Karvonsaroy
Diplomatiya

Markaziy Osiyolik tahlilchilar: tanglik kuchayib borgani sari Kreml oʻzini jabrdiyda qilib koʻrsatishga urinmoqda

Kanat Altinbayev

7-fevral kuni Moskvada Fransiya prezidenti Emmanuyel Makron bilan uchrashuvidan soʻng oʻtkazilgan qoʻshma matbuot anjumanida imo-ishora bilan gapirayotgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin. [Tibo Kamyu/Pool/AFP]

7-fevral kuni Moskvada Fransiya prezidenti Emmanuyel Makron bilan uchrashuvidan soʻng oʻtkazilgan qoʻshma matbuot anjumanida imo-ishora bilan gapirayotgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin. [Tibo Kamyu/Pool/AFP]

OLMAOTA – Ukraina bilan chegarada keskinlik avj olar ekan, Rossiya oʻzini qurbon sifatida koʻrsatishga urina turib, ehtimoliy bosqinga tayyorlanish uchun harbiy hozirlik va mashqlarni kuchaytirmoqda.

Soʻnggi oylarda Kiyev va uning Gʻarbdagi ittifoqchilari Ukraina bilan chegarada rossiyalik askarlar toʻplanganidan xavotir bildirib, Rossiya prezidenti Vladimir Putinni yirik hujumni rejalayotganlikda ayblamoqda.

Chorshanba (9-fevral) kuni Pentagon matbuot kotibi Jon Kirbi Rossiya Ukraina bilan chegarada qoʻshin toʻplashda davom etayotgani va hozirda “100 mingdan koʻproq” harbiy xizmatchi joylashtirganini aytdi.

“Biz soʻnggi 24 soat ichida ham Rossiyaning turli hududlaridan Ukraina va Belorussiya chegarasiga qoʻshimcha kuchlar oqib kelayotganini koʻrib turdik”, dedi u aniq raqamlarni keltirmay.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning yanvar oyidagi iqtiboslaridan biri.[Karvonsaroy]

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning yanvar oyidagi iqtiboslaridan biri.[Karvonsaroy]

Ukrainaning ikkinchi eng yirik shahri Xarkovdan 40 km uzoqlikda, Rossiya bilan chegarada joylashtirilgan ukrainalik askarlardan biri, 7-fevral. [Sergey Bobok/AFP]

Ukrainaning ikkinchi eng yirik shahri Xarkovdan 40 km uzoqlikda, Rossiya bilan chegarada joylashtirilgan ukrainalik askarlardan biri, 7-fevral. [Sergey Bobok/AFP]

Dushanba kuni Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat boʻyicha rahbari Xosep Borrel Ukraina chegarasida “140 mingdan ortiq ogʻir qurollangan [rossiyalik] askarlar” borligini aytgan.

“Tushunishimcha, biz Sovuq urush tugaganidan beri Yevropadagi xavfsizlik uchun eng tahdidli zamonda yashayapmiz”, dedi u Vashingtonda AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken bilan qoʻshma matbuot anjumani chogʻida jurnalistlarga.

Borrell va Blinken postsovet mamlakat chegaralaridagi vaziyatdan “jiddiy xavotir” izhor etganlar.

“140 ming askar choy ichish uchun chegarada toʻplangani yoʻq”, deb taʼkidladi Borrel.

Kreml tashviqoti va tajovuzi

Kreml Ukrainaga bostirib kirish rejasini inkor etsa-da, soʻnggi oylarda Qoʻshma Shtatlar va NATOni “beqarorlashtiruvchi” harakatlarni amalga oshirayotgan tajovuzkorlar deb taʼriflovchi tashviqotni kuchaytirgan.

“Rossiya hukumati amaldorlari yolgʻondan Rossiyani doimiy jabrdiyda, uning agressiv harakatlarini esa Qoʻshma Shtatlar hamda bizning demokratik ittifoqchi va hamkorlarimiz harakatlariga nisbatan majburiy javob chorasi qilib koʻrsatmoqda”, deyiladi AQSH Davlat departamentining 20-yanvar kungi bayonotida.

“Bu daʼvolarni ilgari surayotgan Rossiya javob qaytarish uchun oʻzining sevimli yorliqlaridan birini – “rusofobiyani” qoʻllashga urinmoqda, deyiladi Kremlning umumiy dezinformatsiya mavzularini oʻz ichiga olgan bayonotda.

“2014-yilda Ukrainaga bostirib kirganidan keyin Rossiya hukumati va davlat nazoratidagi dezinformatsiya vositalari Rossiyaning harakatlarini shubha ostiga olganlarni ksenofob rusofoblikda ayblay boshladi”.

