Karvonsaroy
Xavfsizlik

Rossiya qoʻllovidagi yollanma askarlar Afrikadan chiqib, Ukrainaga kirishga tayyorlanmoqda

Karvonsaroy va AFP

Kremlning “Turist” filmidan olingan lavha: Afrikadagi rossiyalik yollanma askarlar operatsiya vaqtida drondan foydalanmoqda. [Fayl]

Kremlning “Turist” filmidan olingan lavha: Afrikadagi rossiyalik yollanma askarlar operatsiya vaqtida drondan foydalanmoqda. [Fayl]

OAV xabarlariga koʻra, Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi keskinlik avj olar ekan, misli koʻrilmagan sondagi Kremlga aloqador yollanma askarlar Afrikadagi qaynoq nuqtalardan chiqib, Suriya va Sharqiy Yevropaga qaytmoqda.

Rossiya fevral oyi boshida 300ga yaqin suriyalik jangarilarini Liviyadan olib chiqib ketgan, deb xabar beradi “al-Suvayda 24” 3-fevral kuni.

Kreml qoʻllovidagi “Vagner guruhi” xususiy harbiy kompaniyasi (XHK) tomonidan yollangan bu askarlar yetti oydan koʻproq vaqt davomida Liviyaning al-Jufra hududidagi Rossiya nazoratida boʻlgan neft obyektlarida qoʻriqchi boʻlib xizmat qilgan.

Ular Liviyaning sharqiy qismidagi Bengʻozi aeroportidan joʻnab ketib, Suriyaning Xmeymim havo bazasiga qaytganlar, deb xabar beradi “Al-Suvayda 24” manbalari.

Suriyaning sharqiy (Badiya) sahrosida qurol koʻtarib turgan “Vagner guruhi” yollanma askarlari. [Fayl]

Suriyaning sharqiy (Badiya) sahrosida qurol koʻtarib turgan “Vagner guruhi” yollanma askarlari. [Fayl]

Belarus davlat televideniyesining videolavhasida 2020-yil iyul oyida nomaʼlum manzilga ketishda Belarusga kirgan oʻnlab “vagnerchilar” aks etgan. [Fayl]

Belarus davlat televideniyesining videolavhasida 2020-yil iyul oyida nomaʼlum manzilga ketishda Belarusga kirgan oʻnlab “vagnerchilar” aks etgan. [Fayl]

Odatda Rossiya har uch-etti oyda Liviyadagi yollanma askarlarini almashtirib turadi. Ammo yaqinda amalga oshirilgan rotatsiyaning eʼtiborli tarafi shundaki, Liviyaga oʻringa-oʻrin birorta ham jangchi yuborilmagan.

Jangarilar ortga chekinmoqda

Vagner mavjud boʻlgan boshqa faol nuqtalarda ham shunday ssenariy amalga oshirilmoqda.

Oʻtgan oyda oʻnlab “Vagner” yollanma askarlari Markaziy Afrika Respublikasini (MAR) tark etdi, undan ham koʻprogʻi bir necha hafta ichida ketishga hozirlik koʻrgan, deb yozadi Daily Beast 31-yanvar kuni ikki yuqori martabali harbiy zobitning soʻzlariga tayanib.

“Odatda kimdir ketganini eshitsak, ular juda oz, baʼzan bir oy ichida besh-olti kishi ekanligini bilib olamiz”, dedi poytaxt Bangidagi harbiy shtabda ishlaydigan ofitserlardan biri.

“Bir oy ichida oʻnlab odamlar ketganini birinchi marta eshityapmiz”, dedi u.

Manbalarning taʼkidlashicha, MARni tark etgan Vagner yollanma askarlari oʻrniga keyinchalik boshqalari keladimi yoki yoʻqmi, aniq emas.

“Ularning rahbarlari bizga 20 ga yaqin rossiyalik shu yilning yanvar oyida Sharqiy Yevropaga joʻnab ketganini aytishdi”, dedi ruslar bilan yaqindan hamkorlik qiluvchi boshqa bir amaldor.

