Karvonsaroy
Siyosat

Rossiyaliklar AQSHning Suriyadagi hozirligini yomonlash harakatlarini davom ettirmoqda

Al-Mashariq

Suriyaning Turkiya bilan chegarasidagi Al-Hasaka viloyati Rumaylan qishlogʻida patrul nazorati olib borayotgan Rossiya va Turkiya harbiy mashinalari, 16-sentabr. [Delil Suleyman/AFP]

Suriyaning Turkiya bilan chegarasidagi Al-Hasaka viloyati Rumaylan qishlogʻida patrul nazorati olib borayotgan Rossiya va Turkiya harbiy mashinalari, 16-sentabr. [Delil Suleyman/AFP]

Ikki rossiyalik yuqori martabali rasmiy tashviqot kampaniyasi doirasida ayrim kulgili daʼvolarni ilgari surib, Suriyadagi Qoʻshma Shtatlarning rolini qoralashga urinmoqda, deydi tahlilchilar.

Rossiyaning TASS davlat axborot agentligi xabariga koʻra, Rossiya bosh shtabi operativ bosh boshqarmasi rahbari oʻrinbosari, general-leytenant Stanislav Gadjimagomedov AQSHning Bashar Asad rejimiga qarshi qoʻllagan sanksiyalarini qoralagan.

Uning daʼvo qilishicha, 2019-yili kuchga kirgan Suriyada fuqarolik himoyasi oid Sezar qonuni doirasida qabul qilingan sansiyalar mamlakat aholisini turmush darajasini tushirib yuborgan va kompaniyalar, jumladan, Rossiya firmalarini “daromadli loyihalarda” ishtirok etishdan toʻsgan.

Suriyadagi Rossiya kuchlarida AQSH razvedkasi Suriyaning uyqudagi ekstremistik guruhlarini harakatga keltirishni rejalayotgani haqida maʼlumot bor, deb daʼvo qilgan Rossiya tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Oleg Siromolotov.

Suriya prezidenti Bashar Asad Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan suhbatlashmoqda, Moskva, 13-sentabr. [Mixail Klimentev/Sputnik/AFP]

Suriya prezidenti Bashar Asad Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan suhbatlashmoqda, Moskva, 13-sentabr. [Mixail Klimentev/Sputnik/AFP]

Siromolotovning Rossiya va Suriya davlat ommaviy axborot vositalarida keng yoyinlangan bayonotiga koʻra, bu yacheykalar Suriya qurolli kuchlari va Eron harbiy xizmatchilariga qarshi hujum uyushtirishni moʻljallagan.

Suriyadagi Rossiya qurolli kuchlari ularga qarshi turish choralarini koʻrmoqda, deb daʼvo qilgan u.

Sezar qonuni Suriya fuqarolarini himoya qilish va rossiyaliklar qoʻllovidagi Asadning shafqatsiz rejimiga qarshi adolatni qaror toptirish maqsadida ishlab chiqilgan, deb taʼkidlaydi tahlilchilar.

Suriyaning uyqudagi radikal guruhlarini qoʻllab-quvvatlashdan yiroq boʻlgan Qoʻshma Shtatlar shu oy boshida AQSH reydi natijasida yetakchisidan ayrilgan “Islom davlatiga” (ID) qarshi xalqaro koalitsiyaning harakatlantiruvchi kuchi hisoblanadi.

Rossiyaning buzgʻunchi roli

Tahlilchilarga koʻra, Rossiyaning Suriyadagi AQSH rolini qoralash kampaniyasi Kremlning Ukraina bilan ziddiyati fonida yuz bermoqda. Ularning aytishicha, bu Rossiya qudratining imijini yaratish yoʻlidagi yana bir vositadir.

Ushbu kampaniya Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu Asad bilan muzokara oʻtkazish va Rossiyaning Suriya gʻarbidagi Xmeymim aviabazasini koʻzdan kechirish uchun Suriyaga tashrif buyurganidan keyin boshlangan.

Shoygu “Suriya prezidentini Rossiya dengiz kuchlarining Oʻrtayer dengizida harbiy mashgʻulotlar oʻtkazishi haqida xabardor qildi”, deyiladi Rossiya mudofaa vazirligi bayonotida.