“Kreml, agar haqiqat uning manfaatlariga mos kelmasa, koʻplab soxta voqeliklarni oʻylab topish va axborot muhitiga chalkashliklar kiritishga urinib turadi”, dedi u.

Mustaqil tadqiqotchilar, masalan, ijtimoiy tarmoqlarda Ukrainani etnik ruslarga qarshi genotsid rejalashda ayblovchi postlar koʻpayganini payqadilar, deb yozadi The New York Times 25-yanvar kuni.

Tadqiqotchilarga koʻra, Moskva va uning onlayn ittifoqchilari gʻarbiy ukrainaliklar natsizmga aloqador degan daʼvolarni ilgari surib, Qoʻshma Shtatlarni vositachi kuchlardan foydalangan holda kimyoviy hujum rejalaganlikda ayblagan.

Boshqa bir tashviqotda esa Rossiyaning rejadagi harbiy amaliyotlari etnik ruslarni himoya qilish yoki NATOning ogohlantiruvchi choralariga qaratilgani daʼvo qilinadi.

Yolgʻonlar tarixi

Ammo Markaziy Osiyoliklar Kremlning yolgʻonlariga ishonayotgani yoʻq.

Tarixdan maʼlumki, “Moskvaning oʻzi tajovuzkor boʻlib”, Moldova, Gruziya va Ukraina kabi bir qancha sobiq ittifoq respublikalarining hududiy yaxlitligiga putur yetkazgan”, deydi Qozogʻiston Milliy xavfsizlik qoʻmitasining (KNB) sobiq raisi, hozirda Avstriya poytaxti Venada yashovchi Alnur Musayev.

U Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning 28-yanvar kungi bayonotiga ishora qildi: Lavrov boshqa davlatlarni Ukraina xavfsizligini Rossiya hisobidan mustahkamlamaslik haqida ogohlantirgan.

Rossiya Ukrainaning subyektligi va suverenitetini inkor etmoqda hamda urush boshlash niyatini eʼlon qilgan, dedi Musayev.

“Putin Rossiyani boshqargan yillar davomida Kremlning axborot siyosati yolgʻon asosiga qurildi hamda mamlakatni dushmanlar va rusofoblar qurshab olgani taʼkidlab kelindi”, dedi Musayev.

Kremlning Rossiyani “jabrdiyda” qilib koʻrsatuvchi tajovuzkor tashviqoti Qozogʻistonni ham chetlab oʻtmadi”, deb qoʻshimcha qildi u.

Musayev Shimoliy Qozogʻiston hududi Rossiyaga tegishli ekanliginini taʼkidlovchi va qozoq millatchilarini rus tiliga bosim oʻtkazishda ayblovchi provokatsion bayonotlarga ishora qilgan.

“Bu ayblovlar gibrid urush rejasiga koʻra, Qozogʻistonning shimoliy viloyatlaridagi strategik obyektlarni tezda egallab olib, u yerda ishgʻol rejimini oʻrnatadigan qoʻporuvchilik va razvedka boʻlinmalarini tayyorlash uchun Rossiya xavfsizlik kuchlariga bahona boʻlib xizmat qiladi”, dedi u.

Qozogʻiston shimoliy viloyatlarida huquqni muhofaza qilish idoralari va chegara qoʻshinlarini kuchaytirish orqali bu ssenariyga tayyor turishi kerak, deb aytgan Musayev. U ishonchli xodimlar, zamonaviy qurollar va harbiy texnikani joylashtirishni maslahat bergan.

“Mislsiz” zoʻravonlik

Rossiya oʻzini hatto kichik Qirgʻizistonning qurboni boʻlayotgandek qilib koʻrsatishga ham uringan.

Oʻtgan yil avgust oyida Bishkekdagi savdo markazida mast holatdagi mijoz hisobchi ayolning qirgʻiz tili oʻrniga rus tilida murojaat qilgani uchun unga qarata kalkulyatorni uloqtirgan. Bu Rossiya rasmiylari bu holatni zulm oʻtkazish deb daʼvo qilganlar.

Rossiya prezidenti huzuridagi Fuqarolik jamiyati va inson huquqlari boʻyicha kengash holatni “Qirgʻizistondagi vatandoshlarimizga qarshi nodoʻstona harakat” va “til va milliy mansublik asosida rusiyzabonlarni haqorat qilish harakati” deb nomladi.

Oʻsha oyda Rossiya davlat Dumasi deputati Vladimir Jirinovskiy Moskvadagi Qirgʻiziston elchixonasi oldida namoyish ham uyushtirgan.

