiq sovet davlatlari, jumladan, Ukraina bilan chegaralarida keskinlik avj olgan va Tayvanga nisbatan Xitoyning harbiy tajovuzi kuchayib borayotgan strategik muhim pallada eʼlon qilinganini alohida taʼkidlagan.

Demokratik va oʻz-oʻzini boshqaruvchi Tayvan doimiy ravishda avtoritar Xitoy bosqini tahdidi ostida yashaydi. Xitoy orolni oʻz hududi deb biladi va uni bir kun kelib, kerak boʻlsa kuch bilan bosib olishga vaʼda bergan.

Tayvan 1949-yildan beri oʻz hukumatiga ega.

Olimpiadaning ochilishi munosabati bilan omma oldida chiqish qilgan Putin va Si “dunyoni, xususan sobiq sotsialistik mamlakatlarni avtoritarizm uchun hozirlashga qatʼiy sodiq ekanliklarini koʻrsatdilar”, deydi Londondagi SOAS universiteti siyosatshunosi Stiv Sang.

“Ittifoqqa” qarshilik

Si Szinpin Ukraina borasidagi pozitsiyasini ochiqlash bilan “Putin bilan birga AQSH hukmronlik qiladigan dunyo tartibiga qarshi chiqishdan manfaatdor ekanligini koʻrsatmoqchi”, deb aytgan Sang AFP bilan suhbatda.

Rossiya, oʻz navbatida, Pekinning Tayvan borasidagi “har qanday mustaqillikka” qarshi boʻlgan “Yagona Xitoy” siyosatini yoqlashini tasdiqlab, soʻnggi ikki yil ichida Gonkongdagi demokratik harakatlarning shafqatsiz bostirilganini qoʻllab-quvvatlagan.

Putin Xitoy bilan kengroq strategik hamkorlikni “munosib” va “misli koʻrilmagan” deb taʼriflagan, Si Szinpin esa ularning qoʻshma kelishuvi “Xitoy, Rossiya va butun dunyoga keng koʻlamli taʼsir koʻrsatishini” aytgan.

Xitoyning rasmiy ommaviy axborot vositalari 2014-yilda Rossiya Qrimni Ukrainadan tortib olgani va Rossiya yetakchisi Gʻarbning qora roʻyxatiga kiritilganidan beri Si va Putin oʻrtasidagi uchrashuvlarni tez-tez yoritib turadi.

Yaqinda Xitoyning Global Times gazetasi taʼkidlaganidek, “bu ikkovlon rasmiy uchrashuvlardan tashqari, aroq, ikra, rus muzqaymogʻi tanovuli va bir-birlarining tugʻilgan kunlarini nishonlash kabi yaqin daqiqalarni ham birga baham koʻrishgan”.

Shotlandiyaning Glazgo shahridagi Riddle tahlil markazi eksperti Anton Barbashinning aytishicha, Rossiya va Xitoy oʻrtasidagi mustahkamlangan munosabatlar hali ham “ittifoq”dan yiroq.

“Ammo biz, xalqaro munosabatlarda yanada muvofiqlashtirilgan choralar, ehtimol Yevropa va Osiyoda bir vaqtdagi kampaniyalarni, shuningdek, Moskva va Pekin oʻrtasidagi iqtisodiy aloqalarning chuqurlashuvini koʻrishimiz aniq”, dedi u AFPga.

Bunday hamkorlikni yoʻlga qoʻyishdagi muammolardan biri – Xitoy va Rossiya iqtisodiyotlari oʻrtasidagi ulkan tafovut. Jahon banki maʼlumotlariga koʻra, 2020-yilda Xitoy yalpi ichki mahsuloti (14,7 trillion dollardan koʻproq) Rossiyanikidan (1,5 trillion dollardan kamroq) qariyb 10 baravar koʻp boʻlgan.

Imkoniyat bahosi

Putinning Ukraina boʻyicha Gʻarb bilan qarama-qarshiligida Si Szinpinning Rossiyani qoʻllab-quvvatlagani burilish nuqtasi boʻldi.

Rossiya Ukraina chegarasida 100 ming askar toʻplagan va Gʻarb davlatlari Moskva hujum qilgan taqdirda unga qarshi halokatli sanksiyalar qoʻllashga vaʼda bergan.

AQSH rasmiylari Moskva Ukrainaga bostirib kirishni oqlash uchun rossiyaliklarga qarshi ukrainaliklar hujumi aks ettirilgan soxta videoni suratga olishni rejalayotgani haqida dalilga ega ekanliklarini aytganlar – Putinning Si bilan uchrashuvi shu voqea ortidan oʻtkazildi.

