Karvonsaroy
Namoyishlar

Ukrainadagi qurbonlar va vahshiyliklar Moskvaning Gʻalaba kunini nishonlashiga dogʻ tushirmoqda

Kanat Altinbayev va AFP

4-may kuni Moskvadagi Gʻalaba kuni paradiga tayyorgarlikda ishtirok etayotgan Rossiya harbiy xizmatchisi. 9-may kuni Rossiya 1945-yili natsistlar Germaniyasi ustidan gʻalaba qozonilganining 77 yilligini nishonlaydi. [Natalya Kolesnikova/AFP]

4-may kuni Moskvadagi Gʻalaba kuni paradiga tayyorgarlikda ishtirok etayotgan Rossiya harbiy xizmatchisi. 9-may kuni Rossiya 1945-yili natsistlar Germaniyasi ustidan gʻalaba qozonilganining 77 yilligini nishonlaydi. [Natalya Kolesnikova/AFP]

OLMAOTA – Rossiya va boshqa postsovet davlatlar tarafidan 9-may kuni Ikkinchi jahon urushida natsizm ustidan qozonilgan gʻalaba nishonlanadigan bu yilgi Gʻalaba kuniga Rossiyaning Ukrainaga shiddatli bosqini soya solmoqda.

24-fevral kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainaga qoʻshin yuborganidan beri ular jiddiy yoʻqotishlarni boshdan kechirmoqda, yoʻqotishlar uchun “qasd olish” maqsadida ishgʻol qilingan hududlarda Rossiya harbiylari va askarlari urush jinoyatlarini sodir etmoqdalar.

Bu urush jinoyatlari, jumladan Bucha va Irpenda tinch aholini qirgʻin qilish, ukrainaliklarning uylaridan maishiy buyumlarni talon-taroj qilish va ularni Rossiyaga yuborish va Mariupoldagi drama teatrini bombalash kabilar Gʻalaba kuni paradi uchun asos hisoblangan Ikkinchi jahon urushi vaqtidagi natsistlarning hatti-harakatlarini yodga soladi.

Yoʻqotishlar ortida qolib ketgan parad

Anʼanaga muvofiq, Rossiya 9-mayni Moskvaning Qizil maydonida harbiy parad bilan nishonlamoqchi.

26-fevral kuni Xarkov chekkasida vayron qilingan harbiy mashinalar oldida yotgan rossiyalik askar jasadi. Ukrainaga hujum boshlaganidan beri Rossiya armiyasi koʻplab qurbonlar bergan. [Sergey Bobok/AFP]

26-fevral kuni Xarkov chekkasida vayron qilingan harbiy mashinalar oldida yotgan rossiyalik askar jasadi. Ukrainaga hujum boshlaganidan beri Rossiya armiyasi koʻplab qurbonlar bergan. [Sergey Bobok/AFP]

Kiyevdan shimoli-gʻarbdagi Buchada qoʻllari orqaga bogʻlangan erkak jasadi yotibdi, 2-aprel. Ukraina kuchlari Buchani Rossiya qoʻshinlaridan qaytarib olar ekan, shu kuni shahar koʻchalarining birida oʻnlab fuqarolar jasadi topilgan. [Ronaldu Shmidt/AFP]

Kiyevdan shimoli-gʻarbdagi Buchada qoʻllari orqaga bogʻlangan erkak jasadi yotibdi, 2-aprel. Ukraina kuchlari Buchani Rossiya qoʻshinlaridan qaytarib olar ekan, shu kuni shahar koʻchalarining birida oʻnlab fuqarolar jasadi topilgan. [Ronaldu Shmidt/AFP]

Ammo, 2021-yil bilan solishtirganda harbiy texnikaning uchdan biri va ishtirokchilarning 20 foizga kamroq boʻlishi sababli parad karvonlari sezilarli darajada kichik boʻlishi kutilmoqda, deb xabar bergan Rossiya mudofaa vazirligi.

T-80BVM tanki, Solntsepek raketa tizimi, Pansir-S zenit tizimlarining barchasi Ukrainada ishlatilmoqda va paradda ishtirok etmaydi.