“Qandaydir haromilar butun sobiq Sovet ittifoqi boʻylab, Ukrainadan tortib Markaziy Osiyogacha ruslarni mazax qilib, oʻldirmoqda”, deb daʼvo qilgan u. “Bunga qachongacha chidash mumkin?”

Rossiya “Qirgʻizistonga qarshi misli koʻrilmagan koʻlamdagi tashviqot va siyosiy hujumini amalga oshirmoqda”, deydi bishkeklik siyosatshunos Askat Dukenbayev.

Rossiya rejimi millatchilarni qoʻzgʻatish uchun soxta xabarlardan foydalanib kelgan, deydi Dukenbayev.

2014-yilda Rossiya axborot agentliklari Ukrainada uch yashar etnik rus bolasi ukrainalik askarlar tomonidan xochga mixlangani taxmin qilingan xabarni tarqatgan edi. 2016-yilda ular arab migrantlari Germaniyada 13 yashar rus qizni zoʻrlagani haqida xabar berishgan. Bularning hech biri aslida roʻy bermagan.

“Rossiya tashviqotchilari rossiyalik irredentistlar uchun achchiq boʻlgan Qirgʻizistondagi millatlararo munosabatlar muammolaridan foydalanadi”, deydi Dukenbayev.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 29

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Qant shahridagi Rossiya harbiy bazasiga qarshi boʻlgan qirgʻizistonliklar soni ortib bormoqda. Prezident S.J. bizga Rossiya bazasi kerak emasligini tushunmayapti! RFga daf boʻlishsin. Qirgʻiziston – tinch va erksevar respublika, bizda Rossiya harbiy bazalari boʻlmasligi kerak! Rus dunyosining rahm-shafqati va kuyinchakligi soʻnggi asrlarning eng soxta va xavfli afsonalaridan biridir. Oʻzbekiston prezidenti SH. Mirziyoyev buni juda yaxshi biladi va “sovunli” KXSHTga kirishdan bosh tortib toʻgʻri qilmoqda! SH. Mirziyoyev – oʻz qadamlarini oldindan hisoblab chiqadigan aqlli va ziyrak donishmand!

Javob berish

Oʻzbekiston uning “Ittifoq davlati”ga qoʻshilishi mumkinligini aytgan Lukashenkoga qatʼiy javob qaytardi. Rossiya deb atalgan qashshoq va qoloq axlatxona hech kimga kerak emas.

Javob berish

Maʼlum boʻlishicha, Jirinovskiy ikki hafta davomida kasal ekanligini yashirgan. Endi esa Rossiya hukumatidagilarning yarmi koronavirus bilan kasallangan. Tik turib olqishlayman!

Javob berish

Videooʻyinda FSB binosini portlatgan rossiyalik oʻsmirlar besh yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Men jinoyatchi rolini oʻynagan barcha aktyorlarni hibsga olishni va Gitler rolini oʻynaganlarni otib tashlashni taklif qilaman. Uch marta.

Javob berish

Rossiya qimmatli qogʻozlar bozori qariyb doimiy inqiroz holatida deb topildi. Rossiya xalq xoʻjaligi va davlat boshqaruvi akademiyasi maʼlumotlariga koʻra, 25 yillik tarixining 20 yili davomida bu bozor “moliyaviy inqiroz” holatida boʻlgan.

Javob berish

Rossiya kommunistlari yetakchisi Zyuganov ham Jirinovskiy kabi COVID bilan kasalxonada. Dabdabali dafn marosimlari yaqinlashmoqda.

Javob berish

Tovuq qush boʻlolmaydi, rus choʻchqasi esa odam boʻlmaydi.

Javob berish

25/31 Karvonsaroyning magʻlubiyati munosib qayd etildi! Bu yerda boshqa fikr bildirmaymiz!

Javob berish

Buyuk Britaniyaning Ukrainadagi elchisi Melinda Simmons: Rossiya ularga hujum qilishda ayblamasligi uchun Britaniya xoxollarni mudofaa qurollari bilan taʼminlamoqda. Jin ursin, bu tashviqot shedevri-ku. Oʻtgan haftalar davomida bundan yaxshiroq narsani eshitmadim. Qariya Gebbels tik turib qarsak chalyapti.

Javob berish

AQSH davlat departamenti amerikaliklarga mavjud tijoriy transport vositalaridan foydalangan holda Ukrainani “darhol” tark etishni tavsiya qildi. Bu gullab-yashnagan Yevropaning xoxollar davlatida yevrointegratsiya va “qadr-qimmat” inqilobining 9 yilligi!

