Karvonsaroy
Inson huquqlari

Ukrainadagi dahshatlar Putinning “rus dunyosi” haqiqatini fosh etmoqda

Metyu Rattman va AFP

Ukraina qoʻshinlari Gostomelni rus bosqinchilaridan tozalaganidan soʻng, Dmitro va Anyadan iborat yosh oila uyiga qaytdi. “Uyga qaytar ekanmiz, hovlimizda raketa yotganini koʻrdik. Aftidan, uy bilvosita oʻqqa tutish nishoniga aylangan. Portlash natijasida uy deyarli xarob boʻlgan edi”, deydi Dmitro. Gostomel, 11-aprel. [Metyu Rattman/Karvonsaroy]

KIYEV – Rossiya qoʻshinlarining chekinishi ortidan Kiyev va uning yaqinidagi shaharlarda chang-toʻzon tinar ekan, ikki oylik ayovsiz hujumdan omon qolgan fuqarolar mudhish hodisalar, jumladan, urush harakatlari doirasida zoʻrlash va tinch aholi orasidagi muntazam qatllar haqida soʻzlab berishgan.

Rossiya qoʻshinlarining Kiyev atrofidagi shahar va qishloqlardan chekinishi tinch aholining oʻlimi bilan yakunlanar ekan, Buchadagi topilmalar Ukraina rasmiylarining Rossiyani genotsidda ayblashiga sabab boʻldi.

Kiyev viloyati politsiyasi boshligʻi Andriy Nebitovning soʻzlariga koʻra, soʻnggi topilmalarning birida Buchadagi Borodyanka aholi punktida toʻqqiz nafar tinch fuqaroning jasadi aniqlangan boʻlib, ularning ayrimlarida qiynoq izlari boʻlgan.

“Bu odamlar bosqinchilar tarafidan oʻldirilgan, ularning ayrimlarida qiynoqlar alomati bor”, dedi u chorshanbadan payshanbaga (21-aprel) oʻtar kechasi. “Taʼkidlash kerakki, bu odamlar oddiy fuqarolar boʻlishgan. Rossiya harbiylari hech qanday qarshilik koʻrsatmagan tinch aholini qasddan otib tashlaganlar”.

33 yashar Yevgeniy Pasechnik Irpen shahriga berilgan havo hujumi tufayli halok boʻldi. Onasi uni oʻz hovlisiga dafn qilgan. Eksgumatsiya jarayonidan soʻng uni oilaviy qabristonga dafn etishi mumkin boʻladi. Irpen, 8-aprel. [Metyu Rattman/Karvonsaroy]

33 yashar Yevgeniy Pasechnik Irpen shahriga berilgan havo hujumi tufayli halok boʻldi. Onasi uni oʻz hovlisiga dafn qilgan. Eksgumatsiya jarayonidan soʻng uni oilaviy qabristonga dafn etishi mumkin boʻladi. Irpen, 8-aprel. [Metyu Rattman/Karvonsaroy]

17 aprel kuni Ukrainaning Kiyev viloyatidagi Borodyanka shahrida bomba hujumlaridan soʻng vayron boʻlgan uy yonidan oʻtib ketayotgan ayol. [Sergey Supinskiy/AFP]

17 aprel kuni Ukrainaning Kiyev viloyatidagi Borodyanka shahrida bomba hujumlaridan soʻng vayron boʻlgan uy yonidan oʻtib ketayotgan ayol. [Sergey Supinskiy/AFP]

Ukrainaning Bucha shahridagi Moskva patriarxiyasiga qarashli avliyo Andrey cherkovi hududidagi birodarlik qabristonida ustiga plyonka tashlab qoʻyilgan ommaviy qabrdagi jasadlar. [Metyu Rattman/Karvonsaroy]

Ukrainaning Bucha shahridagi Moskva patriarxiyasiga qarashli avliyo Andrey cherkovi hududidagi birodarlik qabristonida ustiga plyonka tashlab qoʻyilgan ommaviy qabrdagi jasadlar. [Metyu Rattman/Karvonsaroy]

Gostomel, 8-aprel kungi surat. [Metyu Rattman/Karvonsaroy]

Gostomel, 8-aprel kungi surat. [Metyu Rattman/Karvonsaroy]

Uning soʻzlariga koʻra, bir qabrdan uch kishi, jumladan 15 yoshli qizning jasadi topilgan, ikkinchi qabrda esa olti kishining jasadi boʻlgan. Ularning barchasi mahalliy aholi vakillari edi.

