Karvonsaroy
Namoyishlar

Rossiya kuchlari ukrainalik namoyishchilarni yorugʻlik-shovqinli granatalar va oʻq uzishlar bilan haydamoqda

Karvonsaroy va AFP

Xerson shahrida tinch namoyishchilar “Z” belgisi tushirilgan Rossiyaning ikkita yuk mashinasi yoʻlini toʻsib, “Uyingizga keting” degan hayqiriqlar bilan orqaga yurishga majbur qilishmoqda, Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitri Kuleba tomonidan Tvitterga joylangan videolavha.

Xerson shahrida tinch namoyishchilar “Z” belgisi tushirilgan Rossiyaning ikkita yuk mashinasi yoʻlini toʻsib, “Uyingizga keting” degan hayqiriqlar bilan orqaga yurishga majbur qilishmoqda, Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitri Kuleba tomonidan Tvitterga joylangan videolavha.

KIYEV – Rossiya qoʻshinlarining bosib olingan Xerson shahri aholisini qoʻrqitishga urinishi natija bermayapti.

Seshanba (22-mart) kuni tinchimas ukrainaliklar shaharning bosib olinganiga norozilik bildirish uchun yana koʻchalarga chiqishgan. Rossiya kuchlari ularni tarqatish uchun koʻzdan yosh oqizuvchi gazni ishga solgan, biroq shundan keyin ham namoyishchilarning ayrimlari norozilikni davom ettirgan, deb yozadi ukrainalik deputat Oleksiy Goncharenko Tvitterda voqea aks etgan videolavhani joylashtirib.

Seshanba kungi namoyish Rossiya kuchlari dushanba kuni Xersondagi qurolsiz namoyishchilarni tarqatib yuborish uchun shovqinli granatalar va oʻqlardan foydalanganidan keyin ham oʻtkazildi, deb qayd etgan Ukraina rasmiylari seshanba kuni.

“Rossiya kuchlari yugurib kelib, olomonga shovqinli granatalar otdi va oʻq uza boshladi”, deyiladi Ukraina qurolli kuchlari matbuot xizmati xabarida.

Xerson shahrida jarohatlangan keksa namoyishchiga yordam berayotgan ukrainaliklar, 21-mart kuni Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitri Kuleba tomonidan Tvitterga joylangan videolavha. Rossiya askarlari bosib olingan shaharda tinch namoyishchilarni tarqatish uchun oʻt ochganlar

Xerson shahrida jarohatlangan keksa namoyishchiga yordam berayotgan ukrainaliklar, 21-mart kuni Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitri Kuleba tomonidan Tvitterga joylangan videolavha. Rossiya askarlari bosib olingan shaharda tinch namoyishchilarni tarqatish uchun oʻt ochganlar

“Bosqinchilar tinch yoʻl bilan qurolsiz, ozodlik – bizning ozodligimiz uchun namoyishga chiqqan odamlarga qarata oʻq uzdilar”, dedi prezident Vladimir Zelenskiy.

Ijtimoiy tarmoqlar va Telegram ilovasida tarqalgan videolavhalarda dushanba kuni Xersondagi Mustaqillik maydonida toʻplangan odamlar shaharning yaqinda Rossiya tomonidan qoʻlga olinganiga qarshi namoyishga chiqqani aks etgan.

Ukrainaning koʻk-sariq bayrogʻiga oʻranib olgan oʻnlab ayol va erkaklar “Uyga keting” va “Ukrainaga shon-sharaflar” deb hayqirganlar, ularga qarata shovqinli granatalar otilganida vahimada qochishga majbur boʻlishgan.

Rossiyalik askarlar osmonga qarata bir necha marta oʻq otgan, ularning miltiqlari tinch aholiga qaratilganiga esa bevosita dalillar yoʻq.

Ammo videoda bir nechta odamning karaxt holga kelgan va jarohati qonayotgan keksa odamga yordam berib, uni olib ketayotganini koʻrish mumkin.