Parad 28 ta shaharda oʻtkaziladi, unda 65 ming kishi, 2400 ta harbiy texnika va 400 dan ortiq samolyot ishtirok etadi, deb xabar bergan Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu 4-may kuni.

Ammo, Shoygu uch oydan kamroq vaqt ichida Rossiyaning koʻplab qurbonlari, jumladan 12 generalning oʻlimi va Ukraina kuchlari tarafidan janglarda yoʻq qilingan yoki tushkunlikdagi rossiyalik askarlar qochishi ortidan qoʻlga olingan koʻp sonli Rossiya harbiy texnikasi bilan bogʻliq yoʻqotishlar haqida hech narsa demagan.

Hujum boshlanganidan beri Rossiya 24900 ga yaqin askarini yoʻqotdi, deb taxmin qilgan Ukraina mudofaa vazirligi juma kuni. Shuningdek, Ukraina armiyasi 1110 tank, 2686 ta zirhli texnika va 502 ta artilleriya tizimini yoʻq qilgan.

Rossiya uchun eng katta yoʻqotish 14-aprel kuni Ukraina raketa zarbasi tufayli gʻarq boʻlgan Qora dengiz flotining “Moskva” kreyseri boʻlishi mumkin.

Uning halokati Putinning nafsoniyatiga aniq tegdi va Kiyev bilan yozma kelishuvni rad etishiga sabab boʻldi, deb xabar bergan Financial Times nashri 25-aprel kuni Kremldagi xabardor manbaga asoslanib.

Kiyevdagi ukrainaliklar “dunyoning ikkinchi eng kuchli armiyasi” gʻalaba qozonishiga shubha qilmoqdalar.

Rossiyalik askarlar 24-aprelga (Pravoslavlarning pasxasi) kelib, Donetsk va Lugansk hududlarini qoʻlga olish boʻyicha Kreml qoʻygan muddatni bajara olishmadi, deb aytgan Ukrainaning dengiz kuchlari shtabi sobiq rahbari Andrey Rijenko Current Time telekanaliga 25-aprel kuni.

“Ular rejalarini amalga oshirolmayapti va 9-mayga kelib ham oʻz maqsadlariga erisha olmaydilar”, deb aytgan u.

Ulugʻlik “afsonasi”

Rossiyaning Ukrainadagi harbiy inqirozi davom etar ekan, kuzatuvchilarga koʻra, Moskvada Gʻalaba kunining nishonlanishini gʻalati.

Rossiya armiyasi Ukrainada butkul sharmanda boʻldi, deydi Kiyevdagi diniyalik jurnalist Maykl Andersen.

“U haqiqiy armiya emas. Ular bir toʻda qotillar, oʻgʻrilar va zoʻravonlar”, deb aytgan u.

2022-yilgi Gʻalaba paradi va Moskvaning uni natsizm ustidan sovetlarning gʻalabasiga bogʻlashi haqoratli, deb aytgan u.

“Putinning 1945-yildagi gʻalabaga hech qanday dahli yoʻq. U mazkur yorqin xotira, ulugʻ bayramdan hokimiyatda qolish va rossiyaliklarni oʻmarishda davom etish uchun foydalanmoqda”, deydi u.

Yillar davomida Qizil maydondagi parad Rossiya armiyasi yengilmas ekani haqidagi gʻoyani ilgari surib kelgan, deydi Olmaota viloyati garnizonining nafaqadagi zobiti Dauren Ospanov.

“Haqiqiy janglar esa buning afsonadan boshqa narsa emasligini koʻrsatdi”, deb aytgan u.

Putin yana bir marta adashdi, deydi Ospanov.

“Putin Kiyevni qoʻlga olish va Ukraina rahbariyatini zudlik bilan almashtirishni, keyin gʻurur bilan harbiy paradni nishonlashni rejalashtirgan”, deydi u. “Ammo unday boʻlmadi.”

Oʻlmas polk qarshilik qilmoqda

Bu yil hatto rossiyaliklar ham Moskvada harbiy parad oʻtkazilishini nooʻrin va beadablik boʻladi, deb hisoblamoqda.

