Karvonsaroy
Terrorizm

“Islom davlati” yetakchisi oʻz raqibi Tahrir Ash-Shomning burni ostida yashirinib yurgani maʼlum boʻldi

Karvonsaroy va AFP

Suratda: 4-fevral kuni AQSH maxsus kuchlari tomonidan uyushtirilgan reyd chogʻida halok boʻlgan ID yetakchisi Ibrohim al-Hoshimiy al-Qurayshiy yashagan uyning qoʻshnilaridan biri, Idlib viloyatining Atma shaharchasi. [Aaref Vatad/AFP]

Suratda: 4-fevral kuni AQSH maxsus kuchlari tomonidan uyushtirilgan reyd chogʻida halok boʻlgan ID yetakchisi Ibrohim al-Hoshimiy al-Qurayshiy yashagan uyning qoʻshnilaridan biri, Idlib viloyatining Atma shaharchasi. [Aaref Vatad/AFP]

IDLIB – Suriyaning Idlib viloyatida hukmronlik qiluvchi “Tahrir ash-Shom” ekstremistik alyansi yaqinda halok boʻlgan “Islom davlati” (ID) yetakchisining ushbu hududda yashirinib yurganidan bexabar boʻlganini aytgan.

ID yetakchisi Abu Ibrohim al-Hoshimiy al-Qurayshiy payshanba kuni AQSH maxsus kuchlari Idlib shahridagi Atma shahri yaqinida oʻtkazgan reyd chogʻida oila aʼzolari bilan birga oʻzini portlatib yuborgan .

ID yetakchisining taniqli oʻtmishdoshi Abu Bakr al-Bagʻdodiy ham 2019-yil oktyabr oyida Idlibda al-Qurayshiy oʻldirilgan joydan 15 km uzoqlikda oʻtkazilgan reyd chogʻida halok etilgan edi. Har ikki reydda ham kurd kuchlari ishtirok etgan.

Tahrir ash-Shom” oʻzining “qutqaruv hukumati” orqali boshqariladigan shimoli-gʻarbiy viloyatni nazorat qilsa-da, u raqib guruh aʼzolarining kelib-ketishidan bexabar boʻlgan koʻrinadi.

Suriyaning Idlib viloyati va Turkiya oʻrtasidagi Bab al-Havo nazorat-oʻtish punktiga namoyishchilarning kirishiga toʻsqinlik qilayotgan “Tahrir ash-Shom” jangarilari, 2019-yil, 20-sentyabr. [Umar Haj Kadur/AFP]

Suriyaning Idlib viloyati va Turkiya oʻrtasidagi Bab al-Havo nazorat-oʻtish punktiga namoyishchilarning kirishiga toʻsqinlik qilayotgan “Tahrir ash-Shom” jangarilari, 2019-yil, 20-sentyabr. [Umar Haj Kadur/AFP]

Bu Idlibda tartibsizlik va qonunsizlik hukm surayotganidan darak beradi va Tahrir ash-Shom hukmronligi jiddiy emasligini fosh qiladi, deydi kuzatuvchilar.

Bu holat, shuningdek, Idlibda anchadan beri bir-biriga hujum qilib kelayotgan oʻzaro raqib ekstremistik guruhlar oʻrtasidagi zoʻravonlikning navbatdagi bosqichini avj oldirishi mumkin.

Yakshanba kungi bayonot bergan “Tahrir ash-Shom” AQSH maxsus kuchlari nishonga olgan uyda “kimlar yashaganidan”dan bexabar boʻlganini aytgan.

Suriya inson huquqlari observatoriyasi maʼlumotlariga koʻra, vaqti-vaqti bilan mintaqadagi IDga aloqador toʻdalarga qarshi amaliyotlar olib boragan “Tahrir ash-Shom” soʻnggi oylarda IDga aloqador qurolli ekstremistlarga qarshi jang qilib kelmoqda.

Soʻnggi yillarda Tahrir ash-Shom oʻzini faqat Suriya masalalariga ixtisoslashgan moʻtadil oʻyinchi sifatida koʻrsatishga harakat qilsa-da, koʻpchilik bunga ishonqiramay, guruhning zoʻravonlikka oid amaliyotlariga ishora qiladi.

Soyadagi “Tahrir ash-Shom”

Al-Qurashiy ID amaliyotlari hududidan uzoqda joylashgan Tahrir ash-Shom nazorati ostidagi Atma shahrida ijaraga olgan xonadoniga tungi reyd chogʻida oʻldirilgan.

“Tahrir ash-Shom” oʻz eʼtiroficha, ID yetakchisi uning hududida boʻlganidan bexabar qolgan boʻlsa-da, AQSH rasmiylariga koʻra, oʻtgan yili al-Qurayshiyning ehtimoliy joylashuvi toraygan.

ID yetakchisi yashiringan bino egasining aytishicha, al-Qurayshiy u yerda 11 oydan beri yashagan.

Payshanba kuni reyd boshlangan vaqtda Atma aholisi AQSH kuchlari al-Qoida yetakchisini nishonga oldi, deb oʻylashgan.

Soʻnggi oylarda AQSH maxsus kuchlari Idlib hududidagi ekstremistlarga qarshi bir qator muhim operatsiyalarni olib bordi.

