KIYEV – Kiyevdagi rasmiylar va urush jarayonining boshqa kuzatuvchilariga koʻra, olti hafta avval prezident Vladimir Putin askarlarga Ukrainaga hujum qilish buyrugʻini bergach, Rossiya 20 dan ortiq yuqori martabali harbiy zobiti, jumladan yetti nafar generalidan ayrilgan.
Yoʻqotishlar Moskva uchun jiddiy muammolarni anglatadi, chunki bir necha oʻn yillik tajribaga ega yuqori martabali zobitlarning oʻrnini bosa oladiganlarni topish mushkul. Oʻlim holatlari Kremlning umumiy harbiy strategiyasini shubha ostida qoldiradi, deydi tahlilchilar.
Xersondagi Chornobayevka aeroportida Ukraina qurolli kuchlari Rossiya armiyasiga qayta-qayta zarba bergan vaqt rus generallaridan birining oʻldirilgani soʻnggi oʻlim xabari boʻlgan.
“Avval aytganmiz kabi hozir ham ishonch bilan ayta olamizki, oʻtgan bir kun ichida askarlarimiz Rossiya janubiy harbiy okrugining 49-umumqoʻshin armiyasi qoʻmondoni, general-leytenant Yakov Vladimirovich Rezansevni oʻldirishdi”, deb aytgan Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy maʼmuriyati rahbarining maslahatchisi Aleksey Arestovich 25-mart kuni Kiyevda oʻtgan brifingda.
Rezantsev Ukrainada oʻldirilgan yettinchi general boʻldi, deb tasdiqlagan Gʻarb xavfsizlik mulozimi AFP nashriga.
Rasmiylar tobora ortayotgan yoʻqotishlar ortidan Rossiya askarlarining ruhiyati tushib borayotganini aytmoqdalar.
Jamoasiga qoʻmondonlik qilayotgan rossiyalik polkovniklardan biri hatto oʻz askarlari tomonidan oʻldirilgan. Ular “jamoa safidagi yoʻqotishlar koʻlami” tufayli uni bosib oʻtib ketishgan, deb xabar beradi anonim qolishni istagan rasmiy.
Rezansev hujumning toʻrtinchi kuni urush bir necha soat ichida hal boʻlishini aytib maqtangan edi, deb yozadi OAV.
Kreml Rezansevning oʻlimini tasdiqlamagan, ammo Rossiya hukumati Ukrainadagi yoʻqotishlarini kamdan-kam va istar-istamas muhokama qiladi.
Dalillar odatda qoʻmondonlarning oʻlimi yoki motam marosimlari muhokama qilinadigan Rossiya ijtimoiy tarmoqlaridan olinadi.
“Generalning oʻlimini yashirish juda mushkul. Bunaqangi xabar odatda armiya ichida juda tez tarqaladi”, deydi Kiyevning Taras Shevchenko nomidagi milliy universitet tarixchisi Andrey Rukkas Karvonsaroy nashriga.
Rossiya mojaro davrida oʻldirilgan askarlar soni haqida faqat ikki marta rasman xabar bergan. 25-mart kungi soʻnggi rasmiy maʼlumotga koʻra, oʻlganlar soni 1351 nafarni tashkil etgan.
Gʻarb manbalari Ukrainaning 18900 ta rossiyalik oʻldirilgani haqidagi maʼlumotini tasdiqlamasa-da, ularga koʻra Rossiyaning yoʻqotishlari Moskvaning rasmiy statistikasidan ancha koʻp.
“Rossiya OAVda hech qanday xabar yoʻq”
Rossiya rasmiylari faqat general-mayor Andrey Suxovetskiyning 28-fevral – urushning toʻrtinchi kuni oʻldirilganini tasdiqlashgan.
Ukraina rasmiylari Rossiya Markaziy harbiy okrugining 41-umumqoʻshin armiya qoʻmondoni oʻrinbosari Suxovetskiy Mariupolda snayper tomonidan oʻldirilgani haqida xabar bergan.
