Karvonsaroy
Xavfsizlik

Rossiyaning yer usti minalari va portlamay qolgan oʻq-dorilari ukrainalik tinch fuqarolar uchun xavf tugʻdirmoqda

Olga Chepil

Ukrainalik sapyor yaqinda taqdirlangan bomba iskovuch it Patron bilan birga ishlamoqda, surat sanasi nomaʼlum. [Ukraina davlat favqulodda vaziyatlar xizmati]

Ukrainalik sapyor yaqinda taqdirlangan bomba iskovuch it Patron bilan birga ishlamoqda, surat sanasi nomaʼlum. [Ukraina davlat favqulodda vaziyatlar xizmati]

KIYEV – Ukrainalik mina iskovuch it Ukrainaning Rossiyaga qarshiligi timsoliga va bunday minalarning falokatli xavfi haqidagi eslatmaga aylandi.

Prezident Vladimir Zelenskiy yakshanba (8-may) kuni Kiyevda oʻtgan marosimda Rossiya hujumi boshlanganidan beri 200 dan ortiq portlovchi qurilmalarni iskab topgan jek-rassel-teryer zotli it – Patronni nishon bilan taqdirladi.

“Men vatanimizni minalardan tozalayotgan qahramonlarni taqdirlamoqchiman”, deb aytgan Zelenskiy BBC xabariga koʻra.

“Ajoyib kichik yordamchimiz Patron qahramonlarimiz bilan birga nafaqat portlovchi qurilmalarni zararsizlantirmoqda, balki farzandlarimizga mina tahdidi mavjud joylarda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish kerakligini ham oʻrgatmoqda”, deb aytgan u.

28-aprel kuni minaga uchrab portlagan Artem Vakalyukning otasi haydagan mashina, Kiyev viloyatining Makarov tumani. [Ukraina milliy politsiyasining Kiyev viloyati bosh boshqarmasi]

28-aprel kuni minaga uchrab portlagan Artem Vakalyukning otasi haydagan mashina, Kiyev viloyatining Makarov tumani. [Ukraina milliy politsiyasining Kiyev viloyati bosh boshqarmasi]

Aprel oyida Kiyev viloyatidagi yoʻllarda rossiyalik askarlar tomonidan qoldirib ketilgan minalarni koʻrish mumkin. [“Tiriq qayt”]

Aprel oyida Kiyev viloyatidagi yoʻllarda rossiyalik askarlar tomonidan qoldirib ketilgan minalarni koʻrish mumkin. [“Tiriq qayt”]

Boʻyoq idishi ostiga qoʻyib ketilgan granata, Kiyev viloyati, Gostomel yaqini, aprel. [Omon qayt]

Boʻyoq idishi ostiga qoʻyib ketilgan granata, Kiyev viloyati, Gostomel yaqini, aprel. [Omon qayt]

Rossiyaning 24-fevraldagi hujumidan avval ham mamlakat sharqida oʻrnatilgan minalar sababli Ukraina dunyodagi eng koʻp minalashtirilgan mamlakatlardan biri edi, deb bayonot bergan Birlashgan Millatlar Tashkilotining qochqinlar boʻyicha yuqori komissari (UNHCR).

“Ukraina minalar va urushdan qolgan portlovchi moslamalar qurbonlari boʻyicha dunyoda toʻrtinchi va mashinalarga qarshi minalar bilan bogʻliq falokatlar boʻyicha uchinchi oʻrinda turadi”, deyiladi 4-aprel kungi bayonotda.

“Sharqiy Ukrainadagi 2 millionga yaqin odam uchun hujumdan avval ham minalar portlashi sababli jarohatlanish va oʻlim xavfi mavjud edi, ammo Ukrainadagi inqiroz kuchaygani sayin mamlakat boʻylab yanada koʻproq odam minalar va urushdan qolgan portlovchi maslamalar xavfi ostida qoladi”, deyiladi unda.

Insonlar hayoti va salomatligiga tahdid tugʻdiruvchi qoldiqlar Kremlning eski amaliyoti hisoblanadi. 1991-yildagi Sovet Ittifoqi tanazzuli zoʻravonliksiz kechgan boʻlsa-da, u Markaziy Osiyoda ham xuddi shu ishni qilgan.

