Karvonsaroy
Xavfsizlik

Xasga yopishish: Rossiya Ukraina masalasida Xitoydan yordam kutmoqda

Karvonsaroy va AFP

Chilining Santyago shahridagi Rossiya elchixonasi oldida namoyishga chiqqan Ukraina fuqarolari, 26-fevral. [Martin Bernetti/AFP]

Chilining Santyago shahridagi Rossiya elchixonasi oldida namoyishga chiqqan Ukraina fuqarolari, 26-fevral. [Martin Bernetti/AFP]

PEKIN – Rossiyaning keng miqyosda qoralangan Ukrainadagi urushi borasida Xitoyning bir toʻxtamga kelishi yuzasidan bosim kuchayib borayotgan boʻlsa-da, Pekin rasmiylari hozirgacha bu masalada “betaraf” boʻlib qolmoqda.

Pekin va Moskva oʻrtasidagi doʻstona munosabatlar yuzasidan xavotir bildirib kelgan Qoʻshma Shtatlar va Yevropa Xitoyni tobora yakkalanib borayotgan Rossiya bilan aloqani uzishga chaqirgan.

Ammo Ukrainaga hujumning uchinchi haftasi oʻtib, tinch aholi orasidagi qurbonlar soni ortar ekan, Rossiyaning taqiqlangan kimyoviy qurol ishlatishga hozirlik koʻrayotgani va urush jinoyati sodir etishi bilan bogʻliq ayblovlar fonida Pekin Kreml bilan aloqalarni uzishga harakat qilayotgani yoʻq.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 24-fevral kuni qoʻshni Ukrainaga bosqin boshlaganidan beri Vashington uning iqtisodiyotiga sanksiyalar bilan zarba berib, mamlakatni global toʻlov tizimidan chiqarib yubordi va Rossiyani defolt yoqasiga olib keldi.

Rossiyaning Ukrainaga bosqini asnosida Xarkovda oʻqqa tutilib vayron boʻlgan uyni vayronalardan tozalayotgan qutqaruvchilar, 16-mart. [Sergey Bobok/AFP]

Rossiyaning Ukrainaga bosqini asnosida Xarkovda oʻqqa tutilib vayron boʻlgan uyni vayronalardan tozalayotgan qutqaruvchilar, 16-mart. [Sergey Bobok/AFP]

Raketa kelib tushishi natijasida yonib ketgan koʻp qavatli turar joy binosi shikastlanishlarini koʻzdan kechirayotgan oʻt oʻchiruvchi, 17-mart, Kiyev. [Fadel Senna/AFP]

Raketa kelib tushishi natijasida yonib ketgan koʻp qavatli turar joy binosi shikastlanishlarini koʻzdan kechirayotgan oʻt oʻchiruvchi, 17-mart, Kiyev. [Fadel Senna/AFP]

Yakkalanib qolgan, puli tugab borayotgan va valyutasi inqirozga uchragan Rossiya oʻzining eng oxirgi ittifoqdoshi Xitoy bilan doʻstona munosabatlariga ishonmoqda.

AQSH rasmiylariga koʻra, Rossiya oʻtgan hafta Xitoydan iqtisodiy va harbiy yordam soʻragan.

U Ukrainadagi urush uchun harbiy texnika va yordam izlamoqda, deb aytgan shaxsi ochiqlanishini istamagan rasmiylar New York Times nashriga.

Shuningdek, u AQSH, Yevropa va ayrim Osiyo mamlakatlari tomonidan joriy qilingan keng koʻlamli sanksiyalarga qarshi kurashish uchun iqtisodiy yordam soʻragan.

Rasmiylar razvedka manbaining anonimligini saqlash maqsadida Moskvaning soʻrovi yoki Pekinning javobi toʻgʻrisidagi tafsilotlarni taqdim etishdan bosh tortganlar, deb xabar bergan nashr yakshanba (13-mart) kuni.

Bu xabar Oq uy agar Moskvaga sanksiyalardan qochishda yordam bersa, Pekinni shiddatli “oqibatlar” kutayotgani haqida ogohlantirganidan keyin paydo boʻlgan.

Xitoy bu xabarlarga bevosita javob berishdan bosh tortgan, buning oʻrniga Xitoyning Ukraina urushidagi roli borasida Vashingtonni “dezinformatsiya” tarqatishda ayblagan.

Xitoyning manfaati

Urush boshlanganidan keyin Xitoy Putinning harakatlarini qoralashdan va hatto bosqinni “urush” deb tan olishdan bosh tortgan.

Buning oʻrniga oʻtgan hafta Pekin ikki mamlakat oʻrtasidagi munosabatni “mustahkam” deb atagan.

Pekin ommaviy diplomatiyada oʻzini neytral oʻyinchi sifatida koʻrsatishga harakat qilar ekan, tinchlik muzokaralari oʻtkazishga chaqirib, NATOni Ukrainaga yordam bergani uchun qoralagan.

Ammo Pekin Rossiya iqtisodiyotini defolt holatidan chiqarishga va hatto Ukrainada qiynalayotgan askarlariga qurol-yarogʻ va logistika boʻyicha yordam berishga tayyor, deb xabar bermoqda AQSH OAV razvedka maʼlumotlariga tayangan holda.