Shuningdek ikkovlon “harbiy-texnikaviy hamkorlik” hamda “Qoʻshma Shtatlar va Gʻarb davlatlarining taqiqlovchi sanksiyalaridan aziyat chekayotgan” suriyaliklarga Rossiyaning gumanitar yordamini muhokama qilishgan, deyiladi bayonotda.

Human Rights Watch (HRW) tashkiloti 2021-yilda Suriyada roʻy bergan hodisalar hisobotida Rossiyaning rolini tamoman boshqacha tasvirlagan.

2021-yilga kelib, Suriyadagi urushdan koʻrilgan iqtisodiy zarar 1,2 trillion dollarni tashkil etgan, deyiladi hujjatda.

“Yetkazilgan zararning katta qismi oʻn yillik urushda asosan Suriya va Rossiya harbiy alyansi tomonidan taqiqlangan taktikalar qoʻllanishi tufayli infratuzilmaning vayron boʻlishi va ommaviy koʻchishlar sababli yuzaga kelgan”, deyiladi hisobotda.

“Human Rights Watch tashkiloti bu ittifoq amalga oshirgan ayrim hujumlar urush jinoyatlari ekanligi va insoniyatga qarshi jinoyatga tenglashtirilishi mumkinligini aniqlagan.”

Bayonotda aytilishicha, oʻtgan yilning may oyida Asad “Birlashgan Millatlar Tashkiloti yetakchiligidagi siyosiy jarayon shafeligida oʻtmagan hamda ochiq va adolatli saylov standartlariga javob bermaydigan saylovda” toʻrtinchi bor prezident etib saylangan.”

“Halokatli ehtiyoj”

“Asosiy ehtiyoj mahsulotlari, jumladan non va yoqilgʻining doimiy tanqisligi odatiy holatga aylangan, 2021-yilga kelib gumanitar yordamga muhtojlar soni 21 foizga yetgan”, deyiladi HRW hisobotida.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining gumanitar masalalarini muvofiqlashtirish idorasiga (OCHA) koʻra, Suriyada 1,48 million kishi “halokatli” darajada yordamga muhtoj.

COVID-19 vaksinatsiyasi koʻrsatkichlari 1 foizdan sal oshgan va “hukumatning hatto oʻz nazorati ostidagi hududlarda ham vaksinalarni adolatli tarqatishiga shubha” paydo boʻlmoqda, deyiladi hisobotda.

Suriya rejimi qayta qoʻlga kiritgan hududlarda koʻpchilik qayta qurish va taʼmirlash ishlariga qodir boʻla olmayapti, rejim esa tiklash ishlariga yordam bermayapti, deb taʼkidlaydi HRW.

“Shu sababli, koʻpchilik fuqarolar vaqtinchalik chodirlarda yashab, ichish uchun suv qaynatmoqda. Ularning ijaraga uy olish imkoniyati yoʻq”, deyiladi hujjatda.

Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi (CSIS) tomonidan chiqarilgan “Suriyadagi yordamga koʻmak” nomli yangi hisobot Suriya rejimi gumanitar yordamni oʻn yildan ortiq davr mobaynida manipulyatsiya qilganiga eʼtibor qaratadi.

CSIS hisobotiga koʻra, Suriya rejimi gumanitar guruhlarini shu darajada nazoratga olganki, bu guruhlarga rejim mansabdorlari qarindoshlarining ishga yollanilishi odatiy holga aylangan.

“Betartib bombalash”

Uilson markazining Yaqin Sharq dasturi raisi Jeyms Jeffri 20-yanvardagi blogpostida asosiy muxolifatni sindira olgan Rossiyaning Suriyadagi “barcha kuchlar ishtirokidagi isyonchilarga qarshi operatsiyalariga” eʼtibor qaratgan.

Bunday qattiqqoʻl siyosat Asadning Suriyada nazoratni saqlab qolishiga va qonxoʻr rejimning omon qolishiga imkon yaratgan.

“Rossiyaning yondashuvi siyosiy moslashuvchanlik va aqlli diplomatiyani oʻz ichiga olgan boʻlsa-da, uning asosi oʻta shafqatsizlik boʻlib, nafaqat nooʻrin zarar, balki qasddan olib borilgan siyosat sifatida tinch aholi yashaydigan hududlar betartib bombardimon qilindi”, deb yozadi Jeffri.

