Karvonsaroy
Ommaviy axborot vositalari

Kremlning Ukraina urushiga oid tashviqoti Xitoy ommaviy axborot vositalarida aks-sado bermoqda

Karvonsaroy va AFP

25-fevral kuni savdo markazida televizordagi yangiliklar orqali Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning nutqini tomosha qilayotgan xanchjouliklar. Xitoy davlat OAV Kremlning gʻoyalarini yoyinlanmoqda, jumladan Ukrainaga nisbatan “bosqin” va “urush” soʻzlarini qoʻllashni taʼqiqlab, Moskvaning “maxsus harbiy operatsiya” olib borayotgani hamda Ukraina hududini bosib olish “niyatida emasligi” haqida xabar bermoqda. [STR/AFP]

25-fevral kuni savdo markazida televizordagi yangiliklar orqali Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning nutqini tomosha qilayotgan xanchjouliklar. Xitoy davlat OAV Kremlning gʻoyalarini yoyinlanmoqda, jumladan Ukrainaga nisbatan “bosqin” va “urush” soʻzlarini qoʻllashni taʼqiqlab, Moskvaning “maxsus harbiy operatsiya” olib borayotgani hamda Ukraina hududini bosib olish “niyatida emasligi” haqida xabar bermoqda. [STR/AFP]

PEKIN – Rossiyaning Ukrainaga bosqini boshlanganidan beri Xitoy ommaviy axborot vositalari Rossiyani ayblashdan qochish va prezident Vladimir Putinning harakatlarini oqlash maqsadida Moskva tashviqotini takrorlab kelmoqda.

Rossiya sanksiyalarning taʼsirini, kutilmaganda qurbonlar sonining ortganidan, texnikani boy berganidan va yakkalanishni his qilganidan keyin Ukraina bilan urushda Xitoydan harbiy va iqtisodiy yordam soʻrashi bilan bunday xabarlar ohangi davom etmoqda, deb yozadi AQSH nashrlari yakshanba (13-mart) kuni.

OAVning AQSH rasmiylariga tayanib xabar berishicha, Rossiya oʻzining asosiy ittifoqdoshidan dastak, harbiy texnika va iqtisodiy koʻmak soʻragan, deb xabar beradi New York Times.

Shaxsini ochiqlashni istamagan rasmiy Rossiya aynan nima soʻraganini va Xitoy javob bergan-bermaganini aytmagan.

Wayback Machine arxividan olingan skrinshotda chop etilganidan koʻp oʻtmay oʻchirib tashlangan, Rossiyaning davlatga qarashli “RIA Novosti” axborot agentligi saytida chiqqan Rossiyaning Ukraina ustidan “gʻalabasini” muddatidan avval nishonlagan maqola aks etgan.

Wayback Machine arxividan olingan skrinshotda chop etilganidan koʻp oʻtmay oʻchirib tashlangan, Rossiyaning davlatga qarashli “RIA Novosti” axborot agentligi saytida chiqqan Rossiyaning Ukraina ustidan “gʻalabasini” muddatidan avval nishonlagan maqola aks etgan.

Oʻz navbatida bu xabarlarga bevosita munosabat bildirmagan Pekin Vashingtonni Ukraina urushidagi Xitoy roli borasida “dezinformatsiya” tarqatayotganlikda ayblagan.

Hozirga qadar Pekin Moskvani na qoʻllab-quvvatlagan va na qoralagan, ammo Qoʻshma Shtatlar va NATOning “sharq tomon ekspansiyasini” tanglikni avj oldirishda ayblagan.

Bunday pozitsiya Xitoyning qatʼiy nazorat qilinadigan axborot makonida, davlat bosma nashrlari va televideniyesi, shuningdek ijtimoiy tarmoqlarda oʻz aksini topmoqda.

24-fevral kuni Putin Ukrainaga bostirib kirishini eʼlon qilganida Xitoyning Sinxua rasmiy axborot agentligi buni “harbiy operatsiya” va Moskva Ukraina hududini bosib olish “niyatida emas” deb yoritgan.

Oʻtgan oy davlat nazoratidagi OAVda tarqatiluvchi xabarlar uchun berilgan koʻrsatmada Rossiya uchun nomaqbul yoki gʻarbparast mazmundagi kontent chop etmaslikka buyruq berilgan.

Xitoy davlat ommaviy axborot vositalari Ukraina haqidagi xabarlarni “bosqin” atamasidan foydalanmay, uning oʻrniga vaziyatni “nizo” yoki “toʻqnashuv” deb taʼriflamoqda.

Xorijiy jurnalistlarga intervyu bergan Xitoy rasmiylari ham “bosqin” atamasini rad etib, Xitoy har bir mamlakat suverenitetini hurmat qilishini aytganlar.

Senzura va milliylik

Shuningdek, Xitoy oʻzini tinchlik saʼy-harakatlari bilan yordam bera oladigan vazmin vositachi sifatida koʻrsatishga harakat qilmoqda.

