Karvonsaroy
Din

Patriarxning Ukrainaga bosqinni qoʻllab-quvvatlashi ortidan rus pravoslav cherkovida boʻlinish yuzaga keldi

Olga Chepil

Bosqinning avvalida Rossiya qoʻshinlari Chernigov yaqinidagi Lukashevka qishlogʻida, qurilganiga bir asrdan oshgan meʼmoriy yodgorlik boʻlmish Voznesenskiy cherkovida oʻz shtabini barpo qilgan. Ular bu joydan quvib chiqarilgach, mahalliy aholi ayanchli manzaraga duch kelgan: vayron qilingan gumbazlar, singan xochlar va axlat uyumlari. Cherkov yaqinida mahalliy aholi vakillarining jasadlari ham topilgan. [Ukraina Favqulodda vaziyatlar davlat xizmati]

KIYEV – Ukrainada rus pravoslav cherkovining taʼsiri susaymoqda – cherkov va uning Ukraina qismi oʻrtasida boʻlinish yuzaga kelgan.

Moskva patriarxiyasiga qarashli Ukraina pravoslav cherkovida xizmat qilayotgan 400 ga yaqin ukrainalik ruhoniy cherkov tribunalidan cherkov rahbari patriarx Kirillni urushni qoʻllab-quvvatlagani uchun lavozimidan chetlatishni talab qilmoqda.

Kirill oʻz vaʼzlarida Ukrainaga qarshi tajovuzni oqlab, barcha rossiyaliklarni hukumatni qoʻllab-quvvatlashga chaqirgan – pravoslav nasroniylar uchun qandaydir “uchinchi” qudratli kuch tahdid solayotganini aytgan.

“Haqiqiy birdamlik bilan ichki va tashqi dushmanlarning zarbalariga qarshi turish mumkin”, deb aytgan Kirill 10-aprel kungi vaʼzida.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin pravoslav patriarxi Kirill hamrohligida Moskva yaqinidagi harbiy-tematik xiyobonda Qurolli Kuchlar kafedral sobori yonidagi yodgorlik poyiga gul qoʻymoqda, 2020-yil, 22-iyun. [Aleksey Nikolskiy/Sputnik]

Rossiya prezidenti Vladimir Putin pravoslav patriarxi Kirill hamrohligida Moskva yaqinidagi harbiy-tematik xiyobonda Qurolli Kuchlar kafedral sobori yonidagi yodgorlik poyiga gul qoʻymoqda, 2020-yil, 22-iyun. [Aleksey Nikolskiy/Sputnik]

7-aprel kuni olingan ushbu suratda Rossiyaning Ukrainaga bosqini vaqtida Bucha shahridagi avliyo Andrey cherkovi hududidagi ommaviy qabr xandaqidagi jasad solingan qoplarning yuqoridan koʻrinishi aks etgan. [Ronaldu Shmidt/AFP]

7-aprel kuni olingan ushbu suratda Rossiyaning Ukrainaga bosqini vaqtida Bucha shahridagi avliyo Andrey cherkovi hududidagi ommaviy qabr xandaqidagi jasad solingan qoplarning yuqoridan koʻrinishi aks etgan. [Ronaldu Shmidt/AFP]

Bunga javoban Moskva patriarxiyasining Ukraina pravoslav cherkovi protoireyi Andrey Pinchuk Facebook sahifasidagi ochiq maktubida Kirilni cherkovdan chetlatishni talab qildi.

“Kirill Ukrainaga qarshi urushga oq fotiha berib, Ukraina zaminidagi Rossiya qoʻshinlarining tajovuzini toʻliq qoʻllab-quvvatladi va maʼnaviy jinoyat sodir etdi”, deb yozgan Pinchuk 10-aprel kuni.

16-aprel holatiga koʻra, maktubni 437 nafar ruhoniy imzolagan.

Boshqa davlatlar, jumladan, Markaziy Osiyodagi diniy arboblar ham urushni tanqid qilishgan.

