Karvonsaroy
Xavfsizlik

Ukrainaga bosqin Kremlning Qozogʻiston ustidan taʼsiri zaiflashganini fosh etdi

Kanat Altinbayev

1-mart kuni Kiyevning shimoliy jabhasida portlagan koʻprik boʻylab daryoni kesib oʻtayotgan fuqarolar. [Aris Messinis/AFP]

1-mart kuni Kiyevning shimoliy jabhasida portlagan koʻprik boʻylab daryoni kesib oʻtayotgan fuqarolar. [Aris Messinis/AFP]

OLMAOTA – Seshanba (1-mart) kuni Nur-Sulton Moskvaning hujumdagi Rossiya qoʻshinlari safiga qoʻshimcha kuch yuborish haqidagi iltimosini ochiq rad etganidan soʻng, Qozogʻiston rasmiylari yana bir bor Ukraina va Rossiya oʻrtasida tinchlik muzokaralari oʻtkazish taklifini bildirdilar.

Qozogʻiston urush arafasida ham Rossiyaning izmiga boʻysunishdan bosh tortgan edi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainadagi ikki boʻlginchi mintaqa mustaqilligini bir tomonlama tan olganining ertasiga Qozogʻiston rasmiylari qatʼiy tarzda betaraf ekanliklarini eʼlon qilgan edilar.

Qozogʻiston tashqi ishlar vaziri Muxtor Tleuberdi 22-fevral kuni jurnalistlarga Qozogʻiston “Donetsk xalq respublikasi” (DXR) va “Lugansk xalq respublikasi” (LXR) deb ataluvchi davlatlar mustaqilligini tan olish niyatida emasligini aytdi.

Rossiyaning havo hujumiga uchragan Ukraina sharqidagi Chuguyev shahrida yerda yotgan jasadni gilam bilan yopayotgan erkak, 24-fevral. [Aris Messinis/AFP]

Rossiyaning havo hujumiga uchragan Ukraina sharqidagi Chuguyev shahrida yerda yotgan jasadni gilam bilan yopayotgan erkak, 24-fevral. [Aris Messinis/AFP]

9-yanvar kuni Kiyevdagi #SayNOtoPutin aksiyasida “Putinga yoʻq deymiz” deb yozilgan ulkan plakatga imzo chekayotgan namoyishchi yonidan “Erkin Qozogʻiston” yozuvi tushirilgan plakatni ushlab oʻtayotgan ayol. [Sergey Supinskiy/AFP]

9-yanvar kuni Kiyevdagi #SayNOtoPutin aksiyasida “Putinga yoʻq deymiz” deb yozilgan ulkan plakatga imzo chekayotgan namoyishchi yonidan “Erkin Qozogʻiston” yozuvi tushirilgan plakatni ushlab oʻtayotgan ayol. [Sergey Supinskiy/AFP]

“Bu muhokama qilinmayapti”, deb aytgan u Vlast.kz nashriga koʻra. “Biz xalqaro huquq asoslari va [Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)] tamoyillariga amal qilamiz.”

Ukrainaga qoʻshin yuborish masalasi ham kun tartibida yoʻq, dedi Tleuberdi.

Qozogʻiston Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti (ODKB) aʼzosi sifatida Ukrainaga qoʻshin yuborish niyatida emas, chunki Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi urush KXSHT qoʻshinlarining hududiy yurisdiksiyasiga kirmaydi, dedi Senat (parlament yuqori palatasi) spikeri Maulen Ashimbayev oʻtgan payshanba kuni, deb xabar beradi Vlast.kz nashri.

Rossiya yetakchiligidagi KXSHTga olti sobiq sovet respublikasi: Rossiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Belarus va Armaniston kiradi. Ukraina uning aʼzosi emas.

Seshanba kuni Prezident Qosim-Joʻmart Toʻqayev oʻz mamlakatining betaraf ekanini taʼkidlar ekan, ikki davlat oʻrtasidagi muzokaralarga mezbonlik qilish taklifini bildirgan.

