Karvonsaroy
Xavfsizlik

Rossiyaning odatiy ittifoqchilari Ukrainaga qarshi harakatlarga qoʻshilishni istamayapti

Kanat Altinbayev va AFP

Kiyevdan shimoli-gʻarbida joylashgan Irpen shahridagi fuqarolarni evakuatsiya qilish vaqtida jarohatlangan ayolni olib ketayotgan ukrainaliklar, 8-mart. 24-fevralda Rossiya keng koʻlamli bosqinni boshlaganidan beri Ukrainani 2 milliondan ortiq odam tark etgan, deb xabar berdi 8-mart kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti. [Sergey Supinskiy/AFP]

Kiyevdan shimoli-gʻarbida joylashgan Irpen shahridagi fuqarolarni evakuatsiya qilish vaqtida jarohatlangan ayolni olib ketayotgan ukrainaliklar, 8-mart. 24-fevralda Rossiya keng koʻlamli bosqinni boshlaganidan beri Ukrainani 2 milliondan ortiq odam tark etgan, deb xabar berdi 8-mart kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti. [Sergey Supinskiy/AFP]

MOSKVA – Ukrainaga tartibsiz va ayovsiz bosqini ortidan yakkalanib qolgan Rossiyaning odatdagi ittifoqdoshlari unga qoʻshilishni istamayapti.

Kremlning oʻzidan ancha kichik qoʻshnisini tez boʻysundira olmagani va chorshanba (9-mart) kuni Mariupolda bolalar kasalxonasini bombalash kabi tinch aholiga qarshi urush jinoyatlari odatiy hamkorlarni uni qoʻllab-quvvatlashdan toʻsayotgan koʻrinadi.

Shuningdek, ukrainalik fuqarolar va askarlar, Kiyevning global miqyosda qoʻllab-quvvatlanishi, Rossiya va uning ittifoqchilariga qarshi shiddatli sansiyalar Moskvaning oʻzgaruvchan doʻstlarida yakkalanib qolgan mamlakat haqida savollar tugʻdirmoqda.

Belarus chetda turibdi

Rossiyaga bir guruh ittifoqdoshlar kelishi oʻrniga, Moskva befarqlik, ikkilanish va umuman rad etish holatlarini kuzatmoqda.

28-fevral kuni Germaniyaning Keln shahrida “Ukrainaga ozodlik” namoyishida Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkani marionetka sifatida ushlab olgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin aks etgan karnaval aravasi. [Inna Fassbender / AFP]

28-fevral kuni Germaniyaning Keln shahrida “Ukrainaga ozodlik” namoyishida Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkani marionetka sifatida ushlab olgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin aks etgan karnaval aravasi. [Inna Fassbender / AFP]

10-mart kuni Moskvada boʻlib oʻtgan teleanjuman vaqtida charchagan va yolgʻiz qolgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin. [Mixail Klimentev/Sputnik/AFP]

10-mart kuni Moskvada boʻlib oʻtgan teleanjuman vaqtida charchagan va yolgʻiz qolgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin. [Mixail Klimentev/Sputnik/AFP]

6-yanvar kuni Kiyevdagi Qozogʻiston elchixonasi oldida “Diktatorlikka yoʻq, birdamlikka ha!”, “Erkinlik” plakatlarini koʻtarib olgan faollar. [Sergey Supinskiy/AFP]

6-yanvar kuni Kiyevdagi Qozogʻiston elchixonasi oldida “Diktatorlikka yoʻq, birdamlikka ha!”, “Erkinlik” plakatlarini koʻtarib olgan faollar. [Sergey Supinskiy/AFP]

Diktator Aleksandr Lukashenko boshqaruvidagi qoʻshni va ittifoqchi Belarus 2021-2022-yillarda 190 mingdan ortiq rossiyalik askardan iborat bosqinchi kuchlarni mamlakatda joylashtirishga ruxsat bergan.

Ammo Ukrainaga hujum boshlanganidan beri belarus askarlari oʻz davlatlarida qolmoqdalar.

Belarus armiyasi Ukrainada jang qilishni rejalashtirmayapti, deb aytgan 1-mart kuni Lukashenko. “Biz buni istalgan tarafga isbotlab berishimiz mumkin”, dedi u Minskda boʻlib oʻtgan xavfsizlik kengashining kengaytirilgan majlisida.

“Belaruslarning ishtirokiga hojat yoʻq”, deb qoʻshimcha qilgan u Interfaksga koʻra.

1-mart kuni Ukrainaning Chernigov viloyatidagi Mixaylo-Kotsyubinsk qishlogʻi chegarasiga kirgan, ammo ichkariga harakat qilishdan bosh tortgan Belarusning yagona harbiy karvoni bundan mustasno, deb xabar bergan ZONA.ua veb-sayti 3-mart kuni.

