Karvonsaroy
Xavfsizlik

Dunyo mamlakatlari Putinning Ukrainaga qarshi noqonuniy tajovuzkor urushini qoralamoqda

Karvonsaroy va AFP

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 21-fevral kuni Ukraina sharqidagi Rossiya qoʻllovida boʻlgan ikki boʻlginchi viloyat mustaqilligini tan olishga oid farmonni imzoladi. Kiyev ittifoqchilari Ukrainaga urush eʼlon qilish bilan teng deb aytayotgan bu chora xalqaro hamjamiyatning jiddiy noroziligiga uchragan. [Aleksey Nikolskiy/Sputnik/AFP]

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 21-fevral kuni Ukraina sharqidagi Rossiya qoʻllovida boʻlgan ikki boʻlginchi viloyat mustaqilligini tan olishga oid farmonni imzoladi. Kiyev ittifoqchilari Ukrainaga urush eʼlon qilish bilan teng deb aytayotgan bu chora xalqaro hamjamiyatning jiddiy noroziligiga uchragan. [Aleksey Nikolskiy/Sputnik/AFP]

MOSKVA – Ceshanba (22-fevral kuni) Rossiya qoʻshinlari Ukrainaga bostirib kirishga hozirlanar ekan, dunyo hamjamiyati Rossiya prezidenti Vladimir Putinning oʻzboshimcha va noqonuniy agressiv urush olib borish qarorini qoralamoqda.

Maksimal darajada dramatik chiqishi uchun puxta sahnalashtirilgan tadbirlar davomida Putin dushanba kuni boʻlginchilar nazoratidagi Donetsk va Lugansk viloyatlarining mustaqilligini tan olib, ular bilan “doʻstlik va oʻzaro yordam” kelishuvlarini imzolagan.

Baʼzida gʻazabnok koʻringan 56 daqiqalik telemurojaatida Putin Ukrainaning “Rossiya asos solgan davlat” ekanini aytar ekan, Sovet Ittifoqi parchalanib, Ukraina va boshqa sovet respublikalariga oʻz yoʻlidan borishga imkon berilgani xato ekanligini iddao qildi.

Murojaatdan soʻng bir necha soat oʻtib, Putin mudofaa vazirligiga boʻlginchilar nazoratidagi hududlarda “tinchlikparvarlik vazifasini” oʻz zimmasiga olish buyrugʻini berdi va bu bilan Ukraina sharqida Rossiyaning bevosita harbiy aralashuvi uchun yoʻl ochdi.

Ukraina chegarasi yaqinida, Belarusda joylashtirilgan Rossiya tanklari, 21-fevral kuni. [Rossiya mudofaa vazirligi]

Ukraina chegarasi yaqinida, Belarusda joylashtirilgan Rossiya tanklari, 21-fevral kuni. [Rossiya mudofaa vazirligi]

Lugansk viloyatining Ukraina nazoratidagi Stanitsa Luganskaya qishlogʻi aholisi 18-fevral kuni Rossiya qoʻllovidagi ayirmachilar tomonidan oʻqqa tutilgan uy xarobalarini tozalamoqda. [Aleksey Filippov/AFP]

Lugansk viloyatining Ukraina nazoratidagi Stanitsa Luganskaya qishlogʻi aholisi 18-fevral kuni Rossiya qoʻllovidagi ayirmachilar tomonidan oʻqqa tutilgan uy xarobalarini tozalamoqda. [Aleksey Filippov/AFP]

Ukraina qoʻshinlari 19-fevral kuni Ukraina sharqida joylashgan Novoluganskoye shahri yaqinidagi front chizigʻida patrul nazorati olib bormoqda. Oʻsha kuni Ukraina armiyasi Rossiya qoʻllovidagi ayirmachilar hujumi tufayli ikki nafar askari halok boʻlganini maʼlum qildi. Bu bir oydan koʻproq vaqt ichidagi mojaroda oʻlim bilan bogʻliq ilk holat boʻlgan. [Aris Messinis/AFP]

Ukraina qoʻshinlari 19-fevral kuni Ukraina sharqida joylashgan Novoluganskoye shahri yaqinidagi front chizigʻida patrul nazorati olib bormoqda. Oʻsha kuni Ukraina armiyasi Rossiya qoʻllovidagi ayirmachilar hujumi tufayli ikki nafar askari halok boʻlganini maʼlum qildi. Bu bir oydan koʻproq vaqt ichidagi mojaroda oʻlim bilan bogʻliq ilk holat boʻlgan. [Aris Messinis/AFP]

Hisob-kitoblarga koʻra, Ukraina qurshovida allaqachon 150 mingdan 190 minggacha Rossiya askari bor.

