Karvonsaroy
Namoyishlar

Oʻzbeklar Rossiyaning Ukrainaga bosqinini qoralayotgan dunyo hamjamiyatiga qoʻshildilar

Rustam Temirov va AFP

Gruziyaning Tbilisi shahrida Ukrainani qoʻllab-quvvatlab oʻtkazilgan mitingda Ukraina bayrogʻini hilpiratayotgan namoyishchilar, 28-fevralda. [Vano Shlamov/AFP]

Gruziyaning Tbilisi shahrida Ukrainani qoʻllab-quvvatlab oʻtkazilgan mitingda Ukraina bayrogʻini hilpiratayotgan namoyishchilar, 28-fevralda. [Vano Shlamov/AFP]

TOSHKENT – Dam olish kunlari oʻzbeklar ham dunyodagi boshqa mamlakatlar qatori Rossiyaning Ukrainaga bosqinini qoraladilar.

Ukraina bayrogʻining koʻk-sariq ranglarida kiyinib olgan va “Uchinchi jahon urushiga yoʻq” va “Rossiyaliklar uyingizga joʻnang” kabi plakatlarni koʻtarib olgan bir necha yuz minglab namoyishchilar yakshanba (27-fevral) kuni dunyo mamlakatlari koʻchalariga chiqishdi.

Berlindan to Bagʻdodgacha, Vashingtondan to Sankt-Peterburggacha namoyishchilar Rossiya prezidenti Vladimir Putinga “uyat” deb hayqirdilar, baʼzilar esa “Putin qotil” yoki “maxluqni toʻxtating” kabi shiorlarni koʻtarib chiqishdi.

Politsiya xabariga koʻra, Germaniya poytaxtida kamida 100 ming, Pragada 70 ming va Amsterdamda 15 ming kishi koʻchalarga chiqqan.

Yevroparlament deputati 1-mart kuni Bryusselda Rossiyaning Ukrainaga bosqini masalasiga bagʻishlangan parlamentning maxsus majlisida Ukraina bayrogʻi tushirilgan plakatni ushlab turibdi. [Jon Tis/AFP]

Yevroparlament deputati 1-mart kuni Bryusselda Rossiyaning Ukrainaga bosqini masalasiga bagʻishlangan parlamentning maxsus majlisida Ukraina bayrogʻi tushirilgan plakatni ushlab turibdi. [Jon Tis/AFP]

Ukrainaning Xarkov shahrida rossiyaliklar tomonidan oʻqqa tutilib, xarobaga aylangan hokimiyat binosining koʻrinishi, 1-mart. [Sergey Bobok/AFP]

Ukrainaning Xarkov shahrida rossiyaliklar tomonidan oʻqqa tutilib, xarobaga aylangan hokimiyat binosining koʻrinishi, 1-mart. [Sergey Bobok/AFP]

Rossiyaning ikkinchi yirik shahri Sankt-Peterburgda ham namoyishga qarshi qatʼiy qoidalarga qaramay toʻplangan 400 kishi qoʻllariga “Urushga yoʻq deymiz”, “Rossiyaliklar uyga keting” va “Ukrainaga tinchlik” kabi plakatlarni koʻtarib olgan edilar.

Yakshanba kuni mamlakat boʻylab 2000 dan ortiq namoyishchi qoʻlga olingan, shu haftaning oʻzida minglab kishi hibs qilinganiga qaramay, namoyishlar toʻxtamagan.

San-Frantsiskodan to Detroyt, Chikago va Kanzas-Sitigacha minglab amerikaliklar Putinni qoralash va Ukrainaga oʻz qoʻllovini izhor qilish uchun namoyishga chiqishgan. Shuningdek, minglab odamlar Kanadaning Toronto shahrida ham miting oʻtkazishgan.

“Jinoiy qaror”

Oʻzbekistonda ommaviy namoyishlar oʻtkazilmagan boʻlsa-da, internetdagi qizgʻin muhokamalardan aksar oʻzbeklarning Ukrainadagi bosqinga qarshi ekanligini bilish mumkin.

