Karvonsaroy
Inson huquqlari

Ukrainadan evakuatsiya qilingan oʻzbeklar terror va Rossiya bombardimonlari haqida soʻzlamoqdalar

Rustam Temirov

2-mart kuni Polshaning Korchova shahridagi vaqtinchalik qabul markazi oldida turgan oʻzbekistonlik oilalar. [Voytek Radvanski/AFP]

2-mart kuni Polshaning Korchova shahridagi vaqtinchalik qabul markazi oldida turgan oʻzbekistonlik oilalar. [Voytek Radvanski/AFP]

TOSHKENT – Moskva bosqini tufayli Ukrainadan qochgan Oʻzbekiston fuqarolari Rossiya kuchlari tarafidan sodir etilgan terror va zoʻravonlik haqida soʻzlab berishgan.

6 mingga yaqin oʻzbekistonlik Polьsha orqali evakuatsiya qilindi, deb xabar bergan Kun.uz 19-mart kuni.

Evakuatsiya qilinganlar orasida “yosh bolali ayollar, Ukrainada vaqtincha taʼlim olayotgan yoki ishlayotgan talabalar va ishchilar” boʻlgan, deb aytgan Oʻzbekistonning Polьshadagi elchisi Bahrom Babayev.

Xarkov milliy universitetining 22 yoshli talabasi, qarshilik Lobar Toʻxtayeva vatanga qaytgan talabalar safida boʻlgan.

2-mart kuni Polshaning Korchova shahridagi vaqtinchalik qabul markazi oldida oʻzbekistonlik oila aʼzolarining pasportlarini ushlab turgan erkak. [Voytek Radvanski/AFP]

2-mart kuni Polshaning Korchova shahridagi vaqtinchalik qabul markazi oldida oʻzbekistonlik oila aʼzolarining pasportlarini ushlab turgan erkak. [Voytek Radvanski/AFP]

Ukrainadan evakuatsiya qilinishi kutilayotgan oʻzbekistonlik talabalar, 27-fevral, Xarkov vokzali. Ular orasida tibbiyot fakultetining 3-kurs talabasi Shahrizoda Azimova (oʻngdan ikkinchi) ham bor. [Yulduz Xolmetova]

Ukrainadan evakuatsiya qilinishi kutilayotgan oʻzbekistonlik talabalar, 27-fevral, Xarkov vokzali. Ular orasida tibbiyot fakultetining 3-kurs talabasi Shahrizoda Azimova (oʻngdan ikkinchi) ham bor. [Yulduz Xolmetova]

Rossiya chegarasi yaqinida, Ukraina shimoli-sharqida joylashgan Xarkov Moskvaning hujumi boshlanganidan beri ogʻir talofatlar koʻrdi.

Rossiyalik askarlar Xarkov, Kiyev va Chernigovning egallab olingan hududlarida tinch aholiga qarshi harbiy jinoyatlar, jumladan zoʻrlash va ommaviy qatllar sodir etgan boʻlishi mumkin, deb xabar bergan Human Rights Watch yakshanba (3-aprel) kuni.

“24-fevral kuni xonadoshim tonggi soat 5 da meni uygʻotdi”, deb aytgan Toʻxtayeva urush boshlanishini yodga olar ekan.

“Otishma va portlash tovushlarini eshitdik. Kiyinib yertoʻlaga tushdik”, deb aytgan u.

“U yerda juda uzoq oʻtirdik. Juda qoʻrqib ketgandik.”

Ular yashagan bino ikki kundan keyin yana oʻqqa tutilgan.

“Oʻqdan va singan oynalardan oʻzimizni himoya qilish uchun karavot boshiga, derazaga ikkitadan matraslarni osib qoʻydik”, deb aytgan Toʻxtayeva Karvonsaroy nashriga.

“Non va boshqa oziq-ovqat mahsulotlari tugagan edi, ammo tashqariga chiqishga qoʻrqdik. U yerda otishma boʻlayotgan edi. Koʻzimizning oldida bino portlab ketdi.”