Tahlilchilarga koʻra, Xitoy prezidenti Si Szinpinning vazifasi Putinning harakatlari tufayli xalqaro sahnada yuzaga kelgan kutilmagan tartibsizlik ichida yoʻl topib, Xitoyning Qoʻshma Shtatlardan oldin kelishini kafolatlashdir.

Moskva energiya quvvatiga muhtoj qoʻshnisiga arzon neft va gaz istiqbolini taklif qilgan bir vaqtda, Gʻarb Rossiya uglevodorod qazilmalaridan xalos boʻlishga vaʼda bermoqda.

“Xitoy faqat oʻz manfaatlarini koʻzlamoqda, xolos”, deydi Moskvadagi Karnegi markazi katta ilmiy xodimi Aleksandr Gabuyev. “Zaif Rossiya bu sizning manfaatlaringizga xizmat qiladigan Rossiyadir, chunki sizda taʼsir kuchi koʻp.”

Ammo Si va Putin oʻrtasidagi doʻstona munosabatga qaramay, ikki mamlakat oʻrtasida oʻzaro ishonchsizlik tarixi mavjud.

“Xitoy rossiyaparast emas, u AQSHga qarshi”, deydi Gabuyev.

“Nima uchun Xitoy Rossiyani qoʻllab-quvvatlamas ekan yoki bundan ham battari, Rossiya bilan ittifoqiga putur yetkazar ekan?”, deb savol beradi Avstraliyaning Sidney shahridagi Yangi janubiy Uels universitetining siyosat va xalqaro munosabatlar boʻyicha maʼruzachisi Aleksandr Korolyov.

“Xitoy oʻz pozitsiyasini oʻzgartirmasa kerak va bu global geosiyosatdagi chuqurroq ajralishni anglatadi.”

“Xitoy uchun yomon”

Xitoyning keyingi harakatlari uning diplomatlariga oid bilvosita izohlardan taxmin qilinadi.

Seshanba kuni davlat nashrlari Xitoy tashqi ishlar vaziri Van Ining “Xitoy nizoda ishtirok etayotgan tomonlarning biri emasva sanksiyalar taʼsiriga tushishni istamaydi”, degan bayonotini tarqatgan.

Bu orada xomashyo mahsulotlari, ayniqsa Rossiya va Ukrainadan Xitoyga yetkaziladigan bugʻdoy va joʻxorining narxlari oshib ketgan.

Xitoyning AQSHdagi elchisi Sin Gan seshanba kuni Washington Post nashridagi maqolasida Pekinning Ukraina masalasi boʻyicha qarashlarini “toʻliq tushuntirib berishga va har qanday tushunmovchilik va gumonlarni yoʻqotishga” harakat qilgan.

“Xitoy ashaddiy adolatparvar sifatida masalaning mohiyatidan kelib chiqib, oʻz pozitsiyasini hal qiladi”, deb yozgan u.

“Ukraina boʻyicha Xitoyning pozitsiyasi xolis va betaraf: BMT nizomining maqsad va tamoyillariga toʻliq amal qilinishi lozim, barcha mamlakatlar, jumladan Ukrainaning ham suvereniteti va hududiy birligi hurmat qilinishi lozim, barcha mamlakatlarning xavfsizlik xavotirlari jiddiy qabul qilinishi lozim, nizoning tinchlik yoʻli bilan hal qilinishi uchun barcha saʼy-harakatlar amalga oshirilishi zarur.”

“Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi nizo Xitoyga foyda keltirmaydi”, deb aytgan u.

Gan Putinning adolatsiz urushini qoralash oʻrniga, Vashingtonni “Tayvan mustaqilligi ayirmachiligini har qanday koʻrinishda qoʻllab-quvvatlamaslikka chaqirdi”.

Rossiyaning Ukrainani bosib olishi va Xitoyning Tayvan boʻyicha pozitsiyasini bir-biriga bogʻlash “xato”, deb aytgan u.

“Ukraina suveren mamlakat, Tayvan esa Xitoy hududining ajralmas qismi.”

Pekin orol suverenitetini daʼvo qilayotgan va bir kun kelib kerak boʻlsa kuch bilan egallab olishni daʼvo qilayotgan bir vaqtda demokratik Tayvan Ukrainadagi vaziyatni kuzatib bormoqda.

2016-yilda Say Inven Tayvan prezidenti etib saylanib, orol boʻyicha Xitoy daʼvolarini rad etganidan beri Pekin Tayvanga nisbatan harbiy, diplomatik va iqtisodiy bosimni kuchaytirib kelgan. U 2020-yili qayta saylangan.

Putin qoʻshinlarga Ukrainaga bostirib kirish buyrugʻini berishidan bir necha kun oldin Ukraina “Rossiya tomonidan yaratilgani” va Sovet Ittifoqining parchalanishi, Ukraina va boshqa sovet davlatlarining tarqab ketishiga yoʻl qoʻyilgani xato boʻlganini aytib oʻtgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 2

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Xitoy faqat Uzoq Sharqni qoʻlga kiritish evaziga yordam beradi.

Javob berish

Xitoyga bu tilanchi kerak emas.

Javob berish