Toʻxtab qolgan boʻlinma Belarus askarlari va jamiyatining Ukrainaga nisbatan tajovuzga qarshi ekanligini bildiradi.

Bunday harakatsizlik sabab fevral oyi oxirida chaqiruv punktlariga povestka olgan belarusliklar yengil nafas olganlar, deb xabar bergan Deutsche Welle 2-mart kuni.

Belarus jamoatchiligi, jumladan Lukashenko tarafdorlari va uning dushmanlari Rossiyaning Ukrainadagi urushida Belarusning aralashuvi ehtimoliga “salbiy munosabatda”, deb aytgan belaruslik siyosiy tahlilchi Valeriy Karbalevich Amerika Ovoziga.

“Lukashenko bu qarshilikni sezadi, shu sababli soʻnggi kunlarda oʻylab bayonot bermoqda”, deb aytgan u.

“U agar kerak boʻlsa, Belarus Rossiya bilan yelkama-elka turib bu urushda ishtirok etadi, degan edi, ammo soʻnggi bayonotlari ancha ehtiyotkorlik bilan qilinmoqda: “Biz urushmaymiz. Rossiya bizdan buni soʻramayapti.”

Moskvaning beqaror doʻstlari

Ayrim tahlilchilar Lukashenko jang qilish niyatida boʻlganidan shubha qilishmoqda.

“Lukashenko qatʼiy fikr bildirgan edi, ammo bu shunchaki bir gap edi xolos”, deydi Qozogʻistonning falsafa, siyosatshunoslik va dinshunoslik institutining katta ilmiy xodimi, olmaotalik Talgat Ismagambetov Karvonsaroy nashriga.

“U oʻzini xuddi Putinning doʻstidek va bir vaqtning oʻzida Gʻarb uchun suveren oʻyinchidek koʻrsatmoqchi”, dedi Ismagambetov. “U doim oʻz yondashuvini muvozanatlaydi.”

“Agar Belarus Rossiya bilan bir safda jang qilsa, bu – muhim qoʻshni Ukraina bilan barcha aloqalarning uzilishini anglatadi”, deb aytgan xalqaro munosabatlar va nizolarni hal qilish boʻyicha mutaxassis, bishkeklik Edil Osmonbetov. “Minskka bu kerak emas.”

Rossiya iqtisodiyotini vayron qilayotgan sanksiyalar Lukashenkoni fikridan qaytargan boʻlishi mumkin, deydi boshqa tahlilchilar.

Belarus endi Rossiyani ogʻir vaqtlarda ishonsa boʻladigan qimmatli iqtisodiy hamkor deb hisoblamaydi, deb aytgan bishkeklik Elmira Suranchiyeva.

Bosqindan keyingi sanksiyalardan kuchsizlangan “Moskva avvalgidek Minskni moliyaviy tomondan qoʻllab-quvvatlay olmaydi, shu sababli Lukashenko oʻz qarashini darhol oʻzgartirdi”, deb aytgan u.

“U Gʻarb davlatlariga qarshi chiqmaslik kerakligini tushunadi va choʻkayotgan kemani tark etmoqchi.”

Shuningdek, Lukashenko askar yuborish Belarus uchun ham vaziyatni ogʻirlashtirishini oʻylashi kerak.

Agar Belarus jangda ishtirok etsa, Rossiyada boʻlayotgani kabi Gʻarb sanksiyalarining ogʻir oqibatlariga duch keladi. “Bu kuchli iqtisodiy zarba boʻladi”, deb aytgan Osmonbetov.

“Bu bizning urush emas”

27-fevral kuni YouTube tarmogʻiga joylangan videolavhada belaruslik sobiq desantchilar brigadasi qoʻmondoni va zahiradagi podpolkovnik Valeriy Saxashik belaruslik askarlarni Ukrainaga hujum qilmaslikka chaqirgan.

“Bu bizning urush emas. Bu nizoda hech qanday sharafga erishmaysiz”, deb aytgan u. “Faqat sharmandalik, xoʻrlik, qon toʻkilishi, oʻlim va butun Belarus xalqi uchun yakkalangan millat nomi berilishiga erishishingiz mumkin.”

U “askarlarni bu jirkanch ishda ishtirok etmaslik uchun barcha choralarni topishga” chaqirgan.

Saxashik Polshada yashagani sababli bu videosi uchun jazolanmaydi.

Yanvar oyida siyosiy norozilikni bostirgan Rossiya yetakchiligidagi Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXSHT) tomonidan qutqarib qolingan Qozogʻiston ham Moskvadan yuz oʻgirgan.