“Biz ishonamizki, bu qaror bilan Rossiya Ukrainaga qarshi kelajakdagi harbiy tajovuz uchun huquqiy asos yaratmoqda va barcha xalqaro majburiyatlarni buzmoqda”, dedi seshanba kuni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy.

Bunga javoban Kiyev Rossiya bilan diplomatik munosabatlarni toʻxtatish masalasini koʻrib chiqmoqda, deb qoʻshimcha qildi u.

“Urush uchun bahona”

Rossiyaning bu qadami dunyo davlatlari yetakchilarining keng miqyosdagi qoraloviga sabab boʻldi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Xavfsizlik kengashi tarafidan oʻtkazilgan favqulodda yigʻilishda AQSH elchisi Linda Tomas-Grinfild Putinning nutqi “urush uchun bahona topishga” qaratilgan “gʻazabnok va yolgʻon daʼvolardan” iborat ekanini aytdi.

“Ular tinchlikparvarlar deb atalmoqda. Bu bemaʼnilik. Biz ularning aslida kim ekanligini bilamiz”, dedi u.

Qoʻshma Shtatlar Rossiya bostirib kirgan taqdirda “oʻldiriladigan yoki lagerlarga yuboriladigan” ukrainaliklar roʻyxati borligi haqida BMTni ogohlantirgan.

BMT bosh kotibining siyosiy va tinchlik oʻrnatish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Rozmari Dikarlo Rossiya qoʻshinlari Ukraina sharqiga yuborilganidan “afsusda” ekanini bildirdi.

“Keyingi soatlar va kunlar hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻladi”, dedi u. “Yirik mojaro xavfi real va har qanday holatda ham uning oldini olish zarur.”

“Rossiya bizni chegaraga olib keldi. Biz Rossiyani ortga chekinishga chaqiramiz”, dedi Britaniya vakili Barbara Vudvord.

Keniyalik Martin Kimani koʻplab mamlakatlar “imperiyaning tanazzuli ortidan paydo boʻlganini” taʼkidlab, oʻtmishdagi chegaralar boʻyicha “xatarli nostalgiyaga” berilmaslikka chaqirdi.

Germaniya Rossiyadan keluvchi “Shimoliy oqim-2” gaz quvurini sertifikatlashni toʻxtatishini aytib, Yevropa Ittifoqi “qatʼiy va keng koʻlamli” iqtisodiy sanktsiyalarni qoʻllashini maʼlum qildi.

“Bu Ukrainaning demokratik suvereniteti va hududiy yaxlitligining buzilishidir”, dedi Italiya bosh vaziri Mario Dragi.

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdoʻgʻon ham Putinning bu harakatini “nomaqbul” deb atagan.

“Qanday voqea yuz berishidan qatʼi nazar, ruslar ogʻriqni his qilishlari kerak... bu muqarrar”, dedi Irlandiyaning Yevropa ishlari boʻyicha vaziri Tomas Birn.

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Putinning bu harakatini “Ukraina suvereniteti va yaxlitligini qoʻpol ravishda buzish” deb atagan boʻlsa, mamlakat tashqi ishlar vaziri Rossiyaga qarshi yangi sanktsiyalar qoʻllash vaʼdasini berdi.

YeI rahbarlari Ursula fon der Lyayen va Charlz Mishel ittifoqning “ushbu noqonuniy harakatga aloqadorlarga qarshi sanktsiyalar bilan javob qaytarishiga” vaʼda berdilar.

AQSH hukumatining yuqori martabali amaldori Putinning nutqini “suveren va mustaqil Ukraina gʻoyasiga hujum” deb atagan.

“U tarixan Ukrainani Rossiyaning bir qismi deb bilishini ochiq aytdi va Ukrainaning niyatlari haqida bir qancha yolgʻon daʼvolar bilan chiqdi, ular esa ehtimoliy harbiy harakatlarni oqlash uchun moʻljallangan”, dedi mulozim telekonferentsiya orqali jurnalistlarga.