Uning oʻlimi haqida VKontakte ijtimoiy tarmogʻidagi faxriylar guruhida xabar berilgan va keyinchalik Putin tomonidan tilga olingan, ammo ismi zikr qilinmagan.
Xabarlarga koʻra, Suxovetskiy avval Suriyada xizmat qilgan.
Bu orada Ukraina qurolli kuchlari xuddi shu 41-armiya qoʻshinlarini boshqargan general-mayor Vitaliy Gerasimovni ham oʻldirishgan, deb xabar beradi Rossiya Federal xavfsizlik xizmatining (FSB) ikki nafar zobiti oʻrtasidagi radiosoʻzlashuvni eshitgan Ukraina razvedkasi.
Gerasimov shuningdek, Suriya va Chechenistonda ham xizmat qilgan va 2014-yilda Qrim anneksiyasida ishtirok etgan.
Gerasimovning dafn marosimi 15-mart kuni Yekaterinburgda boʻlib oʻtdi, deb xabar bergan hibsdagi Rossiya hukumatining muxolifati yetakchisi Aleksey Navalniyning yaqin ittifoqdoshi Leonid Volkov.
“Ular haqiqatdan ham uni nomsiz qabrga dafn qilisharmikin?”, deb yozgan u Tvitterda 16-mart kuni. “Rossiya OAVda uning oʻlimi haqida hech qanday xabar yoʻq.”
Sharqiy harbiy okrugning 29-qurolli kuchlariga qoʻmondonlik qilgan general-mayor Andrey Kolesnikov Mariupolda oʻldirildi, deb xabar bergan 11-mart kuni Ukraina rasmiylari.
18-mart kuni Kiyev general-leytenant Andrey Mordichevning oʻlimini tasdiqlagan, u janubiy harbiy okrugning 8-umumqoʻshin armiya kuchlariga qoʻmondonlik qilgan. Xuddi Rezansev kabi u ham Ukraina qurolli kuchlari Chornobayevka aeroportidagi qoʻmondonlik postini yoʻq qilganida oʻldirilgan.
Shuningdek, Qrimning Rossiya nazoratidagi Sevastopol shahri meri Mixail Razvojayev Kiyevda tugʻilgan, Rossiya Qora dengiz floti qoʻmondoni, 1-darajali kapitan Andrey Paliyning oʻlimini tasdiqlagan.
Paliy 20-mart kuni Mariupol yaqinidagi janglarda oʻldirildi, deb yozgan mer Telegram kanalida.
Rossiya harbiy dengiz kuchlari muxbirlarning soʻrovlarini javobsiz qoldirgan, deb xabar beradi Ozod Yevropa/Ozodlik radiosining rus xizmati.
Ukraina ichki ishlar vazirligining maslahatchisi Anton Gerashchenkoga koʻra, 22-mart kuni Mariupoldagi janglarda Ukraina qurolli kuchlari general-mayor Oleg Mityayevni oʻldirishgan.
150-motooʻqchilar diviziyasiga qoʻmondonlik qiluvchi Mityayev Suriyada xizmat qilgan, deb yozadi Gerashchenko Telegramda.
Ukrainada yana bir putinparast generalning oʻldirilgani haqida bir-biriga zid xabarlar olingan.
Rossiya milliy gvardiyasining (Rosgvardiya) general-mayori Magomed Tushayev 26-fevral kuni Kiyev yaqinida oʻldirilgan edi, deb xabar bergan Ukraina rasmiylari.
Ammo, Checheniston yetakchisi Ramzan Qodirov Tushayev tirikligini daʼvo qilib, 23-mart kuni u bilan uchrashgani, 13-mart kuni esa Tushayev ekani aytilgan erkak aks etgan videoni chop etgani haqida AFP maʼlumot bergan.
Ukrainada yuz berayotgan vaziyat haqidagi haqiqat va Kreml taqdim etayotgan xabarlar Markaziy Osiyodagi koʻpchilikni Rossiya OAVdan voz kechishga undamoqda.
“Tushkun ruhdagi” Rossiya armiyasi
Ushbu yuqori martabali zobitlarning barchasi front chizigʻida boʻlgan, tahlilchilarga koʻra, aynan shu asosiy taktik xatodir.
