Karvonsaroy
Ommaviy axborot vositalari

“Yoʻqolsin urush”: Namoyishchi Rossiya televideniyesi yangiliklarini toʻxtatib qoʻydi

Karvonsaroy va AFP

14-mart kuni Rossiyaning “Birinchi” kanali oʻzgacha fikrlovchi xodimasining Ostankino telestudiyasiga kirgani va eng koʻp tomosha qilinadigan yangiliklar koʻrsatuvi vaqtida “Yoʻqolsin urush” plakatini koʻtarib chiqib, Moskvaning Ukrainadagi harbiy harakatini qoralashini kompyuter orqali koʻrayotgan erkak. Boshlovchi Yekatirina Andreyeva Belarus haqidagi lavhani boshlashi bilan qoʻlda yozilgan plakatni koʻtarib, urushni qoralagan Marina Ovsyannikova ekranda koʻrinish bergan. [AFP]

14-mart kuni Rossiyaning “Birinchi” kanali oʻzgacha fikrlovchi xodimasining Ostankino telestudiyasiga kirgani va eng koʻp tomosha qilinadigan yangiliklar koʻrsatuvi vaqtida “Yoʻqolsin urush” plakatini koʻtarib chiqib, Moskvaning Ukrainadagi harbiy harakatini qoralashini kompyuter orqali koʻrayotgan erkak. Boshlovchi Yekatirina Andreyeva Belarus haqidagi lavhani boshlashi bilan qoʻlda yozilgan plakatni koʻtarib, urushni qoralagan Marina Ovsyannikova ekranda koʻrinish bergan. [AFP]

MOSKVA – Dushanba (14-mart) kuni Rossiyaning eng koʻp tomosha qilinadigan yangiliklar koʻrsatuvini efirga uzatish chogʻida norozi xodima qoʻliga “Yoʻqolsin urush” deb yozilgan posterni ushlab olib studiyaga kirgan va Moskvaning Ukrainadagi harbiy harakatini qoralab chiqqan.

Bu hodisa juda kuchli nazorat ostidagi davlatga qarashli “Birinchi” kanal xavfsizligining noodatiy buzilishi boʻldi. Uning bayroqdor “Vremya” dasturi Sovet davridan beri soat kechki soat 9 da efirga uzatiladi va millionlab odamlar, ayniqsa katta yoshdagi rossiyaliklar tomonidan tomosha qilinadi.

Muxolifat namoyishlarini kuzatib boruvchi “OVD-info” portaliga koʻra, bu ayol Birinchi kanalda muharrir boʻlib ishlagan Marina Ovsyannikovadir.

Boshlovchi Yekaterina Andreyeva Belarus bilan munosabatlar haqidagi lavhani boshlashi bilan Ovsyannikova “Yoʻqolsin urush” deb qoʻlda yozilgan bannerni koʻtargan holda ekranda koʻrinish bergan.

13-mart kuni Moskva politsiyasi Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlariga qarshi namoyishga chiqqan ayolni qoʻlga oldi. [AFP]

13-mart kuni Moskva politsiyasi Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlariga qarshi namoyishga chiqqan ayolni qoʻlga oldi. [AFP]

Posterning pastki qismida, rus tilida: “Urushni toʻxtating. Tashviqotga ishonmang. Bu yerda sizni aldashyapti”, ingliz tilida esa “rossiyaliklar urushga qarshi”, deb yozilgan edi.

1998-yildan beri boshlovchilik qiladigan Andreyeva baland ovozda gapirib uni toʻsishga harakat qilgan bir vaqtda namoyishchi ayol rus tilida bir-ikki ibora, jumladan “Urushni toʻxtating!” deb aytishga ham ulgurgan.

Shunday soʻng efirga shifoxona haqidagi lavha berilgan.

“Manqurtlashgan rossiyaliklar”

Keyinroq Ovsyannikova 14 soat davomida soʻroq qilinganini aytdi. Seshanba kuni Moskvaning Ostankino tuman sudi uni maʼmuriy huquqbuzarlikda ayblab, 30 ming rubl (280 AQSH dollar) miqdoridagi jarimaga tortgan.

Vladimir Putin axborot muhitini boʻgʻib borar ekan Rossiyada haqiqatni topish tobora qiyinlashib bormoqda.

