Karvonsaroy
Xavfsizlik

Rossiyaning Ukrainaga qarshi dastlabki hamlasi strategik xato deya baholanmoqda

Akim Halimov va AFP

1-mart kuni Kiyev viloyatida tashlab ketilgan Rossiya harbiy mashinalari. [Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi]

1-mart kuni Kiyev viloyatida tashlab ketilgan Rossiya harbiy mashinalari. [Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi]

1-mart kuni Kiyev viloyatida taslim boʻlgan Rossiya qoʻshinlari. [Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi]

1-mart kuni Kiyev viloyatida taslim boʻlgan Rossiya qoʻshinlari. [Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi]

1-mart kuni Kiyev viloyatida rossiyalik askar qurbon boʻlgan. [Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi]

1-mart kuni Kiyev viloyatida rossiyalik askar qurbon boʻlgan. [Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi]

1-mart kuni Kiyev viloyatida tashlab ketilgan Rossiya harbiy mashinalari. [Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi]

1-mart kuni Kiyev viloyatida tashlab ketilgan Rossiya harbiy mashinalari. [Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi]

1-mart kuni Kiyev viloyatida tashlab ketilgan Rossiya harbiy mashinasi. [Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi]

KIYEV – Tezkor blitskrig va Kiyevni ishgʻol qilish rejasi barbod boʻlar ekan, butun dunyo Rossiyaning harbiy muvaffaqiyatsizliklarining guvohiga aylandi.

Kreml rejasiga koʻra, bir necha soat ichida Ukraina poytaxtiga kirib, u yerda qoʻgʻirchoq liderni tayinlashnimoʻljallagan Rossiya harbiylari bir haftadirki, katta yoʻqotishlarga duchor boʻlmoqda.

Shunga qaramay, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskvaning Ukrainaga yurishi silliq kechayotganini taʼkidlamoqda.

“Harbiy operatsiya qatʼiy kun tartibi va reja boʻyicha ketayotganini aytmoqchiman”, dedi u payshanba (3-mart) kuni oʻz xavfsizlik kengashi majlisining ochilishida.

1-mart kuni Kiyev viloyatida yoʻq qilingan Rossiya harbiy texnikasining koʻrinishi. [Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi]

1-mart kuni Kiyev viloyatida yoʻq qilingan Rossiya harbiy texnikasining koʻrinishi. [Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabi]

Ammo Rossiya rejimi 1979-1989-yillarda Sovet Ittifoqi bostirib kirgan Afgʻonistondagidan koʻproq yoʻqotishlarga uchrayotganini tan olishga majbur boʻldi.

Oʻsha urushda 9 yil davomida 15 mingdan ortiq Sovet askarlari halok boʻlgan.

2-mart kuni Rossiya birinchi marta Ukrainadagi yoʻqotishlar sonini eʼlon qildi, unga koʻra, oʻtgan hafta Putin qaroridan keyin 498 ta askar halok boʻlgan. Umumiy raqamlar yangilanmagan.

Rossiya bergan qurbonlar Kreml aytayotganidan ancha koʻp, deydi Ukraina tomoni. Ukraina bosh shtabining juma kungi xabariga koʻra, rossiyaliklarning 9166 askari qurbon boʻlgan.

Jiddiy logistika muammolari

Misli koʻrilmagan yoʻqotishlardan tashqari, Rossiya armiyasi oziq-ovqat, yoqilgʻi yetishmovchiligidan aziyat chekmoqda, zirhli texnika tashlab ketilmoqda va samolyotlar yoʻq qilinmoqda.

Rossiya qurolli kuchlarini oʻrganuvchi tahlilchilar olib borilayotgan kampaniyaning samarasizligidan hayratda.

Bosqin karvonlari toʻxtab qolgan, aftidan, rossiyaliklarning yuzlab zirhli texnikasi yoʻq qilingan. Ukrainaliklar Kreml havo kuchlarining havo hududi nazoratini egallashiga toʻsqinlik qilganlar.

“Urush boshlanganidan ikki-uch hafta oʻtib shunday ahvolga tushsangiz ham mayli edi”, deydi AQSHda joylashgan Rand Corporation global siyosat masalalari boʻyicha tadqiqot markazi mudofaa boʻyicha katta tahlilchi Skott Boston.

“Ammo uyga kirayotib, ostonada qoqilib ketsangiz sizda boshqa muammo bor”, deb aytgan u.