Qariyaning oyoqlari “ogʻir jarohat olgan” va u “koʻp miqdorda qon yoʻqotgan”, deb aytgan mahalliy rasmiylardan biri Yuriy Sobolevskiy.

Shifokorlar yaralanganlarga tibbiy yordam koʻrsatmoqda va “ularning hayoti xavf ostida emas”, deb qoʻshimcha qilgan u.

24-fevral kuni Rossiyalik askarlar Ukrainaga bostirib kirishgan. Ular 2-mart kuni Xersonni qoʻlga olgan, ammo mamlakat boʻylab siljish boʻlmagan.

“Rossiyaning jirkanch qiyofasi”

Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba roʻy bergan voqea videosini Twitter sahifasida joylashtirgan.

“Rossiyalik harbiy jinoyatchilar Xersonda bosqinchilarga qarshi tinch namoyishga chiqqan qurollanmangan aholiga qarata oʻq uzdilar”, deb yozgan u.

“Bu Rossiyaning jirkanch qiyofasi, insoniyat uchun sharmandalik. Biz Rossiyani toʻxtatishimiz kerak! Ularga qarshi sanksiyalar joriy qiling, ularni yakkalang, harbiy jinoyatchilarini javobgarlikka torting.”

Urushdan oldin 300 mingga yaqin odam yashagan Xerson Rossiya qurolli kuchlarining qoʻliga oʻtgan Ukrainaning ilk yirik shahri boʻlib, Moskva uni hujumning birinchi haftasida egallagan.

Xerson aholisi shaharning Rossiya tomonidan qoʻlga olinishiga qarshi muntazam ravishda namoyishga chiqqan, bu Rossiyaning shaharni ozod qilgani haqidagi daʼvosiga ziddir.

Mahalliy OAV bir necha marta Rossiya qurolli kuchlari namoyishchilarga qarshi oʻq uzgani haqida xabar bergan.

Yakshanba kuni namoyishchilar Xerson shahri markazida Rossiyaning Ukrainaga bosqinini qoʻllab-quvvatlash belgisi – “Z” harfi tushirilgan ikkita yuk mashinasining yoʻlini toʻsib, ularga qarata “Uyga keting” deb hayqirganicha hududdan qaytib ketishga majbur qilgan, deb xabar beradi BBC.

Shu oy boshida Rossiya milliy gvardiyasi Xersonda bosqinga qarshi namoyishga chiqqan 400 ga yaqin odamni hibsga olgan, deb xabar beradi Ukraina hukumati. Ular Rossiyani politsiya davlati tuzishda ayblaganlar.

Namoyishlar davom etadi, deb vaʼda bergan Sobolevskiy.

“Namoyishchilar hech narsaga qaramay tarqalganlari yoʻq! Ertaga yana toʻplanishadi!”, deb aytgan u. Seshanba kuni Xerson aholisi bu bashoratni tasdiqlagan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 4

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Rossiyalik bosqinchilarning adabini berishi uchun aholini qurollantirish kerak.

Javob berish

Oʻzing adabingni yeysan

Javob berish

Bu buyuk ozod qiluvchining javobi va eng muhimi, faktlarga asoslangan.

Javob berish

Xerson aholisi qahramonlar, ular noadekvat, qurollangan vahshiylarga ochiqdan ochiq qarshi chiqishmoqda va oʻz vatanlari uchun kurashmoqdalar, men ularga qoyil qoldim!
Ikki oydan beri qatliom qilayotgan rossiyalik bosqinchilarni hech kim kutmagan edi, bundan avval ham imperial maqsadlarga ega bu bosqinchilar haqida hikoyalar yetarlicha boʻlgan.
Ukraina armiyasi shaharni va Ukrainada yaxshi hayot yashamoqchi boʻlgan begunoh xalqni himoya qila oladi deb umid qilamiz.

Javob berish