Karvonsaroy
Ommaviy axborot vositalari

“RIA” nashrining avvaldan yozib qoʻyilgan maqolasi Kremlning Ukrainaga oid rejalarini fosh etdi

Karvonsaroy

Skrinshot: Ukraina “ishgʻoli” muddatidan oldin bayram qilingan maqola shoshilinch ravishda saytdan olib tashlangan. [Wayback Machine]

Skrinshot: Ukraina “ishgʻoli” muddatidan oldin bayram qilingan maqola shoshilinch ravishda saytdan olib tashlangan. [Wayback Machine]

MOSKVA – Rossiyaning asossiz urushiga qarshi norozilik namoyishlari davom etar ekan, Rossiyaning tashviqot mashinasi Ukraina “ishgʻolini” muddatidan avval nishonlagani uchun kulgiga qolgan.

Oʻtgan payshanba kuni prezident Vladimir Putin Rossiya armiyasiga bir necha jabhadan Ukrainaga bostirib kirishga buyruq berganida, tezda gʻalaba qilishini kutgan koʻrinadi.

Aksincha, ukrain xalqi butun mamlakat boʻylab shiddatli jang qilayotgan, ittifoqchilar esa yordam tariqasida halokatli qurollar joʻnatgan bir paytda Rossiya kuchlari bir hafta ichida katta talafotlarga uchragan.

Harbiy bosqin bilan bir qatorda, Kreml dezinformatsiya urushini ham olib bormoqda – Rossiya bosqinini jaydari va bemaʼni bahonalar bilan oqlashga urinib, Rossiyaning yoʻqotishlarini yashirmoqda.

“Rossiya oʻzining tarixiy yaxlitligini tiklamoqda, rus dunyosini, rus xalqini - barcha buyuk ruslar, belaruslar va kichik ruslarni [ukranlarni] birlashtirmoqda”, deb yozgan Petr Akopov 26-fevral kuni Rossiyaning Ukraina ustidan qozongan gʻalabasini muddatidan oldin nishonlovchi maqolada, 1-mart kuni olingan skrinshot. [Sputnik Oʻzbekiston]

“Rossiya oʻzining tarixiy yaxlitligini tiklamoqda, rus dunyosini, rus xalqini - barcha buyuk ruslar, belaruslar va kichik ruslarni [ukranlarni] birlashtirmoqda”, deb yozgan Petr Akopov 26-fevral kuni Rossiyaning Ukraina ustidan qozongan gʻalabasini muddatidan oldin nishonlovchi maqolada, 1-mart kuni olingan skrinshot. [Sputnik Oʻzbekiston]

Ammo Kremlning tashviqot mashinasi va Putinning trollari voqealar markazida boʻlishga zoʻr berib urinmoqda.

Shanba (26-fevral) kuni ertalab soat 8:00 da Rossiyaning “RIA Novosti” davlat axborot agentligi Petr Akopov muallifligidagi “Ukraina Rossiyaga qaytdi” deb nomlangan bayram maqolasini chop etilgan.

Maqolaning ahmoqona ekanligini anglagan kimdir uni shosha-pisha oʻchirib tashlagan, ammo uning nusxalari Wayback Machine kabi avtomatlashtirilgan internet-trekerida kelajak avlod uchun saqlanib qolgan.

Mustaqil axborot agentliklari va ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari bu hodisani tezda payqadilar.

Niderlandiyada joylashgan Bellingcat jurnalistik tekshiruv guruhining ijrochi direktori Xristo Grozevning aytishicha, bu voqea “hatto Kreml oʻlchovlariga koʻra ham oʻta hayratlanarli”.

“Bu maqola Rossiya qurolli kuchlari Kiyevni egallab, mamlakatni oʻziga boʻysundirgan stsenariy uchun yozilgan koʻrinadi... Ammo voqelikda unday boʻlmadi”, deb yozdi u yakshanba kuni Twitterda.

“Deylik, bu shunchaki tahririyatning xatosi boʻlib, barvaqt tuzatilgan va maqola davlat nuqtai nazarini aks ettirmagan. Unda.. xuddi shu maqola @SputnikInt kabi boshqa davlat kanallarida ham yoyinlanganini qanday izohlash mumkin?”, deydi u.

Maqola “RIA Novosti”dan oʻchirilgan boʻlsa-da, u “Sputnik” tashviqot saytining oʻzbek tilidagi sahifasida saqlanib qolgan. Shuningdek, u Pokistonning The Frontier Post saytida ingliz tilida qayta chop etilgan.