Rossiyaning bombalash kampaniyasi “nafaqat muxolifatni qoʻllab-quvvatlovchilarni qoʻrqitish, balki ularning boshpanalari, oziq-ovqatdan tortib tibbiy yordamgacha boʻlgan manbalarini yoʻq qilish orqali tezda gʻalaba qilgan”, deydi u.

“Rossiyaning oʻzi bunda ishtirok etmagan, u ammo Suriya va Eron qoʻllovidagi ittifoqdoshlari tomonidan olib borilgan bundan-da shafqatsiz taktika, jumladan kimyoviy qurollar hujumi, ommaviy hibslar, qatl va qiynoqlarga koʻz yumgan”, deb qoʻshimcha qilgan u.

“Shuningdek, Rossiya Asadning millionlab odamlar, oxir-oqibat aholining yarmini uyidan koʻchirish orqali xalqaro hamjamiyat uchun muxolifat xarajatlarini oshirgan etnik tozalash strategiyasini ham qoʻllab-quvvatlagan”, deb yozgan Jeffri.

2021-yilning 16-fevral kungi maqolasida AQSH tinchlik institutining Suriya, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika boʻyicha maslahatchisi Mona Yakubian Rossiyaning Suriyadagi “yakunlovchi pallasini” tahlil qilgan.

“Moskva Suriyaning toʻliq hududiy yaxlitligini tiklash muhimligini eʼtirof etar ekan, Rossiyaning yakuniy pallasi qudratli tashqi ishtirokchilar Suriyaning muhim hududlari ustidan nazoratni saqlab qolishini tan oladi”, deb yozadi u.

“Suriyadan bu tashqi kuchlarni chiqarish uchun xatarlar va investitsiyalarni oʻz zimmasiga olish oʻrniga, Rossiya ulardan biri – Turkiya bilan sinergetik hamkorlik qilib, boshqa biri – Qoʻshma Shtatlarning provokatsion tekshiruvlariga qarshiliklarni cheklab qoʻydi.”

Bu Rossiya Suriyada va mamlakat ichida ham duch kelayotgan cheklovlarning koʻpchiligi uning qudratini maksimal darajada namoyish etishga toʻsqinlik qilayotgani bilan bogʻliq, deydi Yakubian.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 20

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

AQSHdagi eng qashshoq odam ham rossiyalik oʻrta sinf fuqarosidan yaxshi yashaydi.

Javob berish

Ukraina oʻzining yadroviy qurollarini qaytarishga qaror qildi. Bu xabarni eshitgan har bir rossiyalikning ichi oʻtib ketdi.

Javob berish

Lьvovga Kanadadan qurollarning ikkinchi qismi yetib kelgan. Harbiy S-17 snayper vintovkalari, avtomatik vintovkalar, pulemyotlar, tunda koʻrish moslamalarini yetkazib kelgan, deb xabar bergan Ukraina mudofaa vazirligi oʻzining Facebook sahifasida. Aslida Ukraina allaqachon NATOga yaʼzo boʻlib boʻlgan.

Javob berish

Gʻarb “Shimoliy oqim 2” ishga tushirilishiga yoʻl qoʻymasligi kerak. Bundan tashqari Shimoliy oqim 2 operatsiyalari ham toʻxtatilishi kerak, deb aytgan Polsha bosh vaziri Mateush Moravetskiy. Moravetskiyga koʻra, Rossiya tabiiy gazdan “qurol sifatida” foydalanmoqda, deb xabar bergan TVP.Info.

Javob berish

Xitoy Ukrainaning hududiy yaxlitligini hurmat qilishga va muzokara qilishga chaqirdi. Xitoy Rossiyani bu qiligʻi uchun jazolashi mumkin degani.

Javob berish

Rossiya Donbasda provokatsiya boshladi. U yerda bogʻcha va turarjoylarni oʻqqa tutib ulgurishdi. Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy qilinishi kerak.

Javob berish

Donbasning Ukraina nazorati ostidagi qismida yashovchilar hamma narsani aniq tushunishadi va ukrainalik askarlarning yuziga hammasini aytib kelishgan. Bu odamlarga sakkiz yildan beri chegada toʻplangan afsonaviy rus askaralari haqidagi gaplar bilan aldab kelishgan, ammo aslida u yerda ularni doʻstlari, tanishlari va hatto qarindoshlari kutayotganliklarini bilishadi. Shu sababli, Rossiyaga qarshi yogʻoch qurol bilan urushadiganlarni topmaysiz.

