Karvonsaroy
Xavfsizlik

Smartfonlar va kraudsorsing Ukrainani mudofaa qilishda muhim rol oʻynamoqda

Aleksey Kostenko va AFP

Rossiyaning betartib havo hujumlari tufayli Chernigov shahrida yonayotgan uy oldida telefondan foydalanayotgan erkak, 4-mart. [Dimitar Dilkoff/AFP]

Rossiyaning betartib havo hujumlari tufayli Chernigov shahrida yonayotgan uy oldida telefondan foydalanayotgan erkak, 4-mart. [Dimitar Dilkoff/AFP]

KIYEV – Ukrainani Rossiyaning bosqinidan mudofaa qilishda chatbotlar va boshqa onlayn tashabbuslarning ahamiyati oshib bormoqda.

Ukrainadagi Rossiya qurolli kuchlari bir oy avval prezident Vladimir Putin bosqin boshlanganidan keyin tezkor yutuqlarga erisha olmagach, tinch aholiga halokatli taʼsir koʻrsatuvchi vayronkor urushga oʻtayotgan koʻrinadi, deb xabar bergan juma (23-mart) kuni AFP.

24-fevral kuni prezident Vladimir Zelenskiy maʼmuriyatini agʻdarish umidida mamlakatga bostirib kirgan Rossiya kuchlarining asosiy maqsadi Kiyevni qoʻlga olish boʻlgan.

150-200 ming askarni safarbar qilganiga qaramay, Moskva Ukraina qarshiligini kutmagan (bu Rossiya razvedkasining aybi boʻlishi mumkin) va logistika tarafidan yetarlicha tayyorgarlik koʻrmagan.

Ukraina xavfsizlik xizmati fuqarolarning dushman texnikasi, binolardagi gʻalati belgilar yoki boshqa shubhali xatti-harakatlar haqida xabar berishi uchun “Rossiya urushini toʻxtat” deb nomlangan chatbotini yaratdi. [Ukraina xavfsizlik xizmati]

Ukraina xavfsizlik xizmati fuqarolarning dushman texnikasi, binolardagi gʻalati belgilar yoki boshqa shubhali xatti-harakatlar haqida xabar berishi uchun “Rossiya urushini toʻxtat” deb nomlangan chatbotini yaratdi. [Ukraina xavfsizlik xizmati]

Dushman uskunalarini koʻrgan, smartfon va internetga ulangan har bir kishi “Rossiya urushini toʻxtat” chatbotiga Ukraina razvedkasiga yordam beradigan maʼlumot kiritishi mumkin.

Dushman uskunalarini koʻrgan, smartfon va internetga ulangan har bir kishi “Rossiya urushini toʻxtat” chatbotiga Ukraina razvedkasiga yordam beradigan maʼlumot kiritishi mumkin.

Kraudsorsing va mobil texnologiyalar Ukraina mudofaasida turganlarga shunday qarshilik koʻrsatish uchun imkoniyat yaratdi.

Rossiya bosqini boshlanganidan keyin Ukraina xavfsizlik xizmati (SBU) Rossiya qurolli kuchlarining joylashuvi haqida xabar berishlari uchun Telegram ilovasida “Rossiya urushini TOʻXTATING” chatbotini ishga tushirdi.

“Agar siz dushman kuchlari joylashgan, harakatlanayotgan yoki toʻplanayotgan joylarni koʻrsangiz, bu maʼlumotni Ukraina qurolli kuchlari shtabiga yuboring”, deb xabar bergan SBU.

Ukraina televideniyesida chatbot bilan birga uni qanday topish va qanday foydalanish haqida koʻrsatmalar berilgan.

Ushbu xizmat smartfoni va uyali interneti bor har qanday odamga Ukraina razvedkasiga koʻmaklashish imkonii beradi.

Ukraina milliy politsiyasi (UMP) ham chatbot yordamida jamoatchilikni bu ishga jalb qilmoqda.

Politsiya dastlab yoʻllar chetidagi shubhali belgilar haqida xabar berish uchun “Narodniy mesnik” – ukrainalik qasoskor botini ishga tushirdi.

Josuslar bu belgilarni rossiyalik askarlar harakatini muvofiqlashtirish uchun qoʻyib chiqishgan, deb gumon qiladi rasmiylar.

Ukraina hukumati aholini chatbot orqali belgilarni suratga olib, ularning joylashuvi haqida xabar berishga chaqirgan.

Bot ishga tushirilganidan beri fuqarolar bunday belgilar yuzasidan 22926 ta xabar yuborishgan, deb aytgan UMPning kiberpolitsiya boʻlimi vakilasi Alyona Vasilchenko 15-mart kuni Karvonsaroy nashriga.

Shundan beri UMP bunday belgilar haqida maʼlumotlarni yangilamagan, chunki urush tabiati oʻzgargan.

Xabarlar haddan ortiq koʻpayib ketganidan keyin politsiya fuqarolardan bu belgilarni mustaqil ravishda yoʻq qilishni soʻragan.

“Chatbot faoliyati fuqarolar umumiy – Ukraina zaminidan bosqinchilarni haydab chiqarish maqsadi yoʻlida birlashganini isbotladi”, deb aytgan Vasilchenko.

“Bu xabarlar orqali jamoatchilik va kuch tuzilmalari bosqinchiga qarshi kurashishda umumiy frontni shakllantirmoqda”, deb qoʻshimcha qilgan u.

Aholisi Kremlning navbatdagi bocqinidan xavotirda boʻlgan Qozogʻistondagi harbiylar hozirda Ukrainaning bosqinchi Rossiya kuchlariga qarshi namoyish qilayotgan muvaffaqiyatlarini takrorlash maqsadida bir necha yillardan beri “raqamli armiya”ni modernizatsiya qilib kelmoqda.

