Karvonsaroy
Siyosat

Rossiya xizmat qildirish va oʻzini qutqarish uchun Suriyaning “doʻstligidan” foydalanmoqda

Karvonsaroy

Suriya poytaxti Damashqdagi avtomagistral boʻylab oʻrnatilgan Suriya prezidenti Bashar al-Assad va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning tasviri hamda “Adolat gʻalaba qozonadi” yozuvi tushirilgan banner, 8-mart. [Luay Beshara/AFP]

Suriya poytaxti Damashqdagi avtomagistral boʻylab oʻrnatilgan Suriya prezidenti Bashar al-Assad va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning tasviri hamda “Adolat gʻalaba qozonadi” yozuvi tushirilgan banner, 8-mart. [Luay Beshara/AFP]

Rossiyaning Damashqdagi elchisi yaqinda Ukrainaga hujumi vaqtida Rossiyani qoʻllab-quvvatlagani uchun Suriya rejimini maqtadi.

Suriya Inson huquqlari observatoriyasining 27-mart kungi xabariga koʻra, arab yozuvchilar uyushmasi tomonidan tashkil etilgan uchrashuvda Aleksandr Yefimov Suriyadagi Bashar al-Asad rejimini nazarda tutib, “doʻst boshga kulfat tushganda bilinadi”, deb aytgan.

Bunga javoban tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Bashar al-Jafariy Suriya mojaroda Rossiya tomonida ekanini va uzoq yillik ittifoqchisini qoʻllab-quvvatlashga tayyorligini tasdiqladi.

Ammo, Rossiyaning Suriya bilan doʻstligi va hamjihatligining ommaviy eʼloni ortida Suriya rossiyalik hukmdorlar qoʻlida qoʻgʻirchoq boʻlib qolganini koʻrsatuvchi belgilar koʻpaymoqda.

1-aprel kuni olingan ushbu suratda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishiga qarshi Suriyaning Idlib viloyatidagi Binnish shahrida oʻtkazilgan namoyish chogʻida Gruziya, Suriya, Ukraina va butun dunyoni qoʻllari bilan oʻrab olgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin sakkizoyoq sifatida tasvirlangan ulkan plakat aks etgan. [Umar Haj Kadur/AFP]

1-aprel kuni olingan ushbu suratda Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishiga qarshi Suriyaning Idlib viloyatidagi Binnish shahrida oʻtkazilgan namoyish chogʻida Gruziya, Suriya, Ukraina va butun dunyoni qoʻllari bilan oʻrab olgan Rossiya prezidenti Vladimir Putin sakkizoyoq sifatida tasvirlangan ulkan plakat aks etgan. [Umar Haj Kadur/AFP]

2019-yilning 24-sentyabr kuni Yafurdagi armiya bazasida rossiyalik harbiy yoʻriqchilar bilan mashgʻulot vaqtida Suriya armiyasi tanki yonida turgan Rossiya zobiti. [Maksim Popov/AFP]

2019-yilning 24-sentyabr kuni Yafurdagi armiya bazasida rossiyalik harbiy yoʻriqchilar bilan mashgʻulot vaqtida Suriya armiyasi tanki yonida turgan Rossiya zobiti. [Maksim Popov/AFP]

Koʻplab ommaviy axborot vositalari xabariga koʻra, Suriyadan tabiiy boyliklarni tashib ketish, uni yollanma ishchi kuchi sifatida ishlatish va endi Rossiyaning sanksiyalardan qochishiga yordam berish maqsadida foydalanishmoqda.

Tahlilchilar ikki mamlakat oʻrtasidagi munosabatni beqaror, kolonial, Rossiyani Suriyada nizoni hal qilish uchun emas, ayni holat uning siyosiy va iqtisodiy maqsadlarini qoʻllab-quvvatlagani sababli oʻz status-kvosini saqlab qolish uchun harakat qilgan, deb taʼriflaydilar.

Ekspluatatsiya tarixi

Bir necha yillardan beri Rossiya qurolli kuchlari Suriyada oʻz hozirligini kuchaytirib kelgan va ham bevosita, ham oʻzlari moliyalashtirayotgan askarlar va jangarilar orqali yangi nazorat hududlarini egallamoqda, deydi suriyalik advokat Bashir al-Bassam.

Ularning yakuniy maqsadi muayyan hududlarda avval harbiy nazorat oʻrnatib, keyin shu hududlardagi tabiiy boyliklardan foydalanish uchun Suriya rejimi bilan shartnomalarni imzolash orqali muhim tabiiy boyliklarni qoʻlga kiritishdir.

Uning soʻzlariga koʻra, talabgir tabiiy resurslar qatoriga neft, fosfatlar, kremniy kiradi. Va bu korxonalarni himoya qilish uchun “Islom davlati” (ID) kabi jangarilari niqobi ostida yollanma guruhlar olib kelingan.

Rossiya resurslarni tashish uchun Oʻrtayer dengiziga chiqish yoʻlini ochgan va Suriya rejimi bilan Tartus portidagi Rossiya harbiy dengiz kuchlari bazasini kengaytirish boʻyicha 49 yillik shartnoma tuzgan.

hozirda Rossiyaning neft va gaz sohasidagi maslahatchilari Suriyaning Palmira shahrida joylashgan boʻlib, ular orasida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ittifoqchisi Yevgeniy Prigojin egalik qiladigan Rossiyaning “EvroPolis” muxandislari ham bor.

Prigojin Rossiya harbiy politsiyasi bilan birgalikda Palmirani boshqaruvchi Vagner guruhini moliyalashtiradi, deb aytgan suriyalik jurnalist Muhammad al-Abdulloh.

