Karvonsaroy
Xavfsizlik

Kreml oson gʻalabaga umid qilgan hududlarda Ukraina kuchlari shiddatli janglar olib bormoqda

Metyu Rattman va AFP

29-mart kuni Ukraina armiyasining 46-bataloni askarlari Nyu-York aholi punkti orqali urush jabhasi tomon harakatlanmoqdalar. [Metyu Rattman/Karvonsaroy]

DONETSK, Ukraina – Rossiya prezidenti Vladimir Putin va uning harbiy mulozimlari mahalliy aholi Rossiya kuchlarini quchoq ochib qarshi oladi, deb oʻylagan Ukraina sharqidagi bir qator shaharlarda ukrain askarlari bosqinchilarga shiddatli qarshilik koʻrsatmoqda.

Rossiya Kiyev atrofidagi qoʻshinlarining uchdan ikki qismini olib chiqqan, ularning aksari keyinchalik Ukrainaning boshqa hududlariga qayta joylashtirish rejasi bilan Belarusga qaytarilgan. Bu haqda dushanba (4-aprel) kuni Pentagonning yuqori martabali rasmiylaridan biri maʼlum qildi.

“Ular Belarusda jamlanayotganini koʻrib turibmiz. Taxminimizcha, ular qayta qurollantiriladi, saflari toʻldirilib, hatto qoʻshimcha jangovar kuch bilan mustahkamlanishi mumkin va keyinchalik boshqa hududlarda jangni davom ettirish uchun Ukrainaga qaytariladi”, dedi rasmiy.

Askarlarning qayta taqsimlanishi 24-fevral kuni Ukrainaga bostirib kirgan Rossiya kuchlari Ukraina qoʻshinlarining shiddatli qarshiligiga uchranidan soʻng amalga oshirilmoqda.

29-mart kuni sharqiy aholi punkti – Nyu-Yorkda front chizigʻini himoya qilayotgan ukrainalik askar. [Metyu Rattman/Karvonsaroy]

29-mart kuni sharqiy aholi punkti – Nyu-Yorkda front chizigʻini himoya qilayotgan ukrainalik askar. [Metyu Rattman/Karvonsaroy]

Ukraina armiyasining Nyu-York qishlogʻilik askari Yuriy Kochevenko 29-mart kuni urush jabhasida. [Metyu Rattman/Karvonsaroy]

Ukraina armiyasining Nyu-York qishlogʻilik askari Yuriy Kochevenko 29-mart kuni urush jabhasida. [Metyu Rattman/Karvonsaroy]

Gʻarblik harbiy tahlilchilar Kiyevning muvaffaqiyatsiz ishgʻolini ruslar uchun jiddiy magʻlubiyat deb atagan boʻlsa-da, Moskva oʻz jangovar saʼy-harakatlarini mamlakat janubi-sharqidagi Donbass mintaqasiga qaratishni afzal koʻrmoqda – bu yerda Rossiya kuchlari rossiyaparast boʻlginchilar bilan birlashgan.

“Biz ruslarning kuch toʻplab, hujumga tayyorlanayotganini bilamiz”, dedi chorshanba kuni Donbassdagi Krasnopoe qishlogʻi yaqinida boʻlib turgan Ukrainaning yuqori martabali zobiti AFPga.

Hozirgi paytda front barqaror boʻlsa-da, Rossiya vertolyotlari bu hudud uzra parvozlar sonini koʻpaytirgan, bu esa koʻp hollarda yirik hajmdagi operatsiyalar oʻtkazilishidan darak berishi mumkin.

“Biz tayyormiz... ular uchun yoʻl-yoʻlakay kutilmagan hodisalarni rejalaganmiz”, dedi ofitser.

Bosimning kuchayishi sharoitida mavjud kuchlar ishonchli boʻlib koʻrindi. “Biz ularni kutyapmiz!” dedi yoʻl boʻylab pozitsiyalarni mustahkamlash buyrugʻini olgan leytenant bosh barmogʻini yuqoriga koʻtarib.

Yoʻl yonbagʻridagi okoplarga vrtilleriya va zirhli mashinalar oʻrnashgan. Uning yonidagi oʻrmonda esa mustahkamlangan pozitsiyalar va niqoblangan texnika mavjud.

Ruslarni qutqarishmi?

Front chizigʻining sharqida – Donetsk viloyatida Nyu-York qishlogʻi joylashgan.

2014 yilda Qrimning Rossiya tomonidan anneksiya qilinishi ortidan shakllangan jabhada joylashgan Nyu-York bosqin boshlanganidan beri Rossiya samolyotlari va artilleriyasining doimiy nishoni boʻlib kelgan.

Donetsk va Lugansk viloyatlari – fevral oyi oxirida bu ikki mintaqa mustaqilligi tan olingan va bu Putinning Ukrainaga qarshi asossiz bosqiniga bahona boʻlgan edi.