Xitoy “Ukraina masalasida mustaqil siyosat tarafdori boʻlgan va dunyoda barqarorlikni taʼminlash uchun har bir tomon bilan aloqalarni rivojlantirmoqda”, deb xabar bergan Global Times juma kuni.

“Bu toʻgʻri gaplarni topish yoʻlidagi harakat emas”, deydi Polshaning xalqaro munosabatlar instituti tahlilchisi Yustina Shudlik AFP nashriga.

“Gʻarb davlatlari bilan munosabatlarida diplomatik xavflarni kamaytirish uchun Xitoy atayin juda noaniq taʼriflarni qoʻllamoqda”, dedi u.

Shu bilan birga, Pekindagi qishki Paralimpiya oʻyinlarining ochilishida urushning qatʼiy qoralovi Xitoy televideniyesida oʻz aksini topmadi.

Angliya Premyer-ligasi oʻyinlarini translatsiya qilish huquqiga ega Xitoy telekanallari esa, futbolchilarning Ukraina bilan birdamlik izhor qilishi mumkinligini bilib, mart oyi boshida dam olish kunlaridagi oʻyinlarni efirga uzatmagan.

Internet foydalanuvchilari Xitoyning keng miqyosdagi qoʻllovi taʼsirida Rossiyaga xayrixohlik bildirishmoqda.

Weibo saytida Putinni qoʻllab-quvvatlovchi xeshteglarni tarqatishga, shuningdek, uning naqadar jasoratli ekani va ukrainaliklarni taslim boʻlishga chaqiruvchi izohlarga ruxsat berilgan.

Aksincha, davlat ommaviy axborot vositalari Rossiya tashviqotini qoʻllab-quvvatlayotgani haqidagi maqolalar “yolgʻon maʼlumot” sifatida oʻchirib tashlangan.

“Boshqa har qanday davlat singari, Xitoy ham... oʻz xavfsizligi manfaatlarini hamma narsadan ustun qoʻyadi”, deydi Haaga strategik tadqiqotlar markazi tahlilchisi Richard Giasi.

“Ushbu xavfsizlik hisob-kitobida Rossiya bilan barqaror va odatiy aloqalar muhim ahamiyatga ega”, dedi u.

Ammo Giasining aytishicha, Xitoy bu bosqinni Rossiyaning xavfsizlik manfaatlariga putur yetkazadigan NATOga qarshi “mudofaa” chorasi deb hisoblamoqda.

“U aniq pozitsiyani egalladi va uni deyarli oʻzgartirgani yoʻq”, dedi u.

“Eksklyuziv” huquq

Xitoy ommaviy axborot vositalari Pekin chizgan chiziq boʻylab yurishdan tashqari, Rossiyaning dezinformatsiyasini takrorlamoqda.

Ayrim Xitoy OAV xabarlarida Kremlning nuqtayi nazaridan foydalanib, Ukraina armiyasi va xalqi orasida “neonatsistlar” mafkurasi avj olgani iddao qilinmoqda.

Putinning oʻzi urushni oqlash uchun Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni “giyohvand natsist” deb atagan edi.

Millati yahudiy boʻlgan Zelenskiy 2019-yilda boʻlib oʻtgan prezidentlik saylovlarida 73% ovoz bilan gʻalaba qozongan. Urush bilan bogʻliq vaziyatni boshqara olgani uchun uning reytingi 90% dan oshib ketgan.

Bosqin boshlanganidan bir necha soat oʻtib, Xitoy kompartiyasining “Global Times” gazetasi Kremlning RT tashviqot telekanaliga tayanib, koʻp sonli ukrainalik askarlar taslim boʻlgani haqidagi videoxabarni eʼlon qilgan.

Ikki kun oʻtib, Xitoyning markaziy televideniyesi (CCTV) Zelenskiy Kiyevni tark etgani haqidagi Rossiyaning yolgʻon xabarini takrorlagan – bu xabar boshqa mahalliy nashrlarda va Xitoyning Weibo portalida ham chop etilgan.

Weibo saytidagi tegishli xeshteg 510 million marta koʻrilgan va mamlakatdagi 163 ta OAV tomonidan qoʻllangan, deb yozadi The New York Times.

26-fevral kuni CCTV Kremlning navbatdagi dezinformatsiyasini tarqatib, Ukraina tinch aholidan tirik qalqon sifatida foydalanayotgani haqidagi Putinning asossiz iddaolarini keltirgan.

Ommaviy axborot vositalari ham Rossiyaning fitna nazariyalarini ochiqdan-ochiq yoyinlay boshlaganlar.

“Olovsiz tutun boʻlmaydi”, deb yozgan Global Times Ukrainadagi AQSH moliyalashtiruvchi biologik laboratoriyalar koʻrshapalak koronavirusi bilan tajriba oʻtkazayotgani haqidagi Rossiyaning iddaolarini takrorlab.

Vashingtonning bu daʼvolar “borib turgan yolgʻon” ekaniga oid izohlari haqida esa xabar berilmagan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500