Karvonsaroy
Siyosat

Gʻalaba bayramini nishonlashdan bosh tortgan Oʻzbekistonda “Xotira va qadrlash kuni” nishonlandi

Rustam Temirov va AFP

9-may kuni Moskva markazidagi Qizil maydonda Gʻalaba kuni munosabati bilan oʻtkazilgan harbiy paradda harbiycha qadam tashlayotgan rossiyalik askar. [Aleksandr Nemenov/AFP]

9-may kuni Moskva markazidagi Qizil maydonda Gʻalaba kuni munosabati bilan oʻtkazilgan harbiy paradda harbiycha qadam tashlayotgan rossiyalik askar. [Aleksandr Nemenov/AFP]

TOSHKENT – Oʻzbekiston bu yil Gʻalaba kunini nishonlashda Rossiyaning Ukrainaga bosqinini qoralash belgisi sifatida Rossiya ramzlaridan voz kechgan.

Qozogʻiston ham har yili Nursultonda oʻtkaziladigan Gʻalaba paradini bekor qildi, Qirgʻiziston milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi (GKNB) esa xotira tadbirlarida Rossiya bosqinini qoʻllab-quvvatlash ramzi boʻlmish “Z” belgisidan foydalanmaslik haqida fuqarolarni ogohlantirgan.

Sobiq sovet davlatlaridan ihotalanish kuchayib borayotgan bir paytda, Rossiya prezidenti Vladimir Putin dushanba (9-may) kuni 1945-yilda fashistlar Germaniyasi ustidan qozonilgan gʻalabaga bagʻishlab, Moskvada oʻtkazilgan harbiy paradda Rossiya Ukrainadagi urush bilan “Vatanni” himoya qilayotganini taʼkidladi.

Moskvaning Qizil maydonidagi bayram tadbirlari boshqa yillardagi bilan taqqoslaganda dabdabasiz oʻtdi, ularda Putin bilan birga birorta ham xorijiy davlat rahbari ishtirok etmadi, paradda esa odatdagidan sezilarli darajada kamroq qoʻshin va texnika namoyish etildi. Kreml shuningdek, rejalangan namoyish parvozlarini ham bekor qilgan.

Rossiyaning Ukrainadagi harbiy tajovuzini qoʻllab-quvvatlash ramziga aylangan, georgiy tasmasi bilan Z harfi tushirilgan bino oldidan oʻtib ketayotgan piyodalar, 4-aprel, Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri. [Olga Maltseva/AFP]

Rossiyaning Ukrainadagi harbiy tajovuzini qoʻllab-quvvatlash ramziga aylangan, georgiy tasmasi bilan Z harfi tushirilgan bino oldidan oʻtib ketayotgan piyodalar, 4-aprel, Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri. [Olga Maltseva/AFP]

2021-yil 9-may kuni Oʻzbekistonning Namangan shahrida Ikkinchi jahon urushida qozonilgan gʻalaba kuniga bagʻishlangan tadbirlar oʻtkazilmoqda. Bu kun Oʻzbekistonda bayram Gʻalaba kuni emas, balki Xotira va qadrlash kuni deb nomlanadi. [Tohir Tursunov]

2021-yil 9-may kuni Oʻzbekistonning Namangan shahrida Ikkinchi jahon urushida qozonilgan gʻalaba kuniga bagʻishlangan tadbirlar oʻtkazilmoqda. Bu kun Oʻzbekistonda bayram Gʻalaba kuni emas, balki Xotira va qadrlash kuni deb nomlanadi. [Tohir Tursunov]

Kuzatuvchilar parad koʻlamining qisqarishini “qoʻshni Ukrainada davom etayotgan urushda Rossiya tarafining sezilarli yoʻqotishlari bilan izohlamoqda”, deb yozadi Moscow Times.

Ukraina mudofaa vazirligining dushanba kungi hisob-kitoblariga koʻra, Ukraina kuchlari hozirgacha 25650 ga yaqin rossiyalik askarni oʻldirgan va 1145 tankni yoʻq qilgan.

24-fevraldan beri 1351 nafar rossiyalik askar halok boʻlgani va 3825 nafari yaralanganini maʼlum qilgan Rossiya mudofaa vazirligi 25 martdan beri Kremlning konservativ eʼtirofini yangilagani yoʻq.