Kreml narrativining markazida Rossiya qoʻshinlari ruslarni taʼqibdan qutqarish uchun Ukrainaga bostirib kirgani haqidagi qarash oʻrin olgan.

Bu narrativ sobiq Sovet davlatlari boʻylab fosh etilmoqda – yaqinda Qozogʻistondagi fleshmoblar va ommaviy yigʻinlarda mahalliy ruslar “himoyaga muhtoj emasliklarini” eʼlon qilgan edilar.

“Ammo Rossiya rasmiylari bizga muammo tugʻdirmoqchi boʻlayotgandek. Ulardan kimdir aralashishni soʻradimi?” degan edi fleshmob ishtirokchilaridan biri, Olmaota viloyatining Taldiqoʻrgʻon shahridan boʻlgan blogger Yevgeniy Zaytsev.

Kremlning bu narrativiga goʻyo Rossiya tarkibiga qoʻshilishni istagan ukrainlarning joylardagi shiddatli qarshiligi ham putur yetkazmoqda.

“Gʻalaba bizniki boʻladi”

Donetsk viloyatilik boshqa ukrainlar kabi Ukraina armiyasida xizmat qilayotgan Yuriy Kochevenko uning shahri toʻliq nazorat ostida ekanini aytadi.

2015-yilda mustahkamlangan jabha oʻzgarmagan. Dushman oʻz joyidan siljiy olmadi”, dedi 46-armiya bataloni zobiti Kochevenko.

“Dushmanimiz vahshiyona usullardan foydalanmoqda. Biz jangovar operatsiyalarda emas, balki qanotli raketa zarbalarida koʻp qurbonlar berdik.”

“Ammo havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlarimiz soz ishlamoqda. Urushning birinchi oyida ular toʻliq ustunlikka ega boʻlganiga qaramay, havoda toʻliq nazoratni qoʻlga kirita olmadi”, dedi u.

“Eng achinarlisi, har bir raketa yangi qurbonlarga sabab boʻlayotgani, undan ham ayanchlirogʻi esa Rossiyaning raketa urushidan asosan tinch aholi aziyat chekayotganidir”, deb qoʻshimcha qildi u.

Rossiya Suriya va Chechenistonda tinch aholi va fuqarolik infratuzilmasi, jumladan shifoxonalarga qasddan hujum qilgani maʼlum.

“Ukrainada yuz berayotgan voqealar Suriyada koʻrganlarimizning takroridir”, degan edi Amnesty International bosh kotibi Agnes Kallamar mart oyida AFP nashriga.

Rossiya qurolli kuchlari Ukrainada boʻlgani kabi, Suriyada ham muntazam ravishda shifoxonalarni bombalagan va tinch aholini oʻqqa tutgan.

Bucha shaharchasidagi tinch aholini qatliom qilganiga javoban Kremlga nisbatan diplomatik va iqtisodiy bosim kuchayib bormoqda.

“Dushmanimiz zaiflashib borayotgani aniq”, deydi Kochevenko.

Rossiyaliklar oʻz mavqeini mustahkamlashga va shu bilan bir vaqtda hududni egallashga urinmoqda, dedi u. “Ammo biz oʻz tarafimizdan qarshi hujumlarni amalga oshiryapmiz va ular besamar ketayotgani yoʻq.”

“Donbass front chizigʻida shunday voqealar yuz bermoqda.”

“Mariupoldagi vaziyat oʻta jiddiy. Ruslar shaharni qamal qilishga erishdilar, ammo shahar dosh bermoqda. Uning bu bosqinga turib berishiga ishonaman”, deydi Kochevenko janubdan 180 km masofadagi qamal qilingan port shahrini nazarda tutib.

Uning aytishicha, endi urushning yakuni faqat qurol yoki askarlar soniga emas, balki ularning jangovar ruhiga ham bogʻliq.

“Oxirigacha kurashishga tayyormiz. Hammamizni oʻldirishga raketalari yetmaydi”, dedi u. “Har bir oʻldirilgan ukrainalikning oʻrniga uchta yangisi kelmoqda, shunday ekan, gʻalaba biz tarafda ekaniga aminman.”

