Karvonsaroy
Ta’lim

Rossiya maktabidagi senzura mojarosi Markaziy Osiyolik oʻqituvchi va talabalarning tanqidiga uchradi

Kanat Altinbayev

Sankt-Peterburg yaqinidagi oʻrmonli hududda joylashgan qabristonda sovet diktatori Iosif Stalin zulmi qurbonlarining portretlari tushirilgan daraxtga gul bogʻlayotgan ayol, 2018-yil, 30-oktabr. [Olga Maltseva/AFP]

Sankt-Peterburg yaqinidagi oʻrmonli hududda joylashgan qabristonda sovet diktatori Iosif Stalin zulmi qurbonlarining portretlari tushirilgan daraxtga gul bogʻlayotgan ayol, 2018-yil, 30-oktabr. [Olga Maltseva/AFP]

OLMAOTA – Rossiya maktablarining birida sovet davridagi Iosif Stalin repressiyalari bilan bogʻliq mojaro Stalin zulmidan jabr koʻrgan mamlakatlar – Qozogʻiston va qirgʻizistonlik oʻqituvchilarni junbushga keltirdi.

Sankt-Peterburgdagi 168-sonli maktab oʻquvchisi Serafima Saprikina katta sinf oʻquvchilariga Sovet hukumati qatagʻonlarining qurboni boʻlgan ikki rus yozuvchisi – Aleksandr Vvedenskiy va Daniil Xarmsning sheʼrlarini oʻqib berib, ishdan boʻshashga majbur boʻlganini aytdi.

1941-yilda hibsga olingan Vvedenskiy oʻsha yilning oʻzida Xarkovdan Qozonga mahbuslarni olib ketayotgan poyezdda vafot etgan. Xarms ham 1941-yilda hibsga olingan boʻlib, 1942-yili oʻshanda Leningrad deb nomlangan shaharni fashistlar qamal qilgan mahal ruhiy kasalliklar shifoxonasida ochlikdan vafot etgan edi.

“Xalq dushmanlari” sheʼrlarini oʻqiganligim uchun “yuzi gʻazabdan qoʻrqinchli qiyshaygan maktab direktori ishdan boʻshash haqida ariza yozishimni buyurdi”, deb yozadi Saprikina 6-fevral kuni Facebook sahifasida.

Suratda: Ahmad Boytursunov haqidagi “Soʻnggi hukm” filmini suratga olish jarayoni, Olmaota, oʻtgan yilning 16-noyabri. Qozoq yozuvchisi va jamoat arbobi Ahmad Boytursunov 1937-yilda, Iosif Stalin buyuk terrorining avj pallasida sovet tuzumi tomonidan sudlanib, “xalq dushmani” sifatida qatl etilgan. [Qozogʻiston milliy kinematografiyasini qoʻllab-quvvatlash davlat markazi]

Suratda: Ahmad Boytursunov haqidagi “Soʻnggi hukm” filmini suratga olish jarayoni, Olmaota, oʻtgan yilning 16-noyabri. Qozoq yozuvchisi va jamoat arbobi Ahmad Boytursunov 1937-yilda, Iosif Stalin buyuk terrorining avj pallasida sovet tuzumi tomonidan sudlanib, “xalq dushmani” sifatida qatl etilgan. [Qozogʻiston milliy kinematografiyasini qoʻllab-quvvatlash davlat markazi]

Chuy viloyati, Panfilov tumani, Kurpuldoʻk qishlogʻi, K. Ibraimaliyev nomidagi maktabning 1-sinf oʻqituvchisi Zarina Kaparova 1-sentabr kungi darsni Qirgʻiziston haqidagi koʻrgazmali materiallar namoyishi bilan boshlamoqda. [Maksat Osmonaliyev/Karvonsaroy]

Chuy viloyati, Panfilov tumani, Kurpuldoʻk qishlogʻi, K. Ibraimaliyev nomidagi maktabning 1-sinf oʻqituvchisi Zarina Kaparova 1-sentabr kungi darsni Qirgʻiziston haqidagi koʻrgazmali materiallar namoyishi bilan boshlamoqda. [Maksat Osmonaliyev/Karvonsaroy]

“Direktorning aytishicha, bu odamlar NKVD (Ichki ishlar xalq komissarligi, oʻsha paytdagi Sovet Ittifoqining bosh politsiya organi) tomonidan qamoqqa olinishga, “jinoyatlari” uchun qiynoq va qatlga loyiq boʻlgan, ularning sheʼrlari esa faqat “bogema oshxonalarida” muhokama qilinishi mumkin”, dedi u.

Saprikinaning aytishicha, u goʻyoki oʻz xohishi bilan ishdan ketishga majbur boʻlgan, aks holda “ishonchni yoʻqotgani” uchun boʻshatilishi, bu esa keyinchalik ish topishni qiyinlashtirishi mumkin edi.

“Bunday holatlar haqida gapirmas, yomonlikni oʻz nomi bilan atamas ekanmiz, 1937-yil biz va farzandlarimizga yana bir qadam yaqinlashadi”, deb yozgan Saprikina.

Maktab maʼmuriyatining “sovetcha” mentaliteti bilan bogʻliq bu voqea nafaqat Rossiyada, balki qoʻshni Belarus va Ukrainada ham tanqidga uchragan.

Jabrlanuvchiga tuhmat

Ayrimlar Saprikinaning obroʻsiga putur yetkazishga harakat qilganlar.