Qozogʻistonda bir guruh pravoslav cherkovi ruhoniylari va xodimlari “Ukrainadagi birodarkushlik urushini toʻxtatishga masʼul boʻlgan har bir kishini zudlik bilan oʻt ochishni toʻxtatishga” chaqirganlar.

“Ukrainadagi birodarlarimiz boshiga tushgan sinovdan qaygʻudamiz”, deyiladi ularning 1 mart kungi bayonotida.

“Rus dunyosi”

Kirillning fitna nazariyalari Rossiyaning imperialistik ambitsiyalarini oqlash va oziqlantirishda muhim rol oʻynaydi, deydi tahlilchilar.

“Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi “rus dunyosi” kontsepsiyasiga asoslanadi”, deydi diniy masalalar boʻyicha mutaxassis va avliyo Sofiya donishmandligi ochiq pravoslav universiteti rektori, kiyevlik Jorj Kovalenko Rossiyani oddiygina milliy davlat emas, balki sivilizatsiya davlati sifatida koʻradigan dunyoqarashga ishora qilib.

Kovalenko oʻz vaqtida Moskva patriarxiyasining Kiyevdagi Ukraina pravoslav cherkovining taʼlim boʻlimiga rahbarlik qilgan. U 2014-yilda Ukraina sharqidagi rossiyaparast ayirmachilarni qoralaganidan keyin barcha lavozimlaridan mahrum boʻlgan edi.

“Rus cherkovi din emas, balki diniy libos kiydirilgan imperialistik mafkuradir”, deydi u.

Kirill “patriarx emas, siyosiy arbob. U dindorlar bilan emas, Rossiya razvedka idoralari bilan yaqindan hamkorlik qiladi”, deydi Kovalenko.

“Maʼnaviyat ham tashviqotning bir boʻlagi. Qani bu yerda maʼnaviyat? Rossiya askarlari butun Ukraina boʻylab son-sanoqsiz ikonalarni otib tashlab, cherkovlarni bombaladi”, deydi u.

Moskvaning “rus dunyosini” oʻrnatishga urinishlari Ukrainada aks natija berdi va cherkov u yerda tez oʻz taʼsirini yoʻqotmoqda.

Bosqinga qadar Moskva patriarxiyasining Ukraina pravoslav cherkovi Ukrainadagi eng katta cherkov boʻlib, 12 mingdan ortiq qavmga ega edi – bu raqib Ukraina pravoslav cherkovi va Ukraina yunon-katolik cherkovi tarafdorlarini qoʻshib hisoblaganda ham ularning sonidan koʻproq.

Oʻshandan beri koʻplab tarafdorlar Moskva patriarxiyasidan 2018-yilda undan ajralib chiqqan Ukraina pravoslav cherkoviga oʻtdilar.

8-9-aprel kunlari Rating Group Ukraine tomonidan oʻtkazilgan soʻrov natijalariga koʻra, ukrainaliklarning 63 foizi Moskva patriarxiyasiga boʻysunuvchi ukrain cherkovlarining Rus pravoslav cherkovi bilan aloqalarni uzishini yoqlamoqda.

Bundan tashqari, Ukraina parlamenti aʼzolari allaqachon Moskva patriarxiyasining Ukrainada faoliyatini taqiqlovchi qonun loyihasini taqdim etgan.

Kirill Xudoga emas, Rossiya prezidenti Vladimir Putinga xizmat qilyapti, deb aytgan Kovalenko. U Ukrainada bu cherkov kelajagini koʻrmayotganini qoʻshimcha qildi.

“Bu urush Ukrainadagi Moskva patriarxiyasi yoʻq qiladi”, deb aytgan u. “Putin va Kirill bu yerda “rus dunyosini” yaratmoqchi”, ammo bu harakatlarning bari uni yoʻq qilmoqda.”

Imperialistik maqsadlar

Kirill kabi Rossiya pravoslav cherkovi yetakchilari maʼnaviy qadriyatlarni saqlab qolish maqsadida Rossiyaning Ukrainadagi urushini oqlar ekan, mamlakatning eng katta cherkovi taʼlimotlariga befarq boʻlgan rossiyalik askarlar Ukrainada oʻz dindoshlarini oʻldirishmoqda.