Kiyevdan 32 km uzoqlikda Rossiya harbiy yuk va hujumchi mashinalaridan iborat katta karvon toʻxtab qolgan, deyiladi Britaniya mudofaa vazirligi razvedkasining payshanba kungi maʼlumotida.

Bir necha kilometrlik kolonna “Ukrainaning kuchli qarshiligi, mexanik buzilishlar va tirbandlik natijasida kechga qolgan”, deyiladi unda.

Karvonni shu hafta olingan bir qator sunʼiy yoʻldosh suratlarida koʻrish mumkin, bu taktikada yuz berishi mumkin boʻlgan oʻzgarishlar, “cheklanmagan urushning” yangi bosqichi haqidagi savollarni paydo qiladi, deb xabar bergan New York Times nashri.

Tahlilchilarga koʻra, askarlarga oziq-ovqat, texnika uchun yoqilgʻi va ogʻir artilleriyadan iborat karvon “uch kundan beri sezilarli darajada olgʻa yurmagan”, deb xabar beriladi Britaniya razvedkasi tahlilida.

Oziq-ovqat va yoqilgʻi yetishmovchiligi

AQSH razvedkasi ham vaziyatni xuddi shunday baholagan.

“Biz tashlab ketilgan mashinalarni koʻryapmiz. Nafaqat yoqilgʻi, balki oziq-ovqatda ham yetishmovchilik muammosiga guvoh boʻlyapmiz”, deb aytgan Pentagon vakili Jon Kirbi chorshanba kuni.

Rossiya oʻzining katta va turli-tuman imkoniyatlari yoki logistikani boshqarishni hujumga yaxshi moslashtirmagan koʻrinadi, deb aytgan u.

“Murakkab umumharbiy imkoniyatlar mavjudligiga qaramay, ular toʻliq integratsiya qilinmaganiga guvoh boʻlyapmiz”, deb aytgan u.

Seshanba kungi brifing davomida Kirbi rossiyaliklarning shimoldan Kiyev tomon harakati nima uchun “toʻxtab qolganini” tushunish qiyin ekanini aytgan.

AQSH mudofaa vazirligining nafaqadagi davlat xizmatchisi Trent Telenkoning aytishicha, Rossiya qurolli kuchlari “Ukrainaning loyqa mavsumida” ogʻir texnikani notekis yoʻllardan olib yurishni istamagan, chunki mashinalarning shinalari zarur texnik koʻrikdan oʻtmagan.

“Harbiy yuk mashinalari profilaktika uchun bir oyda bir marta texnik koʻrikdan oʻtkazilishi kerak”, deb yozgan u oʻzining Twitter sahifasida shikastlangan shinalar va tashlab ketilgan mashinalarning internetga joylangan bir qancha suratlari va videolarini tahlil qilib.

Jipslashgan ukrainaliklar

Boshqa tahlilchilar nima uchun Putinning rejalari muvaffaqiyat oʻrniga omadsizlikka uchrayotganini tushuntirib berishgan.

“Eng asosiysi, ular raqibni yetarlicha baholay olmadi”, deb aytgan Razumkov markazidagi harbiy dasturlar rahbari Mikola Sungurovskiy Karvonsaroy nashriga.

“Dushmanni yaxshi bilishingiz kerak”, deb aytgan u. “Putin oʻz nomini tarix solnomalarida qoldirishni istaganmi?"

“Buning oʻrniga uning nomi ruhiy kasalliklar solnomasida qoladi, chunki u vaziyatning haqiqiy koʻrinishidan koʻra oʻz safsatasiga ishongan”, dedi Sungurovskiy. “U oʻzini ukrainaliklar va Ukrainaning yoʻqligiga va qarshilik boʻlmasligiga ishontirgan.”

Ammo, qarshilik kuchli. Butun davlat rossiyalik agressorga qarshi kurash yoʻlida birlashgan.

Odatiy armiya boʻlinmalari bilan bir qatorda, minglab fuqarolar nizoga qoʻshilgan: ular Molotov kokteyllarini tayyorlab, dushman mashinalariga qarata uloqtirmoqda, tanklarning yoʻlini toʻsish uchun daraxtlarni kesishmoqda va hatto qurolsiz ularga qarshi chiqishmoqda.

Rossiyaning ayrim harbiy boʻlinmalari ommaviy qarshilikka duch kelganidan keyin jangga kirishmaslik uchun oʻz mashinalarini buzmoqda, deb aytgan Pentagonning katta rasmiysi New York Times nashriga seshanba kuni.

