Karvonsaroy
Inson huquqlari

Bolalar bogʻchasini bombalash Rossiya urushi ssenariysining odatiy chorasiga aylandi

Karvonsaroy va AFP

9-mart kuni Ukrainaning Mariupol shahridagi tugʻruqxonaga Rossiyaning bomba hujumlari oqibatida yaralangan ayol yordamga muhtoj. [Dmitriy Gurin, Ukraina deputati/Twitter]

9-mart kuni Ukrainaning Mariupol shahridagi tugʻruqxonaga Rossiyaning bomba hujumlari oqibatida yaralangan ayol yordamga muhtoj. [Dmitriy Gurin, Ukraina deputati/Twitter]

Chorshanba (9-mart) kuni Ukrainaning Mariupol shahridagi bolalar shifoxonasining Rossiya tarafidan bombalanishi – tibbiyot muassasalari muntazam ravishda nishonga olinadigan Suriya kabi mojaro hududlaridagi Kremlning davomli taktikasini aks ettiradi.

Mahalliy mutasaddilarning maʼlum qilishicha, janubiy port shahridagi bolalar shifoxonasiga uyushtirilgan hujumda ikki katta yoshli fuqaro va bir qizcha halok boʻlgan, yana 17 kishi jarohatlangan, ular orasida shifokorlar va tugʻish arafasidagi ayollar ham bor.

Voqea joyida boʻlgan qutqaruvchilar tomonidan tarqatilgan videolavhada vayronagarchilik manzarasi aks etgan: yaradorlar evakuatsiya qilingan, ularning ayrimlari zambilda, kuyib ketgan va yonayotgan avtomobil qoldiqlari va bino yonida ulkan chuqur paydo boʻlgan.

Bino ichkarisidagi yoʻlaklar, maʼmuriy kabinetlar va yotoqxonalar vayronalar, oyna siniqlari va yogʻoch parchalariga toʻlgan, matraslar esa ramkasidan chiqib ketgan.

9-mart kuni ukrainalik deputat Dmitriy Gurin eʼlon qilgan videolavha kadrlarida Rossiya bombasi natijasida vayron boʻlgan Mariupol tugʻruqxonasi aks etgan.

9-mart kuni ukrainalik deputat Dmitriy Gurin eʼlon qilgan videolavha kadrlarida Rossiya bombasi natijasida vayron boʻlgan Mariupol tugʻruqxonasi aks etgan.

Suriyaning Idlib viloyati Shnan shahridagi al-Ixlos tugʻruqxonasidagi bolalar bogʻchasi 2019-yilda Rossiya va Suriya havo zarbalari oqibatida vayron boʻlgan. [Idlib-plyus]

Suriyaning Idlib viloyati Shnan shahridagi al-Ixlos tugʻruqxonasidagi bolalar bogʻchasi 2019-yilda Rossiya va Suriya havo zarbalari oqibatida vayron boʻlgan. [Idlib-plyus]

5-mart kuni kasalxonadan bemorlar va ularning oilalarini evakuatsiya qilish oldidan Kiyev markaziy bolalar shifoxonasidagi bemor bolakay yonida narsalarni yigʻishtirayotgan ayol. [Sergey Supinskiy/AFP]

5-mart kuni kasalxonadan bemorlar va ularning oilalarini evakuatsiya qilish oldidan Kiyev markaziy bolalar shifoxonasidagi bemor bolakay yonida narsalarni yigʻishtirayotgan ayol. [Sergey Supinskiy/AFP]

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy yaqinda rekonstruksiya qilingan shifoxonadagi ulkan vayronagarchiliklar aks etgan videolavhalar bilan boʻlishib, hujumni “harbiy jinoyat” oʻlaroq qoraladi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) matbuot kotibi Stefan Dyujarrik chorshanba kuni hech bir sogʻliqni saqlash muassasasi “aslo nishonga aylanmasligi kerak” deb taʼkidladi.

BMT va Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) “sogʻliqni saqlash, shifoxonalar, tibbiyot xodimlari va tez yordam mashinalariga hujumlarni zudlik bilan toʻxtatishga” chaqirdi.

Oq uy tinch aholiga qarshi “vahshiylarcha” kuch qoʻllanishini qoraladi, Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson hujumni “jirkanch” deb atadi, Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches esa Rossiyani “harbiy jinoyatlarda” aybladi.