The Daily Beast yaqinda Vagner guruhi hibsga olgan odamning soʻzlarini ham keltirgan – u oʻzi hibsda saqlangan lagerdagi MAR qoʻshinlari yollanma askarlarning toʻsatdan Ukrainaga ketayotgani haqida gapirganlarini eshitgan.

“Lagerda boʻlgan 15 kunimiz davomida yetib kelganimizda bizni hibsda saqlagan toʻrt nafar rossiyalikni faqat ikki kungina koʻrdik”, deydi Patris Gaopandiya. Ruslar u yashaydigan tumanga bostirib kirib, muntazam ravishda yoshlarni majburiy mehnat uchun hibsga olgan mahal u boshqa uch kishi bilan birga hibs qilingan.

“Keyinchalik biz FACA [MAR hukumati] askarlari ruslarning Ukrainaga joʻnab ketishganini aytganlarini eshitdik”, dedi Gaopandiya.

Rossiya yollanma askarlari Afrikaning bir qator qaynoq nuqtalarini tark etish bosimi ostida qolayotgan va Kreml oʻz diqqatini Ukrainaga qaratgan bir paytda, qoʻshinlarning toʻsatdan olib chiqib ketilishi tasodif emas, deydi kuzatuvchilar.

Yollanma askarlarning bu harakati AQSH boshchiligidagi Ukraina ittifoqchilari soʻnggi haftalarda Kiyevga qoʻshimcha qurol joʻnatayotgan va chegarada 100 mingdan ortiq askar toʻplagan Moskvaning keng koʻlamli bosqinni rejalayotgani haqida ogohlantirgan paytga toʻgʻri kelgan.

Razvedka maʼlumotlariga koʻra, Rossiyaning Ukrainaga qarshi gibrid urushi, jumladan, soxta bayroq operatsiyalari, kiberhujumlar va dezinformatsiya va hozirda maxfiy harbiy operatsiyalarga oʻxshash amaliyotlari kuchayib borishi fonida Moskva Kiyevga qoʻgʻirchoq liderni qoʻymoqchi.

“Moskvaning eng himoyalanmagan siri”

Vagner yollanma askarlari ilk bor Ukrainada 2014-yilda – Rossiya Qrimni anneksiya qilgan paytda joylashtirilgan. Oʻshandan beri Rossiya mamlakat sharqida avj oldirgan ayirmachilik nizosi tufayli 13 mingdan ortiq kishi halok boʻlgan.

Oʻshandan beri Vagner yollanma askarlari butun dunyoda, jumladan Suriya, Mozambik, Sudan, Venesuela, Liviya MAR, Chad va Malidagi mojarolarda ishtirok etgan.

Karnegi jamgʻarmasining tahlil markazi Vagnerni “Moskvaning eng himoyalanmagan sirlaridan biri” deb taʼriflagan.

Markaz maʼlumotlariga koʻra, guruhning ikkita asosiy maqsadi bor: “Urush hududlariga jangarilarni joylashtirishda Kremlni haqiqatnamo inkor bilan taʼminlash” va “zaif davlatlarda bosim oʻtkazishga tayyor boʻlish”.

Vagner guruhi ortida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning yaqin safdoshi, rus tadbirkori Evgeniy Prigojin turishi taxmin qilinadi.

Prigojin shuningdek, Vagner guruhi yollanma askarlari “qahramon” qilib koʻrsatilgan bir qancha filmlarni ham moliyalashtirgan.

Soʻnggi film – “Granit” MARda suratga olingan boʻlsa ham, voqealar Mozambikda boʻlib oʻtadi, u yerda Vagner guruhining “yoʻriqchilari” 2019-yilda Mozambik armiyasiga radikal isyonchilarga qarshi kurashda yordam bergan.

U “Turist” filmidan bir necha oy keyinroq chiqqan boʻlib, isyonchilar nazorati ostidagi hududning MAR kuchlari va ularning rossiyalik ittifoqchilari tomonidan qaytarib olingani haqida hikoya qiladi.

Prigojin Vagnerni moliyalashtirishini rad etib keladi, Kreml esa Rossiya qonunchiligiga koʻra noqonuniy tashkilot hisoblangan XHK bilan aloqador ekanligini tan olmaydi.