“Ayrim holatlarda rossiyalik askarlar jang qilmaslik uchun mashinalarning yoqilgʻi baklarini atayin teshib qoʻyishgan”, deb yozgan Times.

“Muvaffaqiyatga takabburona ishonch”

Rossiyaliklar jangning eng muhim qismi: ilk uch kunda muvaffaqiyatsizlikka uchrashdi, deb taʼkidlagan Ukraina bosh shtabining boshligʻining sobiq oʻrinbosari Igor Romanenko.

“Ular ikkinchi Chechen urushi taktikasi: bu yerda yarim partizan kuchlariga duch kelishni umid qilib hujum guruhlarining ommaviy yondashuvidan” foydalanishdi, deb aytgan u Karvonsaroy nashriga.

“Bu muvaffaqiyatga takabburlik bilan ishonish deyiladi”, deydi u. “Bu yerda partizanlar yoʻq, bu yerda oʻz vatanini himoya qilayotgan yaxshi tayyorgarlik koʻrgan, professional armiya bor va ularning jangovar ruhi rossiyaliklardan bir necha marta kuchli.”

Kremlning maqsadi uch tomondan Kiyevga tezlik bilan kirib borish boʻlgan, ammo ular janub, shimol va sharqdan harakatlanishda muvaffaqiyatsizlikka uchradilar.

Poytaxtga parashyutchilarni tushirish boʻyicha barcha harakatlar foyda bermadi va Ukraina qurolli kuchlari hududga kirishga harakat qilgan barcha kolonnalarni xuddi oʻq otish poligonidagi kabi osonlik bilan yoʻq qilishgan.

Ukrainani Gʻarb quvvatlovidan ajratib qoʻyish boʻlgan Kremlning ikkinchi maqsadi ham amalga oshmadi, deydi Sungurovskiy.

“Putin biz yolgʻiz qolib ketamiz deb oʻylab, xato qilgan. Ammo Gʻarb uyushgan holda bizni qatʼiy qoʻllab-quvvatladi”, deb aytgan u.

“Blitskrig amalga oshmadi”

Rossiyaning harbiy qudrati haqidagi Kremlning rasmiy bayonoti va Ukrainada dunyo aslida koʻrayotgan vaziyat orasida katta farq bor, deydi Armiya, konversiya va qurolsizlantirish tadqiqotlari markazi rahbari Valentin Badrak.

“Rossiyaning muammolari katta va u texnologik jihatdan orqada qolib ketganiga dalillar koʻp”, deb aytgan u.

“Misol uchun, yaqinda Togʻli Qorabogʻda (2020-yilda) boʻlib oʻtgan urushda Rossiyaning Iskander raketa uchirish tizimining juda koʻp muammolari borligi maʼlum boʻldi. Toʻrt marta amalga oshirilgan raketa uchirilishi muvaffaqiyatsiz boʻlgan va undan avval 2008-yilda Gruziyada ham xuddi shunday boʻlgan edi.”

“Ruslar oʻz dronlari bilan maqtanadi, lekin qani ular? Hech kim koʻrgani yoʻq”, deydi u. “12 yil ichida ular birgina Su-57 qiruvchi samolyotini ishlab chiqarishdi. Ular muvaffaqiyat qozongan yagona soha – “Kalibr” qanotli raketalari. Lekin bu ularning soniga bogʻliq. Insayderlik maʼlumotlarga koʻra, Rossiyada 120 taga yaqin bunday raketa bor.”

Ukrainadagi jang maydonidan olingan suratlar va videolarda Sovet davrining eski texnikasini koʻrish mumkin. Bunday tasvirlar Rossiyaning Putin davri armiyasiga ajratgan milliardlar qayerga ketgani haqidagi savollarni tugʻdiradi.

“Putin, hech qachon qarshilikka uchramagan buzgʻunchi shaxs, ammo hozir qarshilikka duch keldi va bu uni burchakka taqab qoʻydi”, deb aytgan Badrak.

“Blitskrig amalga oshmadi va u qatʼiy qarshiligi uchun ukrainaliklardan alamini olmoqchi. U yadroviy qurollardan foydalanish haqida gapirmoqda.”

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 2

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Rossiya butun Ukrainani bosib olmoqchi deb kim aytdi?

Javob berish

Blitskrig – bu AQSH va NATO rejasiga koʻra, keng qamroqli havo hujumlari, napalm va boshqalar.

Javob berish