Karvonsaroy
Xavfsizlik

Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi tanglikning avj olishi fonida gruziyaliklar xavotirli oʻxshashliklarni koʻrmoqdalar

Karvonsaroy va AFP

Rossiya qoʻshinlari Gruziyaning Gori shahridagi olovli nuqtaga kiraverishda pozitsiyalarni egallamoqda, 2008-yil, 14-avgust. 2008-yilda Kremlning Gruziyaga qarshi quruqlikdan uyushtirgan qaqshatqich hujumining taʼsiri bugungi kungacha yoʻqolmagan. [Marko Longari/AFP]

Rossiya qoʻshinlari Gruziyaning Gori shahridagi olovli nuqtaga kiraverishda pozitsiyalarni egallamoqda, 2008-yil, 14-avgust. 2008-yilda Kremlning Gruziyaga qarshi quruqlikdan uyushtirgan qaqshatqich hujumining taʼsiri bugungi kungacha yoʻqolmagan. [Marko Longari/AFP]

TBILISI – Oʻn minglab Rossiya qoʻshinlari Ukraina chegarasi yaqinida toʻplanar ekan, sobiq sovet davlati – Gruziya aholisining koʻpchiligini xavotirli dejavyu hissi qamrab olgan.

2008-yilda Pekinda boʻlib oʻtgan yozgi Olimpiya oʻyinlari chogʻida Rossiya oʻzining janubiy chegarasi yaqinidagi kichik Kavkaz davlatiga qarshi quruqlikdan qaqshatqich hujum boshlagan edi.

Gruziya boʻlginchi Janubiy Osetiya viloyatidagi gruzin qishloqlarini oʻqqa tutgan rossiyaparast isyonchilarga qarshi jang olib borgan.

2008-yil avgust oyidagi janglar atigi bir necha kun davom etgan boʻlsa-da, 700 dan ortiq odamning hayotiga zomin boʻlib, oʻn minglab etnik gruzinlarni oʻz uyini tark etishga majbur qilgan edi.

2008-yil 23-avgust kuni olingan surat: Gruziyadagi Janubiy Osetiyadan chiqib ketayotgan Rossiya zirhli texnikalari karvoni Rossiya bilan chegaradagi Roki tunneli tomon harakatlanmoqda. [Dmitriy Kostyukov/AFP]

2008-yil 23-avgust kuni olingan surat: Gruziyadagi Janubiy Osetiyadan chiqib ketayotgan Rossiya zirhli texnikalari karvoni Rossiya bilan chegaradagi Roki tunneli tomon harakatlanmoqda. [Dmitriy Kostyukov/AFP]

10-fevral kuni Xarkov viloyati Chuguyev shahri yaqinidagi oʻq otish mashqlarida ishtirok etayotgan ukrainalik askar. [Sergey Bobok/AFP]

10-fevral kuni Xarkov viloyati Chuguyev shahri yaqinidagi oʻq otish mashqlarida ishtirok etayotgan ukrainalik askar. [Sergey Bobok/AFP]

Gruziyaliklar bugungi voqelikda ham qoʻrqinchli oʻxshashliklarni koʻrmoqdalar, zero Gʻarb hukumatlari Rossiyaning Ukrainaga navbatdagi ehtimoliy hujumi haqida ogohlantirmoqda.

“Shu kunlarda Ukrainada koʻrayotganlarimiz dahshatli”, deydi ayirmachilar nazoratida boʻlgan Janubiy Osetiyadan evakuatsiya qilingan ikki farzandning onasi 53 yoshli Zina Tvaladze.

Ayirmachilar “uyimizni yoqib yuborishdi, yaqin atrofdagi rus askarlari esa buni kuzatib turdi”, dedi u. “Biz oʻlimdan qutulib qoldik.”

“Aftidan, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Sovet Ittifoqini tiklamoqchi boʻlayotgani uchungina oʻz askarlari va ukrainaliklar qonini toʻkishga tayyor”, dedi u.

