Karvonsaroy
Jinoyat va adolat

Ukrainada ortga chekinayotgan Rossiya kuchlari koʻchalarda ommaviy qabrlar va jasadlar qoldirmoqda

Karvonsaroy va AFP

Kiyevdan shimoli-gʻarbdagi Buchada qoʻllari orqaga bogʻlangan erkak jasadi yotibdi, 2-aprel. Ukraina kuchlari Buchani Rossiya qoʻshinlaridan qaytarib olar ekan, shu kuni shahar koʻchalarining birida kamida 20 nafar fuqaro kiyimidagi erkakning jasadi topilgan. [Ronaldu Shmidt/AFP]

Kiyevdan shimoli-gʻarbdagi Buchada qoʻllari orqaga bogʻlangan erkak jasadi yotibdi, 2-aprel. Ukraina kuchlari Buchani Rossiya qoʻshinlaridan qaytarib olar ekan, shu kuni shahar koʻchalarining birida kamida 20 nafar fuqaro kiyimidagi erkakning jasadi topilgan. [Ronaldu Shmidt/AFP]

KIYEV – Rossiyalik askarlar poytaxt Kiyev atrofidagi hududdan chekinar ekan, ularning Ukrainada sodir etgan vahshiyliklari koʻlami fonida dalillar paydo boʻlishi ortidan dushanba (4-aprel) kuni global norozilik yanada kuchaygan.

Mahalliy rasmiylar koʻchalarda toʻplanib qolgan, jumladan qoʻllari orqasiga bogʻlangan jasadlarni koʻmish uchun ommaviy qabr qazishga majbur boʻlgan. Rossiyaning bosqinidan bir oydan ortiq vaqt oʻtgandagi bu manzara butun dunyoni larzaga soldi.

Rossiyaning javobgarlikdan boʻyin tovlashiga qaramay, dunyo yetakchilari, NATO va Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) Kiyev shimoli-gʻarbidagi Bucha va boshqa joylarda fuqarolarning oʻlimi haqidagi xabarlardan larzaga kelgan holda qoralashni davom ettirmoqda.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy yakshanbada oʻzining tungi videomurojaatida “yurtimizga ashaddiy yovuzlik keldi”, deb ogohlantirgan.

Kiyevdan shimoli-gʻarbda joylashgan Bucha shahridagi cherkov ortidan koʻrinib turgan ommaviy qabr, 3-aprel. Yakshanba kuni Ukraina va Gʻarb davlatlari Kiyev yaqinida ommaviy qabrlar va oʻldirilgan tinch aholi vakillari topilganidan soʻng Rossiya qoʻshinlarini urush jinoyatlarida ayblagan. [Sergey Supinskiy/AFP]

Kiyevdan shimoli-gʻarbda joylashgan Bucha shahridagi cherkov ortidan koʻrinib turgan ommaviy qabr, 3-aprel. Yakshanba kuni Ukraina va Gʻarb davlatlari Kiyev yaqinida ommaviy qabrlar va oʻldirilgan tinch aholi vakillari topilganidan soʻng Rossiya qoʻshinlarini urush jinoyatlarida ayblagan. [Sergey Supinskiy/AFP]

3-aprel kuni Kiyevdan shimoli-gʻarbda joylashgan Bucha shahridagi ommaviy qabr oldida toʻplangan azador odamlar. [Sergey Supinskiy/AFP]

3-aprel kuni Kiyevdan shimoli-gʻarbda joylashgan Bucha shahridagi ommaviy qabr oldida toʻplangan azador odamlar. [Sergey Supinskiy/AFP]

“Men har bir rus askarining onasi Bucha, Irpen, Gostomelda oʻldirilgan odamlarning jasadini koʻrsin deyman”, dedi u rus tilida.

“Rossiya Federatsiyasining barcha rahbarlari ularning buyruqlari qanday amalga oshirilayotganini koʻrishini xohlayman.”

11-mart kungi matbuot anjumanida rossiyalik harbiy asirlar Ukrainaga bosqin davomida Kreml urush jinoyatlari sodir etayotganini tasdiqlagan edi.

Qoʻlga olingan uch nafar rossiyalik uchuvchi matbuot anjumanida soʻzlar ekan, ular jangga atayin tinch aholiga hujum qilish buyrugʻi bilan toʻp yemi sifatida tashlanganini aytdi.

Moskva Ukrainaning janubi-sharqiy hududiga eʼtibor qaratar ekan, Zelenskiy poytaxt atrofini tark etgan rossiyalik askarlar sodir etgan qotilliklarni tergov qilish uchun maxsus organ tashkil qildi.

Qotilliklar koʻlami hali ham oʻrganilmoqda, ammo Ukraina bosh prokurori Irina Venediktova hozirgacha 410 ta fuqaroning jasadi topilganini aytdi.

