Karvonsaroy
Siyosat

Bayden “diktator” Putinni qoralar ekan, dunyoda demokratiya va avtokratiya oʻrtasida urush ketayotgani haqida ogohlantirdi

Karvonsaroy va AFP

1-mart kuni Vashingtonda (Kolumbiya okrugi) vitse-prezident Kamala Xarris (oʻngda) va Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi olqishlari ostida AQSH Kongressiga ilk murojaati chogʻida jestlar bilan soʻzlayotgan prezident Jo Bayden. [Saul Loeb/Pool/AFP]

1-mart kuni Vashingtonda (Kolumbiya okrugi) vitse-prezident Kamala Xarris (oʻngda) va Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi olqishlari ostida AQSH Kongressiga ilk murojaati chogʻida jestlar bilan soʻzlayotgan prezident Jo Bayden. [Saul Loeb/Pool/AFP]

VASHINGTON, KO – Seshanba (1-mart) kuni AQSH prezidenti Jo Bayden rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinni qoʻshni Ukrainaga bostirib kirgani uchun iqtisodiy va diplomatik izolyatsiyaga duchor boʻladigan “diktator” deb atar ekan, dunyoda demokratiya va avtokratiya oʻrtasida “jang” kechayotgani haqida ogohlantirdi.

U qoʻshma majlisda Kongressga ilk bor murojaat qilar ekan, rus bosqinchilariga qarshi turgan Ukrainaning “qudrat devorini” maqtab, Putinni shiddatli tanqid ostida qoldirdi.

“Bu qadam xorijiy mamlakatga bostirib kirgan Rossiya diktatori uchun dunyo miqyosida juda qimmatga tushadi”, deb aytgan Bayden.

“Demokratiya va avtokratiya oʻrtasidagi urushda demokratik davlatlar qoʻli baland kelmoqda, dunyo tinchlik va barqarorlik yoʻlini tanlamoqda.”

1-mart kuni Vashingtonda prezident Jo Baydenning AQSH Kongressiga ilk murojaati chogʻida AQSHning birinchi xonimi Jill Bayden oʻz mehmoni – Ukrainaning Qoʻshma Shtatlardagi elchisi Oksana Markarovani olqishlamoqda. [Evelin Xokshteyn/Pool/AFP]

1-mart kuni Vashingtonda prezident Jo Baydenning AQSH Kongressiga ilk murojaati chogʻida AQSHning birinchi xonimi Jill Bayden oʻz mehmoni – Ukrainaning Qoʻshma Shtatlardagi elchisi Oksana Markarovani olqishlamoqda. [Evelin Xokshteyn/Pool/AFP]

Qatʼiy harakatlarni amalga oshirayotgan Vashington yetakchiligidagi xalqaro hamjamiyat Rossiyaga qarshi shiddatli iqtisodiy urush boshladi, Rossiyani tiz choʻktirish bilan tahdid qilayotgan bir qator sanksiyalarni joriy qildi.

Gʻarb Putin rejimi ostida milliardlab dollarlarni oʻmargan rossiyalik oligarxlar va “korrupsiyalashgan yetakchilarni” nishonga olib, “ularning yaxtalari, qimmatbaho uylari, shaxsiy samolyotlarini tortib oladi”, deb ogohlantirgan Bayden.

“Biz nopok yoʻl bilan orttirgan boyliklaringizni tortib olamiz”, deb aytgan Bayden qarsaklar ostida.

Ukrainaga qarshi bosqinga javoban Bayden Rossiya samolyotlari, jumladan avialaynerlari uchun AQSH havo hududi yopilishini eʼlon qilgan, Qoʻshma Shtatlardan Kanadagacha va bir qator Yevropa mamlakatlari ham xuddi shunday qaror qabul qilganlar.

Uning soʻzlariga koʻra, Putin sanksiyalarning Rossiya iqtisodiyotiga qanchalik “ogʻriqli” taʼsir qilishini, uning bosqini Gʻarb mamlakatlari tomonidan nechogʻli kuchli qarshilikka duch kelishini toʻgʻri baholay olmagan.

“Putinning avvaldan oʻylangan bu urushi umuman asossiz”, deb aytgan u.

“U bir necha bor diplomatik saʼy-harakatlarni rad etdi. Gʻarb va NATO javob choralari koʻrmaydi, deb oʻyladi. U bizni ajratib yuborish mumkin, deb oʻylagan edi”, deydi Bayden. “U bizni Yevropada ham ajratib yubormoqchi edi.”

“Ammo Putin xato qildi. Biz tayyormiz. Biz birdammiz”.

Ukraina devori

Bayden shiddatli harbiy hujumga qaramay, ruslarga qarshi turgan ukrainaliklarga tasanno aytdi.

Putin “Ukrainaga bostirib kiraman va dunyo agʻdar-toʻntar boʻlib ketadi, deb oʻylagan edi. Qaytanga u hech qachon kutmagan va tasavvur qilmagan qudratli devorga duch keldi”, deb taʼkidladi Bayden. “U ukrain xalqi bilan yuzlashdi.”

AQSH kongressmenlari mamlakatning Vashingtondagi elchisi Oksana Markarovaga yuzlangan holda Ukrainani tik turib olqishladilar.

“Bugun kechqurun shu zaldagi har bir odam Ukrainaga va butun dunyoga qatʼiy mujda yoʻllasin. Iltimos, agar qoʻlingizdan kelsa, oʻrningizdan turing va biz, Amerika Qoʻshma Shtatlari Ukraina xalqini qoʻllab-quvvatlashini koʻrsating.”

Kongressmenlar bir ovozdan qarsak chalib, olqishlar ekan, koʻzlari yoshga toʻlgan Markarova oʻzini qoʻlga olishga urindi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 3

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

“Rossiya kuchsizligidan foydalanib abadiy divident olamiz deb oʻylamang. Ruslar doim pulini qaytargan. Qaytganlarida esa goʻyoki sizni oqlaydigan shartnomalaringizga ishonib qolmang. Ular yozilgan qogʻozga ham arzimaydi. Rossiyaliklar bilan qoidaga asosan oʻynang yoki umuman oʻynamang.”

Javob berish

Frantsuzlarning prezidenti betayin, ovsar va kaltafaxm: boshidan aniq boʻlgan narsani eshitish uchun Emmanuel Putinga bir hafta uchinchi marta qoʻngʻiroq qildi.

Javob berish

Oq uy va boshqa Gʻarb mamlakatlari rossiyaliklarning Ukraina qotillari fuqarolardan tirik qalqon sifatida foydalanmasligi talabini qoralaydi, boʻlmasa ukrainalik fashistlar qolmaydi.

Javob berish