“Bu fitnali maqolani janob Putinning qoʻshinlari tez va oson gʻalaba qozonadi, degan taxmin bilan oldindan chop etish rejalashtirilgan, kimdir esa uni bekor qilishni unutib qoʻygan, chogʻi”, deb yozadi dushanba kuni The Economist.

Fosh etuvchi parchalar

Akopov maqolasida keltirilgan soʻzlar mashʼum va oʻtkir. Ular bamisoli masihiy rus shovinizmining zaharli qorishmasi boʻlib, Ukrainaning milliy oʻzligini inkor etish, sobiq Sovet Ittifoqini sogʻinish va Rossiyaning harbiy shon-shavkatiga asossiz ishonchni aks ettiradi.

Maqolaning muqaddimasi Rossiyaning amalga oshmagan gʻalabasi haqida hikoya qiladi.

“Koʻz oʻngimizda yangi dunyo paydo boʻlmoqda”, deb boshlanadi u. “Rossiyaning Ukrainadagi harbiy amaliyoti yangi davrni boshlab berdi”.

Bundan Akopov maqolani qachon yozgan va uni yozayotganida Rossiyaning bir necha oylik inkorlarga qaramay, Ukrainaga bostirib kirmoqchi ekanini bilganmi, degan savol tugʻiladi.

“Ukraina Rossiyaga qaytdi”, deya zavq-shavq xitob qiladi u maqola davomida 1991-yili Sovet Ittifoqi parchalanib, Ukraina 15 ta postsovet mamlakatidan biriga aylanganidan keyin ortga qaytishni nazarda tutib.

Akopov Rossiya rahbarligida tiklangan slavyan birodarligini ulugʻlagan, bahaybat rus armiyasiga qarshi kurashayotgan ukrainaliklar buni ochiq rad etadilar.

“Rossiya oʻzining tarixiy yaxlitligini tiklamoqda, rus dunyosini, rus xalqini - barcha buyuk ruslar, belaruslar va kichik ruslarni [ukranlarni anglatuvchi eskirgan termin] birlashtirmoqda”, deb yozadi u.

Akopov Putinning bosqinini maqtash uchun vahimali tarzda Xolokostni eslatuvchi iborani qoʻllagan.

“Vladimir Putin zarracha mubolagʻasiz, Ukraina masalasini hal qilishni kelajak avlodlarga topshirmaslikdek tarixiy masʼuliyatni oʻz zimmasiga oldi”, dedi u.

“Ukrainani... Rossiyaga qaytarish har oʻn yilda tobora qiyinroq boʻlib borar edi.”

Akopovning nazarida, Ukrainaning muddatidan oldin nishonlangan “ishgʻoli” xiyonatkor “anglosakslar”ning (ingliz va amerikaliklar) ham magʻlubiyatini anglatadi.

“Anglosakslar Yevropani ham aralashtirayotgan Rossiya bilan qarama-qarshilik yevropaliklarni hatto mustaqillik imkoniyatidan ham mahrum qiladi”, deb yozadi u.

“Rossiya Gʻarbga shunchaki urush eʼlon qilgani yoʻq – u Gʻarbning global hukmronlik davrini butunlay va uzil-kesil tugagan deb hisoblash mumkinligini koʻrsatdi”.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 5

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Akopov asli rus millatiga mansub EMAS, lekin u Putlerning ketini yaxshi oʻpadi - manqurt, oʻz xalqining xoini va rossiyaliklarning malayi! Ukraina gʻalaba qozonadi, Rossiya esa bir nechta mustaqil davlatlarga parchalanib ketadi!

Javob berish

Petr Akopov – Rashkadagi koʻpchilik kabi GʻIRT TOʻNKA odam. HAMMACI UKRAЇNA BOʻLADI! [mashhur Ukraina urush shiori] Qahramonlarga shon-sharaflar! Moskoviyalik ORKlarga oʻlim!

Javob berish

Pyotr Akopov ajoyib muallif, kecha oʻqigan edim

Javob berish

Rossiyaliklar zamonaviy texnologiyada ortda qolgan.

Javob berish

Rossiyadagi hech bir janjal qoramoʻndilarsiz boʻlmaydi. 1918-yilda xuddi oʻlaksaxoʻrlardek Fargʻona viloyatini tozalashgan.

Javob berish