Bucha hokimi Anatoliy Fedorukning AFP nashriga aytishicha, oʻq otish masofasidagi qabristonlarga dafn qilish imkonsiz ekani sababli, 280 ta jasad ommaviy qabrga koʻmilgan.

Sunʼiy yoʻldosh orqali suratga oluvchi Maxar kompaniyasi shahardagi cherkov hududida ommaviy qabr aks etgan suratlarni eʼlon qildi.

Shahar maʼmuriyati xodimi Sergiy Kaplichniyning AFP nashriga xabar berishicha, Buchada rossiyalik askarlar aholiga oʻlganlarni koʻmishga ruxsat berishmagan.

“Sovuqda yotaverishsin, deb aytishgan edi.”

Oxir-oqibat, jasadlarni olishga muvaffaq boʻldik, deb aytgan u. “Traktorda ommaviy qabr qazib hammani koʻmdik.”

Shahardagi AFP muxbirlari kamida 20 ta jasad koʻrishgan, ularning barchasi oddiy fuqaro kiyimida boʻlgan va bitta koʻchada yotgan edi.

Harbiy jinoyatlar

Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Rossiyani “qasddan qirgʻin” sodir etishda aybladi, Zelenskiyning matbuot kotibi Sergey Nikiforov esa Buchadagi qotilliklar “aynan harbiy jinoyatga oʻxshashini” aytdi.

Rossiya mudofaa vazirligi esa bu xabarlarni rad etib, Buchadagi zoʻravonliklarda “birorta ham mahalliy fuqaro” halok boʻlmaganini aytgan.

U Kiyevni Gʻarb ommaviy axborot vositalariga “boshqacha koʻrsatish uchun” murdalar suratini soxtalashtirishda ayblagan.

Ammo, Suriya va Chechenistonda Rossiyaning tinch aholi va fuqarolik infratuzilmasi, jumladan shifoxonalarga qasddan hujum qilgani maʼlum.

“Ukrainada sodir boʻlayotgan voqealar Suriyada koʻrganlarimizning takrori”, degan edi Amnesty International bosh kotibi Agnes Kallamar mart oyida AFP nashriga.

Rossiya qurolli kuchlari Ukraina va Suriyada muntazam ravishda shifoxonalarni bombardimon qilgan va tinch aholini nishonga olgan.

BMTning inson huquqlari boʻyicha bosh komissari Mishel Bachelet dushanba kuni Buchadagi jasadlarni koʻrib dahshatga tushgan va harbiy jinoyatlar ehtimoli haqida ogohlantirgan.

Bu qotilliklar Rossiyaga nisbatan yangi choralar koʻrish talablarini kuchaytirgan.

Blok zudlik bilan yangi sanksiyalar bosqichini muhokama qilmoqda, deb aytgan dushanba kuni Yevropa Ittifoqining (YI) tashqi siyosat boʻyicha raisi Josep Borrel.

Shuningdek, Borrel Ukrainada sodir etilgani gumonlanayotgan vahshiyliklar dalillarini hujjatlashtirishda YI yordamini taklif qilgan.

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron yangi sanksiyalar tarafdori ekanini aytib oʻtgan.

“Harbiy jinoyatlarning aniq belgilari mavjud. Buchada Rossiya armiyasi boʻlgan”, deb aytgan Makron Frantsiyaning Inter telekanaliga.

Yangi choralar neft va koʻmir sanoatlariga qaratilishi mumkin, deb aytgan u.

Germaniya kansleri Olaf Sholts yangi sanksiyalar “shu kunlarda” hal qilinishini aytdi. Uning mudofaa vaziri esa gaz importi toʻxtatilishi mumkinligi haqida soʻzlagan.

“Rossiya prezidenti Vladimir Putin va uni qoʻllab-quvvatlovchilar buning oqibatlarni his qilishadi”, deb aytgan Sholts.

Polsha bosh vaziri Mateush Moravetskiy dushanba kuni “qatliomni” xalqaro miqyosda tergov qilishga chaqirdi.

Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanchez uning mamlakati “insoniyatga qarshi jinoyatlar, harbiy jinoyatlar va hatto qatliomga oydinlik kiritish uchun barcha vositalarni ishga solishini” aytgan.

Yaponiya bosh vaziri Yosimasi Xayasi ham Polshaga tashrifi chogʻida Kiyev yaqinidagi tinch aholiga nisbatan “oʻta shafqatsiz” zoʻravonliklarni qoralagan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 2

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Ha. Oqlarni oʻldirish mumkin emas; Ular uchinchi nav boʻlishiga qaramay, oliy irq. Ammo Afgʻoniston, Suriya, Liviya va boshqa oʻnlab mamlakatlarda turli rangdagi odamlarni istagancha oʻldirsa boʻladi.

Javob berish

Rossiya fashizmiga qarshi yanada ogʻirroq sanksiyalar boʻladi, Rossiyani banan mevasi yoʻq bananlar mamlakatiga aylantirib qoʻyishadi.

Javob berish