Karvonsaroy
Xavfsizlik

“Islom davlati” Tojikistonni raketalar bilan nishonga olib, Markaziy Osiyo davlatlariga qarshi hujumlarni kengaytirmoqda

Karvonsaroy

Tojikiston xavfsizlik kuchlari, 2021-yil dekabrdagi tadbir. [Tojikiston matbuot xizmati/Flickr]

Tojikiston xavfsizlik kuchlari, 2021-yil dekabrdagi tadbir. [Tojikiston matbuot xizmati/Flickr]

“Islom davlati” (ID) jangarilari shanba (7-may) kuni Tojikistondagi chegara qoʻshinlari pozitsiyalariga bir nechta raketa zarbalari berganini daʼvo qilar ekan, bir necha hafta avval Oʻzbekistonga qarshi sodir etilgan shunga oʻxshash hodisa ortidan guruh hujumlari koʻlamini kengaytirgan.

IDning Telegramdagi xabarida Tohar viloyatining Xojagor shahri chegarasida joylashgan Tojikiston harbiy bazasiga 7 ta raketa zarbasi berilgani aytiladi.

Mahalliy OAV Tojikiston hukumatining tasdigʻi borasida ikkiga boʻlingan, ayrimlar chegarachilar jangarilar hujuminini koʻrgani, boshqalar esa bu xabar tasdiqlanmaganini aytgan.

18-aprel kuni ID Afgʻoniston hududidan turib, Oʻzbekistonga qarata raketa otgani xabar qilingan edi – bu Markaziy Osiyo davlatlarining guruh tomonidan ilk bor oʻqqa tutilishi.

18-aprel kuni Oʻzbekistonga uyushtirilgan hujum haqidagi xabar ortidan eʼlon qilingan suratda snaryadlar yonida turgan ID aʼzosi. [Fayl]

18-aprel kuni Oʻzbekistonga uyushtirilgan hujum haqidagi xabar ortidan eʼlon qilingan suratda snaryadlar yonida turgan ID aʼzosi. [Fayl]

17-aprel kuni ID butun dunyodagi barcha jangarilarini hukumatlar va askarlarga qarata “katta va vayronkor” hujumlarni amalga oshirishga chaqirgan.

IDning oxirgi hujumlari

Afgʻonistonda hukm surayotgan siyosiy va iqtisodiy mavhumlik fonida IDning Xuroson boʻlimi tomonidan sodir etilgan soʻnggi hujumlar guruh mamlakatda oʻz yollash kampaniyasini kengaytirayotgani va mintaqa uchun jiddiy xavf tugʻdirayotgani borasidagi xavotirlarni kuchaytirgan.

ID Afgʻonistondagi soʻnggi hujumlar uchun masʼuldir.

Politsiya maʼlumotlariga koʻra, 1-may kuni terrorchi guruh Kobulda bir ayolning oʻlimi va uch yoʻlovchining jarohatlanishiga sabab boʻlgan yoʻlovchi avtobus portlashi uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga oldi.

Bu Kobul gʻarbidagi Xalifa Sohib masjidida juma namozi vaqtidagi portlash oqibatida 10 kishi halok boʻlganidan keyin bir necha kun ichida poytaxtda yuz bergan ikkinchi portlash boʻldi.

Masjid portlashi Mozori Sharifda uylariga iftorlikka ketayotgan shia yoʻlovchilari nishonga olingan va kamida toʻqqiz afgʻonning oʻlimiga sabab boʻlgan ikkita alohida mikroavtobusdagi portlashlardan bir kun oʻtib sodir boʻldi.

Bir hafta avval Mozori Sharifdagi shia masjidida sodir etilgan portlashda kamida 12 namozxon halok boʻlgan, yana koʻp odamlar yaralangan edi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 1

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Bechora avtobusdagi odamlar. Bu odamlar qaysi dinda oʻzi, ularni oʻldirishning nima keragi bor?

Javob berish