“Odamlar yordam soʻrab murojaat qiladigan joy mutlaq vayronaga aylangani dahshatli”, dedi Sharqiy Yevropadagi bolalarni qutqarish tashkiloti direktori Irina Sagoyan payshanba kungi bayonotida.

“Hatto kasalxonalar ham xavfsiz boʻlmasa, oilalar va bolalar qayerga murojaat qiladilar? Ular mojarolar avj olgan, begunoh bolalar qurbon boʻladigan jang maydoniga aylanmasligi kerak”, deydi u.

Mariupol Rossiya qamalida qolgan toʻqqiz kun mobaynida jami 1207 nafar tinch aholi vakili halok boʻldi, deb xabar beradi chorshanba kuni mahalliy hokimiyat.

Shahar hokimiyati Mariupolda “toʻqqiz kun davomida tinch aholi oʻqqa tutilgani” va “yarim million odam yorugʻlik, suv, issiqlik va aloqa vositalaridan mahrum boʻlganini” aytdi.

Tanish shablon

Shifoxonalarga bomba tashlash Rossiya armiyasi strategiyasining tanish shabloni.

Rossiya vahshiyliklarga guvoh boʻlgan Suriyaning Oq dubulgʻalilar fuqarolik mudofaasi boʻlinmasi Suriya va Rossiya hujumlari natijasida minglab tinch aholining hayotini saqlab qolgan holda 252 aʼzosidan ayrilgan.

Seshanba kuni Washington Post maqolasida Oq dubulgʻalilar ukrainaliklarga quyidagicha maslahat berishgan: “Birlashgan Millatlar Tashkilotiga tibbiy inshootlar GPS joylashuvlarini bermang, bu ularning xavfsizligi uchun zarur deb daʼvo qilishlari mumkin. Rossiyaliklar bu maʼlumotlardan ularni nishonga olish uchun foydalanishadi.”

2019-yil iyun oyida BMTning oʻsha vaqtdagi gumanitar yordam boʻyicha raisi Mark Loukok bir qator tibbiy inshootlarga berilgan zarbalardan keyin Rossiyadan qanday qilib Suriya shifoxonalari va klinikalari haqidagi maʼlumotlardan foydalangani haqida soʻragan.

U BMT Xavfsizlik kengashiga, BMTning mojarolarni bartaraf etish tizimi doirasida joylashuvi haqida xabar bergan shifoxonalar himoya qilinishiga “ishonmasligini” aytgan.

Oʻshanda BMT Rossiya qoʻllovidagi Suriya rejimi kuchlari 2019-yil aprel oyi oxirida Idlib viloyatiga hujum boshlaganidan beri 23 ta shifoxonaga zarba berilganini maʼlum qilgan edi.

2019-yil 20-iyun kuni janubiy Idlibda jarohatlangan ayolni olib ketayotgan tez yordam mashinasining oʻqqa tutilishi natijasida ayol va uch nafar tibbiy xodim halok boʻlgan.

Bir oy oʻtib, 18-iyul kuni Rossiya Idlib viloyatida tibbiy inshootlarga zarba berishni toʻxtatish boʻyicha BMTning Xavfsizlik kengashining rezolutsiyasiga qarshi chiqqan.

2019-yil noyabrda Rossiya va Suriya havo hujumlari Suriyaning Halab va Idlib viloyatlarida qutqarish va yordam koʻrsatish xizmatlarini koʻrsatayotgan shifoxona va fuqaro mudofaasi markaziga zarba bergan, unda bir necha tinch aholi vakili jarohatlanib, ikkala binoga shikast yetgan.

Shuningdek Idlib chekkasidagi tugʻruqxonaga ham havo zarbasi berilgan.

Rossiya radioyozuvlari, samolyotlarni kuzatish qaydnomalari va guvohlarning koʻrsatmalarining tasdiqlashicha, 2019-yilda tibbiy inshootlarga qilingan hujumlar Bashar Asad rejimini qoʻllovchi kuchlar tomonidan amalga oshirilgan kattaroq rejaning bir qismi boʻlgan .

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Rossiya bu fashizm va terrorizm demakdir

Javob berish