Karvonsaroy
Jamiyat

Rossiyaliklarning Qozogʻistonga koʻchib kelishi mahalliy aholini xavotirga solmoqda

Kseniya Bondal va AFP

Oziq-ovqat olib ketayotgan yoʻlovchi, Olmaota, 9-yanvar. Rossiya Ukrainaga hujum boshlaganidan beri yuzlab rossiyaliklar Qozogʻistonning yirik shaharlariga koʻchib oʻtganlar. [Aleksandr Bogdanov/AFP]

Oziq-ovqat olib ketayotgan yoʻlovchi, Olmaota, 9-yanvar. Rossiya Ukrainaga hujum boshlaganidan beri yuzlab rossiyaliklar Qozogʻistonning yirik shaharlariga koʻchib oʻtganlar. [Aleksandr Bogdanov/AFP]

OLMAOTA – Kremlning Ukrainaga bosqini iqtisodiy oqibatlardan qochayotgan rossiyaliklar qozogʻistonliklarda xavotir uygʻotmoqda.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 24-fevral kuni Ukrainaga qarshi qonli hujum uyushtirganidan beri Gʻarb davlatlari Moskvani global moliyaviy tizimdan chiqarib yuborishgan, natijada uning valyutasi qadrsizlanib, mamlakat defolt yoqasiga kelib qolgan.

G7 va Yevropa Ittifoqi payshanba (25-mart) kuni Moskvaning Gʻarb sanksiyalarini chetlab oʻtishga qaratilgan har qanday harakatiga toʻsqinlik qilish maqsadida oltin zahiralari bilan bogʻliq operatsiyalarni bloklashga vaʼda berdi.

Shuningdek, Vashington rossiyalik deputatlar va mudofaa pudratchilariga nisbatan yangi sanksiyalarni joriy qilgani haqida xabar bergan. Britaniya esa 59 nafar rossiyalik jismoniy va yuridik shaxsga, jumladan Vagner yollanma guruhiga qarshi sanksiyalar joriy qilgan.

Nur-Sulton markazida katta harflar bilan “Nur-Sulton” deb yozilgan maydonda yurgan odamlar, 2019-yil, 7-iyun. [Vyacheslav Oseledko/AFP]

Nur-Sulton markazida katta harflar bilan “Nur-Sulton” deb yozilgan maydonda yurgan odamlar, 2019-yil, 7-iyun. [Vyacheslav Oseledko/AFP]

Sanksiyalardan jabrlangan mutaxassislar Qozogʻistonni jozibador manzil deb hisoblamoqda, chunki u yerda ishlash uchun faqat pasport va vaqtinchalik yashash ruxsatnomasi kerak xolos, deb xabar bergan Forbes.ru 5-mart kuni.

Axborot texnologiyalari (IT) mutaxassisi Mixail – Rossiyaning Ukrainaga bosqinidan keyin Qozogʻistonga koʻchib oʻtgan rossiyaliklardan biri.

11-mart kuni Nur.kz saytiga intervyu bergan Mixailning aytishicha, u yashaydigan shahardan Nur-Sultongacha parvoz bor-yoʻgʻi bir soat davom etgan. U bevosita reys mavjudligi va Nur-Sulton poytaxt boʻlgani uchun aynan shu shaharni tanlaganini qoʻshimcha qildi.

“Bir necha kun avval Omskdan uchib keldik. Rossiyada ishimiz uchun zarur boʻlgan xizmatlarning yoʻqligi va VPN ham yordam berolmagani tufayligina ketdik”, deb aytgan u.

“Men avval ham Ukrainadagi vaziyatni kuzatib borganman, ammo rostini aytsam bunday boʻlishiga ishonmagan edim. Rossiyada ota-onalarimiz uchun bir xalta xorijiy dori-darmonlarni hali sotuvda bor vaqtida olib berib, mamlakatni tark etdik”, deb aytgan Mixail.

“Yaqingacha Moskvada istiqomat qilardim, ammo oʻtgan haftadan beri Olmaotada yashayapman”, deb aytgan Vadim Novikov 13-mart kuni “Khabar24” nashriga.

Men Qozogʻiston kelajagiga ishonganim sababli bu yerga koʻchib keldim, hozir esa unga Rossiyaning kelajagidan koʻra koʻproq ishonaman”, deb aytgan u.

“Boltiqboʻyi davlatlarini hisobga olmaganda, Qozogʻiston – sobiq SSSRda Rossiyadan keyingi eng boy davlat”, deb aytgan Novikov.

Sanksiyalardan qochish

Sanksiyalar rossiyaliklar, jumladan malakali mutaxassislarni turli davlatlar, jumladan Gruziya, Armaniston va Qozogʻistonga qochishga majbur qildi, deydi Nur-Sultonlik siyosiy sharhlovchi Gaziz Abishev Karvonsaroy bilan suhbatda.

Rossiyani tark etishni istaydigan va bunga qodir boʻlganlarga xalqaro infratuzilma – Visa va Mastercard kartalari, internetdan foydalana olish imkoniyati va xorijiy brendlar mahsulotlari kerak, deydi Abishev.

“Shuningdek, ular xalqaro bozorda talabgir odamlar: veb-dizaynerlar, aloqachilar, moliyachilar va IT-mutaxassislari. Ularning malakasi Rossiya va Qozogʻiston iqtisodiyotidagi oʻrtacha darajadan yuqori”, deb aytgan u.

“Millionlab rossiyaliklar koʻchib kelayotgani yoʻq. Katta ehtimol bilan, bu bir necha oʻn ming odam boʻlib, ularning aksari Olmaota va Nur-Sultonda joylashadi”, deb taʼkidlagan Abishev.