Zoʻrlash, qiynoqlar va qatllar

Payshanba kungi maʼlumotlarga koʻra, tergovchilar poytaxt atrofidagi koʻchalar, hovlilar yoki vaqtinchalik qabrlardan mingdan ortiq fuqarolarning jasadlarini toʻplaganlar, ulardan ayrimlarining qoʻl-oyogʻi bogʻlangan yoki boshining orqa tarafidan otib tashlangan edi.

Rasmiylar Kiyev viloyati harbiy maʼmuriyati rahbari Aleksandr Pavlyuk 24-fevral kuni mamlakatga bostirib kirgan Rossiya qoʻshinlarining “vahshiyligi” deb atagan hodisalarni hujjatlashtirgan.

Ukrainaning bir nechta rasmiysi bosqinchi kuchlar tomonidan egallab olingan Ukraina shaharlarida jinsiy zoʻravonlik, zoʻrlash va qiynoq holatlari hujjatlashtirilganini ham xabar qilgan.

Britaniyadagi The Independent nashrining 17-mart kungi xabariga koʻra, Birlashgan Qirollikka (Buyuk Britaniya) tashrifi chogʻida toʻrt nafar ukrainalik deputat Ukraina taslim boʻlmaganidan keyin Rossiya askarlari ayollar va bolalarga qasddan hujum qilganini aytgan.

Ular Rossiya prezidenti Vladimir Putin armiyasini “insoniyatga qarshi jinoyatlarda” ayblab, keksa ayollarning guruh boʻlib zoʻrlangani va ayrim hollarda qatl etilgani, travmadan keyingi stressdan aziyat chekkan bolalar va asosiy ehtiyojlardan uzib qoʻyilgan shaharlar haqida soʻzlab berishgan.

“Butun Ukrainadagi millionlab bolalar Putin tufayli bolaligini boy berdi”, deydi Buyuk Britaniya parlamentidagi brifingda deputat Lesya Vasilenko.

“Ukrainaliklarning bir avlodi allaqachon yelkasida urush yukini koʻtarib ulgʻayadi.”

BMTning gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasining seshanba kuni maʼlum qilishicha, rossiyalik askarlarning tinch aholi yashiringan yertoʻlaga bostirib kirib, ayollarni zoʻrlagani haqida xabarlar olingan.

“Ayrim ayollar farzandlari koʻz oʻngida zoʻrlangani va bu holatlar rus askarlari tomonidan tasvirga olinib, pornosaytlarga joylashtirilgani haqida xabarlar bor”, deyiladi hisobotda.

Karvonsaroy Kiyev chekkasidagi qishloq va shaharlarda boʻlib, Rossiyaning bir necha hafta davomida poytaxtni bosib olishga urinishi chogʻida boshdan kechirgan dahshatlari va omon qolgani haqidagi hikoyalari bilan oʻrtoqlashgan aholi bilan suhbatlashdi.

Borodyanka: “Doʻzax azobini boshdan kechirdik”

“Ruslar shaharga kirib kelganida deraza oldida oʻtirgan edim”, deydi Borodyankada yashovchi Oleg.

“Tanklar va zirhli mashinalardan iborat katta karvon kirib keldi, ular 164 ta edi”, dedi u. “Kuzatib turganimda ular oʻq otishni boshladi. Nimaga qarata oʻq uzishayotganini tushunolmadim, keyin ketishdi va bomba tashlashdi. Atrofni shu qadar chang bosdiki, koʻr boʻlib qolaman deb oʻyladim”.

“Doʻzax azobini boshdan oʻtkazdik”, dedi u Karvonsaroyga.

Oleg nima uchun Rossiya armiyasi shaharda vakuumli bomba qoʻllagan, deb oʻylayotganini tushuntirdi.

“Koʻryapsizmi, uyimizning eshigi ichkari tarafdan vayron boʻlgan, vaholanki, uni faqat tashqaridan itarib ochish mumkin, mexanizmi shunaqa”, deydi u. “Odatda portlash uni ishdan chiqarishi kerak edi. Devorlari ichki tomondan ham deformatsiyalangan”.

Oleg oilasining bir nechta ajdodi Borodyankada yashagan. Endi uning uyi yoʻq, oila vaqtincha Kiyevga koʻchib oʻtgan va oʻsha yerdagi qarindoshlarinikiga joylashgan.

