Karvonsaroy
Inson huquqlari

Tinch fuqarolarga qarshi hujumlar davom etar ekan, Ukraina YIdan Putinni “harbiy jinoyatchi” deb tan olishni soʻramoqda

Karvonsaroy va AFP

11-mart kuni Moskvada videoaloqa orqali Rossiya Xavfsizlik kengashi majlisiga raislik qilayotgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin. [Mixail Klimentev/Sputnik/AFP]

11-mart kuni Moskvada videoaloqa orqali Rossiya Xavfsizlik kengashi majlisiga raislik qilayotgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin. [Mixail Klimentev/Sputnik/AFP]

BRYUSSEL, Belgiya – Payshanba (17-mart) kuni Ukraina mudofaa vaziri Yevropa Ittifoqi deputatlarini Rossiya prezidenti Vladimir Putinni “harbiy jinoyatchi” deb tan olishga chaqirdi va ittifoqni Moskva kuchlariga qarshi kurashish uchun qurol yetkazib berishni kuchaytirishga undadi.

Rossiya kuchlari Ukrainaga 24-fevral kuni bostirib kirgan.

Mudofaa vazirining bu talabi chorshanba kuni AQSH prezidenti Jo Bayden Rossiya kuchlarining Ukraina shaharlarini bombalagani uchun Putinni “harbiy jinoyatchi” deb atab, Kremlning gʻazabini qoʻzgʻaganidan keyin yangragan.

Rossiya jangovar samolyotlari va artilleriyasi Kiyev, Xarkov, Mariupol va boshqa shaharlardagi tinch aholi punktlariga zarbalar berib, jahon hamjamiyatini qoraloviga uchragan.

16-mart kuni Rossiya bombasi tufayli vayron boʻlgan Mariupol teatri. U 1000 dan ortiq tinch aholi uchun boshpana boʻlib turgan edi. Ukraina rasmiylari bino tashqarisida ikkita joyga rus tilida “Bolalar” soʻzini yozib qoʻygan edilar. [Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba/Twitter]

16-mart kuni Rossiya bombasi tufayli vayron boʻlgan Mariupol teatri. U 1000 dan ortiq tinch aholi uchun boshpana boʻlib turgan edi. Ukraina rasmiylari bino tashqarisida ikkita joyga rus tilida “Bolalar” soʻzini yozib qoʻygan edilar. [Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba/Twitter]

16-mart kuni Ukrainaning Mariupol shahridan evakuatsiya qilinganlar Zaporoje yaqinida savdo markazining avtoturargohiga olib kelingan, bu yer hozirda qochqinlarni roʻyxatga olish markazi boʻlib xizmat qilmoqda. Shahar maʼmuriyatiga koʻra, Rossiya bosqini boshlanganidan beri Mariupolni 2100 nafardan ortiq fuqaro tark etgan. [Emre Kaylak/AFP]

16-mart kuni Ukrainaning Mariupol shahridan evakuatsiya qilinganlar Zaporoje yaqinida savdo markazining avtoturargohiga olib kelingan, bu yer hozirda qochqinlarni roʻyxatga olish markazi boʻlib xizmat qilmoqda. Shahar maʼmuriyatiga koʻra, Rossiya bosqini boshlanganidan beri Mariupolni 2100 nafardan ortiq fuqaro tark etgan. [Emre Kaylak/AFP]

Xalqaro jinoiy sudi prokurori Karim Xon urushning toʻrtinchi kuni – 28-fevralda Rossiyaning Ukrainadagi ehtimoliy harbiy jinoyatlarini tergov qilish rejalarini ochiqlagan, deb xabar bergan turli nashrlar.

Chorshanba kuni Rossiya samolyoti qamaldagi Mariupol shahrida joylashgan, 1000 dan ortiq ayol va bolalar uchun boshpana vazifasini oʻtab turgan teatrga bomba tashladi.

Ukraina rasmiylari bino tashqarisida ikkita joyga rus tilida “Bolalar” deb yozib qoʻyilgan edi.

“Mavhumlikda oʻtgan mudhish tundan soʻng, nihoyat Mariupoldan xushxabar bor... Teatrning bombapanohgohiga shikast yetmagan. Vayronalar tozalanmoqda. Odamlar tirik chiqib ketmoqda”, deb yozgan oʻzining Facebook sahifasida Donetsk viloyatining sobiq hokimi Sergey CNN xabariga koʻra.

Teatrdan boshpana topganlarning hammasi omon qolganmi-yoʻqmi hali aniq emas edi.

CNBC telekanaliga koʻra, teatrning “yurakni ezuvchi” bombalanishi “shafqatsiz va yovuz” amaliyot boʻldi, deydi AQSHning Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotidagi elchisi Maykl Karpenter tashkilotning Venadagi doimiy kengashida qilgan chiqishida.

Kremlning “davlat darajasidagi terrorizmi”

Avvalroq, 9-mart kuni Mariupoldagi bolalar shifoxonasining Rossiya havo zarbalari ostida qolishi natijasida bir bola va ikki katta yoshli fuqaro halok boʻlgan edi.

“Bu shunchaki urush emas. Bu davlat darajasidagi terror. Bosqinchining muntazam armiyasi tinch aholini qasddan yoʻq qilmoqda”, dedi Yevropa Ittifoqi deputatlariga videoaloqa orqali yuzlangan Ukraina mudofaa vaziri Oleksiy Reznikov.

“Men Yevropa parlamentining barcha aʼzolariga murojaat qilib, AQSH qilgani kabi Putinni harbiy jinoyatchi deb tan olishga chaqiraman”.