Rossiya qanday yoʻl bilan boʻlsa-da, sanksiyalardan chiqa boshlashi bilan, ular oʻzlari uchun tanish Moskva, Sankt-Peterburg, Yekaterinburg, Novosibirsk va boshqa shaharlarga qaytib ketishadi, deb qoʻshimcha qilgan u.

Rossiyaliklarning koʻchib kelishi mahalliy aholi uchun yangi muammolarni paydo qiladi, deydi Nur-Sultonlik Andrey Chebotarev Karvonsaroy nashriga.

“Birinchidan, Rossiyadan migratsiya oqimi Qozogʻistondagi koʻchmas mulk bozoriga taʼsir qiladi. Qozogʻistonda uylar narxi butun Rossiyadagidan arzonroq, Moskva va Sankt-Peterburgdan esa ancha past. Rossiyaliklar tufayli talabning ortishi narxlarning koʻtarilishiga olib keladi”, dedi u.

Xonadonlarning ijara narxi ham yanada qimmatlashadi, deb qoʻshimcha qildi Chebotarev.

Shuningdek, mehnat bozoridagi raqobat kuchayadi, chunki Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasida rossiyaliklarga ishlash uchun hech qanday ruxsatnoma kerak emas, Qozogʻistonda ular xorijiy ishchi kuchi hisoblanmaydi, deb taʼkidladi u.

“Uchinchidan, Rossiyadan butun boshli kompaniyalar Qozogʻistonga koʻchib oʻtishadi, ular bu yerga ish yuritish uchun emas, Rossiyaga eksporti taqiqlangan xorijiy mahsulotlarni sotib olish va keyin uni Rossiyaga qayta eksport qilish uchun mamlakatimizdan xab sifatida foydalanishadi”, deb qoʻshimcha qilgan Chebotarev.

Bu kabi iqtisodiy hiylalar yuz beradigan boʻlsa, Qozogʻistonga ham sanksiyalar joriy qilinishi xavfi bor, deb aytgan u.

“Qoʻshimcha muammolar”

Moskvaning Ukrainaga qarshi urushi qochqinlar va qurbonlar sonining ortishiga olib kelayotgani sababli, qozogʻistonliklar ijtimoiy tarmoqlarda koʻchib kelayotganlarga xayrihohlik bildirmaganlar.

“Nega ular “Putlerning” harakatlariga eʼtiroz bildirish oʻrniga qoʻshni mamlakatlarga qochib oʻtishyapti?”, deb izoh qoldirgan Zamira Satekova Facebook tarmogʻida.

“Oʻz yurtlarida rejimga qarshi kurashsinlar. Bu yerda qoʻshimcha muammolar – raqobat, ijara va uy narxlarining koʻtarilishiga sabab boʻlishmoqda!”, deb yozadi Satekova.

Indira Yermek qizi ismli yana bir Facebook foydalanuvchisi qozogʻistonliklarni “boykotga” chaqirdi. “Oʻz uylarida oʻtirishsin!”

“Tajovuzkor davlat aholisiga uning qilmishlari oqibatlaridan qochishga yordam bermang”, deb qoʻshimcha qilgan u.

“Ular Rossiyada doim osiyoliklarga qarshi boʻlishgan. Ular “koʻzlari qisiq odamlarni” doim haqorat qilib, “gasterbayterlarga” nafrat bilan munosabatda boʻlganlar”, deb yozadi u.

“Hech narsa yarata olmaganlari yetmagandek, Sovet merosini ham yoʻq qilishdi. Nima uchun biz ularni boqishimiz kerak?”, deb yozgan u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 9

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Bemaʼnilik. Maqoladan Rossiyaga nisbatan nafrat ufurib turibdi! Yanvarda KXSHT kuchlarik iritilmasligi kerak edi, (qozoqlar) oʻzlari qanday hal qilishlarini koʻrardik!

Javob berish

KXSHTga nimaga yopishib oldingiz? Mening soliqlarim ham iflos KXSHTni moliyalashtiradi, nafaqat axlatxona Rossiya, balki yana beshta mamlakat ham bor. KXSHT bilan bir goʻr boʻl, iflos Ikkinchi Jahon urushida yoki 2020-yil namoyishlar chogʻida yordam berganmiz, shuningdek gumanitar koʻmak berganmiz. Aslida KXSHT Putinning tashabbusi, qoʻgʻirchoqlarni olib tashlashimizdan qoʻrqqan edi.

Javob berish

Rasmiy statistikaning haqiqiy maʼlumotlari mish-mishlar boʻrttirilganini koʻrsatadi.

Javob berish

Ha, oxirgi vaqtda rossiyaliklar sezilarli koʻpayib qolgan.

Javob berish

Bayden kelib, hamma narsani tortib oladi; amerikaliklar uchun gaz buqa uchun qizil lattadek gap. Amerikacha mantra: “Gazga xoʻjayin boʻlgan dunyoga egalik qiladi”.

Javob berish

Oʻz mamlakatlarini vayron qilishdi va endi Qozogʻistonga yopirilib kelishmoqda. Chegaralarni yopish va ularni kiritmaslik kerak.

Javob berish

Maʼlumot uchun axlatxona Rossiyada ham ular bor, AQSH haqida yig‘lamasang ham bo‘ladi, qarol va o‘g‘rilar yurti bilan bir bo‘lgandan ko‘ra ular yaxshi.

Javob berish

Ruslarni bu yerga kiritmaslik kerak. Ularda superbuyuk Rossiya bor; oʻsha yerda yashayverishsin.

Javob berish

Yana rossiyaliklarni qutqarish kerakmi?

Javob berish