Raketalar uchayotgan edi. Ularning ovozi va portlashidan quloqlarim ogʻrib ketdi”, deb aytgan Toʻxtayeva.

Shaharda oʻtgan yana besh kun, jumladan Xarkov metro bekatidagi ikki kechadan keyin Toʻxtayeva poyezd orqali shaharni tark etgan.

“Kechasi soat 12:30 da och va sovqotgan holda poyezdga chiqdik. Yeyishga hech nima yoʻq edi. Qoʻlimizda faqat suv bor edi. Oʻrindiqlar yoʻqligi sababli hojatxona oldida yotib ketdik. Shu tarzda 4 kun yurdik”, deb aytgan Toʻxtayeva.

Ammo Toʻxtayevaning safari shu bilan tugamagan.

U va boshqa qochqinlar gʻarbdan 1000 km masofadagi Lьvovga yetib kelishganida ularni havo hujumi sirenalari kutib olgan.

Toʻxtayeva va oʻzbekistonlik boshqa talabalar Polshaga qatnaydigan poyezdni kutib, odamlarga toʻla bekatda yana bir yarim kun oʻtkazishgan. Ular yomgʻir va qorli havoda gulxan yoqib isinishgan.

Toʻxtayeva Lvovni tark etgan kuni shaharni Rossiya samolyotlari bombardimon qila boshlagan.

Polshaga yetib kelgach, u vataniga uchib ketish uchun 10 kun reys kutib, 13-mart kuni Oʻzbekistonga qaytgan.

“Rossiyaning hujumi hamma orzularimni chippakka chiqardi ... Oʻqishni tugatganimdan keyin bu goʻzal yurtda qolmoqchi edim”, deydi u.

“Urushni va uni boshlaganlardan nafratlanaman.”

“Hamma qoʻrquvda edi”

Qarshi shahridan kelgan, Xarkov milliy universitetining 22 yashar talabasi Shahrizoda Azimova ham xuddi shunday voqeani soʻzlab bergan.

“24-fevral kuni saharda soat 4:40 da yotoqxona komendanti har bir eshikni taqillatib, imkon qadar tezroq chiqishimiz kerakligini aytib baqirganidan uygʻonib ketdik”, deb aytgan u Karvonsaroy nashriga.

“Hammamiz kiyinib yertoʻlaga tushib ketdik. Ertalab soat 7 gacha oʻtirib chiqdik.”

Yotoqxonaga Oʻzbekiston elchixonasi xodimlari yetib kelishgan.

“Ular, qoʻrqmanglar, sizlarga yordam beramiz deb aytishdi”, deb aytgan Azimova.

Shunga qaramay, talabalar uch kun kechasi havo harorati 8-10 darajaga tushadigan yertoʻlada boʻlishgan.

Bomba portlashlari orasidagi sukunat paytida qizlar yegulik yeb olish va narsalarni olish uchun tezda xonalariga yugurishar, soʻng yertoʻlaga qaytar edilar.

“Uch kun ichida bir marta doʻkonga chiqa oldik. Manzara qoʻrqinchli edi: odamlar koʻp, non yoʻq, uzun navbatlar, hamma narsa birdaniga qimmatlashgan. Shu sababli bir kun faqat suv ichdik”, deb eslaydi Azimova.

27-fevral kuni elchixona Azimova va yana 19 nafar talaba qizni Lvovga evakuatsiya qilish uchun vokzalga olib borgan.

“Xarьkov-Lьvov poyezdidagi xorijliklar orasida oʻzbeklardan tashqari, marokashliklar, ozarbayjonlar, turklar, turkmanlar bor edi... Hamma qoʻrquvda edi.”

“Qizlar yigʻlar edilar, oʻsha yerda qolib ketsak, oʻlamiz, deb oʻylagandik”, deydi 2-mart kuni Oʻzbekistonga qaytgan Azimova.