“EvroPolis Suriya rejimi bilan uzoq muddatli shartnoma tuzgan, unga koʻra Rossiya jangari guruhlari nazorati ostidagi hududlarda neft va gazdan olingan foydaning 25 foizini qoʻlga kiritadi.

Vagner guruhi Palmirada va neft-gaz konlariga kundalik borib kelishida texnik xodimlarni qoʻriqlaydi, deb aytgan al-Abdulloh.

Shuningdek konlarni, Xoms yaqinidagi kimyoviy oʻgʻitlar zavodini, Palmiradagi koʻp sonli fosfat konlarini “muhofaza” qiladi.

Shuningdek, Vagner Suriyada qoʻpol ravishda inson huquqlarini buzgan va jinoyatlarni sodir etgan, jumladan Suriya armiya dezertirlarini qiynoqqa solish va tana jarohatlari yetkazishda ishtirok etgan.

Rossiyani birinchi oʻringa qoʻyish

Ukrainadagi urush asosan Rossiya va Ukrainadan bugʻdoy import qiluvchi Suriyada va boshqa Yaqin Sharq mamlakatlarida non inqirozini keltirib chiqarishidan avval Rossiya Suriyadagi oziq-ovqat tanqisligiga sabab boʻlgan.

Qachonlardir oʻz-oʻzini bugʻdoy bilan taʼminlagan Suriya urush sababli Rossiyadan bugʻdoy import qilishga majbur boʻlib qolgan.

Ammo Rossiya kompaniyalari koronavirus inqirozi fonida ichki taʼminotni himoya qilib, oʻtgan yili Suriya bilan oltita shartnomani toʻxtatgan, yillik bugʻdoy importini yarmiga qisqartirgan, deb xabar beradi Syria Report va Suriya don tashkiloti.

Ukrainadagi joriy nizo sharoitida Rossiyadan bugʻdoy yetkazib berilishining davom etishi “shubhali va Suriyaning bugʻdoy boʻyicha ikkinchi eng katta yetkazib beruvchisi Belarus ham savol ostida”, deb aytgan suriyalik iqtisodchi Mahmud Mustafo.

Rossiya hozirda Ukrainadagi urush harakatlariga qoʻshilish orqali yollanma askar sifatida oila boqishdan umidvor boʻlgan suriyalik erkaklarni faol yollamoqda, ekspertlarning taʼkidlashicha, ular toʻp yemi sifatida ishlatilmoqda va pulini ololmasligi mumkin.

Bu orada Suriya Ukraina urushida qoʻllanilayotgan Rossiya qurollari uchun gʻayriixtiyoriy tarzda poligon boʻlib xizmat qildi va Rossiyaning “haqiqiy doʻstiga” aylandi.

Rossiya Suriyada “Rossiyaning barcha soʻnggi turdagi qurollar tizimlarini” – jami 320 dan ortiq turdagi qurollarni sinovdan oʻtkazganini ochiq tan oladi.

Sanksiyalardan qochish urinishlari

Ukrainaga hujumidan keyin oʻziga nisbatan joriy qilingan keng qamrovli xalqaro sanksiyalarni chetlab oʻtish uchun Rossiya yana Suriyaga yuzlandi.

“New Lines” jurnalining seshanba (5-aprel) kuni xabar berishicha, Kreml Suriyaga umumiy qiymati 1 milliard dollar boʻlgan ikkita kredit ajratdi – bu pullardan Rossiyaning muayyan kompaniyalariga olti oylik muddat ichida toʻlash uchun foydalanish sharti bilan.

Kelishuvda tilga olingan Rossiya kompaniyalari orasida Prigojin va Gennadiy Timchenkoga tegishli kompaniyalar ham bor, ularning ikkisi ham Ukraina urushiga yordam bergani uchun AQSH va Yevropa Ittifoqi sanksiyalari ostiga tushgan.

Kreditlar sanksiyalardan qochish usuli sifatida ishlab chiqilgan boʻlishi mumkin, deydi u.

Suriya tarixda sanksiyalardan qochishga uringani maʼlum. Guardian nashri 22-mart kuni rejim sanksiyalarni chetlab oʻtish uchun tizimli ravishda qobiq kompaniyalar tashkil etayotgani haqida xabar berdi.

The Guardian tanishib chiqqan hujjatlardan maʼlum boʻlishicha, bir qancha yangi qobiq kompaniyalar egalari hamda Asad va Suriyaning iqtisodiy jihatdan qudratli elitasi, jumladan sanksiyalar ostidagi shaxslar oʻrtasida aniq aloqalar bor.

Unda aytilishicha, oktyabr oyida tashkil etilgan, aktsiyalarining nazorat paketiga jismoniy shaxslar egalik qiladigan uchta yangi shirkat murakkab aloqa tarmogʻi orqali Suriya rejimi bilan bogʻlangan shaxsga tegishli.

Ularga egalik qiluvchi shaxslardan ikkitasi “Sanad Protection and Security Services” kompaniyasining hamsohibi Ahmad Xalil Xalilning qizlaridir.

“Sanad” – Rossiyaga qarashli xususiy qoʻriqlash kompaniyasi boʻlib, u Vagner guruhi tomonidan nazorat qilinadi va Suriya markazidan Tartusga Rossiya fosfatini yuborishda xavfsizlikni taʼminlaydi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Oktyabr oyida tashkil etilgan uchta soxta shirkat murakkab rishtalar orqali Suriya rejimi bilan bilvosita aloqador shaxsga tegishli ekani maʼlum qilindi. Bu soxta kompaniyalar qachon tugaydi? Bunaqa tashviqot odamni juda charchatdi-ku!

Javob berish