Har yili 9-may kuni rossiyaliklar butun davlat boʻylab anʼanaviy “Oʻlmas polk” marshida ishtirok etishadi, ular shaharlarning markaziy koʻchalarida urushda vafot etgan otalari va buvalarining suratlarini koʻtarib yurishadi. 27 million sovet odamining yoʻqotilishi ortidan bu urush taʼsir qilmagan oila qolmagan.

Bu yil Sibirning Tomsk shahridagi harakat asoschilari Ukrainaga hujum munosabati bilan kelajakda boʻladigan marshlarga aloqador boʻlmasliklarini bildirishgan.

“Afsuski, biz Oʻlmas polkning asl maʼnosini oʻzgartirayotgan koʻp holatlar va hodisalarga guvoh boʻlyapmiz”, deb xabar qoldirilgan tashkilot veb-saytida 22-aprel kuni.

“Biz endi koʻchadagi [parad] karvonlarida sodir boʻlayotgan voqealar bilan oʻzimizni bogʻlay olmaymiz.”

Harakat asoschilaridan biri Sergey Lapenkov bosqindan ikki kun oʻtib, 26-fevral kuni chop etilgan “Moscow Times” nashriga bergan intervyusida “menimcha, yuz bergan voqea uchun bobolarimiz bizni laʼnatlagan boʻlardi” deb aytgan.

Putin yolgʻizlikda

Odatda, Moskvadagi Gʻalaba kuni paradiga chet ellik rahbar yoki rahbarlar tashrif buyuradi.

Oʻtgan yili Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon tadbir mehmoni boʻlgan edi. 2019-yili, pandemiyadan avval esa – Qozogʻistonning sobiq prezidenti Nursulton Nazarboyev. 2018-yilda Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich va Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu kelgan.

Ammo bu yil Putin Rossiyaning “harbiy qudrati” namoyishini yolgʻiz tomosha qilishi kutilmoqda.

Bu orada bosqin tufayli larzaga kelgan Markaziy Osiyoliklar bu yil Gʻalaba kunini nishonlashdan voz kechmoqda yoki qisqartirmoqda.

Ularning Sovet armiyasi safiga chaqirilgan koʻp sonli ota-bobolari fashistlarga qarshi kurashda halok boʻlgan, shu nuqtayi nazardan Rossiya armiyasining Ukrainadagi vahshiyliklari yanada haqoratliroqdir. Masalan, urush arafasida salkam 6,5 million aholiga ega boʻlgan Oʻzbekiston 420 mingga yaqin odam yoʻqotdi, deyiladi MDH saytida eʼlon qilingan bayonotda. Urushdan oldin 6 milliondan biroz koʻproq aholiga ega Qozogʻiston esa 589 ming fuqarosidan ayrilgan.

Qozogʻiston mudofaa vazirligi 13-aprel kuni sabablarini ochiqlamay, bu yil Nur-Sultonda har yilgi Gʻalaba paradi oʻtkazilmasligini maʼlum qildi. Keyinroq bu qaror xarajatlardan qochish bilan bogʻliq ekani aytilgan.

Qozogʻiston singari Oʻzbekiston bu yili ham Gʻalaba kuni paradlarini oʻtkazmaydi, dedi mamlakat mudofaa vazirligining matbuot kotibi Oybek Mamadaliyev 25-aprel kuni.

Bu orada Qirgʻiziston Davlat milliy xavfsizlik qoʻmitasi (GKNB) 21-aprel kuni Moskvaning Ukrainaga bosqinini qoʻllab-quvvatlash ramzi hisoblangan “Z” belgisini qoʻllash nomaqbul ekani haqida ogohlantirdi.

Lotin alifbosidagi bu harf Ukrainaga bostirib kirgan Rossiya qoʻshinlarining tanklari va kiyimlarida aks ettirilgan. U Rossiya jamiyatida mazkur urushni qoʻllab-quvvatlovchilarni ragʻbatlantirish va unga qarshi boʻlganlarga tahdid qilish ramziga aylandi.