4-mart kuni imzolangan “Soxta yangiliklar” haqidagi ayovsiz qonun rasmiy Kremlning qarashlariga zid boʻlgan xabarlarni jinoyatga tenglashtiriladi, ehtimoliy qamoq muddati 15 yilgacha boʻlishi mumkin.

Kremlparast OAVda ishlovchi ayrim jurnalistlar voqealarni qanday yoritish borasida chegaralanganliklari va ayniqsa “bosqin” soʻzidan foydalanish taqiqlangani haqida xabar berishgan.

“OVD-info” Ovsyannikova otasi ukrainalik, onasi rus ekanligi va ikki mamlakatning urushishini xohlamasligini aytgan videoni joylashtirgan.

“Afsuski, soʻnggi yillarda Birinchi kanalda faoliyat yuritdim va Kreml tashviqotini olib bordim, endi esa bundan uyalaman”, deb aytgan u.

“Teleekranlardan yolgʻon soʻzlanganimdan uyalaman. Men rossiyaliklarni manqurtlashtirishga yoʻl qoʻyganimdan uyalaman”, deb qoʻshimcha qilgan u.

“Bularning bari endigina boshlanayotgan 2014-yilda sukut saqladik”, deb aytgan u Moskvaning Qrimni bosib olishi va Ukrainadagi rossiyaparast ayirmachilarni qoʻllab-quvvatlaganini nazarda tutib.

“Kreml Aleksey Navalniyni zaharlaganida namoyishga chiqmadik. Bu gʻayriinsoniy rejimni kuzatishda davom etdik. Endi esa butun dunyo bizdan yuz oʻgirdi.”

Voqea aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tezlik bilan tarqagan, koʻplab foydalanuvchilar muxolifatga qarshi qattiq bosim olib borilayotgan bir vaqtda ayolning “noodatiy jasoratini” olqishlaganlar.

Ovsyannikovaning jasoratini olqishlagan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari uni qoʻllab-quvvatlashmoqda.

“Jasorating va insonparvarligining uchun tashakkur”, deb yozgan Facebook sahifasida rossiyalik Viktoriya Sherstobitova.

“Qani endi shunday odamlar koʻproq boʻlsa! Bu noadekvat marazmatikni toʻxtatib qolgan boʻlar edik!”, odessalik Nastena Slastena.

“Naqadar jasoratli! Haqiqat va yaxshilik doim gʻalaba qozonadi, bu juda QIMMATGA TUSHADI, ammo GʻALABA QOZONADI”, deb yozgan ukrainalik Yuliya Babich.

“Tinchlik uchun kurash”

24-fevral kuni Ukrainaga bosqin boshlanganidan beri Rossiyada minglab namoyishchilar hibsga olingan.

Rossiya muxolifati yetakchisi Navalniy qamoqxonadan turib rossiyaliklarni urushga qarshi namoyishni davom ettirishga chaqirgan. U Rossiya “qoʻrqoqlar millati” boʻlmasligi kerakligini aytarkan, Putinni “mitti podshoh” deb atagan.

U Rossiya va Ukrainaga hujum qilishi uchun askarlarning oʻtishiga ruxsat bergan Belarus xalqini har ish kuni kechki soat 7 da, dam olish va bayram kunlari kunduzgi soat 2 da asosiy maydonlarda namoyishga chiqishga chaqirdi.

“Men hammani koʻchaga chiqishga va tinchlik uchun kurashgachaqiraman”, deb aytgan u 2-mart kuni Facebook sahifasida yozib qoldirgan bayonotida. U rossiyaliklarni qamoqqa tushishdan qoʻrqmaslikka chaqirgan.

“Urushning oldini olish uchun qamoqxonalar va politsiya mashinalarini toʻldirishimiz kerak, biz qamoqxonalar va politsiya mashinalarini toʻldiramiz.”

“Hamma narsaning bahosi bor, 2022-yil bahorida oʻsha bahoni toʻlashimiz kerak.”

2020-yilda Kreml qilgan deb ayblagan, Novichok asabni falajlovchi moddasi yordamidagi hujumdan keyin 2021-yilning boshida Navalniy Rossiyada Putinga qarshi soʻnggi yillardagi eng yirik namoyishga yetakchilik qilgan.

Navalniyga yaqin boʻlgan Leonid Volkov oʻzining Twitter sahifasida uning harakati ishtirokchilari Ovsyannikovaga solinadigan har qanday jarimani “toʻlashga tayyor” ekanligini yozgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500