Rossiya ommaviy axborot vositalarining iddaosicha, Saprikina 13 yil avval doʻstlari bilan ziyofat vaqtida shirakayf holatda unga hujum qilgan kishini pichoqlab, ogʻir tan jarohati yetkazgani uchun shartli jazoga tortilgan.

Kreml qoʻllovidagi “Komsomolskaya pravda” nashri radiostansiyasi 9-fevral kuni oʻz hukmini chiqarib qoʻya qoldi – Saprikina sobiq jinoyatchi sifatida bolalar bilan ishlashga haqli emasligini aytdi.

9-fevral kuni Sankt-Peterburgning “Fontanka” nashriga intervyu bergan Saprikina avval sudlanganini rad etarkan, unga Ichki ishlar vazirligi tomonidan iyul oyida berilgan sudlanmaganlik haqidagi maʼlumotnomani dalil sifatida koʻrsatgan

U Facebook sahifasidagi keyingi postida huquq-tartibot organlari “ishni soxtalashtirgani” haqida yozgan.

“Men bilan yuz bergan hodisadan afsusdaman, haqiqatni gapirganim uchun shunday jinoiy hujjatlar (detektivdek oʻqib chiqdim) bilan ovozimni oʻchirishga qaror qilishdi. Endi odamlar yana 20 yil yoki undan koʻproq ogʻiz ochishga qoʻrqishadi”, deb aytgan Saprikina boshqalarni qoʻrqmaslikka chaqirib.

“Ayrimlarga giyohvand moddalar tashlab qoʻyishadi, boshqalarni esa pedofillikda ayblashadi. Ammo aqli bor odam bunga ishonmaydi.”

“Repressiv muhit”

Markaziy Osiyoda Stalin davrida qatagʻonga uchragan yozuvchi-shoirlar hayoti va ijodi haqida taʼlim beriladigan maktab oʻqituvchilari Saprikinaning haqiqat uchun kurashini qoʻllab-quvvatlaganlar.

“Rossiya hukumati muxolifat siyosatchilarini taʼqib qilishi haqida gazetalarda oʻqib turaman, ammo nima uchun ular oʻqituvchilarga nisbatan bunday qilayotganini va obyektiv taʼlim siyosatdan ustun boʻlgan maktablarda repressiv muhitni yaratishmoqda?”, deb savol beradi Qozogʻistonning Olmaota viloyati Japek Batir qishlogʻining 4-sonli oʻrta maktabi informatika oʻqituvchisi Gulbaxt Dixanbayeva.

“2022-yilda Rossiyada diktator Stalin rejimi izdoshlari boʻlgan “mafkurachilar” hali ham borligiga ishonib boʻlmaydi”, deb aytgan u.

Bishkekdagi qirgʻiz-turk maktabining qirgʻiz tili oʻqituvchisi Aida Eshmatova Rossiyaning zamonaviy maktablari hali ham Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin yoʻq boʻlib ketgan “xalq dushmani” kabi iboralardan foydalanishidan taajjubda ekanligini aytadi.

Rossiyaga 1930-yillar qaytayotganga oʻxshaydi, bu juda xavotirli”, deb aytgan u.

Koʻpchilik qirgʻizistonlik yozuvchi va shoirlar Stalin qatagʻoni dahshatlarini boshlaridan kechirib, “xalq dushmani”ga aylanganlar, deb aytgan u.

Rossiyada Stalin rejimini qoʻllab-quvvatlash trendi “hukumat oʻzgarib, davlat progressiv siyosatchilar nazoratiga oʻtmagunicha” saqlanib qolaveradi, deydi Oʻzbekiston Milliy universitetining iqtisodiyot yoʻnalishi talabasi, toshkentlik Bahrom Xaydarov.

“Ishonchim komilki, odamlar zamonaviy tamoyillar va qadriyatlardan ortda qolgan eski siyosatchilar gvardiyasidan charchagan”, deb aytgan u.

Bitmagan yaralar

Markaziy Osiyoda Stalin qatagʻonlari yetkazgan jarohatlar hali ham bitmagan.

Mintaqada yashagan va milliylik gʻoyalari uchun kurashgan minglab ziyolilar kommunistlar tomonidan “xalq dushmani” sifatida qatl qilingan, 1930-yillardagi majburiy kollektivlashtirish natijasida esa millionlab odam ochlikdan nobud boʻlgan.

SSSR boʻylab Stalin sababchi boʻlgan oʻlimlar sonini aniqlashtirish imkoni yoʻq.

Ayrim hisob-kitoblarga koʻra, 1921 (Stalin hukmronligidan bir necha yil avval) va 1953 (Stalin vafot etgan yil) yillar orasida 5,5 million kishi qatl etilgan. Boshqa raqamlar bundan ham yuqoriroq.

Taxminlarga koʻra, birgina Qozogʻistonning oʻzida Stalin siyosati natijasida qozoqlarning uchdan biri halok boʻlgan .

Stalin davrida 40 ming qirgʻizistonlik qatl qilingan boʻlishi mumkin.

Har yili 8-noyabr kuni qirgʻizistonliklar Ota Beyit (Otalarimiz qabri) yodgorlik majmuasida Sovet rejimi davrida yoʻq qilinganlarni xotirlash uchun toʻplanadilar. Bu sana 2017-yildan beri rasmiy xotira kuni sifatida tan olingan boʻlsa-da, u koʻp yillardan beri nishonlab kelingan.

Qozogʻiston 1997-yildan beri har yili 31-mayda Stalin qatagʻoniga uchragan qurbonlarini xotirlab keladi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Stalin – ahmoq chalasavod va bosqinchi.

Javob berish