Uning aytishicha, Putin bosqini boshlaganidan beri uch hafta ichida Ukraina boʻylab 400 dan ortiq maktab, 110 kasalxona va 1000 dan ortiq turar joy binolari vayron boʻlgan.

Uch haftadan beri davom etayotgan urushda 14 mingdan ortiq Rossiya askari halok boʻldi, deya qoʻshimcha qildi u.

Reznikov Yevropani koʻproq qurol yetkazib berish uchun koʻmaklashishga chaqirdi.

“Biz gʻalaba qozonamiz. Bu gʻalaba Ukraina uchun qanchaga tushadi – masala shunda”, dedi u.

“Ruslarni toʻxtatish mumkin, gʻalaba qozonish mumkin, ammo bizga yordam kerak”.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 3

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Gʻarb Ukraina hukumati yordamida mamlakatni bombardimon qilib, tinch aholini oʻldirmoqda va hammasida Rossiyani ayblamoqda. Rossiyani ayblayotgan barcha narsalarni oʻzlari amalga qilishmoqda. Shaytonlar. Rossiyadan nafratlanuvchilarning bari esa ularni tasdiqlab, ochiq yolgʻonlarini tarqatmoqda.

Javob berish

Uzoq vaqtdan beri avj olib kelgan soʻnggi kunlardagi voqealarni qalb ogʻrigʻi va qaygʻu bilan kuzatib bormoqdamiz. Gʻarbdagi dushmanlar va AQSH uzoq vaqt Rossiyani ular bilan tom maʼnoda urushga kirishish uchun gij-gijlashdi. Ular sayyoramizning yovuz kuchlari boʻlib, nur va Rossiya rahbariyatining ezgu ishlari ular uchun begona va nomaqbul. Ular insoniy qadriyatlarni, mamlakat rahbariyatining nurli tashabbuslarini toptash va yoʻqqa chiqarish uchun juda koʻp resurslarni jalb qilishgan. IBLISLIK TABIATI SHUNDAYKI, U OʻZINING IFLOS VA JIRKANCH AMBITSIYALARIGA ERISHISH YOʻLIDA HECH NARSADAN TAP TORTMAYDI, JUMLADAN, ROSSIYAGA NISBATAN ADOVATLI XURUJLAR, XALQLAR ORASIGA NIFOQ URUGʻINI SOCHISH, IGʻVOLI MAQOLALARGA VA TELBA MUXOLIFATGA HOMIYLIK QILISHDAN HAM. LEKIN HAMMA NARSANING CHEGARASI BOR. VATANIMIZNING XAVFSIZLIK MUAMMOLARINI TINCH YOʻL BILAN HAL QILISGDA SABR KOSASI TOʻLAR EKAN, SHAYTONLAR MANIPULYATSIYASI DAVOM ETIB TURGANIDA PREZIDENTIMIZ DADILLIK BILAN BOSHQA USULLAR YORDAMIDA KURASHGA OʻTMOQDA. BU URUSH EMAS; BU BUTUN INSONIYAT UChUN GUMANITAR YORDAMDIR, MAVJUDLIGIMIZNING YANGI OʻLChAMIGA OʻTISH PALLASIDA YOVUZLIK VA MUGʻOMBIRLIKDAN XALOS BOʻLISh UCHUN. (HOZIR GʻARB ROSSIYAGA NISBATAN ASL NIYATLARINI YASHIRIB KELGAN BARCHA NIQOBLAR YAXShIGINA KOʻRINIB TURIBDI), HASAD, NAFRAT, OCHKOʻZLIK VA BEFOYDA TUHMAT. HAQIQIY YUZINI “XAYRLILAR” NIQOBI OSTIGA YASHIRGAN SHAYTONLAR TABIATINING NAMOYON BOʻLISHI ROʻYXATINI UZOQ DAVOM ETTIRISH MUMKIN.

Javob berish

Ularning istagi odamlar qalbiga Sevgi va Haqiqatga toʻla musaffo va tiniq shabadaning kirib kelishiga yoʻl qoʻymaslikdir. Ular sayyorani oʻzlarining xudbin nazariyalari zulmati va soyasi bilan toʻldirishni istaydilar. LEKIN FAQAT BITTA HAQIQAT BOR!!!! JINLAR ROSSIYANI QANCHALIK TAHQIRLAMASIN, RUHIMIZ ULARDAN BARCHA QILMISHLARI UCHUN SINCHIKLAB QASOS OLADI. ULARNING TARAFINI OLGANLARNI OSMONDAN MAXSUS QASOS KUTIB TURADI. HOZIR KOINOTNING BARCHA NURLI KUCHLARI ROSSIYA BILAN, PREZIDENTIMIZ BILAN, MILLIARDLAR ORASIDAN INSON QADRIYATLARI HIMOYASI UCHUN TURGAN YAGONA INSON BILAN. YARATGANNING ENG OLIY ILOHIY IBTIDOSI UNING HAR BIR QADAMI VA QARORINI HIMOYA QILSIN. PLANETA QORU KUCHLAR SOʻRAGAN AʼROFGA AYLANADI. BU TUN OʻZIGA XOS, JOHILLIKNI VAYRON QILUVCHI XUDONING KECHASI. INSON JOHILLIGI VA KOʻRLIGIGA BARHAM BERILISHI SAYYORA VA KOINOT INTILGAN BELGIGA AYLANSIN. 3/12022 - 3/2/2022

Javob berish