“Bu urushni oqlash uchun rus xalqiga qaratilgan murojaat edi.”

“Prezident Putin oʻzining zoʻravonlik harakatlari uchun kelajak avlod oldida javob beradi”, dedi Zelenskiyga birdamlik izhor qilish uchun Kiyevga kelgan Estoniya prezidenti Alar Karis.

Ukraina elchisi Sergey Kislitsa Rossiyaning xatti-harakatlariga qaramay, mamlakat chegaralari “oʻzgarmas”ligini taʼkidladi.

“Jinoyatchi qiyofasi”

Seshanba kuni Ukraina mudofaa vaziri Aleksey Reznikov vazirlik saytida mamlakat qoʻshinlarini urushga hozirlik koʻrishga chaqiruvchi emotsional bayonotni joylagan.

“Qiyinchiliklar boʻladi. Yoʻqotishlar boʻladi. Biz ogʻriqqa chidashimiz, qoʻrquv va umidsizlikni yengishimiz kerak”, deydi u.

U Rossiya tajovuzi ustidan “qatʼiy gʻalaba” qozoniladi, deb aytgan.

“Kreml Sovet Ittifoqini qayta tiklash tomon navbatdagi qadamni tashladi”, dedi Reznikov.

“Kuni kecha u oʻzining asl qiyofasini koʻrsatdi”, deb qoʻshimcha qildi u Putinni nazarda tutib.

“Bu – butun erkin dunyoni garovda ushlashni istaydigan jinoyatchining qiyofasi.”

Dushanbaga oʻtar kechasi Kiyev koʻchalarida boʻlginchi viloyatlarning tan olingani haqidagi xabarlar paydo boʻlar ekan, koʻpchilik bunga ishonmagan boʻlsa-da, kerak boʻlsa oʻz vatanini himoya qilishga tayyor ekanligini aytgan.

“Men shokdaman”, dedi asli donetsklik 22 yashar oshpaz Artem Ivashchenko poytaxtda AFP suhbatda. Bu eʼtirofni u sakkiz yil avval viloyatni tark etganidan beri eshitgan “eng mudhish yangilik” deb atagan.

“Men shu yerda yashayman, vatanimning bir qismini allaqachon yoʻqotib boʻldim, uni tortib olishdi, shuning uchun men uni himoya qilaman”.

Xitoyning xavotiri

Hatto avvalroq Rossiyaning Ukrainadagi ambitsiyalarini qoʻllab-quvvatlagan Pekin ham seshanba kuni ertalab bu masalada ikkilangan.

Putin va Xitoy yetakchisi Si Tszinpin Pekindagi qishki Olimpiada oʻyinlarining boshlanishi arafasida “chegaralanmagan” doʻstlik kelishuvini tuzgan edilar.

“Hamkorlikda taqiqlangan sohalar yoʻq”, deyilgan ularning uchrashuvdan soʻng eʼlon qilgan qoʻshma bayonotida.

Ammo Putin Ukraina tarafga ilgarilab borar ekan, Olimpiya oʻyinlarining yopilishi bilan bu cheklovlar sinovga uchragan.

Seshanba kuni AQSH davlat kotibi Entoni Blinken Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan telefon orqali suhbatida Rossiyani tilga olmay, barcha tomonlarni BMT Nizomining aʼzo davlatlar suvereniteti va hududiy yaxlitligini himoya qiluvchi tamoyillariga rioya qilishga chaqirdi.

Vanning bayonoti Xitoyning BMTdagi vakili Chjan Tszyunnning Rossiya pozitsiyasidan xavotirga tushish belgilari aks etgan izohlaridan keyin yangragan.

“Barcha tomonlar oʻzini ushlashi va keskinlikni kuchaytiradigan har qanday harakatlardan tiyilishi kerak”, deb aytgan u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 18

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Mening fikrimcha, amerikaliklar nihoyat bu yil fashizmni ulugʻlashni qoralovchi BMT rezolyutsiyasini qoʻllab-quvvatlashdan yakka oʻzlari faxr bilan bosh tortadilar.

Javob berish

Rossiya mudofaa vazirligi fashistlar Ukrainasining havo hujumidan mudofaa tizimi toʻliq denatsifikatsiya qilingani haqida xabar berdi.

Javob berish

NATO Ukrainada maktablar sonining koʻpayishidan xavotirda

Javob berish

Bandera oʻz izdoshlarini mamnuniyat bilan qarshi olmoqda.