Ammo baribir Oleg Karvonsaroyga oʻz hikoyasini soʻzlab bergan 19 yashar qoʻshnisi Andreydan farqli oʻlaroq, omadli ekanini aytadi. Shaxsini himoya qilish uchun uning ismi oʻzgartirilgan.

“Men ham butun shahar kabi yertoʻlaga yashiringan edim.”

Ammo keyinroq, uning aytishicha, ikki rus askari uni topib, tiz choʻktirib, qoʻllarini orqasiga bogʻlab, koʻzlarini berkitgan.

“Biri meni hoziroq oʻldirishini aytdi. U avtomatni oʻqlab, qulogʻimning oldida oʻq uzdi”, dedi Andrey. “Shundan keyin ikkinchi askarning ovozini eshitdim. U ertagacha kutganimiz maʼqul, deb aytdi.”

“Hech narsani eshitib boʻlmas edi. Chap qulogʻimni umuman his qilmayotgandim”, dedi u. “Ular menga oʻrningdan turma, deyishdi. Qancha muddat tiz choʻkib oʻtirganimni oʻzim ham bilmayman. Bir necha kun davom etdi, shekilli.”

“Keyin ular yana kelishdi... va bugun oʻladigan kunim ekanligini aytishdi”, dedi Andrey. “Ular yana oʻq oʻzishni boshladilar. Qatlimni yana ertangi kunga qoldirishdi. Bu ishni toʻrt martacha takrorladilar. Ehtimol, toʻrt kun tiz choʻkib oʻtirgandirman”.

Shaharni ozod qilgani Ukraina kuchlari Andreyni hali ham tiz choʻkkan holatda topganlar.

Irpen: Tinchlik prospektidagi qotilliklar

Ruslarning Bucha va Irpindagi qirgʻinlaridan soʻng oʻnlab jasadlar bir nechta ommaviy qabrlarga dafn etildi. Hozirda rasmiylar eksgumatsiya, ekspertizadan oʻtkazish va halok boʻlganlarning jasadlarini oilalariga qaytarish boʻyicha puxta ish olib bormoqda.

Jenya Pasechnik Irpen shahridagi havo hujumida halok boʻlgan oʻgʻli, 33 yoshli Yevgeniy Pasechnikning jasadini kutmoqda.

Ayol koʻchalardan birida uning jasadini topib olib, oʻz hovlisiga koʻmgan edi, ammo hozir oʻzlarining oilaviy qabristoniga dafn etish uchun uning eksgumatsiya qilinishini kutmoqda.

“Urush boshlanganida oʻgʻlim shaharni tark etishdan, panohgohga borishdan bosh tortdi, deydi u. “U bizni va baʼzi qoʻshnilarimizni boshpanaga olib bordi va oʻzi koʻngillilar safiga qoʻshildi. U boshpanaga bora olmaydigan keksalar va [ukrainalik] askarlarni oziq-ovqat bilan taʼminlab turardi. Qoʻshnilarimiz unga ishonib, [oʻzi ichkariga kirib, ularga ovqat keltirishi uchun] uylarining kalitlarini topshirishgan edi. U tinmay ishlardi.”

“Bir kuni dahshatli bomba tovushini eshitdik. Hatto yertoʻla ham silkindi”, dedi u. “Uch soat oʻtsa ham oʻgʻlim Yevgeniy kelmadi. Men qoʻrqa boshladim.”

“Meni har uch soatda yoʻqlab turishiga kelishib olgan edik, u doim vaʼdasida turgan. Shu sababli ham noxush hodisa yuz berganini sezdim”, deb aytgan Jenya.

“Boshpanadan chiqib, uni izlay boshladim. Yoʻlda murdalar yotardi. Izlab yurib, birdaniga uning bosh kiyimiga koʻzim tushdi. Yaqinroq borib qaradim, uning jasadi tanib boʻlmas darajada edi”, deb aytgan u.

“Juda kuchli iztirobni boshdan kechirdim. Farzandlar onalarning koʻz oʻngida oʻldirilmasligi kerak”, deb aytgan u.

“Surbetlik shu darajaki, oʻgʻlim Tinchlik koʻchasida oʻldirilib ketildi.”