Qizil maydonda oʻtkaziladigan har yilgi harbiy parad avvalida soʻzlagan Putin fursatdan foydalanib, “maxsus harbiy operatsiya”ga vatanparvarlik yordamini safarbar qilish umidida Rossiyaning bosqinini himoya qildi.

U boshlanganiga ikki oydan oshgan mojaro qanday davom etayotgani haqida gapirmadi, biroq halok boʻlgan askarlarning oilalari “oʻrnini toʻldirib boʻlmaydigan judolikka” uchraganini tan oldi.

Putin, shuningdek, koʻplab kuzatuvchilar kutganidek, harbiy harakatlarni jadallashtirish rejalari borasida hech qanday muhim bayonot bermagan.

Kuzatuvchilarning qayd etishicha, Rossiya harbiylari va qurolli tuzilmalari yoʻqotishlar uchun “qasd olish” maqsadida ishgʻol qilingan hududlarda urush jinoyatlarini sodir etmoqda.

Bu urush jinoyatlari, jumladan Bucha va Irpenda tinch aholini qirgʻin qilish, ukrainaliklarning uylaridan maishiy buyumlarni talon-taroj qilish va ularni Rossiyaga yuborish hamda Mariupoldagi drama teatrini bombalash kabilar Gʻalaba kuni paradi uchun asos hisoblangan Ikkinchi jahon urushi vaqtidagi natsistlarning hatti-harakatlarini eslatadi.

Rossiya ramzlaridan voz kechish

Markaziy Osiyoning eng koʻp aholiga ega mamlakati Putinning maqtanchoqligi bilan aloqador boʻlishni istamadi.

Oʻtgan oy oxirida Oʻzbekiston mudofaa vazirligi Gʻalaba kuni munosabati bilan Oʻzbekistonda harbiy parad oʻtkazilmasligini maʼlum qilgan edi.

“9-may Oʻzbekistonda Gʻalaba kuni emas, Xotira va qadrlash kuni sifatida nishonlanadi”, deb bayonot bergan vazirlik matbuot kotibi Oybek Mamadaliyev 25-aprel kungi matbuot anjumanida.

Avvalroq “Milliy tiklanish” partiyasi yetakchisi Alisher Qodirov ham Toshkentda ishtirokchilar Ikkinchi jahon urushida halok boʻlgan ota-bobolarining portretlarini qoʻllarida ushlab yuradigan “Oʻlmas polk” tadbiri oʻtkazilishiga qarshi chiqqan edi.

“Bu yumshoq kuch namoyishi boʻlib, Sovet ittifoqining tashviqot quroli hisoblanadi. Biz bunday namoyishlarga qarshimiz!” deb yozgan 4-aprel kuni u oʻzining Telegram kanalida.

Fevral oyida bosqin boshlanganidan beri ijtimoiy tarmoqlardagi koʻplab oʻzbekistonliklar mamlakatda Rossiyaning Gʻalaba bayrami ramzlari, jumladan, georgiy tasmasining taqiqlanishini talab qilganlar.

Ushbu tasma Rossiya harbiy ramzlaridan boʻlib, Ikkinchi jahon urushi faxriylari xotirasini abadiylashtirishga qaratilgan, lekin ayni paytda Rossiya hukumatini qoʻllab-quvvatlash namoyishi sifatida ham ishlatiladi. Uning tarixi 1700-yillarning oxiriga borib taqaladi.

Oʻzbekiston rasmiylari georgiy tasmalarini Oʻzbekiston bayrogʻi ranglari tushirilgan tasmalarga almashtirgan.

1-maydan kuchga kirgan yangi yoʻl harakati qoidalariga koʻra, haydovchilar oʻz avtomobillariga stiker yoki belgilar, jumladan, Gʻalaba bayrami ramzlari boʻlmish “Z” va “V” harflarini yopishtirishi mumkin emas.

Bu oʻzgarishlar koʻpchilik oʻzbeklar tarafidan iliq qarshi olingan.