Oʻtgan payshanba kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bosqinchilik yurishini boshlaganidan beri Ukrainada janglar davom etmoqda.

Gʻarb davlatlari Rossiya iqtisodini tanazzulga uchratish yoʻlida qoʻshimcha choralar koʻrishga vaʼda berishi ortidan Kreml bir qator sanksiyalarga duchor boʻldi.

Qozogʻiston Rossiyadan “qarzdor” emas

Nur-Sulton hech qanday holatda Moskvaning Ukrainaga qarshi harbiy tajovuzini qoʻllab-quvvatlamaydi, deydi Qozogʻiston armiyasining isteʼfodagi mayori, Olmaota viloyati garnizonining sobiq harbiy ofitseri Dauren Ospanov.

“Koʻpchilik ekspertlar prezidentimiz Qosim-Joʻmart Toqayev... Qozogʻistonga yanvar voqealari paytida vaziyatni barqarorlashtirish uchun qoʻshin yuborgan Putindan qarzdor ekanligini va uni qaytarishi kerakligini aytmoqdalar”, dedi u.

“Ammo bu holatda unday emas.”

Ukraina Rossiyaga xavf tugʻdirmayotgan edi, bu qonli harbiy tajovuz uchun hech qanday asos yoʻq va Qozogʻiston unda ishtirok etmasligi kerak, deb taʼkidladi u.

Yangi yil arafasidagi yoqilgʻi narxi oshishiga qarshi namoyishlar qonli qoʻzgʻolonga aylanar ekan, yanvar oyi oxirida Toʻqayev KXSHTdan vaziyatga aralashishni soʻragan edi.

Qozogʻistonning rasmiy pozitsiyasini bu urushda Ukrainaga xayrixohlik bildirayotgan aksariyat qozoqlar ham qoʻllab-quvvatlagan.

Olmaotada yashovchi jamoatchilik arbobi, Qozogʻistondagi eng yirik “Xabar” va KTK telekanallarining sobiq rahbari Arman Shurayev Ukrainaga yuboriladigan yordam va gumanitar koʻmakni tashkillashtirgan.

U ukrainaliklarning gʻolib boʻlishiga ishonadi.

“Puntin xuntasidan farqli oʻlaroq, har bir ukrainalik oʻz uyini, qarindoshlarini, doʻstlarini, yaylovlari va dalalarini himoya qiladi, bosqinchilar esa shubhali gʻoyalar uchun kurashadi”, deb aytgan u Facebook sahifasidagi videomurojaatida.

Amanbol.kz global tashabbusi rahbari, olmaotalik Amir Shaykejanov Putinni odamlar uyiga xojatxona orqali kirib boradigan kalamushga oʻxshatgan.

“Men ham Rossiyaga qarshi oʻz sanksiyalarimni joriy qildim va uning mahsulotlarini sotib olmayman”, deb aytgan u Karvonsaroy nashriga.

“Xavfli gangrenaga aylangan va nafaqat oʻz fuqarolari, balki boshqalarga ham tahdid soladigan davlatni qoʻllab-quvvatlashni istamayman.”

Qozogʻiston oldidagi xatarlar

Kremlning harakatlari Qozogʻiston uchun xatarli boʻlgani sababli qozoqlar Rossiyaning Ukrainaga bosqinini ogohlantirish deb bilmoqda.

22-fevral kuni Toʻqayev Ukrainadagi vaziyatning Qozogʻistonga salbiy taʼsirlari yuzasidan Xavfsizlik kengashi majlisini chaqirgan va kengashga darhol inqirozga qarshi milliy reja ishlab chiqishni buyurgan.

“Davlat rahbari mamlakatimiz uchun iqtisodiy va boshqa ehtimoliy xatarlarni kamaytirish boʻyicha yoʻriqnoma berdi”, deb xabar berilgan prezident ommaviy axborot xizmati bayonotida.

Soʻnggi yillarda rossiyalik siyosatchilarning shimoliy Qozogʻiston viloyatlari tarixan Rossiyaga tegishli ekani haqidagi koʻplab bayonotlari Markaziy Osiyo respublikasida diplomatik mojarolar va jamoatchilik noroziligini keltirib chiqargan.

