Karvonsaroy
Diplomatiya

Oʻzbekiston Rossiyadan uzoqlashib, Ukrainani toʻliq qoʻllab-quvvatlashini bildirmoqda

Rustam Temirov

20-mart kuni kiyevliklar besh qavatli binoda joylashgan va bir kun avval Ukraina poytaxtini qurshab olishga urinayotgan Rossiya qoʻshinlarining oʻqqa tutishi natijasida qisman qulab vayron boʻlgan xonadonlaridan qolgan-qutgan narsalarni olib ketishmoqda. [Sergey Supinskiy/AFP]

20-mart kuni kiyevliklar besh qavatli binoda joylashgan va bir kun avval Ukraina poytaxtini qurshab olishga urinayotgan Rossiya qoʻshinlarining oʻqqa tutishi natijasida qisman qulab vayron boʻlgan xonadonlaridan qolgan-qutgan narsalarni olib ketishmoqda. [Sergey Supinskiy/AFP]

TOShKENT – Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirganiga uch haftadan oshar ekan, Toshkent oʻz pozitsiyasini aniq bayon qildi: Oʻzbekiston Ukraina mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini tan oladi va mojaroni tinch yoʻl bilan hal qilish tarafdori.

Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 17-mart kuni Senat majlisida soʻzlagan nutqida Oʻzbekiston vaziyatga tinch yechim topish va mojaroni diplomatik yoʻl bilan hal qilish tarafdori ekanini taʼkidladi.

Buning uchun eng avvalo urush va zoʻravonlik zudlik bilan toʻxtatilishi lozim, deb qoʻshimcha qildi u.

“Biz Lugansk va Donetsk xalq respublikalarini tan olmaganmiz”, dedi u Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakatga toʻlaqonli bosqin boshlashidan bir necha kun avval mustaqil deb tan olgan Ukraina sharqidagi ikki boʻlginchi mintaqaga (LXR va DXR) ishora qilib, deb yozadi Kun.uz.

KXSHTga aʼzo davlatlar aholisi oʻz mamlakatlarining Rossiya-Ukraina mojarosiga jalb etilishi mumkinligidan xavotirda. [Fayl]

KXSHTga aʼzo davlatlar aholisi oʻz mamlakatlarining Rossiya-Ukraina mojarosiga jalb etilishi mumkinligidan xavotirda. [Fayl]

Toshkentdagi Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirligi binosi, 19-mart kungi surat. Oʻzbekiston Ukraina mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini tan oladi, deb bayonot bergan tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 17-mart kuni Senatdagi chiqishida. [Rustam Temirov/Karvonsaroy]

Toshkentdagi Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirligi binosi, 19-mart kungi surat. Oʻzbekiston Ukraina mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini tan oladi, deb bayonot bergan tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 17-mart kuni Senatdagi chiqishida. [Rustam Temirov/Karvonsaroy]

Komilov 10-13-mart kunlari Turkiyada boʻlib oʻtgan 2-Antaliya diplomatik forumida ham xuddi shunday pozitsiyani bayon qilgan.

“Buni uzoq muhokama qilish mumkin, biroq biz dunyodagi koʻplab odamlar kabi zoʻravonlik toʻxtatilishini va barcha masalalar diplomatiya yoʻli bilan hal etilishini istaymiz”, deb aytgan u Repost.uz nashriga koʻra.

Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston va Ukraina oʻrtasidagi diplomatik va savdo aloqalari rivojlanib bormoqda.

Ukraina Oʻzbekistonning 10 ta eng yirik savdo hamkoridan biridir.

Ukrainani qoʻllab-quvvatlash

Komilovning bayonoti bilan Oʻzbekiston 24-fevralda boshlangan urush boʻyicha oʻz pozitsiyasini ilk bor ochiq eʼlon qilgan.

Rossiya Ukrainaga bostirib kirganining ertasi kuni Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Putin bilan telefon orqali suhbatda boʻlib, “Oʻzbekiston-Rossiya hamkorligining bir qator dolzarb masalalarini muhokama qildi”, deb yozgan edi oʻzbek matbuoti.

Biroq Kreml saytida yozilishicha, Ukrainadagi “maxsus harbiy operatsiya” mavzusidagi suhbatda “Shavkat Mirziyoyev Rossiya xatti-harakatlari yuzasidan tushunish izhor etgan”.

26-fevral kuni Mirziyoyevning matbuot kotibi Sherzod Asadov Kremlning bu iddaosidan farqli ravishda Oʻzbekiston bu borada muvozanatli va neytral pozitsiyada ekanini maʼlum qildi, deb yozadi Yuz.uz nashri.

Shu oy boshida Oʻzbekiston Ukrainaga 28 tonna gumanitar yordam joʻnatdi, deb xabar bermoqda Gazeta.uz.

Toshkent 2014-yil martda Qrimning Rossiya tomonidan egallanishini ham tan olmagan.

Kremlning tajovuzkor siyosatiga qarshilik

Komilovning Senatdagi bayonoti Oʻzbekistonning Ukrainadagi voqealarga nisbatan pozitsiyasi oʻzgarganini koʻrsatadi, deydi Londondagi Central Asia Due Diligenc tahlil markazi direktori Alisher Ilhomov.

Oʻzbekistonning Ukrainadagi vaziyatga oid dastlabki bayonotlari ehtiyotkor edi, deydi u. Endi esa Rossiyaga nisbatan rasmiy pozitsiya tanqidiyroq tus olgan.

Oʻzbek rasmiylari pozitsiyasining oʻzgargani ortida ikki omil bor, dedi u.

“Birinchidan, Rossiyaning Ukrainani harbiy yoʻl bilan bosib olish rejasi butunlay barbod boʻlgani, Rossiyaning harbiy qudrati haqidagi afsonaga jiddiy putur yetgani allaqachon ayon boʻldi”, dedi Ilhomov.