1949-1989-yillarda Moskva Semipalatinsk (Semey) yadro poligonida 400 dan ortiq bomba portlashi natijasida hudud yaqinida yashovchilardagi saraton va tugʻma nuqsonlar bilan bogʻliq koʻplab holatlarini bartaraf etish uchun hech nima qilmagan.

Rossiyadan yordam olmagan Qirgʻiziston, Tojikiston va Oʻzbekistonga Sovet davriga oid tashlandiq uran konlarini zararsizlantirishda Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki koʻmaklashgan.

“Ayni damdagi voqelik shunday”

Aprelda ortga chekinishidan avval Kiyev shimolidagi hududni ishgʻol qilib turgan Rossiya qurolli kuchlari oʻzidan keyin sanoqsiz portlamay qolgan oʻq-dorilar, minalar va minali tuzoqlarni qoldirib ketgan.

Ukrainada qurbonlar haqida xabar tarqamagan biror kun yoʻq.

Kiyevlik ssenariynavis Artem Vakalyuk ham otasi ana shunday qurbonlardan biriga aylanganini Facebook orqali bilib qolgan.

Vakalyuk 28-aprel kuni Facebook tarmogʻida Kiyev viloyatining Makarov shahri yaqinida yuqori voltli elektr uzatish liniyasini taʼmirlash uchun ketayotgan elektriklar brigadasi minaga yoʻliqqani haqidagi xabarni oʻqib qolgan.

Suratlarni yaqinroqdan koʻzdan kechirgan Artem vayron boʻlgan mashina otasiniki ekanligini anglagan.

“Avtomobilning oʻng gʻildiragi mina ustidan yurib oʻtgan. Brigada boshligʻi voqea joyida halok boʻlgan”, dedi u.

“Haydovchi kabinadan yerga uchib tushgan. U boshi bilan qattiq urilgan, lekin omon qolgan. Ularning oʻrtasida oʻtirgan dadam kabinaga tushgan va hushini yoʻqotgan”.

“Tanasida jiddiy kuyish jarohatlari bor, ikkala oyogʻi singan, shifokorlar plastina qoʻyishmoqchi... lekin u tirik, eng muhimi shu”, deydi Vakalyuk.

Voqea Davlat favqulodda vaziyatlar xizmati tarafidan minalardan tozalangani taxmin qilingan yoʻl uchastkasida sodir boʻlgan, dedi Vakalyuk.

“Ammo ruslar qoldirgan mina tanklarga qarshi mina boʻlib chiqdi va detektorlar uni ilgʻamay qolgan, chunki ruslar uni chuqurroq koʻmib qoʻyishgan – u 60 sm chuqurlikda va plastik bilan qoplangan”, dedi Vakalyuk. “Ammo kommunal xizmatlar mashinasi tank kabi ogʻir boʻlgani uchun portlovchi moslama ishga tushgan.”

Vakalyukning soʻzlariga koʻra, bu soʻnggi bir oy ichida Rossiya minasiga duch kelgan toʻrtinchi elektriklar brigadasidir. Palatada Artyomning otasi bilan birga boshqa elektrik ham boʻlib, u ham xuddi shunday voqeani boshdan kechirgan.

Bizdagi voqelik hozir shunday. Har kuni dahshatli voqealar sodir boʻlmoqda”, deydi Ukraina sapyorlar uyushmasining ijrochi direktori Timur Pistryuga.

Rossiya qoʻshinlari tomonidan atayin oʻrnatilgan minalardan tashqari, portlamay qolgan oʻq-dorilar ham jiddiy tahdid boʻlib turibdi, dedi u.

Eng xavfli mina “POM-3” boʻlib, uni masofadan turib ishga tushirish mumkin. Rossiyaning piyodalarga qarshi yangi turdagi bu minasi yaqinlashib kelayotgan odamni aniqlash va portlovchi zaryadni havoga chiqarish uchun seysmik datchik bilan jihozlangan, dedi u.