Putin Ukrainani bosib olish tahdididan NATOni kengaytirmaslikni talab qilish yoʻlida foydalanmoqda va bu borada Pekin endi uni ochiqdan-ochiq qoʻllab-quvvatlayapti.

2008-yilda Rossiyaning Gruziyadagi urushida, shuningdek 2014-yilda Ukrainani bosib olishi yoki Qrimni anneksiya qilishida Pekin Moskvani bunday qoʻllab-quvvatlamagan.

Kiyev va rossiyaparast ayirmachilar oʻrtasidagi qariyb sakkiz yillik urushda 13 mingdan ortiq odam halok boʻlgan.

Biroq bu safar Xitoy uchun foyda oʻzining tarafida boʻlishi mumkin: Ukraina va Sharqiy Yevropa davlatlarida qancha koʻp AQSH askarlari toʻplansa, Pekin bilan Tinch okeanida kurashadigan harbiy vazn shuncha kamroq boʻladi.

Moskvaning Ukrainaga bostirib kirishiga qarshi AQSH javobi Xitoyning Vashington mustaqilligini himoya qilishini bildirgan Tayvanda nazoratni qoʻlga olish boʻyicha har qanday harakatiga kuchli taʼsir qilishi mumkin.

Gʻarbga yon bosish

Oʻz navbatida Kiyev Rossiyaning tajovuzi ortib borishi fonida uni qoʻllab-quvvatlayotgan Gʻarbdagi ittifoqchilariga minnatdorchilik bildirgan.

“2014-yildan beri biz Rossiya Federatsiyasining koʻplab makkorona harakatlariga guvoh boʻldik, ular yolgʻon toʻqib, Ukrainani ayblash uchun hech narsadan toymasligini koʻrdik”, deb aytgan Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kulyoba juma kuni Rossiyaning soxta operatsiyalar haqidagi AQSH razvedkasi hisoboti eʼlon qilinganidan soʻng.

Kulebaning aytishicha, taxmin qilingan rejaning “hayratlanarli” joyi yoʻq.

“Rossiyaning har qanday rejalari va niyatlarining yuzaga chiqishi va biz ularni barbod qila olishimiz juda muhim”, deb aytgan u.

Yevropa yetakchilari, jumladan Britaniya bosh vaziri Boris Jonson va Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdoʻgʻon Kiyevni qoʻllab-quvvatlash uchun tashrif buyurishi ortidan Vashington ham oʻz bayonotini eʼlon qilgan.

Kuleba dastaklarni olqishlar ekan, ular Rossiyaga “xavfsizlik bilan bogʻliq vaziyatni yanada yomonlashtirishga” yoʻl qoʻymaganini aytdi.

Xitoy tajovuziga toʻqnash kelayotgan Tayvan ham Gʻarbning siyosiy va harbiy qoʻllovi uchun oʻz tashakkurini izhor etgan.

Seshanba kuni Taypey havo va raketa hujumiga qarshi mudofaa tizimlarini mustahkamlovchi 100 million dollargacha boʻlgan uskuna va xizmatlarni sotgani uchun Qoʻshma Shtatlarga minnatdorchilik bildirdi.

Tayvan mudofaa vazirligiga koʻra, mazkur bitim mart oyida kuchga kirishi kutilmoqda.

AQSHning mudofaa va xavfsizlik sohasidagi hamkorlik agentligiga koʻra, bitim havo mudofaasi tizimlari uchun muhandislik koʻmagi va texnik xizmat koʻrsatishni oʻz ichiga oladi va “havo operatsiyalariga hozirlikni taʼminlaydi”.

“Qabul qiluvchi tomon bu imkoniyatlardan mintaqaviy tahdidlarni tiyib turish va mamlakat mudofaasini mustahkamlash uchun foydalanadi”, deyiladi.

Soʻnggi oylarda Pekinning Tayvan havo mudofaasi hududiga bostirib kirishlari sezilarli darajada koʻpaygan, ayniqsa 2021-yilning soʻnggi choragida ularning soni keskin oshgan.

AFP toʻplagan maʼlumotlarga koʻra, oʻtgan yili Xitoy hujumchi samolyotlari 969 marta Tayvan hududni buzib kirgani qayd etilgan, bu 2020-yilgi 380 tali koʻrsatkichdan deyarli ikki marta koʻp.