Javob berish

AQSH vitse prezidenti Rossiyani AQSH usullaridan foydalanganlikda aybladi. “Rossiya bir xil stsenariyga koʻra tajovuzkor harakatlarni olib bormoqda, ulardan biri bosqin uchun soxta sabablardan foydalanish”, deb aytgan Kamala Xarris.

Javob berish

Milliy chegaralar kuch bilan oʻzgartirilishi kerak emas, deb aytgan AQSH vitse prezidenti Xarris Myunxen anjumanida. Bu gaplarni Serb tilida peshonasiga oʻyib yozib qoʻyish kerak.

Javob berish

Toʻplangan askarlar soni 150 mingdan oshgani sababli Bayden rossiyaliklar Ukrainaga bostirib kirishiga ishonadi! Xuddi shu Bayden xoxollar 200 mingta askardan iborat guruh yigʻganiga qaramay Donbasga hujum qilmasligiga ham ishonadi. Bayden hisob-kitobda yaxshi emasligini tan olish kerak.

Javob berish

Vitse prezident Xarrisga koʻra, Rossiya harakatlari qimmatbaho ukrainalik fashistlarga foyda keltiradigan bir tomonlama diplomatik yechimga toʻsqinlik qilmoqda.

Javob berish

Olimpiya sulhi vaqtida ukrainalik qotillar Donbasni oʻqqa tutganligini odamlarning yodiga solmoqchiman. Afsuski, bu darhol Ukrainani fashist axlatidan tozalash kerakligini anglatmaydi, bu shunchaki fashistlar boshqa tomonda ekanligini va ularda na sharaf, na qadr-qimmat tushunchalari borligini bildiradi.

Javob berish

Zelenskiy Shtatlarning vaʼda qilingan bosqinidan oyoqlari qaltiragani uchun Rossiyaga qarshi sanktsiyalar eʼlon qilinishini talab qilmoqda.

Javob berish

Sanksiya xavfi tufayli sotib oluvchilar Rossiya neftidan voz kecha boshlashdi. Ural nefti soʻnggi yil ichidagi eng arzon narxda sotilmoqda; osiyolik treyderlar aprel uchun rejalarini qayta koʻrib chiqishmoqda. Rossiyaga nisbatan neftь embargosi joriy qilinishi kerak. Ana shunda bu choʻchqaxona ikki hafta ichida qulaydi.

Javob berish

Moskva Suriyadagi qatliom uchun javob berishi kerak.

Javob berish

Aynan mana shu sababli Rossiya Suriyani bombardimon qilgan va ISHIDga tegmagan.

Javob berish

Germaniyaning hukmron partiyasi rahbari Ukraina elchisi boʻlgan ukrainalik fashist kallasini yoʻqotib qoʻyganini tushunib yetdi. Juda estoncha harakat boʻldi: germaniyaliklar qanday yomon odamlarni quchoq ochib kutib olganlarini tushunib yetishlari uchun rosa sakkiz yil talab etilibdi. (Estoncha harakat deyishdan maqsad, ruslarning estonlar haqida, ularning munosabati va qilayotgan ishlarining sekinligi nazarda tutilgan. Kengroq maʼnoda, estonlarning ruschada gapirganda unlilarni uzunroq talaffuz etishi nazarda tutilgan.)

Javob berish

Toʻplangan askarlar soni 150 mingdan oshgani sababli Bayden rossiyaliklar Ukrainaga bostirib kirishiga ishonadi! Xuddi shu Bayden xoxollar 200 mingta askardan iborat guruh yigʻganiga qaramay Donbasga hujum qilmasligiga ham ishonadi. Bayden hisob-kitobda yaxshi emasligini tan olish kerak.

Javob berish

Rossiya ISHIDni yaratgani allaqachon aniq boʻlgan edi

Javob berish

Fashist Rossiya soʻzsiz javobgarlikka tortilishi kerak va Suriyaning barcha infratuzilmasini qayta qurib berishi zarur.

Javob berish