Harbiy tahlilchi, Ukraina boshi shtabi rahbarining sobiq oʻrinbosari Igor Romanenko Karvonsaroyga “Bu qoʻmondonlik tizimining tashkiliy muvaffaqiyatsizligi”, deb aytgan.
Rossiya generallari va yuqori martabali harbiy arboblari orasidagi oʻlimlar soni “favqulodda” darajada, deb aytgan Zelenskiyning maslahatchisi Mixaylo Podolyak AFP xabariga koʻra.
“Bu armiyaning mutlaqo tayyor emasligining belgisidir”, dedi u Telegramda. “Bularning barchasi, shubhasiz, Rossiya armiyasini tushkunlikka tushiradi – u oliy rahbariyatning mutlaqo layoqatsiz ekanini tushunadi.”
Rossiya armiyasining Ukrainada xususan, razvedka, logistika va taktik xatolarda aks etgan zaif tomonlari, harbiy boshliqlarni front chizigʻida boʻlishga majbur qildi, deydi ismini oshkor qilishni istamagan yuqori martabali frantsiyalik harbiy mulozim.
“Ehtimol, buyruqlar yaxshi anglashilmagan yoki qabul qilinmagan, boʻlinmalar itoatsizlik qilgan yoki jangovar ruh bilan bogʻliq jiddiy muammo boʻlishi mumkin”, deb aytgan u mart oyida AFPga. “Bularning bari generallarni frontga kelishga majbur qilgan boʻlishi mumkin”.
Ukraina razvedka xizmatida rossiyalik harbiy qoʻmondonlarni kuzatishga ixtisoslashgan maxsus operatsiyalar boʻlinmasi bor, deb yozadi 16-mart kuni The Wall Street Journal Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning idorasiga yaqin manbaga tayanib.
Tahlilchilarga koʻra, Rossiya armiyasi yaxshi himoyalanmagan aloqa vositalari va joʻn strategiyalarni qoʻllab, ushbu boʻlinmaning ishini osonlashtirgan.
“Umuman, ularning oʻz generallaridan ayrilayotgani Rossiya qoʻmondonligi nihoyatda zaif ekanligini va uning aloqa liniyalari Ukraina harbiy muvaffaqiyati tufayli uzilganini koʻrsatadi”, deydi Nyu-Yorkda joylashgan Soufan markazining katta ilmiy xodimi Kolin Klark AFPga.
Quddus xavfsizlik va strategiya instituti tahlilchisi Aleksandr Grinbergning AFPga aytishicha, Rossiya boʻlinmalari “kompyuter xavfsizligi tartib-qoidalariga eʼtibor bermaydilar va ularning soʻzlashuvlarini ushlab olish oson.
Bundan tashqari, jang maydonidagi qoʻmondonlarni “antennalar va uni himoya qilayotgan boshqa transport vositalari” orqali tanib olsa boʻladigan mashinalar tufayli qurollanmagan koʻz bilan aniqlash mumkin boʻlgan.
Uzoq istiqbolda bu kabi yoʼqotishlar butun armiya uchun juda salbiy oqibatlarga olib keladi, deydi kiyevlik professori Rukkas.
“Bir narsani aytishim mumkin, hamma joyda qoʻmondonlarning zaxira oʻrindigʻi juda kichik”, dedi u.
Bir qator jiddiy xatolar
Ukrainalik harbiy tahlilchi Romanenkoning fikricha, Rossiya harbiy rahbariyati boshidanoq bir qator jiddiy xatolarga yoʼl qoʻydi. Ularning asosiylari raqibni past baholab, oʻz kuchini yuqori baholagani edi.
Endi Kreml nima muammo borligini aniqlamoqchi, dedi u.
“Putin hozir [bosqinda] qanday xatoga yoʼl qoʻyilganini aniqlamoqda va yangi maqsadlar qoʻymoqda”, dedi Romanenko. “Shu tariqa... qoʻmondonlar muammolar nimada ekani, qoʻshinlar qayerda va nima uchun juda yomon jang qilayotganini tushunish uchun frontga yaqinlashmoqda va shu tufayli Ukraina kuchlarining nishoniga aylanmoqda”.