Ikkala inqiroz markazida ham postsovet mamlakati AQSH boshchiligidagi NATO harbiy ittifoqiga qoʻshila olishi haqidagi Gʻarbning koʻp yillik vaʼdasi turibdi.

Gruziya urushidan atigi uch oy oldin NATO davlatlari rahbarlari Ukraina ham, Gruziya ham “NATOga aʼzo boʻlishi” haqida kelishib olgan edilar.

Gʻarb NATOning faqat mudofaa tashkiloti ekanligini taʼkidlasa-da, Rossiya chegaralari tomon har qanday ekspansiyani xavfsizlikka tahdid sifatida koʻradigan Putin bundan gʻazabga tushgan.

2008-yilgi Gruziyadagi harbiy harakatlar besh kundan soʻng Yevropa Ittifoqi vositachiligida erishilgan otashkesim bilan yakunlangan edi.

Kreml ajralib chiqqan ikki davlat – Janubiy Osetiya va Abxaziyaning mustaqilligini tan oldi va u yerda Rossiyaning doimiy harbiy bazalarini qurdi.

Oradan olti yil oʻtib – 2014-yilda Rossiya qoʻshinlari Ukrainaning Qrim yarim orolini anneksiya qildi.

Ular Birlashgan Millatlar Tashkilotiga koʻra, 13 mingdan ortiq odamning hayotiga zomin boʻlgan davomli mojaroda Ukraina sharqidagi Kremlga moyil ayirmachilarni qoʻllab-quvvatlay boshladilar.

Endilikda, Janubiy Osetiyadagi urushdan soʻng 13 yildan koʻproq vaqt oʻtib, Xitoy qishki Olimpiya oʻyinlarini oʻtkazmoqda, Rossiya esa Ukraina chegarasi yaqinida 130 mingdan ortiq askar va ogʻir harbiy texnika toʻplagan.

Ishdagi diplomatiya

7-fevral kuni Ukraina soʻnggi bir necha oy ichida Gʻarbdagi qoʻllovchilaridan umumiy qiymati 1,5 milliard dollarga teng 1000 tonnadan ortiq qurol-yarogʻ va harbiy texnika olgani haqida bayonot berdi.

“2014-yildan beri biz Rossiya Federatsiyasining koʻplab makkorona harakatlariga guvoh boʻldik, ular yolgʻon toʻqib, Ukrainani ayblash uchun hech narsadan toymasligini koʻrdik”, deb aytgan Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba 4-fevral kuni AQSH razvedkasi Rossiyaning soxta bayroq ostidagi operatsiyalari boʻyicha hisoboti eʼlon qilganidan soʻng.

Vashingtonning bayonoti Yevropa yetakchilarining Kiyevni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan tashriflari, jumladan, Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson va Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻanning tashrifi ortidan yangragan.

Keyinroq Frantsiya prezidenti Emmanuyel Makron inqirozni yumshatishga oid saʼy-harakatlar yuzasidan Moskva va Kiyevga tashrif buyurdi.

Oʻtgan haftada, shuningdek Germaniya, Chexiya, Slovakiya va Avstriya tashqi ishlar vazirlari ham Kiyev rasmiylari bilan uchrashganlar.

Oʻtgan chorshanba (9-fevral) kuni ispaniyalik hamkasbi Xose Manuyel Albares bilan muzokara oʻtkazgan Kuleba “Diplomatiya tanglikni yumshatishda davom etmoqda”, deb aytgan.

“Yevropa hamjamiyatining ushbu inqirozga qanday munosabatda boʻlishi butun Yevropaning xavfsizligi va undagi har bir davlatning kelajagini belgilaydi”, dedi u.

Avvalroq Kuleba Gʻarbning qoʻllovi Rossiyaga “xavfsizlik bilan bogʻliq vaziyatni yanada ogʻirlashtirishga” yoʻl qoʻymaganini aytgan edi.

Ukraina bilan birdamlik

Yevropa liderlari Rossiya bosqinining oldini olishga urinayotgan bir paytda, Gruziya siyosatchilari Ukrainaga birdamlik izhor etmoqdalar.