Shunday boʻlsa-da, Qoʻshma Shtatlar va Yevropa Ittifoqi (YI) Prigojin va Vagner guruhiga qarshi bosimni kuchaytirgan.

2020-yil oktabr oyida Yevropa Ittifoqi Vagner guruhi qoʻllovida Liviyadagi vaziyatni beqarorlashtirgani uchun Prigojinga nisbatan sanktsiyalar joriy qilgan edi.

Oʻtgan yilning dekabr oyida YI Kengashi Vagner guruhining oʻziga, shuningdek, unga aloqador sakkiz shaxs va uch kompaniyaga nisbatan sanktsiyalar qoʻllab, guruhning Ukraina, Suriya, Liviya va MDHdagi “beqarorlashtiruvchi faoliyati” va “zararli taʼsiri”ni tilga olgan edi.

2021-yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining bir guruh ekspertlari MAR askarlari va Vagner harbiylari tomonidan inson huquqlarining poymol qilinishi tinch aholi orasida qurbonlarga olib kelayotgani haqida ogohlantirgan.

BMT bir yil davomida 526 ta inson huquqlarining buzilishi va cuiisteʼmol holatlarini qayd etgan boʻlib, tashkilot ekspertlarining taʼkidlashicha, ular kamida 1221 kishining, jumladan 144 nafari tinch aholining oʻlimiga sabab boʻlgan.

Oʻtgan oyning oʻzida Rossiya yollanma askarlari MARning Aygbado qishlogʻi yonida otishma sodir etib, 70 nafar tinch fuqaro hayotiga zomin boʻlgan, deb xabar bergan guvohlar va omon qolganlar Daily Beast nashriga.

Bir oyda 10 million AQSH dollari

Rossiya XHKlari Afrikada Kreml taʼsirini kuchaytirar ekan, yollanma askarlar ortiqcha doʻstga aylanmoqda, deydi tahlilchilar.

Masalan, MARda prezident Fosten Arkanj Tuadera oʻz hukumatini saqlab qolish uchun 2020-yilning oxirida Kremldan yordam soʻragan.

Prezident saylovi arafasida isyonchilar Bangi tomon harakatlanar ekan, Tuaderaga vaziyatni oʻnglashga koʻmaklashish uchun Rossiya yuzlab askarlarini yuborgan.

Vagner yollanma askarlari amalga oshirgan bu harakatlar va zoʻravonliklarda ayblovlar MARning anʼanaviy tarafdori Fransiyani ham uzoqlashtirdi.

“Tuadera rejimi Rossiya vasiyligiga oʻtganidan keyin oʻzini Gʻarb donorlaridan ajratib, muxolifatdan xalos boʻlgan va tinchlik tashabbuslari hech qachon oʻz samarasini bermadi”, deb aytgan Fransiyaning xalqaro munosabatlar instituti xodimi Terri Virkulon.

2018-yildan beri MARning ittifoqchisi boʻlgan Rossiya rasman MARning yaxshi qurollanmagan qurolli kuchlariga yordam berish uchun faqat qurolsiz “harbiy instruktorlarning” hozirligini tan oladi.

Joylardagi nodavlat tashkilotlar, jumladan Frantsiya va BMTga koʻra, mamlakatga yuborilgan rossiyaliklarning ayrimlari Vagnerning operativ xodimlaridir.

Bu orada, MARda gumanitar inqiroz kuchayib bormoqda, uch milliondan ortiq odam, aholining yarmidan koʻpi kelasi yili yordamga muhtoj boʻladi, deb xabar bergan BMT gumanitar koʻmak koordinatori OCHA.

MARning Vagner bilan aloqasi jangarilardan aziyat chekayotgan shimoldagi harbiylar tomonidan boshqariladigan va ularning yordamidan foydalanish niyatidagi Maliga ham taʼsir oʻtkazmoqda.

Malining sobiq mustamlakachisi Fransiya Vagner askarlarini jangarilarga qarshi kurash bahonasida Malining hukmron xuntasini “qoʻllab-quvvatlashda” aybladi.

Vagner Mali barqarorligiga hissa qoʻshmaydigan “istalmagan hozirlik”, deb aytgan AQSHning Afrikadagi qoʻmondonligi rahbari, general Stiven Taunsend 3-fevral kuni boʻlib oʻtgan teleanjumanda.

