Karvonsaroy
Ta’lim

“Xoinlar va kollaboratsionistlar”: Urush davridagi Putin Rossiyasida Stalinga xos aks-sadolar

Karvonsaroy va AFP

8-aprel kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida “Z” belgisi va “Oʻzimiznikilarni tashlab qoʻymaymiz” shiori tushirilgan bino yonidan oʻtib ketayotgan kishi. “Z” harfi Rossiyaning Ukrainaga bosqinini qoʻllab-quvvatlashni ramziga aylangan. [Olga Maltseva/AFP]

8-aprel kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida “Z” belgisi va “Oʻzimiznikilarni tashlab qoʻymaymiz” shiori tushirilgan bino yonidan oʻtib ketayotgan kishi. “Z” harfi Rossiyaning Ukrainaga bosqinini qoʻllab-quvvatlashni ramziga aylangan. [Olga Maltseva/AFP]

MOSKVA – Hukumatning Ukrainaga bostirib kirishi ortidan bugun oddiy rossiyaliklar duch kelgan ichki voqelikda rasmiy pozitsiyaga xilof boʻlish halokatga olib kelishi mumkin boʻlgan qora Stalin yillarining aks-sadosi bor.

Urushga qarshilarni bolalar “chaqib bermoqda”, ularga siyosatchilar va nomaʼlum shaxslar tahdid qilmoqda.

Washington Post gazetasining yakshanba (10-aprel) kungi xabariga koʻra, kamida toʻrt nafar rossiyalik maktab oʻqituvchisi urushga qarshi gap-soʻzlari tufayli “oʻquvchilar yoki ota-onalar tomonidan” kuch tuzilmalariga tutib berilgan.

Misol uchun, oʻqituvchi Irina Gen Penzadagi sinfida bosqinni qoraladi, lekin oʻquvchilari uning coʻzlarini yozib olib, huquq-tartibot organlariga eshittirishgan.

Kechki yangiliklar dasturida Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlariga norozilik bildirgan “Birinchi kanal” muharriri Marina Ovsyannikovaning nomi tilga olinar ekan, Rossiya parlamenti quyi palatasi spikeri unga oʻxshagan “xoinlarni” fuqarolikdan mahrum etishni taklif qilgan. [AFP]

Kechki yangiliklar dasturida Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlariga norozilik bildirgan “Birinchi kanal” muharriri Marina Ovsyannikovaning nomi tilga olinar ekan, Rossiya parlamenti quyi palatasi spikeri unga oʻxshagan “xoinlarni” fuqarolikdan mahrum etishni taklif qilgan. [AFP]

Rossiya Kommunistik partiyasi tarafdorlari oʻtgan yilning 21-dekabrida Moskvada sobiq Sovet Ittifoqi yetakchisi Iosif Stalin tavalludining 142 yilligi munosabati bilan uning qabriga gul qoʻyishdi. Rossiya hukumatining Ukrainadagi bosqinga qarshi chiqqanlarni jazolashga urinishi Stalin davridagi oʻzgacha fikrlovchilarning taʼqib qilinganini eslatadi. [Dimitar Dilkoff/AFP]

Rossiya Kommunistik partiyasi tarafdorlari oʻtgan yilning 21-dekabrida Moskvada sobiq Sovet Ittifoqi yetakchisi Iosif Stalin tavalludining 142 yilligi munosabati bilan uning qabriga gul qoʻyishdi. Rossiya hukumatining Ukrainadagi bosqinga qarshi chiqqanlarni jazolashga urinishi Stalin davridagi oʻzgacha fikrlovchilarning taʼqib qilinganini eslatadi. [Dimitar Dilkoff/AFP]

U aprel oyida bosim ostida ishdan boʻshagan.

Bolalarni kattalarni “sotishga” ragʻbatlantirish Iosif Stalin rejimining tashrif qogʻozi edi. Afsonada 1930-yillarda don toʻplagani uchun ota-onasini “chaqib bergan” Pavlik Morozov ismli bola ulugʻlangan. U qishloqdagi boshqa kattalar tarafidan oʻldirilgan.

Bu orada dushanba kuni Rossiya parlamenti quyi palatasi spikeri Ukrainadagi urushga qarshi chiqqan “xoinlarni” fuqarolikdan mahrum etishni talab qilgan.

“Fuqarolarimizning katta qismi Ukrainadagi “maxsus harbiy operatsiyani” qoʻllab-quvvatlaydi; uning mamlakatimiz va xalqimiz xavfsizligi uchun zarurligini tushunadi. Lekin oʻzini qoʻrqoqlarcha, xoin kabi tutayotgan ham bor”, dedi Duma spikeri Vyacheslav Volodin.