Rossiya hozir Qozogʻistonni yaqindan kuzatib borishi kerakligiga ishonch hosil qilgan, deydi siyosatshunos va Olmaotadagi xatarlarni baholash guruhi rahbari Dosim Satpayev.

Qozogʻiston xuddi Gruziyaning ajralib chiqqan Abxaziya va Janubiy Osetiya hududlarini tan olmagani kabi, “LXR” va “DXR” mustaqilligini hech qachon tan olmasligi kerak, deb aytgan u oʻtgan hafta Ozod Yevropa/Ozodlik radiosining qozoq xizmatiga bergan intervyusida.

“Yanvarda Rossiya Qozogʻistonning ichki ishlariga aralashdi va hozirda Kreml yanada kuchli aralashuv uchun oʻzini maʼnan haqli deb hisoblashi mumkin”, deb ogohlantirgan Satpayev.

Oʻz mamlakatida turmush darajasini koʻtara olmagan Rossiya hukumati aholini ichki muammolardan chalgʻitishga harakat qilmoqda, deb aytgan Qozogʻistondagi inson huquqlari boʻyicha xalqaro byuro rahbari, olmaotalik Sergey Duvanov.

“Putin tashqi dushman imijidan aholining vatanparvar qismi qoʻlloviga erishish uchun foydalanmoqda”, deb aytgan u Karvonsaroy nashriga. “Afsuski, bu oʻz samarasini bermoqda. Aksar rossiyaliklar Gʻarb Rossiyani yoʻq qilmoqchi ekanligiga ishonadi.”

Kelajakda Putin Rossiyani “tiklash” kun tartibida yana bir imkoniyatdan foydalanishi va rossiyaliklarning “sovgʻalari”, yaʼni Qozogʻistonning shimoliy viloyatlarini qaytarishni talab qilishi mumkin, deb aytgan Duvanov.

“Oq Oʻrdada (Qozogʻiston prezidenti idorasi) bu ehtimolni istisno qilishmaydi, ammo buni omma oldida muhokama qilib boʻlmaydi”, deb aytgan u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 20

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Ukrainaga shon-sharaflar! Qahramonlarga shon-sharaflar! Qozogʻiston zudlik bilan qurollanishi kerak! Xonaki putinchilar, oʻrningizdan turib, Rossiyangizga boring va oʻsha yerda oʻz Putiningiz uchun kurashing. Unday desa, borib turgan qoʻrqoqsizlar, rashkada sizni urushga yuborishlari mumkin, ukrainaliklar esa sizni bir zumda gumdon qilishadi.

Javob berish

Ukraina oʻzining banderachilar, NATO va AQSHdek ota-onalarga loyiq qiz farzand

Javob berish

Rossiya qachondir Qozogʻistonni egallash ehtimoli katta :)))

Javob berish

Bugun xoxollar Rossiyaning maqtovli Tamanskaya tank diviziyasini yoʻq qildi.

Javob berish

Oʻzining NATO quli bilan AQSH ukrainalik fashistlarga yordam berishdan bosh tortdi, ammo qoʻrqmang Gʻarb va Rossiya qarama-qarshilida oʻzining natsist chorasizligidan foydalanadi.

Javob berish

Agar banderachilar mashʼal yoqib moskallar, pichoqlar va gilyaklar haqida baqirib tursa, svastika belgisi bor bayroq yuzini yopib qolsa ham Makron Ukrainada umuman natsistlarni koʻrmagan boʻlar edi. Bu Emmanuel ukrainalik doʻstlari bilan kichkina qizchadan Georgiy bayroqchasini ham yulib oladi.

Javob berish

Ukrainalik fashistlar sakkiz yil davomida Donbasni oʻqqa tutmagan va hech kimni oʻldirmagan deb aytish uchun Gʻarb davlatlari L/DXRga nechta kommissiya yubordi, ular tomonidan nechta eksgumatsiya ekspertizasi oʻtkazildi.