Bosqindan bir necha kun avval oʻzbeklar Rossiya davlat Dumasi spikeri Vyacheslav Volodinning boshqa davlatlardan Ukrainaning Donetsk va Lugansk boʻlginchi hududlarini tan olish haqidagi qarorni qoʻllab-quvvatlashini talab qilganidan ranjiganlar.

“Boshqa mamlakatlar bu qarorni qoʻllab-quvvatlashadi va hammaning koʻziga “yaxshi” koʻrinishga harakat qilishmaydi, degan umiddamiz. Chunki bunday pozitsiyaning oqibati yomon boʻladi”, deb tahdid qilgan Volodin.

Hozircha ayirmachi respublikalarni faqat Belarus, Kuba, Nikaragua va Suriya tan olgan.

“Rossiya hukumatining bunday jinoiy qarorini tan olish bemaʼnilikdan boshqa narsa emas”, deb izoh qoldirgan Gazeta.uz nashrining mushtariylaridan biri 22-fevral kuni.

“Oʻzbekiston bunday qilmaydi degan umiddaman. Ayni vaqtda Rossiya loyiq boʻlgan yagona narsa bu sanksiyalar”, deyiladi izohda.

“Ertaga Petropavlovsk Xalq Respublikasiga asos solish Qozogʻiston shimoliga qarab yoʻl olishadimi?”, deb yozgan Xelge Kim ismli yana bir foydalanuvchi Shimoliy Qozogʻiston viloyatining maʼmuriy markazini nazarda tutib. Avvalroq rossiyalik siyosatchilar bu yerlarni Rossiyaga tegishli deb daʼvo qilishgan edi.

Putin Rossiyasi insoniyat tarixida bosqinchi va qonxoʻr sifatida qoladi, deb aytgan yozuvchi Erkin Aʼzam Kun.uz saytiga oʻtgan hafta juma kuni.

Putin oʻz qoʻshnisi, qardosh xalqi uyiga bostirib kirdi va begunohlarni oʻldirmoqda, deb aytgan u.

“Bilasiz, bir insonni oʻldirgan kishi qotil deyiladi. Xoʻsh, Ukrainaga bostirib kirib, yuzlab insonlar oʻlimiga sabab boʻlayotganlarni kim deb atash mumkin ekan?”, deb savol bergan Aʼzam.

Bu yolgʻiz Ukraina emas, butun insoniyatga qarshi ochilgan urush, deb aytgan huddi shu kun Fahriddin Nizomov ismi bilan tanish boʻlgan shoir Faxriyor Kun.uz nashriga.

Putin yonidagi oyoqqa turib kelayotgan demokratiyadan qoʻrqadi, chunki demokratiya avtoritarizmga, bir shaxsning 20 yildan oshiq hokimiyatda qolib ketishiga yoʻl bermaydi, deb aytgan u.

“Bu urush hammamizga saboq boʻlishi kerak. Ogoh boʻlishimiz kerak. Ukraina bosqinchilar hujumiga qarshi tura olmas ekan, boshqa hech bir sobiq sovet mamlakati ularga qarshi tura olmaydi.”

Juda yaxshi tanish

Bu orada oʻzbek tahlilchilari Kremlning falokatli xatti-harakatlarining geosiyosiy va iqtisodiy oqibatlaridan xavotir bildirmoqda.

Dushanba kuni Kremlning bosqiniga javoban Gʻarb Moskvaga nisbatan yangi sanksiyalar joriy qilar ekan, Moskva fond birjasida rublning dollar va yevroga nisbatan kursi keskin pasayib ketgan.

Dushanba kuni valyuta kursi 30 foizga pasaygan va bir rubl bir sentdan ham arzon boʻlib qolgan.

Toshkentda soʻmning dollarga nisbatan qiymati 9 foizga tushishi ortidan aksar valyuta ayirboshlash shaxobchalari ishlamadi, deb xabar bergan AFP muxbiri dushanba kuni.