Rukkasning aytishicha, Rossiya askarlarining jangovar ruhi past ekani sababli, generallar ularga oʻrnak boʻlib, askarlarga qanday hujum qilishni koʻrsatishga majbur boʻlmoqda.
U Izyum yaqinida oʻldirilgan 12-alohida gvardiya muhandislik brigadasi qoʻmondoni, polkovnik Sergey Poroxnyani misol qilib keltirgan.
U kechuv joyini oʻrnatish vaqtida halok boʻldi, deb xabar beradi Rossiyaning “Veteran Bashkorstana” sayti 14-mart kuni.
“Buni chuqurroq tahlil qilish kerak”, deb aytgan Rukkas. “Brigada qoʻmondoni shaxsan oʻzi koʻprik oʻrnatmoqda. Bu nimani anglatadi? Usiz askarlar buni uddalay olmas edilar. Bu askarlar ham ruhan, ham professional tomondanyomon holatda ekanligidan dalolatdir.”
Qoʻmondonlarning oʻlimidan tashqari, askarlarni olgʻa yurishga undashda ishtirok etadigan zobitlar orasida ham yoʼqotishlar qayd etilgan.
Keskinlik yuqori darajada va shunday siyosiy zobitlarning ayrimlari oʻz askarlari tomonidan oʻldirilgan boʻlishi ham mumkin, deb aytgan Rukkas.
“Ular eng faollarni yoʼq qilgan boʻlishlari mumkin, umuman olganda siyosiy zobitlarning vazifasi askarlarga turtki berish”, deb aytgan u. “Ammo biz real odamlar haqida gapiryapmiz, hamma qoʻrqadi, hech kim urushga borib oʻlishni xohlamaydi.”
Rossiya oʻta qudratli armiya, yengilmas Rossiya va qad rostlash kabi oʻz targʻibotining qurboniga aylandi. Ular shunchalik yolgʻon gapirganlaridan, bunga oʻzlari ham ishona boshladilar.
Javob berishAgar oyoqlari tagida yer boʻlmasa qanday qilib oyoqqa turishadi? Ayrim holatlarda hammasi xoin va yolgʻonchi ekaniga hayron qolasan. Odamlar burnining tagida nima boʻlayotganini bilmaydi; odamlarga xorijdagi hamma yangiliklar haqida yolgʻon gapirishadi (va bu yolgʻonlar sogʻlom fikrdan yiroq boʻladi).Oʻgʻirlasa boʻladigan hammasini oʻgʻirlab boʻlishdi va endi butun dunyoni dunyodagi eng kuchli ikkinchi armiya ekanligida ishontirishmoqchi. Ular hatto 1002 oʻrinda ham boʻla olishmaydi.
Javob berishFikrlar 8
Ularning istagi odamlar qalbiga Sevgi va Haqiqatga toʻla musaffo va tiniq shabadaning kirib kelishiga yoʻl qoʻymaslikdir. Ular sayyorani oʻzlarining xudbin nazariyalarining zulmati va soyasi bilan toʻldirishni istaydilar. LEKIN FAQAT BITTA HAQIQAT BOR!!!! JINLAR ROSSIYANI QANCHALIK TAHQIRLAMASIN, RUHIMIZ ULARDAN BARCHA QILMISHLARI UCHUN SINCHIKLAB QASOS OLADI. ULARNING TARAFINI OLGANLARNI OSMONDAN MAXSUS QASOS KUTIB TURADI. HOZIR KOINOTNING BARCHA NURLI KUCHLARI ROSSIYA BILAN, PREZIDENTIMIZ BILAN, MILLIARDLAR ORASIDAN INSON QADRIYATLARI HIMOYASI UCHUN TURGAN YAGONA INSON BILAN. YARATGANNING ENG OLIY ILOHIY IBTIDOSI UNING HAR BIR QADAMI VA QARORINI HIMOYA QILSIN. PLANETA QORU KUCHLAR SOʻRAGAN AʼROFGA AYLANADI. BU TUN OʻZIGA XOS, JOHILLIKNI VAYRON QILUVCHI XUDONING KECHASI. INSON JOHILLIGI VA KOʻRLIGIGA BARHAM BERILISHI SAYYORA VA KOINOT INTILGAN BELGIGA AYLANSIN. 3/12022 – 3/2/2022
Javob berishBu axmoq boshing bilan qaysi jinnixonadan yozyapsan?