Moskva patriarxiyasiga qarashli Ukrainaning bir qator cherkovlari birinchilardan boʻlib Rossiya armiyasining hujumiga uchradi.

Hujum boshlanganidan beri rossiyalik askarlar sakkizta viloyatda Ukrainaning 60 dan ortiq cherkovi va diniy inshootlarini vayron qilgan, deb taxmin qilgan Ukrainaning madaniyat va axborot siyosati vazirligi.

“Kreml tashviqotchilari oʻz imperialistik maqsadlarini beadablarcha “pravoslavlikni himoya qilish” ortiga yashirsa-da, rossiyalik askarlar pravoslav cherkovlari va Ukraina diniy hamjamiyatining boshqa yodgorliklariga aggressiv hujum qilmoqda”, deb aytgan dushman tomonidan vayron qilingan cherkovlarning interaktiv xaritasini tuzgan vazirlikdagi rasmiy.

Rossiyaliklar cherkovlarda ham vahshiyliklar sodir etganlar.

Hujumning avvalida rossiyalik askarlar Chernigov tashqarisidagi Lukashevka qishlogʻining bir asr avval barpo etilgan meʼmoriy yodgorlik hisoblangan Voznesenskiy cherkovida shtab tuzishgan.

Ukraina kuchlari rossiyaliklarni quvib chiqarganidan keyin, mahalliy aholi buzilgan gumbazlar, singan xochlar va axlat uyumlaridan iborat ayanchli manzaraga duch kelishgan.

Qutqaruvchilar cherkov yaqinida mahalliy aholi vakillarining jasadlarini ham topgan.

“Otib oʻldirilgan fuqarolarning jasadlarini toʻpladik”, deb aytgan viloyatda koʻngilli boʻlib ishlayotgan Olena Taranova. “Dastlabki bir necha kun hatto gapira olmay qoldim.”

“Oʻq bilan ilma-teshik boʻlib ketgan mashinani koʻrdim, unda oddiy oila: ota-ona va ikki farzandi boʻlgan”, deb aytgan u Karvonsaroy nashriga. “Ular faqat Chernigovni tark etmoqchi va urushdan uzoqqa ketmoqchi boʻlishgan.”

Faqat ona va uning kenja qizi omon qolgan.

“Bunga bardosh qilib boʻlmaydi”, deb aytgan Taranova.

“Tinch aholining ommatan oʻldirilishi qatliom belgisidir”, deb yozgan Ukraina pravoslav cherkovi mitropoliti Epifaniy 3-aprel kuni oʻzining Facebook sahifasida.

“Rus dunyosi” mafkurasi natsizm bilan bir xil, deb aytgan u.

“U zoʻravonlik, qotillik, urush va qatliomni oqlaydi, shuning uchun ham natsizm qoralangani kabi qoralanishi kerak”, deb yozgan Yepifaniy.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 5

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Pravoslav cherkovi qanday qilib diktatorni qoʻllab-quvvatlashi mumkinligini tushunmayapman. Putin Ukrainada bolalarni oʻldirmoqda, ammo pravoslav cherkovi esa Putinni qoʻllab-quvvatlayapti. Pravoslav cherkovi odamlarga Iso (a.s) aytgan narsalarni oʻrgatishi va Ukrainadagi urushni toʻxtatishni soʻrashi kerak.

Javob berish

U yerdagi patriarx – Rossiya tashviqoti uchun poyandoz boʻlib xizmat qiladigan miyasi aynib boʻlgan chol.

Javob berish

U yerda cherkov va uning qonun-qoidalaridan deyarli hech narsa qolmagan. Tijorat va tashviqotdan boshqa.

Javob berish

Qanday qilib cherkov boshqa mamlakatga bostirib kirishni, zoʻravonlik, talonchilik, bolalarni oʻldirish va hokazolarni qoʻllab-quvvatlashi mumkin? Bu – biz eskirgan darsliklarning eski sahifalarida qolib ketgan deb oʻylagan inkvizitsiya usullari-ku.

Javob berish

Rossiyada hamma ham bu urushni qoʻllab-quvvatlamayapti.

Javob berish