Karvonsaroy
Ommaviy axborot vositalari

Kreml qoʻllovidagi OAV Oʻzbekistondagi soʻz erkinligiga bosim oʻtkazmoqda

Rustam Temirov

Toshkentdagi Kun.uz yangiliklar agentligi idorasi, 10-noyabr. Shu oy boshida Kreml qoʻllovidagi OAV Kun.uz nashrini Latviyada joylashgan, Rossiyada xorijiy agent deb ataluvchi mustaqil Meduza nashri chop etgan materiallarni tarqatishda “ayblagan”. [Rustam Temirov/Karvonsaroy]

Toshkentdagi Kun.uz yangiliklar agentligi idorasi, 10-noyabr. Shu oy boshida Kreml qoʻllovidagi OAV Kun.uz nashrini Latviyada joylashgan, Rossiyada xorijiy agent deb ataluvchi mustaqil Meduza nashri chop etgan materiallarni tarqatishda “ayblagan”. [Rustam Temirov/Karvonsaroy]

TOSHKENT – Oʻzbekiston ommaviy axborot vositalari Ukraina bosqini masalasida Moskvaning talqiniga amal qilmagach, Kreml qoʻllovidagi OAV Oʻzbekistondagi soʻz erkinligini nishonga oldi.

24-fevral kungi bosqindan beri Rossiya OAV Ukrainadagi urush ahamiyatini past baholab, Rossiyani tajovuzkor sifatida emas, balki Gʻarbning qurboni sifatida tasvirlab keldi.

Shu oyda Rossiya oʻz harbiy kuchlarini obroʻzsizlantirishga qaratilgan soxta maʼlumot tarqatganlik uchun 15 yil qamoq jazosi, shuningdek Rossiyaga qarshi sanksiyalarni qoʻllab-quvvatlash uchun uch yilgacha qamoq jazosi belgilanishi toʻgʻrisida qonun qabul qilgan.

6-mart kuni “Rossiya-24” davlat telekanalida efirga uzatilgan “Robert Frantsev bilan Markaziy Osiyoda” nomli dasturda bir qator oʻzbek nashrlari tanqidga uchradi.

Oʻzbekistondagi asosiy bosma va onlayn OAV ofislari, Toshkent, 10-mart. 6-mart kuni “Rossiya-24” davlat telekanali Oʻzbekistondagi bir qator ommaviy axborot vositalarini tanqid qilib chiqqan. [Rustam Temirov/Karvonsaroy]

Oʻzbekistondagi asosiy bosma va onlayn OAV ofislari, Toshkent, 10-mart. 6-mart kuni “Rossiya-24” davlat telekanali Oʻzbekistondagi bir qator ommaviy axborot vositalarini tanqid qilib chiqqan. [Rustam Temirov/Karvonsaroy]

Gazeta.uz veb-saytidan olingan skrinshotda uning “Rossiya-24” kanali tanqidiga javobi aks etgan.

Gazeta.uz veb-saytidan olingan skrinshotda uning “Rossiya-24” kanali tanqidiga javobi aks etgan.

Dastur Gazeta.uz va Kun.uz yangiliklar saytlari, shuningdek oʻzbekistonlik jurnalist va bloger Nikita Makarenkoni tanqid qilgan.

Makarenko Facebook sahifasida Rossiya qoʻllovidagi OAV urush qoʻzgʻagani uchun sudga tortilishini orzu qilishini yozgach, boshlovchi uni “zahar sochishda” ayblagan.

“Ular men yaxshi koʻradigan, buyuk insonparvarlar soʻzlagan va ijod qilgan, sevgi va doʻstlik haqidagi goʻzal asarlar yozilgan tilda gaplashishlaridan uyalaman”, deb yozgan Makarenko 1-mart kuni.

Oʻz navbatida Gazeta.uz hujumning ilk kunida uni bosqin deb atagan.

Shuningdek “Rossiya-24” dasturi Kun.uz saytini Latviyada joylashgan, mustaqil OAV, Rossiya xorijiy agent deb nomlagan Meduza saytining materiallarini qayta chop etganlikda “ayblagan”.

2-mart kuni Kun.uz Meduza saytining 2016-2018-yillarda Ukrainada Birlashgan Millatlar Tashkiloti missiyasi doirasida xizmat qilgan, inson huquqlari kurashchisi va insonparvarlik boʻyicha huquqshunos Varvara Paxomenkodan olingan intervьyusini chop etgan.

U Rossiya ishgʻol qilgan Donbassda koʻrganlarini tasvirlar ekan, Kremlni Donbassdagi janglarga chek qoʻyishga qaratilgan Minsk kelishuvi shartlarini bajarmaganlikda ayblagan.

Frantsev nashr mualliflarini “oʻrmalab chiqqan blogerlar” va “soxta jurnalistlar” deb atagan va ularning hammasini “Gʻarb grantlarini olganlikda” ayblagan.

Shuningdek, u Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Rossiya prezidenti Vladimir Putin oʻrtasidagi 25-fevral kungi telefon suhbatini tilga olgan. Unda goʻyoki Mirziyoyev “Rossiyaning Ukrainadagi harakatlarini tushunishini bildirgan”.