GKNB fuqarolarni 9-may kuni Bishkekda boʻlib oʻtadigan paradda Z bilan bogʻliq belgilarni taqib yurishdan tiyilish haqida ham ogohlantirgan.

“Bunday mudhish zamonda paradning keragi yoʻq”, deydi katta bobosi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi boʻlgan Qozogʻistonning Olmaota shahrilik Erasil Aulbayev.

“Rossiya qoʻshinlari bugungi kunda oʻzlarini Gitler fashistlari kabi tutmoqdalar... va ular sovet askarlari, otalarimiz va bobolarimizning shonli merosini sharmanda qilmoqdalar.”

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 11

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Soʻnggi paytlardagi eng qaygʻuli parad. Rossiyaning istiqbollari unchalik yaxshi emas.

Javob berish

Mamlakat sababsiz urush boshlagan boʻlsa, bu qanday parad boʻldi? Qolaversa, [Rossiya] shu paytgacha hech narsaga erisha olmadi va xorijiy davlat odamlarini, uning armiyasini, texnikasi va nufuzini yoʻq qilmoqda. Ularning samolyotlari ham bir nechta bulut tufayli ucha olmasa, qanday parad haqida gapiryapsiz? Voqelik shundayki, samolyotlar yoʻq yoki ular boshqa mamlakatda yoʻq qilingan yoki ular hali ham boshqa davlatga hujum qilmoqda. Ular ikkiyuzlamachilik paradini oʻtkazdilar; ruslardan yana nima kutish mumkin?

Javob berish

Ular nimani nishonlamoqchi edi oʻzi? Qaytanga “noqulay ob-havo” haqidagi yolgʻonlari bilan oʻzlarini sharmanda qilishdi, xolos.

Javob berish

Sodir boʻlayotgan voqealar hali holvasi edi. Ular shunchalik koʻp yolgʻon gapirganidan omma hamma narsaga ishonadigan boʻlib qoldi.

Javob berish

Rossiya hukumati hammaga, jumladan oʻz xalqiga, armiyasiga va butun dunyoga yolgʻon soʻzlaydi; Bu hukumatning haqiqiy qiyofasini va ular targʻib qilayotgan qadriyatlarni uning vakillari va harbiylarning harakatlariga qarab bilsa boʻladi.

Javob berish

Vatniklarning butun hayoti paraddan paradgacha.

Javob berish

Parad esa feyklar va imperialistik Rossiyaning ulugʻ dunyosi gʻoyasini yoyinlashga asoslangan. Odamlarning (agar ularni odam deb atash mumkin boʻlsa) qanchalik ikkiyuzlamachi boʻlishi mumkinligi kishini hayratga soladi.

Javob berish

Asosiysi – bu soxta bayram paytida hech qanday provokatsiyalar boʻlmasligi. Eng dahshatlisi, odamlar yanada koʻproq qurbonlar va yangi mojarolarga olib keladigan turli xil provokatsiyalarni muhokama qilmoqdalar. Rossiya hukumati hech qachon begona odamlar haqida qaygʻurmagan, bu hammaga ayon, ular hatto oʻz odamlariga ham hech qachon achinmagan. Oʻzlari biror ishkal chiqarib, aybni boshqalarga toʻnkaydilar.

Javob berish

Butun sivilizatsiyalashgan dunyo qoralab turgan ochiq nizo vaqtida Gʻalaba kunini nishonlash – sharmandalik. Nimaniyam nishonlash mumkin? 2-jahon urushidan bir hovuch pensionerlar qolgan boʻlsa, shularni ham yiliga bir marta eslashadi. Qolgan urushlardagi “gʻalabalari” esa shubhali, nimani nishonlashmoqchi oʻzi?

Javob berish

Nimani bayram qilishadi, hayronman. Nima, pensionerlar atigi 150 dollar oladimi?

Javob berish

Ular pensionerlarning yashashi va davolana olmasligi uchun qoʻlidan kelganini qiladi. Shu tariqa ular tezroq oʻlishadi va ularga pensiya toʻlashlari shart boʻlmaydi; pullarni esa boʻlib olishadi – qanday ham ajoyib gʻoya.

Javob berish