Vatanga qaytish

Oʻzbekiston hukumati Polshada oʻzbek fuqarolarini vataniga qaytarish uchun keng koʻlamli saʼy-harakatlarni amalga oshirdi.

27-fevral kuni ertalab 30 kishidan iborat oʻzbekistonliklarning ilk guruhi Lvov viloyatini tark etib, Krakovets-Karcheva nazorat-oʻtkazish punkti orqali Ukraina-Polьsha chegarasini kesib oʻtdi, deb yozadi Kun.uz nashri.

Kechga borib, Polshadagi nazorat-oʻtkazish punktida 400 ga yaqin oʻzbekistonlik toʻplangan.

Oʻzbekiston konsulligi xodimlari Oʻzbekistonning Varshavadagi elchixonasi bilan hamkorlikda 18 kun davomida chegara postida ish olib bordilar. Yigʻin punktining oʻzida muhtojlarga issiq ovqat, issiq koʻrpa-toʻshaklar berilib, tibbiy yordam koʻrsatildi.

Oʻzbekiston hukumati tomonidan ijaraga olingan birinchi evakuatsiya samolyoti 25-fevral kuni Polshaning Katovitse shahridan Toshkentga uchdi.

Ushbu maxsus reyslardan 25 tasi oʻzbekistonliklarni Polshadan Oʻzbekistonga olib kelgan.

2-4-mart kunlari evakuatsiyaning avj pallasida tezroq vatanga qaytish umididagi 700-800 ga yaqin Oʻzbekiston fuqarolari chegaradagi yigʻin punkti va aeroportda toʻplanib qolgan.

Polsha prezidenti Anjey Duda 4-mart kuni yigʻin punktiga tashrif buyurib, 4000 dan ortiq Oʻzbekiston fuqarolarini aeroportga bepul eltish uchun avtobuslar ajratish topshiriq bergan.

Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov oʻzbekistonliklarni Ukrainadan evakuatsiya qilish murakkabliklarini Suriyadan oʻzbeklarni olib chiqish jarayoni bilan taqqosladi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

“Ukrainalik oʻrtoqlarning yordami bilan 6 ming fuqaroni vataniga qaytara oldik”, dedi Komilov 5 mart kuni Senatdagi chiqishida.

Ukrainadan evakuatsiya jarayoni Oʻzbekistonning Suriya, Iroq va Afgʻonistondagi fuqarolarini olib kelish harakatlaridan oson boʻlmadi, deb qayd etdi u.

“Ukrainada odamlar halok boʻlmoqda... lekin, Xudoga shukrki, biz 6 ming fuqaroni uylariga sogʻ-omon qaytardik”, dedi u.

Komilovning aytishicha, hozirgi vaqtda Ukrainada 300ga yaqin Oʻzbekiston fuqarolari qolmoqda.

“Biz yechim topamiz, tez orada ularni qaytarishga harakat qilamiz”, dedi Komilov.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 2

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

“Ukrainadan evakuatsiya qilingan oʻzbeklar terror va Rossiya bombardimonlari haqida soʻzlamoqdalar”, lekin maqolada faqat ikki kishi nimanidir gapirgan va umuman terror haqida emas. Muallif safsatabozmi yoki oʻzidan qoʻshib yozish sizlarda “mustaqil” jurnalistika deb ataladimi?

Javob berish

Agar siz uchun ikki kishi yetarli boʻlmasa, Ukrainadagi odamlar ijtimoiy tarmoqlarda nimalar yozayotganini koʻring.
Ular mudhish manzaralarga guvoh boʻlishdi va bizda hali barcha maʼlumotlar yoʻq. Eng yomoni shundaki, bundan ham koʻproq yangi maʼlumotlar paydo boʻladi va afsuski, barcha jinoyatlar fosh etilmaydi va barcha aybdorlar javobgarlikka tortilmaydi.

Javob berish