Gruziya prezidenti Salome Zurabishvili oʻtgan hafta Rossiyaning “provokatsion” siyosatini tanqid qilar ekan, u ham Gruziyaga, ham Yevropaga tahdid solayotganini aytdi.

Gruziya “bugungi kunda Ukraina xalqi nimani his qilayotganini juda yaxshi tushunadi”, dedi u.

Uning aytishicha, bu Rossiya “ishgʻolidan jabrlangan va hali ham aziyat chekayotgan mamlakatning birdamligidir”.

Biroq, Qora dengizdagi kichik davlatda ayrimlar uchun bu soʻzlarning oʻzi yetarli emas.

Mamuka Mamulashvili – 2008-yilda Janubiy Osetiyada Rossiya kuchlariga qarshi jang qilganlardan biri.

Bugungi kunda u Ukraina armiyasida jang qilayotgan 100 ta sobiq gruziyalik askardan tarkib topgan “Gruziya legioni”ga qoʻmondonlik qiladi.

“Ukraina armiyasi safiga qoʻshilgan gruzinlar talaygina”, deydi u AFP bilan suhbatda.

“Biz Ukraina bilan birga, Gruziya ozodligi uchun ham kurashyapmiz”, dedi u 2014-yildan beri Ukrainada ayirmachilarga qarshi janglarda oʻnlab gruziyalik koʻngillilar halok boʻlganini taʼkidlab.

Mamlakat taqdiri yuzasidan xalqaro ziddiyat kuchayar ekan, urushdan vayron boʻlgan Maryinkada xandaqlar ichidagi ukrainalik askarlar gʻalati holatni boshdan kechirmoqdalar.

Rossiyaning keng koʻlamli bostirib kirishi xavfi kuchayganiga qaramay, Moskva qoʻllovidagi ayirmachilar tomonidan otilayotgan oʻqlar soni kamaygan.

“Vaziyat juda osuda”, deb aytgan harbiy qoidalarga koʻra faqat oʻz chaqiriq ismini aytgan ukrainalik 49 yashar Botsman AFP nashriga.

“Xuddi boʻrondan avvalgi jimjitlik kabi xavotirli holat.”

Shunga qaramay, 7-fevral kuni ular turgan joy dushmanlar tomonidan minomyot va granatamyotlar bilan oʻqqa tutilgan. AFP muxbirlari tashrifi paytida ham portlash tovushlari eshitilgan.

Putinning “keyingi oʻljasi”

Ukraina inqirozi “gruziyaliklar uchun xavotirli dejavyu”, deydi Tbilisidagi Gruziya strategik tahlil markazi xodimi Gela Vasadze.

“Gruziyada Ukrainaning inqirozi Gruziya davlatchiligi tugatilishini anglatadi, degan fikr mavjud”, deb aytgan u.

Putin Rossiya Ukrainaga hujum qilishni rejalayotgani haqidagi daʼvolarni rad etgan, ammo NATOdan Ukraina va Gruziyani 27 davlatdan tarkib topgan harbiy blokka qoʻshish vaʼdasidan voz kechish “kafolatini” talab qilgan.

Bu vaʼdadan soʻng 14 yil oʻtgan boʻlsa-da, Gʻarbga moyil ikki davlat hali ham ittifoqqa rasman aʼzo boʻlmagan.

“Hozircha Qoʻshma Shtatlar Putinning Ukraina va Gruziya uchun NATO eshiklarini yopish talabini rad etib kelayotgan boʻlsa-da, har qanday aʼzolik masalasi hanuzgacha ehtimoldan yiroq boʻlib qolmoqda”, deb aytgan Vasadze.

Aksar gruziyaliklar uchun garovga koʻp narsa tikilgan.

Putinning maqsadi Gʻarbning Ukraina va Gruziya bilan aloqasini uzishga majburlash, deb aytgan Gruziyaning asosiy muxolifat partiyasi yetakchisi Nona Mamulashvili.