Ammo Qozogʻiston Ukrainani bosib olish uchun askar yuborishdan bosh tortgan. U Belarusdan farqli oʻlaroq, 2-mart kuni Rossiyaning Ukrainaga qarshi tajovuzini qoralovchi BMT rezolyutsiyasiga qarshi ovoz bermagan. Buning oʻrniga, u KXSHTga aʼzo barcha davlatlar – Armaniston, Qirgʻiziston va Tojikiston kabi betaraf qolgan.

Yakshanba kuni Qozogʻiston hukumati hatto Olmaotada Ukraina tarafdorlarining yirik namoyishini oʻtkazishga ruxsat bergan. Namoyishchilar Qozogʻistonning KXSHT va Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqini (YOII) tark etishini ham talab qilganlar.

Bundan tashqari, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukraina sharqidagi Donetsk va Luganskni mustaqil davlat sifatida tan olinishi haqidagi buyruqni imzolaganidan bir kun oʻtib, 22-fevral kuni Qozogʻiston tashqi ishlar vaziri Muxtor Tleuberdi “Qozogʻiston tomonidan ularning tan olinishi haqida gap-soʻz boʻlishi mumkin emas” deb aytgan.

Soʻnggi yillarda Rossiya iqtisodiy va boshqa tashabbuslarni qabul qilsa-da, Oʻzbekiston bir chekkada turibdi.

Rossiya yetakchiligidagi YOIIga qoʻshilishdan bosh tortgan Oʻzbekiston Rossiyaning Ukrainani bosib olganidan mamnun emas. Oʻzbekistonlik tahlilchilar va media isteʼmolchilari hujumni qoralashgan.

Beqaror Xitoy

Xitoy ham Rossiyaga koʻmak berish oʻrniga betaraf qolmoqda. Soʻnggi yillarda Moskva Pekinga iqtisodiy va hatto ehtimoliy harbiy ittifoqdosh sifatida yuzlangan edi.

“Menimcha prezident Si Szinpin va Xitoy yetakchilari Ukrainada boʻlayotgan vaziyatdan biroz bezovta”, deb aytgan AQSH markaziy razvedka agentligi rahbari Uilliam Byorns seshanba kuni global tahdidni baholash boʻyicha eshituvda AQSH kongressmenlariga yuzlanib.

“Ular rossiyaliklar duch keladigan sezilarli qiyinchiliklarni kutmaganlar.”

Seshanba kuni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Germaniya kansleri Olaf Sholts bilan oʻtgan videosammit chogʻida Si Ukraina masalasiga nisbatan “maksimal darajada tiyilishga” chaqirgan, nizoni “juda xavotirli” deb atagan.

Bir kun oʻtib, Pekin Ukrainaga 790 ming AQSH dollariga teng gumanitar yordam yuborishini va birinchi yuk yoʻlga chiqqanini aytgan.

Xitoy rahbariyati “prezident Putin bilan yaqin munosabat uning obroʻsiga putur yetkazishi mumkinligidan” xavotirda, deb aytgan Byorns.

Bularning bari oʻtgan oyda global siyosiy va harbiy tartibning “yangi asrida” birdam boʻlishga vaʼda bergan Si va Putinning “hamkorlikda taqiqlangan sohalar yoʻq” degan bayonotidan keskin farq qiladi.

Sanksiyalar Rossiya ittifoqchilarini ham chetlab oʻtgani yoʻq

Urushdagi passiv roli uchun Belarus duch kelgan negativ munosabat Moskvaning boshqa tarafdorlarini ham oʻylantirib qoʻyishi mumkin.

Janubiy Koreya, Kanada va Yaponiya kabi davlatlar, shuningdek, Yevropa Ittifoqi Belarusga nisbatan sanksiyalar joriy qildi. Ularga Intel va Airbnb kabi kompaniyalar ham qoʻshildi.

Yuqori darajadagi sport olamida belaruslik sportchilar ham rossiyaliklar kabi sharmandali vaziyatda qolishgan.

3-mart kuni Qishki paralimpiya oʻyinlari Rossiya va Belarus sportchilarini musobaqadan chiqarib yubordi.

Bundan tashqari, “futbol va xokkey boʻyicha mutasaddi tashkilotlar Rossiya va Belarus milliy terma jamoalari va klublarini keyingi ogohlantirishga qadar xalqaro musobaqalardan chetlatdi”, deb xabar berdi Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi 28-fevral kuni.

Ushbu qarorlar tufayli Rossiya sayyoradagi eng mashhur sport musobaqasi boʻlgan Jahon chempionatidan, Rossiya va Belarus may oyida boʻlib oʻtadigan xalqaro xokkey chempionatidan chetlatiladi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Rossiyaning ikkita ittifoqchisi bor – ahmoqlar va yoʻllar.

Javob berish