Yangi yilda tendensiyalar oʻzgarmagan: Tayvan mudofaa vazirligi yanvar oyida ikki kun davomida hududga 52 ta jangovar samolyotlar kirib kelganini qayd etgan. Bu qisqa muddat uchun yuqori koʻrsatkich.

“AQSH prezidenti Jo Bayden lavozimga tayinlanganidan keyin Tayvanga ikkinchi marta va joriy yilda birinchi marta qurol sotilishi” deb xabar bergan Tayvan prezidenti idorasi vakili Ksavye Chang seshanba kungi bayonotida.

“Bu Tayvan va AQSH oʻrtasidagi barqaror hamkorlikdan dalolat beradi.”

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 9

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Qrim Ukrainaniki, Vladivostok va Xabarovsk esa tarixan Xitoyga tegishli yerlar!

Javob berish

Change.org saytida “Qodirov RF prezidenti boʻlsin” degan masalada petitsiya paydo boʻlgan. U Rossiya uchun ajoyib prezident boʻlar edi. Ularda kavkazlik moʻylovli yigit bor edi, krepostnoylar uning ketini oʻpishni yaxshi koʻrar edi. Qodirov va Sralinning oʻxshash tomonlari koʻp: ikkalasi ham savodsiz, yoshligida bosqinchilik bilan shugʻullangan, Gʻarbda bank hisoblari boʻlmagan va ikkovi ham inson huquqlarini yomon koʻradi.

Javob berish

Rossiyaliklar Foreksda qariyb 5 yil ichidagi rekord summani yoʻqotdilar; ularning zarari bir chorakda 370 million rublni tashkil etdi.

Javob berish

Bilmaymiz, lekin ehtimol, shaxsan Zelenskiy uchun (u Putinga javob bergani kabi) Ukraina haqiqatan ham sohibjamoldir (garchi u Zelenskiyning oʻzini “goʻzal” deb atagan boʻlsa ham), chunki faqat Ukrainada tentaksimon masxarabozlardan prezidentlar yasaladi. Lekin, koʻpchilik aholi uchun, odamlar bu goʻzallikdan qanchalik tez qochayotganiga qarab aytish mumkinki, haqiqat – buning aksi. Janob Zelenskiy hatto Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashida majlis oʻtkazib, 45 yoshgacha boʻlgan potensial harbiy xizmatchilarga mamlakatni tark etishini taqiqlab qoʻydi. Prezident birdaniga oʻzining “sohibjamoli” bilan yolgʻiz qolib ketmasligi uchun. Tabiiyki, voqealarning bunday rivoji uni qoʻrquvga soladi. Maʼlumki, goʻzallik – qoʻrqinchi kuch. Ukraina misolida bu juda xavfli. Ukraina shunchaki tentak “blondinka” emas, balki Galitsiya qoʻrgʻonchasidan kelgan janjalkash, xunuk, iflos, sochi toʻzigan, hamma undan zir titraydigan fitnachi ayol. U jon-jahdi bilan pokiza muhabbat orzusida yirtilgan yubkasi etagini koʻtarib, boʻrtib chiqqan koʻzlari bilan uni izlab yuradi. Kim qoʻliga tushsa, oʻlgunicha sevib tashlaydi. Buning uchun unda hamma narsaga bor: til, eʼtiqod va telbalik.

Javob berish

Boltiqboʻyida azotli oʻgʻitlar ishlab chiqaruvchi eng yirik Achema kompaniyasi xodimlari butun Litva qoʻshilishi mumkin boʻlgan muddatsiz ish tashlashni boshladilar. Svetlana Tixanovskaya Belarusda keng koʻlamli ish tashlashga chaqirgan edi, lekin bu negadir Litvada yuz berdi

Javob berish

Makfolning tan olishicha, NATOda Ukrainani ittifoq tarkibiga qabul qilish majburiyati yoʻq. Ukraina bunga daʼvogarlik qilishga haqli emas. Tarqalamiz.

Javob berish

Qiziq, ruslar xafa boʻlishdan koʻra, amerika razvedkasiga koʻra, oʻzlarining natsist Ukrainaga bostirib kirish istaklaridan hayratga tushishganidan amerika razvedkasi hali ham bexabarmi?

Javob berish

Demak, Xitoy birinchi boʻlib Rossiyaning jasadini oʻtga tashlamoqchi. Bu yangilik emas – ruslarning toʻp yemi bozorda har doim eng arzoni boʻlgan.

Javob berish

Xitoy va Rossiya ittifoqi chavandoz va otga oʻxshaydi.

Javob berish