“Bugun Ukrainada Gruziyaning taqdiri hal boʻlyapti”, deydi u.

Rossiyaning Ukrainadagi gʻalabasi Putinni Gruziyada boshlagan ishini yakunlashga ruhlantiradi, deb aytgan Janubiy Osetiyadan koʻchib ketgan ayol Tvaladze.

“Agar Ukraina magʻlub boʻlsa, Gruziya keyingisi boʻladi”, deydi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 12

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Rossiya NATOdan oʻzi uchun xavfsizlik kafolatlarini talab qilmoqda. Kreml fohishalarining tomi ketganga oʻxshaydi.

Javob berish

LDPR yetakchisi Jirinovskiyning miyasida yalligʻlanish boshlangan, uni sevgilisi zaharlagani rostga oʻxshaydi, chunki bu koronavirus alomati emas. Oddiy rus vatanparvari :))

Javob berish

Ukraina qurolli kuchlari toʻqnashuv chizigʻida Britaniyaning tankka qarshi tizimlaridan foydalanib mashgʻulot oʻtkazdi. Ular jonli otishma mashqlarini bajarib, Donetsk terrorchilarini qoʻrqitdilar. Ukrainaga shon-sharaflar!

Javob berish

Tanish FSB generalining soʻzlab berishicha, u 1 yarim soat davomida uni yogʻoch miltiqlardan ishonchli himoya qilgan yogʻoch tankda Ukraina chegarasi boʻylab kezgan. U kazak shalvar kiygan chegarachilarni ham qabihlarcha bilan haqorat qildi, ammo Kremldan hech qanday buyruq kelmagani uchun bugun bosqin bekor qilindi.

Javob berish

Beshinchi oydirki hamma ustidan kulayotgan kutilmagan bosqin arafasida Tinchlik uchun Nobel mukofotining yangi sovrindori Bayden qoʻlini silkitib “urush”ni nozik tarzda toʻxtatdi. U shubhasiz Putinni NATO Ukrainada raketalar joylashtirmasligi haqida AQSHdan yozma kafolat olishga majbur qildi.

Javob berish

Internet-izquvar Grozev va Karpukning chuqur yashirin internet josuslari Rossiya mudofaa vazirligining mashgʻulotlardan keyin qoʻshinlarni olib chiqib ketish rejalashtirilgani haqidagi bayonotini rad etdi, chunki ijtimoiy tarmoqlarda bu haqda hech narsa yozilmagan.

Javob berish

Oq uyda misli koʻrilmagan vahima avj olmoqda. Birinchidan, AQSH razvedkasi va Davlat departamentining esi pastlari oxirgi toʻrt oy va fevral oyining yarmida qoʻpol xatolarga yoʻl qoʻyishdi. Endi Baydenning oʻzi 16-sanada Rossiya bosqinini ehtiyotsizlik bilan rejalashtirganidan keyin goʻdak yoshidagi ahmoqqa oʻxshab qoldi. Bu yolgʻonchilar endi oʻzlarini qanday oqlashlari juda qiziq.

Javob berish

Tan olish kerak, Amerika razvedkasi ayovsiz Kuba chigirtkalariga duch kelganidan keyin keskin degradatsiyaga uchramoqda.

Javob berish

Gruzinlarga qoyil. Rossiya hujum qilganda, ular oʻnta rus samolyoti va vertolyotlarini urib tushirishga muvaffaq boʻlishdi.

Javob berish

MH17 boʻyicha sud jarayoni davom etmoqda, Rossiyaga qarshi rad etib boʻlmaydigan dalillar va ayblovlar soni oshib bormoqda.

Javob berish

Ogohlantirishganidek, jirkanch Rossiya Ukrainani bosib olishga qodir emas; hech qanday hujum boʻlmaydi.

Javob berish

Putin Ukrainada mudofaa sanoati sohasini yaratmoqda. Endi unga faqat Ukraina iqtisodini yuksaltirish qoldi, bizga boshqa hech narsa kerak emas.

Javob berish