Gostomel: “omon qolganimizga ishonish qiyin”

Rossiya qurolli kuchlari Ukrainaga kirib kelganidan keyin Gostomel birinchi boʻlib nishonga olingan. Shahar bir necha hafta davomida oʻqqa tutilib, quruqlikda janglar bilan qamalda qolgan.

Dmitro va Anya shaharning shimoliy qismida oʻgʻilchasi bilan yashaydi.

“Gostomelda jang boʻldi. Bir necha marta yigitlarimiz ularga muvaffaqiyatli qarshilik koʻrsata olgani haqiqat, ammo rossiyaliklar shaharning bu yerlariga yetib keldi”, deb aytgan Anya.

“Hovlimiz tashqarisida “bolalar” degan katta yozuvni ilib qoʻydik”, deb aytgan u. “Ammo, bu ularni toʻxtatgani yoʻq. Uy ilk hujum vaqtida oʻqqa tutildi.”

“Rus dunyosi” deganlari shu, deb aytgan u Putinning barchasi Moskvaning “himoyasi” ostida boʻladigan rusiyzabon global hamjamiyat haqidagi balandparvoz tushunchasiga ishora qilib.

Markaziy Osiyodagilar bu “himoyani” juda yaxshi bilishadi.

Kremlning postsovet davlatlar suverenitetiga nisbatan ochiqdan-ochiq hurmatsizligi sabab Markaziy Osiyodagi koʻpchilik Ukrainadan keyin ularning mintaqasiga navbat kelishidan ogohlantirmoqda.

Bundan tashqari, Ukrainaga hujumning ikkinchi oyida Rossiya kuchlarining toʻxtab qolgani Rossiya armiyasining salohiyati va Moskvaning Markaziy Osiyoda xavfsizlik kafolati sifatidagi anʼanaviy rolini shubha ostida qoldirgan.

Dmitroning soʻzlariga koʻra, oʻqqa tutilganidan keyin rossiyaliklar ularning devorlarini tank bilan buzib tashlashgan.

“Keyin ular qoʻshnimizning uyiga borib xuddi shu ishni qilishdi”, deb aytgan u. Bu voqeadan keyin oila ketishga ahd qilgan.

“Biz tunda yashirincha qochib ketishga muvaffaq”, deb aytgan Dimitro. “Qoʻlimizda yosh bolamiz boʻlgani sabab ustimizdagi kiyimiz bor edi xolos, men oʻgʻlimizni koʻtarib olgandim, Anya esa bola uchun eng zarur narsalarni olgan edi.”

“Shaharning kirish qismigacha deyarli emaklab bordik. Qoʻlimizda yosh bola bilan buni qanday uddalay oldik, bilmadim”, deb aytgan u. “Askarlarimiz oʻsha yerda edi, ular bizni dushmanning orqa tomonidan olib oʻtishdi va bir amallab Kiyevga yetib oldik.”

“Omon qolganimizga ishonish qiyin”, deydi u.

Ukraina qurolli kuchlari Gostomeldan rossiyaliklarni chiqarganidan keyin oila uyga qaytgan.

“Uyga qaytgandan keyin hovlida shu raketani koʻrdik”, deb aytgan Dmitro. “Aftidan uyimiz bilvosita nishonga aylangan. Portlash natijasida uy deyarli vayronaga aylangan.”

“Ammo buning ahamiyati yoʻq, biz uni qayta quramiz”, deb aytgan u. “Muhimi, rossiyaliklar endi bu yerda emas.”

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 4

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Ular vahshiylar, faqat buzish va yoʻq qilishni biladilar. Lekin Ukraina qurolli kuchlaridan laychalardek qochishadi.

Javob berish

Ularning “partiya siyosati” negadir harakatlariga mos kelmayapti. Ular Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin “oyoqqa turishga” muvaffaq boʻlgan oddiy odamlarni talon-taroj qilish va oʻldirishni anglatuvchi “denatsifikatsiyu” uchun kelishdi, bunday boʻlish varvarlarga hech qachon nasib qilmaydi.

Odamlar normal yashab turishgandi; ha, ularning muammolari bor edi, lekin “qutqaruvchilar” kelib, ukrainaliklarni genotsid qilishni boshladi. Ukraina Qurolli kuchlari ularning barchasini axlatga aylantiradi!

Javob berish

Rus harbiy kemasi, enangnikiga daf boʻl

Javob berish

Aniqrogʻi, quturgan itlarga OʻLIM!

Javob berish