Kraudsorsing

Bunday texnologiyalar kamchiliklardan xoli emas, yaʼni ularda soxta xabarlar va dezinformatsiya ham boʻlishi mumkin, deydi tahlilchilar.

“Ochiq maʼlumotlarni toʻplashda kraudsorsingdan foydalanish juda yaxshi. Ammo uning kamchiliklari ham bor: toʻgʻri kelgan odamdan olingan maʼlumot tasdiqlanmagan”, deydi kiberxavfsizlik boʻyicha mutaxassis Roman Sologub Karvonsaroy nashriga.

“Ushbu maʼlumotlarni filtrlash yoki tekshirish zarur. Ideal holatda, ularni yuborgan odamning shaxsini tekshirish lozim”, dedi u.

Oʻz navbatida Ukraina Raqamli transformatsiya vazirligi ushbu muammoga eʼtibor qaratib, bitta muhim qoʻshimcha bilan oʻzining “eVorog” (elektron dushman) Telegram chatbotini ishga tushirdi.

“Chat-bot (eVorog) orqali dushman kuchlari haqida maʼlumot yuborishdan oldin foydalanuvchilar Dіya ilovasi orqali oʻz shaxsini tasdiqlashi kerak. Shu tariqa biz foydalanuvchining haqiqiy inson ekanligiga ishonch hosil qilamiz”, deydi Raqamli transformatsiya vazirligining elektron xizmatlarni rivojlantirish boshqarmasi direktori Mstislav Banik.

Vazirlik aholiga davlat xizmatlaridan tezkorlik bilan foydalanish imkonini beruvchi “Dіya” ilovasi 2019-yili ishlab chiqqan boʻlib, unda fuqarolarning pasport yoki haydovchilik guvohnomasi kabi eng muhim hujjatlarining raqamli versiyalari saqlanadi.

“eVorog” chat-botiga “Dіya” ilovasi kirish oʻz samaradorligini isbotladi, deydi Banik Karvonsaroyga.

Banikning soʻzlariga koʻra, uning jamoasi dastlabki 24 soat ichida dushman qoʻshinlarining harakati haqida 100 dan ortiq tasdiqlangan xabarlarni olgan, bunda chatbot “Dіya” tekshiruvi orqali bilan ishlagan, shundan soʻng jamoa bu maʼlumotlarni SBUga yuborgan.

“Dіya”ning odatiy funktsiyalari yanada kengaytirildi, deb qoʻshimcha qildi u. Ilova foydalanuvchilari endi “Dіya.TV” va “Dіya.Radio” bepul xizmatlari orqali yangiliklardan boxabar boʻlishlari mumkin.

Televideniye va radio hanuzgacha muhim aloqa kanallari boʻlib qolmoqda – aynan ular orqali aholining katta qismi dushmanga qarshi kurashish uchun mutaxassislar tarafidan ishlab chiqilgan Telegram chat-botlari haqida eshitadi, dedi Banik.

“Rossiya kuchlari teleminoralarga hujum qilib, uyali telefon aloqasini uzib qoʻymoqchi... ular hozirda vaqtincha ishgʻol qilingan shaharlarda barcha turdagi davlat telekanallarini boʻgʻishga urinmoqda”, dedi u.

“Shu yoʻl bilan odamlar “Dіya”ni ochib, undagi maʼlumotlarni tekshirishlari mumkin. Agar ularda signal zaif boʻlsa, radio orqali yangiliklar tinglashi mumkin”, dedi Banik.

“Rossiya zararni qoplaydi”

Shuningdek, urushdan keyingi davrga taalluqli boshqa onlayn tashabbuslar ham olib borilmoqda.

Masalan, “Rossiya zararni toʻlaydi” loyihasi “Rossiyaning tajovuzi natijasida fuqarolar va davlatga yetkazilgan moddiy zarar toʻgʻrisida maʼlumot” toʻplashga qaratilgan.

“Bu maʼlumotlar hukumatga Ukraina davlati va fuqarolariga yetkazilgan zararni baholash va xalqaro sudlarda ularni qoplash boʻyicha Rossiyaga qarshi daʼvolarni ishlab chiqish uchun zarur”, deyiladi loyiha missiyasining bayonotida.

Ushbu tashabbus Kiyev iqtisodiyot maktabi, prezident Zelenskiyning idorasi va Vazirlar Mahkamasi bilan birgalikda ishlab chiqilgan.

Smartfon va interneti bor har kim Rossiya askarlari tomonidan yetkazilgan zararni suratga olib, qisqacha tavsif va joylashuvini koʻrsatgan holda veb-saytga yuklashi mumkin.

Shuningdek, 26-fevral kuni bosh vazir oʻrinbosari Mixail Fedorov muhim infratuzilmani himoya qilish hamda Rossiya qoʻshinlari va veb-saytlariga qarshi kibermissiyalarni amalga oshirish uchun Ukrainaning “IT armiyasi” tashkil etilgani eʼlon qildi, deb xabar beradi Reuters.

Oʻshandan beri ushbu saʼy-harakatlarni muvofiqlashtiruvchi Telegramdagi guruhga mamlakat ichi va tashqarisidan 300 mingdan ortiq foydalanuvchi aʼzo boʻlgan.

Oʻshandan beri guruh aʼzolari Rossiya korporatsiyalari (Gazprom va Lukoyl), banklari (Sberbank, VTB va Gazprombank) va hukumat (turli idoralari, Kreml va parlamentning ikkala palatasi) veb-saytlari va resurslari faoliyatini izdan chiqarish masʼuliyatini oʻz zimmalariga olganlar.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500