Afsuski, bunday “Rossiya fuqarolari” uchun fuqarolikdan mahrum qilish va mamlakatimizga kirishni taqiqlash tartibi mavjud emas”, deb yozgan u oʻzining Telegram kanalida.

Volodin oʻz fikrini izohlash uchun uchun mart oyi oʻrtalarida televideniyeda “Urushga yoʻq” deb yozilgan plakatni koʻtarib, shuhrat qozongan jurnalist Marina Ovsyannikovaning misolini keltirdi.

Rossiyaning “Birinchi kanal” telekanalidagi ishidan boʻshagan Ovsyannikova Germaniyaning Die Welt gazetasining Ukraina va Rossiyadagi muxbiriga aylangan.

“Endi u NATO mamlakati uchun ishlab, ukrainalik neonatsistlarga qurol yetkazib berishni va askarlarimiz bilan jang qilish uchun xorijiy yollanma jangarilar yuborilishini oqlab oʻtiradi... Rossiyaga qarshi sanktsiyalarni ham himoya qiladi”, dedi Volodin.

Volodinning bayonotlari Rossiyada 24-fevraldan beri Moskvaning Ukrainaga bostirib kirishiga qarshi boʻlgan har qanday ovozga nisbatan kuchayib borayotgan dushmanlik muhitini aks ettiradi.

Rossiyaning bosqiniga keng qamrovli repressiyalar hamrohlik qilar ekan, minglab namoyishchilar hibsga olingan, shuningdek, nodavlat tashkilotlar, mustaqil ommaviy axborot vositalari va bir qancha ijtimoiy tarmoqlar yopilgan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainaga qoʻshin joʻnatgach, Rossiya hukumati alohida shaxslarning armiyani “obroʻsizlantirish” yoki qoʻshinlar haqida “yolgʻon maʼlumot” tarqatishini taqiqlovchi qonunni qabul qildi.

Bu kabi jinoyat ehtimoli endi 15 yilgacha qamoq bilan jazolanishi mumkin.

Kreml, shuningdek, jamoatchilik va ommaviy axborot vositalaridan bosqinni “maxsus harbiy operatsiya” deb atashni talab qilmoqda. Rossiyada “urush” yoki “bosqin” soʻzlarini ishlatganlik uchun ogʻir jazolar qoʻllanilishi mumkin.

Kreml va uning Ukrainadagi bosqinga qarshi boʻlgan asosiy shaxslardan biri, hanuz Rossiyada yashayotgan Vladimir Kara-Murza repressiyalarning navbatdagi nishonlaridan biriga aylandi. Seshanba kuni u “politsiya buyrugʻiga boʻysunmaganlik” uchun 15 kunlik qamoq jazosiga hukm qilingan.

“Bu siyosat bilan bogʻliq ekanligi aniq. Uni qamashga urinishmoqda”, dedi uning advokati.

40 yoshli Kara-Murza 2015-yilda Kreml yaqinida oʻldirilgan muxolifat yetakchisi Boris Nemtsovga va Putinning tanqidchisiga aylangan sobiq oligarx Mixail Xodorkovskiyga yaqin boʻlgan sobiq jurnalistdir.

Urush boshlanganidan beri Rossiyadagi zulmkor muhitdan jirkanib, hibsga olinishdan yoki harbiy xizmatga chaqirilishidan qoʻrqqan minglab rossiyaliklar xorijga qochib ketishgan.

Kreml mamlakatda olib qolishga urinayotgan qatlam – axborot texnologiyalari (IT) sohasi xodimlari Oʻzbekiston, Qozogʻiston va boshqa joylarda mehmondoʻstlik bilan qabul qilinmoqda.

“Xoinlar va kollaboratsionistlar”

Bosqinga qarshilar yovuz qilib koʻrsatildi, tanqidchilar esa oʻz xonadonlari eshiklariga tahdidli soʻzlar yozib tashlanganini koʻrdilar.

“Soʻnggi bir necha hafta ichida Internetda Milliy manfaatlarni himoya qilish qoʻmitasi tomonidan eʼlon qilingan “sotqinlar va dushmanlar” roʻyxati paydo boʻldi”, deb yozadi Washington Post yakshanba kuni bu qoʻmitani “yashirin guruh” deb atab.

Oʻtgan oy oxirida uyiga kelgan muxolifat faoli Ilya Paxomov Moskvadagi kvartirasining eshigi graffiti va uni Rossiyaning Ukrainadagi harbiy harakatlariga qarshi chiqqani uchun “kollaboratsionist” deb atagan stiker bilan qoplanganini koʻrdi.

Paxomov Ukrainaga bosqinni qoʻllab-quvvatlash ramzi sifatida tanilgan “Z” harfi tushirilgan eshigining suratini Twitterga joylagan.

