Karvonsaroy
Jinoyat va adolat

Qoʻlga kiritilgan soʻzlashmalar Vagner yollanma askarlarining Buchadagi qatliom joyiga aloqadorligini koʻrsatdi

Karvonsaroy va AFP

Vagner guruhining Ukrainadagi yollanma askari, 4-aprel kuni Telegramda tarqalgan surat. [Fayl]

Vagner guruhining Ukrainadagi yollanma askari, 4-aprel kuni Telegramda tarqalgan surat. [Fayl]

BERLIN – Germaniyaning BND nomi bilan tanilgan tashqi razvedka xizmati rus askarlari Ukrainadagi tinch aholini qatl etishni muhokama qilgan radiosoʻzlashuvlarni qoʻlga kiritganini maʼlum qildi, deb xabar berdi Washington Post payshanba (7 aprel) kuni.

Boshqa maʼlumotlarda aytilishicha, rus askarlari asirga olingan ukrainaliklarni otib tashlash oldidan ularni soʻroqqa tutishni muhokama qilgan.

Germaniyaning Der Spiegel nashri tomonidan ilk marta eʼlon qilingan va axborot bilan tanishib chiqqan uch kishi tomonidan tasdiqlangan xulosalar Rossiyaning jumladan, Bucha shahridagi vahshiyliklari ham, askarlar bosib olingan hududlarni tark etganidan keyingina amalga oshirilgani haqidagi daʼvolarini puchga chiqaradi.

Soʻzlashmalardan taxmin qilinishicha, vahshiyliklar asosan Kremlga aloqador Vagner xususiy yollanma jangarilar guruhi tarafidan sodir etilgan, deydi topilmalar bilan tanishib chiqqan odamlar.

6-aprel kuni Kiyev shimolidagi Bucha qabristonda sud-tibbiy ekspertlar va politsiya xodimlari tomonidan shaxsni aniqlash uchun terib qoʻyilgan jasad solingan qoplar. Rossiya qoʻshinlari Ukraina poytaxti atrofidan olib chiqilgan hududlarda yuzlab tinch aholi vakillari oʻlik holda topilgan edi. [Ronaldo Shemidt/AFP]

6-aprel kuni Kiyev shimolidagi Bucha qabristonda sud-tibbiy ekspertlar va politsiya xodimlari tomonidan shaxsni aniqlash uchun terib qoʻyilgan jasad solingan qoplar. Rossiya qoʻshinlari Ukraina poytaxti atrofidan olib chiqilgan hududlarda yuzlab tinch aholi vakillari oʻlik holda topilgan edi. [Ronaldo Shemidt/AFP]

Oʻtgan oy sunʼiy yoʻldoshdan olingan suratlar Rossiyaning poytaxt Kiyev yaqinidagi Bucha shahrida tinch aholi oʻlimiga aloqadorligini inkor etganiga qarshi kuchli dalil boʻldi, dedi Germaniya hukumati chorshanba kuni.

Hafta avvalida mahalliy hukumat vakillari Bucha koʻchalari va poytaxtning boshqa hududlarida, ayrimlari qoʻllari orqasiga bogʻlangan holda topilgan jasadlarni koʻmish uchun ommaviy qabrlar qazishga majbur boʻlganlar. Rossiya bosqiniga bir oydan koʻproq vaqt oʻtib sodir etilgan bu xunrezliklar butun dunyoni larzaga soldi.

400 dan ortiq Ukraina fuqarosi qatl etilgan deb topildi.

Der Spiegel maʼlumotlariga koʻra, ushlab olingan radiotoʻlqinlarning ayrimlari Buchadagi asosiy yoʻl boʻylab topilgan jasadlar yotgan joyga toʻgʻri kelgan.

Suhbatlarning birida askarlardan biri boshqasiga velosiped haydab ketayotgan odamni otib tashlaganini aytgan, deb yozadi nashr. Boshqa bir suhbatda bir kishining: “Avval askarlarni soʻroq qilasan, keyin ularni otib tashlaysan” degani eshitiladi.

Sxemaning bir qismi

Tinch aholini betartib oʻldirish Vagner guruhi uchun yangilik emas.

Shu haftada Human Rights Watch (HRW) Mali kuchlari va Vagner aʼzolarini mart oyi oxirida Mura shahrida 300 ga yaqin tinch aholini qatl etganlikda ayblagan edi.

Huquqbon tashkilotning seshanba kuni eʼlon qilingan hisobotida aytilishicha, Murada toʻrt kun davomida sodir etilgani aytilgan xunrezlik – urush jinoyati boʻlishi mumkin.

Mali kuchlari va chet ellik oq yollanma askarlar shaharga 27-mart kuni vertolyotda yetib kelishgan va 30 ga yaqin radikal jangarilar bilan otishmaga kirishgan, deb xabar beradi HRW bir nechta guvohga tayanib. Keyinroq ayrim ekstremistlar mahalliy aholi bilan aralashib ketishga uringanlar.

Keyingi kunlar davomida Mali va chet ellik jangarilar tinch aholini qurshab olib, ularni kichik guruhlarga boʻlib qatl etgani aytiladi.

HRW hisob-kitoblariga koʻra, jami 300 ga yaqin odam halok boʻlgan, qurbonlarning aksariyati etnik fulaniylar.

“Ushbu hodisa Malida oʻn yil davom etgan qurolli mojaroda qayd etilgan eng mudhish xunrezlikdir”, deyiladi hisobotda.

Endi Vagner guruhi oʻz yollanma askarlarini Ukraina sharqiga ham joylashtirgan va Rossiya muvaffaqiyatsizliklari ortidan 1000 dan ortiq kishi Ukrainada jang qilishi mumkin, deb xabar bergan Birlashgan Qirollik mudofaa vazirligi mart oyi oxirida.

“Ogʻir yoʻqotishlar va sezirlarli darajada toʻxtab qolgan bosqin tufayli Rossiya Afrika va Suriyadagi amaliyotlar hisobiga Ukraina uchun “Vagner” aʼzolariga ustunlik berishga majbur boʻldi”, deydi vazirlik.

Kuzatuvchilarga koʻra, Kreml hatto Suriya yoshlarini Ukrainaga bosqin uchun toʻp yemi sifatida ishlatish maqsadida Vagner safiga askar yollashni kuchaytirgan.

Ularning aytishicha, bunday strategiya Rossiya ichkarisida tartibsizliklarning oldini olish maqsadida rus askarlari uchun xavfni va rossiyaliklar orasida qurbonlar sonini kamaytirishga qaratilgan.

Vagner yollanma askarlari ilk bor Ukrainaga 2014-yilda, Rossiya Qrimni anneksiya qilgan paytda yuborilgan. Oʻshandan beri Kreml mamlakat sharqida 13 mingdan ortiq odamning hayotiga zomin boʻlgan boʻlginchilik urushini avj oldirdi.

Keyingi yillarda Vagner yollanma askarlari butun dunyo boʻylab, jumladan Suriya, Mozambik, Sudan, Venesuela, Liviya, Markaziy Afrika Respublikasi, Chad va Malidagi mojarolarga jalb qilingan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 2

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

:) Muallif, murdalar yetti kun shunday yaxshi holatda saqlanganmi? :)

Javob berish

Rossiyadan tinch aholiga qarshi qotilliklar va genotsiddan boshqa yana nimani kutgandingiz?

Javob berish