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 7

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Uzoq vaqtdan beri avj olib kelgan soʻnggi kunlardagi voqealarni qalb ogʻrigʻi va qaygʻu bilan kuzatib bormoqdamiz. Gʻarbdagi dushmanlar va AQSH uzoq vaqt Rossiyani ular bilan tom maʼnoda urushga kirishish uchun gij-gijlashdi. Ular sayyoramizning yovuz kuchlari boʻlib, nur va Rossiya rahbariyatining ezgu ishlari ular uchun begona va nomaqbul. Ular insoniy qadriyatlarni, mamlakat rahbariyatining nurli tashabbuslarini toptash va yoʻqqa chiqarish uchun juda koʻp resurslarni jalb qilishgan. IBLISLIK TABIATI SHUNDAYKI, U OʻZINING IFLOS VA JIRKANCH AMBITSIYALARIGA ERISHISH YOʻLIDA HECH NARSADAN TAP TORTMAYDI, JUMLADAN, ROSSIYAGA NISBATAN ADOVATLI XURUJLAR, XALQLAR ORASIGA NIFOQ URUGʻINI SOCHISH, IGʻVOLI MAQOLALARGA VA TELBA MUXOLIFATGA HOMIYLIK QILISHDAN HAM. LEKIN HAMMA NARSANING CHEGARASI BOR. VATANIMIZNING XAVFSIZLIK MUAMMOLARINI TINCH YOʻL BILAN HAL QILISGDA SABR KOSASI TOʻLAR EKAN, SHAYTONLAR MANIPULYATSIYASI DAVOM ETIB TURGANIDA PREZIDENTIMIZ DADILLIK BILAN BOSHQA USULLAR YORDAMIDA KURASHGA OʻTMOQDA.

Javob berish

Tomingiz joyidami oʻzi? Oʻzingizni davolashga harakat qilyapsizmi? Izohlarda bunday bemaʼnilik boʻlmasligi uchun bu saytda iblisona oʻy-xayollarini yozadigan odamlarni taqiqlash kerakka oʻxshaydi.

Javob berish

BU URUSH EMAS; BU BUTUN INSONIYAT UCHUN GUMANITAR YORDAMDIR, MAVJUDLIGIMIZNING YANGI OʻLCHAMIGA OʻTISH PALLASIDA YOVUZLIK VA MUGʻOMBIRLIKDAN XALOS BOʻLISH UCHUN. (HOZIR GʻARB ROSSIYAGA NISBATAN ASL NIYATLARINI YASHIRIB KELGAN BARCHA NIQOBLAR YAXSHIGINA KOʻRINIB TURIBDI), HASAD, NAFRAT, OCHKOʻZLIK VA BEFOYDA TUHMAT. HAQIQIY YUZINI “XAYRLILAR” NIQOBI OSTIGA YASHIRGAN SHAYTONLAR TABIATINING NAMOYON BOʻLISHI ROʻYXATINI UZOQ DAVOM ETTIRISH MUMKIN. Ularning istagi odamlar qalbiga Sevgi va Haqiqatga toʻla musaffo va tiniq shabadaning kirib kelishiga yoʻl qoʻymaslikdir. Ular sayyorani oʻzlarining xudbin nazariyalari zulmati va soyasi bilan toʻldirishni istaydilar. LEKIN FAQAT BITTA HAQIQAT BOR!!!! JINLAR ROSSIYANI QANCHALIK TAHQIRLAMASIN, RUHIMIZ ULARDAN BARCHA QILMISHLARI UCHUN SINCHIKLAB QASOS OLADI. ULARNING TARAFINI OLGANLARNI OSMONDAN MAXSUS QASOS KUTIB TURADI. HOZIR KOINOTNING BARCHA NURLI KUCHLARI ROSSIYA BILAN, PREZIDENTIMIZ BILAN, MILLIARDLAR ORASIDAN INSON QADRIYATLARI HIMOYASI UCHUN TURGAN YAGONA INSON BILAN. YARATGANNING ENG OLIY ILOHIY IBTIDOSI UNING HAR BIR QADAMI VA QARORINI HIMOYA QILSIN. PLANETA QORU KUCHLAR SOʻRAGAN AʼROFGA AYLANADI. BU TUN OʻZIGA XOS, JOHILLIKNI VAYRON QILUVCHI XUDONING KECHASI. INSON JOHILLIGI VA KOʻRLIGIGA BARHAM BERILISHI SAYYORA VA KOINOT INTILGAN BELGIGA AYLANSIN. 3/12022 - 3/2/2022

Javob berish

Ukraina armiyasi emas, balki butun NATO arsenali. Natsistlar yolgʻiz boʻlganida, Gʻarb qoʻllovisiz va tinch aholining ortiga yashirinmaganida, allaqachon yoʻq qilingan boʻlardi.

Javob berish

Bularning bari Ukraina hududida 2014-yildan beri davom etmoqda va faqat Rossiya manfaatdor boʻlgan bu mojaroda koʻplab odamlar halok boʻldi. Ukraina mustaqil davlat; u juda yaxshi rivojlanayotgandi va keyin qandaydir zang bosganlar uning hududiga bostirib kirishga qaror qildi.
Ukraina 2014-yildan beri urushda, telba hukumat va qoʻshni davlatning manqurt xalqi Qrim bilan toʻxtamasligini hamma tushungan.

Javob berish

Rossiya armiyasi dabdala ekan-da.

Javob berish

Yuz foiz! Ular uch kun ichida Ukrainani egallab olamiz deb oʻylashgan – bu shunchaki kulgili!

Javob berish