“Afsuski, Oʻzbekistonda hamma ham oʻz yetakchilarining vazmin va dono siyosatini maʼqullamaydi”, deb aytgan Frantsev.

Mirziyoyev matbuot xizmatining 26-fevral kungi bayonotida Oʻzbekiston bu masalada muvozanatlashgan, betaraf pozitsiyani tutgani va Toshkent “Rossiya va Ukraina bilan yaqin doʻstona munosabatda” ekanligi aytiladi.

Shantajga tayyorlik

Frantsevning daʼvolariga javoban, Gazeta.uz “Rossiya-24 oʻzbek ommaviy axborot vositalarini tanqid qilmoqda” sarlavhasi ostidagi stenogrammani joylashtirgan, xolos.

Hech qanday izohga hojat yoʻq, deb aytgan nashr jurnalistlari.

Kun.uz esa Rossiya va Ukraina masalasida oʻzbek OAV xolis xabar berayotgani va rus, ukrain va xorijiy manbalardan foydalanayotgani haqida maqola chop etgan.

Rossiya tashviqotga toʻla axborot va psixologik urushning yangi bosqichiga qadam qoʻydi, deydi toshkentlik siyosiy tahlilchi Kamoliddin Rabbimov.

Uning asosiy dushmani – Gʻarb bilan birgalikda Ukraina, deb aytgan u. Kreml bir vaqtning oʻzida postsovet mintaqa, jumladan Markaziy Osiyoda bosqin haqidagi fikr-mulohazalarni kuzatib bormoqda.

Mintaqaga ixtisoslashgan Rossiya OAV, jumladan jurnalistlari oʻzbek hukumati, blogerlari va jurnalistlariga “agar yana tanqid qilsangiz, jiddiy muammoga duch kelasiz” degan mujdani yoʻllamoqda, deb aytgan Rabbimov.

“Rossiya shantaj qilishga tayyor ekanligini yashirayotgani yoʻq. Bundan tashqari, uning yoʻqotadigan narsasi yoʻq, shunday ekan, ijtimoiy fikrni istaganicha shakllantirishi mumkin”, deb aytgan Rabbimov.

Kreml yangi formatda boʻlsa ham, Sovet Ittifoqini qayta yaratishga oid geosiyosiy maqsadi bilan mintaqadagi vaziyatni kuzatib boryapti, deydi u.

“Rossiya, Kreml va Putin bosqichma-bosqich oʻzining geosiyosiy qutbini yaratishni istaydi. Belarus, xuddi shuningdek, Qozogʻiston ham allaqachon ularning nazorati ostida”, deb aytgan u.

“Ukrainadan keyin bir qator nishondagi davlatlar roʻyxati bor. Bu roʻyxat mintaqadagi davlatlarni ham oʻz ichiga oladi”, deb aytgan Rabbimov.

Axborot urushi

Ammo, Kreml ayrim qoʻshni hukumatlarni qoʻrqitgan boʻlsa-da, bu davlatlarning aholisi Ukrainadagi urush vaqtida Moskvaga qarshi fikr bildirishgan.

Masalan, qozogʻistonliklar 6-mart kuni Olmaotada Ukrainani qoʻllab-quvvatlovchi namoyishda ishtirok etganlar va Ukrainaga yordam uchun katta miqdorda pul xayriya qilganlar.

Rossiyaning axborot urushidagi yaqqol magʻlubiyatini Oʻzbekiston borasidagi jazavasida koʻrish mumkin, deb aytgan Shvetsiyada yashovchi oʻzbek siyosatchisi Poʻlat Oxunov.

Rossiyaliklar Oʻzbekistonda yashovchi ziyolilarning katta qismi ham Rossiyaga qarshi ekani va oʻsha pozitsiyani dadil bildirib kelishini angladilar, deb aytgan Oxunov.

Rossiya tashviqoti eski vazifalarga asoslanib mexanik tarzda faoliyat olib bormoqda, deb aytgan u. Uning tashviqotchilari esa dunyoning Rossiya haqidagi fikri umuman teskari yoʻnalish olganini tushunib yetmayaptilar, deb qoʻshimcha qilgan u.

Agar nimadir Kremlni norozi qilgan boʻlsa, Rossiya doim Oʻzbekistonga nisbatan agressiv munosabatda boʻlib kelgan, deb aytgan Rost24.uz muharriri Anora Sodiqova.

Kabel kompaniyalarining barchasida Rossiya telekanallari bor va tomoshabinlar doim Rossiya yangiliklarini tomosha qilishadi, bu mahalliy aholining “miyasini zaharlaydi”, deb aytgan u.

“Ammo hozir oʻzbek ommaviy axborot vositalari kuchayib, Ukrainadagi voqealarni xolisona yoritmoqda va Rossiya hukumati bundan mamnun emas”, deb aytgan Sodiqova Karvonsaroy nashriga.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 2

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Ukraina! Oʻzbekiston sizlar bilan! Ukrainaga shon-sharaflar!!!

Javob berish

Rossiya – bosqinchi va fashist.

Javob berish