9-may eng avvalo fashizmga qarshi kurashda jonini fido qilgan ajdodlarni xotirlash kuni boʻlishi kerak, deydi Toshkentdagi oliy oʻquv yurtlaridan birining talabasi Nuriya Madaminova.

U bayramning asosiy maqsadi urush va uning oqibatlarini tushuntirish, aholi oʻrtasida hamdardlik va mehr-oqibat hissini shakllantirish boʻlishi lozimligini aytgan.

“Ammo harbiy parad oʻtkazish, georgiy tasmalarini tarqatish va Ukrainada ayollar va yosh bolalarning oʻldirilishi ramzi boʻlib qolgan “Z” va “V” harflari tushirilgan mashinalarni haydab yurish haqoratli ish”, deydi Madaminova.

“Oʻzbekiston va vatandoshlarimiz uchun bu axloqsizlik”, deydi u. “Urush qanday boʻlmasin, u men uchun fojeadir. Rossiya Ikkinchi jahon urushi dahshatlaridan saboq olmadi va oʻzi tajovuzkorga aylandi.”

Tarixdan olinadigan saboqlar

Soʻnggi yillarda 9-may bayrami koʻproq siyosiy tus olgan, deydi Moskvada yashovchi oʻzbekistonlik advokat Botirjon Shermuhammad.

“Avval georgiy tasmasi ham, Oʻlmas polk ham boʻlmagan”, dedi u. “Ammo hozir “Berlinga”, “Takrorlay olamiz” deb yozilgan harbiy mashinalarga ham koʻzingiz tushadi.”

“Albatta, urushning tugashi va gʻalaba yaxshi”, deydi u. “Ammo, bu gʻalabani qanday saʼy-harakatlar va qurbonlar bilan qoʻlga kiritganimizni tushunishimiz kerak. Shu sababdan ham bu kunni xotira va qadrlash kuni deb nomlash toʻgʻri boʻladi.”

Hammaning bayramni nishonlashga haqqi bor, ammo bayramning oʻz koʻrinishini joriy qilish u yoqda tursin, Rossiya undan boshqa odamlarning nafratini qoʻzgʻash uchun tashviqot sifatida foydalanmasligi kerak, deb aytgan Shermuhammad.

“Shuning uchun ham men har qanday, ayniqsa harbiy ramzlardan foydalanishga qarshiman”, deb aytgan u. “Bu siyosiy bayram emas. Aksincha, bu kunda insoniyat halok boʻlganlarni xotirlashi va yana shunday fojea roʻy bermasligi uchun ibrat olishi kerak.”

Ukrainadagi soʻnggi voqealarga manzarasida, oʻzbekistonliklar 18-19-asrlarda Markaziy Osiyoda Rossiya bosqinlarining nechogʻli gʻayriinsoniy va shafqatsiz boʻlganini bilishlari kerak, deydi Turkiyada yashovchi oʻzbekistonlik jurnalist Dildora Toʻlaganova.

“Diplomatik vakolatxonalarda tarqatilayotgan va taqilayotgan georgiy tasmasida xalqim, ajdodlarim, qatl qilinganlar, zoʻrlanganlar va yoqib yuborilganlarning qoni bor”, deb aytgan u.

“Maktablarda obyektiv va haqiqiy Oʻzbekiston tarixi oʻtilishi kerak. Televideniye, radio va boshqa OAVda bu mavzu doim yoritilishi lozim”, deydi u. “Hozirda ziyolilar birlashib, vaziyatni nazoratga olishi kerak boʻlgan payt.”

Putin 1945-yil may oyidagi gʻalabadan xalqning koʻz oʻngida oʻz hukmronligini qonuniylashtirish uchun foydalanmoqda, deb aytgan u. Ukrainada boʻlayotgan urush fonida bu mafkura ayanchli va chirigan koʻrinadi, deb qoʻshimcha qilgan u.

Toshkentlik blogger Nurbek Alimovga koʻra, aslida georgiy tasmasi uning ajdodlariga qarshi kurashgan askarlarga berilgan buyruqlar va medallar bilan bogʻliq.

Uning aytishicha, “soʻnggi yillar va ayniqsa oxirgi oylarda bu Rossiyaning tajovuzkor siyosatining ramzi boʻlib qolgan”.