Javob berish

Xorijiy axborot agentliklari axlat oʻralari va “Exo Moskvi” radiosining yopilishi Rossiya OAVlarining Gʻarbda yopishilini oqlagan AQSH Davlat departamentini gʻazablantirdi.

Javob berish

Endi Rossiyada ikkinchi Afgʻoniston paydo boʻldi, hatto undan battari. U yerda mujohidlar Kalashnikovlar bilan partizan urushi olib borishgan. Ukrainada esa kuchli va yaxshi qurollangan armiyasi bor. Ammo, Ukrainada zamonaviy qurolni qoʻlga kiritishga imkon boʻlmagan, chunki ularning mudofaa tizimi yaxshi moliyalashtirilmagan edi. Ammo bir haftada rossiyaliklarning 6000 ta qurboni Ukraina armiyasining tayyorgarlik darajasi va professionalligi yuqori ekanligidan dalolat. Markaziy Osiyo mamlakatlari qurolli kuchlari qanchalar kichik, kam taʼminlangan va zamonaviy qurollar yetishmasligini oʻylab koʻrsa, Rossiyaga qarshi bir hafta ham kurasha olmaydi. Kech boʻlmasidan iqtisod va qurolli kuchlarni birlashtirib Turkiy davlatlar ittifoqini tuzish kerak. 160 million aholisi va YaIM 1,5-1,6 trillionga dollar hisobga olinsa bir million askarlik armiya yaratsa boʻladi. Rossiya va Xitoy bizni qul qilishni xohlashini yodda tutishimiz kerak. Uygʻurlar taqdiri bizga dars boʻlishi kerak. Shu sababli mintaqada Turkiyaning harbiy bazasi boʻlishi kerak.

Javob berish

SBUga (Ukraina xavfsizlik xizmati) koʻra, bir kunda mingga yaqin rossiyaliklar yoʻq qilinmoqda. Putin hayratda qolayotgandir...

Javob berish

Ha, xoxollar ruslarni konservalamoda.

Javob berish

Nima, Rossiya natsistlar va banderachilarga magʻlub boʻldimi? Nimaga Rossiya bunday kuchsiz boʻlib qoldi?

Javob berish

“Agar men Donbasni oʻqqa tutishni bas qilishga buyruq berganimda buning hech qaysi biri boʻlmagan boʻlar edi”, deb oʻylayapti boʻm-boʻsh bunkerida mahzun pianino chalayotgan janob Zelenskiy.

Javob berish

Qozogʻiston hali ham Rossiya tarkibida emasligiga iching kuyib ketyaptimi?

Javob berish

Ukrainada Rossiya qurolli kuchlari maxsus operatsiyani qay darajada olib boryaptiki, Britaniya ommaviy axborot vositalari Gorlovkada ukrainalik natsistlar tomonidan oʻldirilgan ikkita oʻqituvchining dafn etilishini afsonaviy rossiyalik tajovuzkorning jinoyati deb yoritishga majbur boʻlgan!

Javob berish

Rossiyani imkonsiz vaziyatga tushirib, boʻgʻziga pichoq qadaganidan keyin Gʻarb qadrdon Ukrainaning fashizmini oʻz qoʻli bilan mahkum qildi.

Javob berish

Davlat departamenti jang maydonida ukrainalik qotillar tomonidan amalga oshirilgan va oʻsha ukrainalik sadistlardan kuch bilan tortib olingan urush jinoyatlarining dalillari dalillar sifatida qabul qilinmaydi.

Javob berish

Qudratli Rossiya haqida afsona puchga chiqmoqda. Doim ortda qolgan choʻchqaxona boʻlgan va shundayligicha qoladi.

Javob berish

Yolgʻon, Belorussiya bunda ishtirok etayotgani yoʻq.

Javob berish

Nimaga Rossiya uchun jang qilishimiz kerak? Ular shundoq ham buyuk va qudratli, aminmanki, oʻzlari yaxshi eplaydilar.

Javob berish