Javob berishAgar dorilaringni ichish esingdan chiqqan boʻlsa doktoringga bu kasalxonada ogʻir kasallarni tuzata olishmas ekan deb ayt.
Fikrlar 8
Uzoq vaqtdan beri avj olib kelgan soʻnggi kunlardagi voqealarni qalb ogʻrigʻi va qaygʻu bilan kuzatib bormoqdamiz. Gʻarbdagi dushmanlar va AQSH uzoq vaqt Rossiyani ular bilan tom maʼnoda urushga kirishish uchun gij-gijlashdi. Ular sayyoramizning yovuz kuchlari boʻlib, nur va Rossiya rahbariyatining ezgu ishlari ular uchun begona va nomaqbul. Ular insoniy qadriyatlarni, mamlakat rahbariyatining nurli tashabbuslarini toptash va yoʻqqa chiqarish uchun juda koʻp resurslarni jalb qilishgan. IBLISLIK TABIATI SHUNDAYKI, U OʻZINING IFLOS VA JIRKANCH AMBITSIYALARIGA ERISHISH YOʻLIDA HECH NARSADAN TAP TORTMAYDI, JUMLADAN, ROSSIYAGA NISBATAN ADOVATLI XURUJLAR, XALQLAR ORASIGA NIFOQ URUGʻINI SOCHISH, IGʻVOLI MAQOLALARGA VA TELBA MUXOLIFATGA HOMIYLIK QILISHDAN HAM. LEKIN HAMMA NARSANING CHEGARASI BOR. VATANIMIZNING XAVFSIZLIK MUAMMOLARINI TINCH YOʻL BILAN HAL QILISGDA SABR KOSASI TOʻLAR EKAN, SHAYTONLAR MANIPULYATSIYASI DAVOM ETIB TURGANIDA PREZIDENTIMIZ DADILLIK BILAN BOSHQA USULLAR YORDAMIDA KURASHGA OʻTMOQDA. BU URUSH EMAS; BU BUTUN INSONIYAT UChUN GUMANITAR YORDAMDIR, MAVJUDLIGIMIZNING YANGI OʻLChAMIGA OʻTISH PALLASIDA YOVUZLIK VA MUGʻOMBIRLIKDAN XALOS BOʻLISh UCHUN. (HOZIR GʻARB ROSSIYAGA NISBATAN ASL NIYATLARINI YASHIRIB KELGAN BARCHA NIQOBLAR YAXShIGINA KOʻRINIB TURIBDI), HASAD, NAFRAT, OCHKOʻZLIK VA BEFOYDA TUHMAT. HAQIQIY YUZINI “XAYRLILAR” NIQOBI OSTIGA YASHIRGAN SHAYTONLAR TABIATINING NAMOYON BOʻLISHI ROʻYXATINI UZOQ DAVOM ETTIRISH MUMKIN.
Javob berishFikrlar 8
Xayl, Ukraina gaulyayteri Zelenskiy. Ukraina Osiyo, Afrika, Amerika xalqlarining jasadi va qoni ustiga qurilgan Gʻarb va AQSHning baxti va boyligi uchun soʻnggi ukrainalik tirik qolguncha kurashadi. Ular 500 yillik mustamlakachilik davrida talon-taroj qilingan narsalarni yoʻqotishni istamaydilar.
Javob berishFikrlar 8
Ularning generalini ukrain snayperi otib oʻldiribdimi? Axir bu Rossiya uchun sharmandalikku.
Javob berishFikrlar 8
Maqtalgan Rossiya armiyasi natsistlar, banderachilar, giyohvandlar va gʻarbiy ukrainaliklar tarafidan taʼzirini yemoqda ))
Javob berishFikrlar 8