“Mali hukumati bir oylik Vagner xizmatlari uchun 10 million AQSH dollari toʻlaydi deb oʻylashimga asos bor”, deb aytgan u.

“Ular oltin yoki qimmatbaho toshlar kabi tabiiy resurlar bilan toʻlaydilar deb oʻylayman, chunki bir oy ichida qanday qilib 10 million AQSH dollari topishlarini bilmayman”, deb qoʻshimcha qildi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 13

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Rossiya Budapesht memorandumini buzgani kabi Minsk kelishuvini ham bajarmayotgani uchun, Rossiya bilan tuzilgan barcha shartnomalarni yaroqsiz deb hisoblasa boʻladi.

Javob berish

Rossiya har doim yetakchi boʻlgan yagona sport - bu axlat qutisidan muddati oʻtgan oziq-ovqat mahsulotlarini qidirish. Kampirlar jamoasi dopingsiz ham hammani magʻlub etadi.

Javob berish

Orenburgliklar kommunal xizmatlar narxidan norozi. Yanvar oyidagi isitish toʻlovlari Orenburg aholisini gʻazabga soldi. Koʻpchilik dekabr oyidagidan ancha koʻproq pul toʻlagan, deb xabar beradi Orenday.ru.

Javob berish

Urush boshlangan taqdirda rossiyaliklar aktivlarining bloklanishi haqida ogohlantirildilar. “Pul yechib olish, valyuta ayirboshlash, bankomat operatsiyalari va chet el valyutalarining muomalasiga shoshilinch cheklovlar joriy qilinishi mumkin.”

Javob berish

Ijtimoiy tarmoqlarda chop etilgan bir qancha videolar yaramas ruslarning bechora Ukrainaga bostirib kirganidek taassurot qoldirdi. Keyinchalik maʼlum boʻldiki, hammasi joyida – namoyishchilar talablarini qanday qondirish boʻyicha maʼruzalar oʻqiydigan fransuz hukumati nimalarnidir talab qilayotgan qalangʻi-qasangʻilarni shafqatsizlarcha bostirayotgan boʻlib chiqdi.

Javob berish

2021/22/23-yillarda ruslarning Ukrainaga bosqinidan koʻra, Gʻarbni koʻproq bezovta qilgan bitta holat bor – 1941-1945-yillarda ular tinchliksevar va yagona Yevropani egallab olishiga va kamtarin rassomlarni oʻz joniga qasd qilishga olib borishiga sal qolgan.

Javob berish

Ukraina siyosatchilariga mazza – Kiyevda oʻtir, senga hech narsa xavf solmaydi, shunchaki birovning korrupsiya ortidan kelgan daromadlaridan saqlan. Shu tariqa odam xiyonatkor Rossiyaning kutilmagandagi bosqini avjiga chiqqanida poytaxtni tashlab ketmagan sochi hurpaygan qahramonga aylanadi.

Javob berish

Motorola, Givi va Zaxarchenko [Rossiya qoʻllovidagi boʻlginchilar qoʻmondonlari, hammasi oʻldirilgan] Jirinovskiyni oʻz oldilariga chaqirmoqdalar.

Javob berish

Donbassda Malayziyaning Boing samolyotini ruslar urib tushirgan.

Javob berish

Qrim ayni paytda Rossiya tomonidan noqonuniy ravishda bosib olingan Ukraina hududi hisoblanadi.

Javob berish

Rusning burni oldiga bir shisha aroq qoʻyilsa, uni olish uchun butun yer yuzi boʻylab sudralishga tayyor boʻladi.

Javob berish

Kuchli va qoʻrqinchli Ukraina kechalari bunkerdagi Putinga uyqu bermaydi; u Ukraina hujum qilishidan qoʻrqib, shirin nekrofil tushlaridan uygʻonib ketadi. U yadroviy chamadoni oldiga yugurib borib, uni siypalaydi va “jonginam” deb ataydi va shundan keyingina uxlaydi.

Javob berish

Rus Ivanlari deyarli hamma joyda tuproqni oʻz tanalari bilan oʻgʻitlashgan.

Javob berish