Javob berish

Karvonsaroy adminlari! Men ham Rossiya haqida boʻlmagʻur narsalarni yozmoqchiman! Kimga murojaat qilishim kerak?

Javob berish

Bayden amerikaliklarni zudlik bilan Ukrainani tark etishga chaqirdi. Anglo-sakslar nimanidir rejalashtirayotgani aniq.

Javob berish

Rossiya 48 soat ichida chegaradagi oʻz harbiy kuchlari joylashgan hududlarni, qoʻshinlari sonini, qurol va harbiy texnika turlari haqida xabar berishi kerak, dedi Kuleba. Narkoman.

Javob berish

Nasliy qarol va krepostnoylar hech qachon ozod Ukrainani magʻlub eta olmaydilar.

Javob berish

Rossiya qimmatli qogʻozlar bozori doimiy inqiroz holatida deb topildi. Rossiya xalq xoʻjaligi va davlat xizmati akademiyasi hisob-kitoblariga koʻra, bozor 25 yillik tarixining 20 yili davomida “moliyaviy inqiroz” holatida boʻlgan.

Javob berish

Shirakayf moskvalik 13-qavatning derazasidan “VDV uchun!” [Rossiya havo-desant kuchlari] degan qichiriq bilan qor uyumiga sakradi. Hozir u reanimatsiyada. Savol: Rus choʻchqasini ham odam qilish mumkinmi?

Javob berish

Putin – chala Gitlerning oʻzginasi, u hatto shunday boʻlishni ham uddalay olmadi; shu darajada uquvsiz va befahm.

Javob berish

Jirinovskiy koronavirusga qarshi sakkizta vaksina olgan, ularning hammasi Rossiyada ishlab chiqarilgan. Hozir u ogʻir ahvolda hushsiz yotibdi. Umid qilamanki, Rossiya sogʻliqni saqlash tizimi uyaltirib qoʻymaydi )))

Javob berish

Polshaning PGNiG kompaniyasi 2017-yil 1-noyabrdagi so‘rov asosida “Gazprom”dan narxni pasaytirish talabi bilan sudga murojaat qildi. Yigitlar, siz 2020-yilda gazning bozor narxini talab qilib, “Gazprom”ga qarshi ishda g‘alaba qozongan edingiz, shunday emasmi? Polyaklarning xotirasi baliqlarnikidakami?

Javob berish

Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Ben Uolles Moskvaga keldi. Janob Uollesga eng yaxshi maslahat: jim turganing maʼqul. Hech narsa dema. Shunday qilsang, Britaniya hukumatidagi hamkasbingdan ancha aqlliroq koʻrinishing aniq.

Javob berish

15-fevral Rossiya uchun juda qiyin kun. U Ukrainaga bostirib kirishi kerak, shu kunning oʻzida Germaniya kansleri Olaf Sholts Moskvaga tashrif buyuradi, Navalniyning sudi boshlanadi, XOQ esa Kamila Valieva masalasida qaror chiqaradi.

Javob berish

Demokratiya yangiliklari. Amerika politsiyachilari oʻtgan yili 1055 kishini otib oʻldirgan. Bu 2015-yildan beri eng yuqori ko‘rsatkich, deb yozadi Washington Post.

Javob berish

Rossiyalik narkomanlardan yana bir nechtasi Pekin Olimpiadasida doping bilan ushlandi.

Javob berish

Rossiya kulgili ultimatumi bilan oʻziga NATOdan xavfsizlik kafolatini talab qilmoqda.

Javob berish

“AQSH Kanadani chegaraning bir qismini toʻsib qoʻygan namoyishchilarni toʻxtatishga chaqirmoqda.” Yana bir bor: AQSH Kanada hukumatini tinch namoyishni tarqatishga chaqirdi. Qanday sharmandalik. AQSH erkinlik va demokratiyani boʻgʻmoqda.

Javob berish

Jo amerikaliklarni Ukrainani zudlik bilan tark etishga chaqirdi: “Amerika fuqarolari hoziroq ketishlari kerak”. Bu jazavaga oʻxshaydi; Jo Ukrainada qon toʻkilishiga shunchalik ishtiyoqmandki, “er muzlagunicha” kutishni istamayapti. Provokatsiya uchun unga bu kerak emas, baribir.

Javob berish

Rossiyani terrorizmni qoʻllab-quvvatlovchi davlatlar roʻyxatiga kiritsa ham boʻladi.

Javob berish

Rossiyaning eng katta besoqolbozi oʻrtoq Jirinovskiy koronavirus bilan reanimatsiyada yotibdi. Arzimas, lekin yaxshi yangilik.

Javob berish

Chunki Rossiya fashist davlatga aylanib bormoqda.

Javob berish