“Rossiyaning iqtisodiyoti va rubl Kremlning harakatlaridan aziyat chekadi va bu shubhasiz Oʻzbekiston iqtisodiyotiga taʼsir qiladi”, deb aytgan toshkentlik iqtisodchi Yuliy Yusupov Karvonsaroy nashriga.

“Voqealar rivoji boshqa mamlakatlardan kirib kelayotgan investitsiyalarga ham taʼsir qiladi, investorlar Makaziy Osiyoni ishonchsiz deb topishi mumkin”, deb aytgan u.

Shuningdek, Yusupov rossiyaliklarga ham mujda yoʻllagan.

“Sizni Vashington emas, Kreml qashshoqlashtiryapti. Nafaqaxoʻrlarning “borshch indeksini” ikki karra qimmatlashtirgan iqtisodiy siyosat Londonda emas, Moskvada olib borilyapti”, deb aytgan u oziq-ovqat narxini kuzatuvchi indeksni nazarda tutib.

“Agar sanksiyalar va urush oqibatlari taʼsirida Rossiya rubli qadrsizlansa, bizning valyutamiz ham qadrsizlanadi. Oʻtgan bir necha yillarda erishilgan barcha yutuqlar bir harakat bilan yoʻq boʻladi”, deb aytgan toshkentlik siyosiy tahlilchi Farhod Mirzaboyev Karvonsaroy nashriga Rossiya Oʻzbekistonning asosiy savdo hamkori ekanini taʼkidlab.

Shu sababli Rossiya bozorida Oʻzbekiston mahsulotlari raqobatbardoshligini taʼminlash uchun hukumat soʻmning AQSH dollariga nisbatan kursini korrektirovka qilishga majbur, deb maslahat bergan u.

“Dollarda hisoblaganda daromadlarimiz kamayadi. Xarid qobiliyatimiz pasayadi va inflyatsiya yanada tezlashadi”, deb aytgan Mirzaboyev.

Mirzaboyev Rossiya Oʻzbekiston iqtisodiyotiga zarar yetkazishi, jumladan, oʻzbek mahsulotlariga qadri tushib borayotgan rubl bilan toʻlashi mumkinligidan ogohlantirdi.

Shuningdek, migrantlarning maoshlari qadrsizlanadi va uyga yuboradigan pul oʻtkazmalarni kamayadi.

“Ukraina bilan savdoga ham zarba beriladi. Masalan, bozorimizga kiradigan ayrim dori-darmonlar qimmatlashadi yoki umuman toʻxtatiladi”, deb aytgan u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 5

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Bular asl ukrainaliklarning gaplari; Birodarlarimni qalamidan taniyapman. Salom. Qozogʻistonda oʻxshamadi, endi oʻzbeklarning ongini zaharlashga oʻtdinglarmi?

Javob berish

Nima qilyapsanlar, qoramoʻndilar? Yerlaringni Tojikistonga berib yuboramiz

Javob berish

Turkiston xalqlarini bir-biriga qarama-qarshi qoʻyaman deb chiranma. Eski gap, boshimizdan oʻtgan. Qaytanga birlashamiz, chunki “rus dunyosi” xalqlarimiz boshiga nimalar solishini hamma tushunib boʻlgan. Tojiklar malades; barcha rus maktablarini yopishdi - bosh ogʻrigʻi kamroq boʻladi. Barcha Rossiya ommaviy axborot vositalarini ham yopish kerak. Boʻlmasam, Kremlning zombiqutisi mintaqadagi pensionerlarga salbiy taʼsir qilmoqda. Yoshlar aqlliroq; muqobil manbalarni oʻqib, koʻrib, rostni yolgʻondan farqlay oladilar – oʻzbeklar va qozoqlarga eslatma.

Javob berish

Yashasin Ukraina!! Bu Putin rejimi tugallanishining ibditosi. Ukrainaliklar bizning erkinligimiz uchun ham kurashishyapti. Ular qahramonlar.

Javob berish

Xoxollar rossiyaliklarni shafqatsizlarcha qiryapti. Ruslar Ukrainaning qopqoniga tushdi.

Javob berish