Atma aholisi zaytun daraxtlari bilan oʻralgan, kamtargina ikki qavatli uyda yashovchi qoʻshnilari aslida ID yetakchisi ekanligidan qattiq hayratga tushganlar.

Hatto uy egasi Muhammad al-Shayx ham bu yangilikdan hayratda qolgan. U uyini taksi haydovchisiga ijaraga bergan deb oʻylagan.

Al-Shayx al-Qurayshiy uyni bir yilcha avval ijaraga olganini aytib oʻtgan.

“Bu odam shu uyda 11 oy yashab keldi. Unda hech qanday gʻalati narsa sezmadim”, deb aytgan al-Shayx. “Ijara pulini toʻlab ketardi.”

“Agar u haqida bilganimda, hecham uyimda yashashiga yoʻl qoʻymagan boʻlardim”, deb aytgan u.

Idlib viloyatidagi qonunsizlik

Tahlilchilarga koʻra, Al-Qurayshiy Iroq va Suriya chegarasidagi, Dajla va Furot daryolari oʻrtasidagi qurgʻoq yerlarda ID markazidan uzoq boʻlgan hududda topilgani hayratlanarli emas.

“Idlib boshpanasiz qolgan odamlarga toʻla, huquqni muhofaza qilish xodimlari deyarli ishlamaydigan, davlat yoki roʻyxatga olish tizimi yoʻq tartibsiz urush hududi”, deb aytgan Century International xodimi Aron Lund.

ID haqidagi kitob muallifi, tahlilchi Hasan Hasanga koʻra, Idlib – ID yetakchisi uchun ekstremistlarni izlab topish boʻyicha bir necha yillik tajribaga ega IDga qarshi kuchlar boʻlgan gʻarbiy Iroq yoki sharqiy Suriyaga nisbatan xavfsizroq hisoblanadi.

“Bu yer ID uchun dushman hududi, chunki raqobatchilar Suriyaning shimolida yetakchilik qiladi, ammo hech kim izlamaydigan bu yerlar – yashirinish uchun eng toʻgʻri joy”, deb aytgan u.

Hasanga koʻra, al-Qurayshiyning yaqin yordamchilari hududda ikki yildan beri guruh operatsiyalarini boshqarib, tadbirkorlik bilan shugʻullanib kelishgan.

Shunga qaramay, “guruh zaif va himoyasiz qolmoqda”, deb aytgan u. Payshanba kungi reyd ID yetakchilarini kuzatish vazifasi yuklangan AQSH va ittifoqdosh kuchlarning ortib borayotgan samaradorligiga yana bir dalil boʻla oladi, deb qoʻshimcha qilgan u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 8

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Rossiyaliklarning 20% dan koʻpi hech qanday jamgʻarmasi yoʻqligini tan oldi. Jamgʻarmasi borlarning uchdan ikki qismi esa toʻrt oyga ham yetib bormaydi. Bechoralar...

Javob berish

Si Szinpin Rossiyani tugatish boʻyicha komissiyaga rahbar boʻlgan koʻrinadi.

Javob berish

Rossiyadagi oʻqituvchilarning toʻrtdan uch qismi eng kam ish haqidan kamroq maosh oladi. Bu haqda Federatsiya kengashning fan, taʼlim va madaniyat qoʻmitasining chorshanba kungi yigʻilishida Taʼlim vazirligi bayonot bergan, deb xabar beradi “TASS”. Vazirlik hisob-kitoblariga koʻra, 2021-yil dekabr oyi holatiga pedagoglarning 76 foizi qonunchilikda belgilangan oyiga 12 800 rubl miqdoridagi eng kam ish haqidan kamroq maosh olishgan. ----------------------------------- Rossiya borgan sari qashshoqlikka tushib bormoqda.

Javob berish

Agar Britaniya Tashqi ishlar vazirligi cherkov maktabi 5-sinf oʻquvchisining bilim darajasini namoyish etayotgan boʻlsa, Ukrainadagi hayvonot bogʻida qanday maymun ishlayotganini tasavvur qila olasizmi? Rossiyaning “tajovuzkorligi”, Skripallar va Navalniyning “zaharlanishi”, Iroq biologik qurollari va Asadning “kimyoviy hujumi”ga koʻr-koʻrona ishonish ham shundan kelib chiqadi.

Javob berish

Jonajon qozoq xalqiga qandaydir yordam berishga oid ommaviy chaqiriqdan so‘ng, Nazarboyevning oilasi va uning yaqin safdoshlari epchillik bilan amalga oshirilgan shubhali sxemalar yordamida toʻplagan boyliklaridan oz qismini Tokayev jamgʻarmasiga istar-istamas oʻtkaza boshladilar.

Javob berish

Axir “Islom davlati” – ruslarning mahsuli-ku. Shuning uchun ham Rossiyalik askarlar IDga tegmay, Suriya xalqini bombardimon qildi. Ruslar tarafidan sodir etilgan yana bir genotsid.

Javob berish

Amerika Yaponiyadagi elchisi uni Rossiya noqonuniy egallab turgan Kuril orollarini qaytarish daʼvosini qoʻllab-quvvatladi.

Javob berish

Rossiya Ukrainaga hujum qilay deb turgandi; chegaraga juda koʻp qoʻshin joʻnatdi, lekin NATOning qatʼiy ogohlantirishidan keyin Rossiyaning popugi nolga tushdi.

Javob berish