Shuningdek, eshikka tushirilgan suratida u “kollaboratsionist” deb atalgan va hozirda jinoiy javobgarlik deb hisoblanadigan Qurolli kuchlarni obroʻsizlantirishga qaratilgan ommaviy harakatlarda ayblangan.

“Oʻz vataningni sotma”, deya ogohlantirgan u qamoqdagi Kreml dushmani Aleksey Navalniyning tarafdori Paxomovni.

“Men ijtimoiy tarmoqlarda shunga oʻxshash narsalarni koʻrganman; bu “yuqoridan” tashkillashtirilgan norozilik namoyishi ekanligi aniq”, deb yozgan Paxomov 30-mart kuni Twitterda.

Uning qoʻshimcha qilishicha, u voqea haqida politsiyaga xabar bergan, biroq tergovdan umidi yoʻq.

“Men oʻzimni xoin yoki kollaboratsionist deb bilmayman”, dedi u. “Xoinlar – shu jirkanch ishlar bilan shugʻullanadigan odamlar.”

Xuddi shunday hujumlar bir qancha muxolifat vakillarining xonadonlariga ham uyushtirilgan.

31-mart kuni moskvalik faollardan yana biri Lyusi Shteyn oʻz uyi eshigiga xuddi shunday “kollaboratsionist” yozuvi tushirilgan suratni tvitterga joylar ekan, “Xoʻp, aytganingdek boʻlaqolsin” deb kinoya bilan yozib qoʻygan.

“Exo Moskvy” radiostansiyasining sobiq bosh muharriri Aleksey Venediktovning 24-mart kuni uning eshigi oldiga parik taqilgan choʻchqa kallasi tashlab ketilgani, eshikdagi stikerda esa “Yudensau” (antisemitizm atamasi) soʻzi yozilgan Ukrainaning uch ayrili nayza milliy ramzi tasvirlangani haqida yozgan edi.

Muxolif qarashlarni yoyinlovchi “Exo Moskvy” mojaro haqida “qasddan yolgʻon maʼlumot” tarqatishni taqiqlovchi yangi qonun tufayli oʻz faoliyatini toʻxtatgan.

Bir necha kun oldin taqiqdagi “Memorial” huquqbosh tashkilotining yirik faoli Oleg Orlovning kirish eshigiga “Z” belgisi tushirilgan va uning surati ustiga esa “kollaboratsionist” soʻzi yopishtirilgan edi.

Ushbu vandalizm harakati u Putinning harbiy harakatlariga qarshi yakka tartibdagi norozilik namoyishi boʻyicha sud majlisida qatnashayotganida sodir boʻlgan.

Kinotanqidchi Anton Dolin oʻzining Facebook sahifasida uning eshigi ham mamlakatni tark etgan kuni – 6-martda “Z” harfi tushirilgani haqida yozgan.

“Tozalanish”

Mart oyi oʻrtalarida Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Ukrainaga hujum Rossiya ichidagi “xoinlarni” fosh qiladi, degan edi.

“Bu kabi ogʻir damlarda... koʻp odamlar xoinlik qilib oʻzlarini fosh etishadi... Ular oʻz-oʻzidan bizning hayotimizdan yoʻq boʻlib ketadilar. Kimdir oʻz lavozimidan ketadi, kimdir vatanni tark etadi. Shu tariqa tozalanish roʻy beradi”, dedi u Ukrainaga qarshi harbiy hujum boshlanganidan beri mamlakatni tark etgan minglab ruslarni nazarda tutib.

Bir kun oldin Putin Ukrainadagi taktikasini jon-jahdi bilan himoya qilar ekan, uning siyosatidan norozilarni “beshinchi kolonna” va Rossiyada pul topayotgan, ammo xayolida xorijda yashaydigan “qul mentalitetiga” ega “xoinlar” deb atadi.

“Rossiya xalqi har doim haqiqiy vatanparvarlarni nopok va xoinlardan ajrata oladi va ularni tasodifan ogʻizga kirib qolgan mayda chivindek tupurib tashlaydi”, dedi u.

“Aminmanki, jamiyatning bunday tabiiy va zaruriy poklanishi mamlakatimizni yanada mustahkamlaydi.”

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 2

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Rossiyada koʻp-koʻp lagerlar qurib, barcha norozilarni oʻsha yerlarga joylashtirish qoldi.

Javob berish

Hozirgina Doyche Velleda oʻqidim: Berlindagi ukrainlar Di Veltga hujum qilib, Ovsyannikovani ishdan boʻshatishni talab qilishmoqda! Bunday hazillar noqonuniy boʻlishi kerak!

Javob berish