“Birinchidan, men uni har qanday holatda ham taqishlarini qoʻllab-quvvatlamayman, ikkinchidan esa, taqqanlarni qoralayman”, deb aytgan Alimov.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 12

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Natsistlar belgisiga oʻxshagan belgilarni namoyish qilish uchun jazo tayinlanishi kerak. Natsistlar gʻoyalari qonli, halokatli va zoʻravonli boʻlgani sabab ular cheklanishi va taqib qilinishi kerak.

Javob berish

Kolorado [avliyo Georgiy] tasmasi va rashistlarning Z belgisini taqib yurganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilanishi kerak; bu ramzlar salbiy maʼnodagi ruhga ega, yaʼni Rossiya imperiyasini qayta tiklashga chaqiriqlar, SSSR parchalanganidan keyin mustaqillik yoʻliga oʻtgan koʻplab mamlakatlar suverenitetiga tahdid. [Rossiya ramzlarining muxoliflari avliyo Georgiy lentalarini Kolorado deb atashadi, chunki lenta ranglari ularga Kolorado kartoshka qoʻngʻizini eslatadi]

Javob berish

Toʻliq orksizlashtirish munosabati bilan parad qachon oʻtkaziladi? Bunday paradda birinchi saflarda bayroq koʻtarishni istagan koʻplab koʻngillilar topilgan boʻlar edi.

Javob berish

Rossiya endi Orkiston. Toʻgʻri yozing.

Javob berish

Bobom doim faxr bilan “Bu gʻalaba kuni” deb aytar edilar. Ajablanarlisi, SSSRda na jang qilgan, na yashamagan odamlar bizga qanday yashashni va qanday nomlar qoʻyishni oʻrgatmoqda.

Javob berish

Hozir yashayotgan odamlar hozirda nimani qanday atashni hal qilishlari mumkin. Bu mantiqqa mos emasmi?

Javob berish

Ruslarga ayting, Gitler bilan urush 70 yil oldin tugab boʻlgan.

Javob berish

Kelajak bilan yashaydigan, nimadir barpo etadigan va yaratadigan odamlar bor; bugungi kun bilan yashaydigan odamlar bor va oʻtmish bilan yashaydiganlar bor. Aftidan, Rossiyaning butun madaniyati “buyuk” oʻtmish xotiralari asosida qurilgan. Oʻtmish yetarli darajada buyuk boʻlmasa, har doim tarixni qayta yozish mumkin - juda qulay.

Javob berish

Darvoqe, sovet harbiy nishonlari orasida “avliyo Georgiy” lentalari boʻlmagan. U yerda GVARDIYACHILAR lentalari bor edi; ularning toʻq sariq va qora ranglari Shon-sharaf ordeni va “Germaniya ustidan qozonilgan gʻalaba uchun” medalida bor edi. Ammo Vlasovchi-kollaboratsionistlarda sariq-qora georgiy tasmasi haqiqatan ham boʻlgan. Shunaqa gaplar.

Javob berish

Nima boʻlganda ham, bu ramz shunchalik qonga belandiki, hozir uni ishlatsa boʻladimi, degan savol tugʻilmoqda. Buning javobi shuki, ehtimol, barcha obroʻsizlantiruvchi belgilardan chetlanganimiz maʼqulroq. Shunday ekan, uni ham oʻldirilganlarni, ham tiriklarni hurmat qilish uchun uni Xotira kuni sifatida qoldirish kerak.

Javob berish

Bu kun urushning dahshatli ekanini eslash va hech qachon takrorlanmasligi uchun xotira kuni boʻlishi mumkin. Urush degani begunoh odamlarning oʻlimi, oʻgʻirlangan bolalik, qulagan iqtisodiyotlar va vayronaga aylangan shaharlar demakdir. Urush hech qachon takrorlanmasligi kerakligini eslash kuni!

Javob berish

Plakatlarga “takrorlay olamiz” va “Berlinga” deb yozish uchun qanchalik rasvo va bezbet boʻlish kerak! Qanday tahdid bu? Qoʻlingizdan baloyam kelmaydi-ku! Faqat baqirish va zoʻrlashni biladi bular!

Javob berish