Javob berish

Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, Ukraina fuqarolari NATOga aʼzo boʻlish fikridan qaytganlar. Ittifoq vakillari bunday qarorlarni mamlakatlarning oʻzi qabul qilishini bir necha bor taʼkidlagani sababli, sivilizatsiyachilar ukrainaliklarning tanlovini hurmat qilishi va bu masalani butunlay yopishlari kerak.

Javob berish

Ukro-natsistlarning jasorat bilan yashirinib olgan “ittifoqchilardan”, ayniqsa, qaytarib berish sharti bilan olgan qurollari, albatta namoyishkorona tarzda yoʻq qilinishi kerak.

Javob berish

Hayratda qolgan fashistlarning aytishicha, ittifoqchilar tomonidan taqdim etilgan yogʻoch miltiqlar oʻq otmas va hatto oʻgʻirlik uchun ham yaramas ekan.

Javob berish

Ammo ukrainlarning “Javelinlari” bor; ularning mushkalarini arralashning hojati ham yoʻq.

Javob berish

Kiyevda qoʻrquvga tushgan ukrainalik natsistlarning uvillashini havo hujumi sirenalari bilan adashtirib yuborishdi.

Javob berish

Natsistlarning yoʻq qilinayotganidan xursand boʻlib kulish oʻrniga, kansler Sholts qattiq tushkunlikka tushdi, axir fashistlar “tamaddunchilarning” koʻnglini olish uchun Donbassni oʻqqa tutishni toʻxtatadilar.

Javob berish

Putinning axmoqgarchiligi natijasida rublning qadri keskin pasaydi va hozirda kurs bir dollar uchun 80 rubldan oshdi. U Rossiya valyutasining navbatdagi qulashi va devalvatsiyasi tomon ketmoqda. Kollektiv javobgarlik printsipiga koʻra, Putinning qilmishlari uchun har bir rossiyalik oʻzining qashshoqligi va muhtojligi bilan toʻlaydi!

Javob berish

Rossiya armiyasi jasadlar uchun moʻljallangan 45000 dona plastik qop sotib oldi. Bu ham kamlik qiladi. Hammaga maʼlumki, ruslar oʻz askarlarini ommaviy oʻlimga yuborish bilan jang qiladilar. Shuning uchun ular ikki barobar koʻp qop sotib olishlari kerak.

Javob berish

Ukraina fashistlarining sevimli mitti prezidenti Zelenskiy Putinning nutqi vaqtida dordan qutulib qolgach, Donbasning dahshatli chollari, bolalari va ayollaridan himoyalanish boʻyicha Ukrainaning muqaddas huquqi haqida boʻgʻilganicha gapirib qoldi. Oʻzini himoya qilish uchun sakkiz yil davomida ularga qarata oʻq uzilgan.

Javob berish

Agar Rossiya DXRni tan olsa Gʻarb Checheniston va Tatariston, Rossiyaning tan olinish va Rossiyadan ajrab chiqish boʻyicha referendum oʻtkazishni rejalashtirayotgan barcha hududlarining mustaqilligini tan olishi kerak.

Javob berish

Birinchidan, zoʻr va saxovatli Qoʻshma Shtatlar aqldan ozgan fashistlar bilan yashashni istamagani uchun Donbas xalqiga qarshi qasos bilan sanktsiyalarni joriy qilishgan. Ular uchun “bechora bosib olingan odamlar”, jumladan qariyalar va yosh bolalar bir zumda “jinoyatchi ayirmachiyalarga” aylanib qoldi!

Javob berish

Haqiqat butkul Ukraina tarafida. Rossiya yoʻq qilinishi kerak.

Javob berish

Fuqarolik avialaynerlari Ukrainadan uzoqroq uchishi kerak - tahlikaga tushgan natsist kalamushlari har tomonga qaratib bir yomonlik chiqarishi mumkin.

Javob berish

Gʻarbdagi hamkorlarni oʻz yoʻriqchilari va yollanma askarlarini aloqa chizigʻidan chiqarib yuborish haqida ogohlantirish kerak edi, chunki fashistlarni qanday oʻldirishni oʻrgatish toʻsatdan yoqimli vaqt oʻtkazishdan juda xavfli mashgʻulotga aylandi.

Javob berish