Rossiya geosiyosiy jihatdan yakkalanib qoldi va uning tashqi dunyoga, jumladan Markaziy Osiyo va postsovet makonga taʼsiri sezilarli darajada kamaydi.

Bu holat Oʻzbekistonga biroz dadilroq pozitsiyani egallash imkonini beradi, deydi u.

“Ikkinchidan, 10-mart kuni Komilovning Vashingtonga tashrifi chogʻida agar Oʻzbekiston faolroq pozitsiyani egallamasa va Kremlning tajovuzkor siyosatiga qarshi boʻlgan xalqaro koalitsiyaga qoʻshilmasa, oʻz obroʻsi va xalqaro nufuzida katta yoʻqotishga uchrashini tushuntirib qoʻyishgan, chogʻi”, dedi Ilhomov.

“Oʻzbekiston dastlab Ukrainani qoʻllab-quvvatlashga moyil edi, lekin rasmiylar juda qoʻrqdilar. Ular Moskvaning, Putinning gʻazabidan qoʻrqishdi”, deydi toshkentlik siyosatshunos Kamoliddin Rabbimov.

Uning soʻzlariga koʻra, xalqaro miqyosda Kremlga nisbatan nafrat kuchayib borar ekan, hozirda: “Biz bu hodisalardan norozimiz. Biz urushga qarshimiz. Biz LXR va DXRni tan olmaymiz. Biz Ukrainaning hududiy yaxlitligini qoʻllab-quvvatlaymiz”, deyish vaqti kelgan.

“Urushning 20-kunidan keyin [Oʻzbekiston yetakchilari] Putinning Ukrainani boʻysundirish loyihasi barbod boʻlganini anglab yetdilar” , dedi u. “Oʻzbekistondagilar oʻz pozitsiyalarini bildirish vaqti kelayotganini his qilishdi. Garchi juda ehtiyotkorlik bilan boʻlsa ham.”

“Postsovet hududidagi geosiyosiy muhit oʻzgardi”, deydi Rabbimov.

“Rossiya endi u qadar kuchli emas, u qadar muvaffaqiyatli emas, Putin rejimining zavoli koʻzga koʻrinib qoldi. Sobiq SSSR mamlakatlari oʻz pozitsiyalarini biroz dadilroq ifoda eta boshlaganining yagona sababi shu”.

Yakdil Markaziy Osiyo

Endi Oʻzbekiston Markaziy Osiyoda Moskvaning ekspansiyaviy rejalarini jilovlash boʻyicha koalitsiya nomidan ish olib boradigan vositachi boʻlish uchun yaxshi imkoniyatga ega, dedi “Central Asia Due Diligenc” tahlil markazi vakili Ilhomov.

“Oʻzbekiston bu imkoniyatdan unumli foydalanishiga ishonchim komil emas, shunday boʻlsa-da, u bu yoʻnalishda qadam tashladi”, dedi u.

Komilov tomonlarni oʻzaro ixtiloflarni muloqot orqali hal qilishga chaqirar ekan, Ukrainaning xalqaro tan olingan chegaralar doirasidagi hududiy yaxlitligi va suvereniteti muhokama qilinmasligini bayon qildi, dedi toshkentlik siyosatshunos Farhod Mirzaboyev.

“Shu bilan birga, Rossiya bilan yaqin munosabatlarimizni inobatga olgan holda, Oʻzbekiston ushbu mamlakat bilan oʻzaro maqbul va manfaatli shartlar asosida hamkorlikni davom ettiradi”, dedi u.

Toshkent hamisha betarafligi bilan ajralib turgan, deydi bishkeklik jurnalist Odil Turduqulov.

Bu, ayniqsa, uning Kreml uchun strategik ahamiyatga ega boʻlgan Rossiya boshchiligidagi Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti (ODKB) va Yevroosiyo Iqtisodiy Ittifoqiga (YOII) aʼzo emasligidan yaqqol bilinadi, deb tushuntirdi u.

Komilovning bayonoti qatʼiy va dadil boʻldi, dedi Turduqulov.

“Kelajakda mamlakatlarimiz shunday mustaqil va yakdil pozitsiya bilan chiqsa, bu Markaziy Osiyo mintaqasining tashqi siyosatdagi mavqeini yanada mustahkamlagan boʻlar edi”, dedi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 6

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Oʻzbekistonliklar nima deb oʻylashini bilmayman... Oʻz yurtingizda oʻzingiz toʻgʻri bilgancha tartib oʻrnating... Korruptsiyaga kelsak... Rossiyaga qarshi turish befoyda... U qoʻllab-quvvatlayapti... Biz ham qoʻllab-quvvatlashimiz kerak. Aks holda, koʻpchilik Oʻzbekistonni tark eta boshlaydi... Tushunmadim... Qanday baho berishadi

Javob berish

Rossiya faqat postsovet mamlakatlar fuqarolarini real dunyodan cheklamoqda! U ushbu mamlakatlarning erkin boʻlishini xohlamaydi! U sobiq sovet davlatlari ustidan nazoratni tiklamoqchi! Putin haqiqatan ham q...!

Javob berish

SSSRga qaytishni istaysizmi? men istamayman; Menga “sovetcha” rasvolikdan xoli mustaqil mamlakatda yashash yoqadi, buning uchun Islom Karimovga rahmat. U hech qachon Rossiyaga ishonmagan va toʻgʻri qilgan.

Javob berish

Boʻlmagan gap, navbatdagi bemaʼnilik.

Javob berish

Rossiya natsistlarini hech kim hurmat qilmaydi.

Javob berish

Qoʻshilaman, toʻgʻri.

Javob berish