Rossiya askarlari ularni butun front chizigʻi boʻylab oʻrnatib chiqishmoqda. Ayniqsa, ular Xarkov yaqinida juda koʻp, deb qoʻshimcha qildi u.

“Yana bir jiddiy muammo – portlamay qolgan snaryadlar”, deydi Pistryuxa. “Statistik maʼlumotlarga koʻra, ruslar Ukraina sharqida koʻpincha eski, muddati oʻtgan quroldan foydalanmoqda. Ular aslida utilizatsiya qilinishi kerak, lekin ruslar ular bilan mamlakatimizni oʻqqa tutishmoqda”.

“Yerga tushgan har ikki snaryaddan bir portlamaydi va ayniqsa fermerlar uchun katta xavf tugʻdiradi”, dedi Pistryuxa.

Tinch fuqarolarni nishonga olish

Rossiya kuchlari oʻrnatgan minalar tinch aholini oʻldirish uchun moʻljallangan, bu esa barcha xalqaro konvensiyalar boʻyicha taqiqlangan, deydi sapyorlik ishi boʻyicha yoʻriqchi, familiyasini oshkor qilmaslikni soʻragan Pavel.

Ukraina armiyasiga ixtisoslashgan yordam koʻrsatuvchi “Tirik qayt” nodavlat tashkiloti bilan ishlayotgan Pavel Kiyev viloyatidagi minalashtirilgan hududlarni tozalashda ishtirok etmoqda.

“Rossiya askarlari tinch aholini oʻldirishni qasd qilgan”, deydi u. “Ottava shartnomasi – piyodalarga qarshi minalarni taqiqlash toʻgʻrisidagi konvensiya 133 davlat, jumladan Ukraina tarafidan imzolangan”.

Konvensiyaga qoʻshilmagan Rossiya esa “bularning barini eʼtiborsiz qoldirmoqda”, dedi u. “Shu sababli Rossiyani jazolashning imkoni yoʻq”.

Pavel rossiyaliklarning makkorligi va shafqatsizligidan hayratda qolganini aytadi.

U bir kuni yuk mashinasini koʻzdan kechira turib, haydovchi oʻrindigʻi ortidagi yostiq ostiga yashirib qoʻyilgan granatani topgan.

“Bosqinchilar granata loʻkidonini yostiq bilan bostirib qoʻyishgan ekan. Kimdir uni qimirlatib yuborganida, portlab ketardi”.

Ortga chekingan Rossiya qoʻshinlari Gostomeldagi xususiy uylardan birining yertoʻlasida banka ostiga granata qoʻyib ketishgan, deb qoʻshimcha qildi u.

“Qanchadan-qancha askarlarning jasadlarini koʻzdan kechirgani bordim. Rossiya askarlari jasadlardagi zirhli nimchalar ichida granata va minalar qoldirib ketishgan”, dedi u.

Minalarni tozalashga yillar ketadi

Pavel ham, Patron ham uzoq yillar davom etishi kutilayotgan keng koʻlamli minalardan tozalash ishlarida ishtirok etmoqda.

“Ukrainalik pirotexniklar 16 ming gektardan ortiq hududni tozalashga muvaffaq boʻlishdi. 90 mingdan ortiq portlash xavfi boʻlgan buyumlar topildi va zararsizlantirildi”, dedi 3-may kuni Ukrainada boʻlib oʻtgan BMTning minalarni zararlantirish masalalari boʻyicha xizmati (UNMAS) delegatsiyasi bilan uchrashuvda ichki ishlar vaziri oʻrinbosari Meri Akopyan, deb xabar beradi mamlakat ichki ishlar vazirligi (IIV).

Biroq, 300 ming kvadrat kilometrga yaqin hudud hanuzgacha “toza” emas, dedi u Ukrainaga avval Somali, Suriya va Iroqda ishlagan tajribali mutaxassislar kerakligini taʼkidlab.

“Biz uzoq yillar davomida ulkan texnik va ekspertlar koʻmagiga muhtoj boʻlamiz”, dedi Akopyan.

Ukraina sapyorlar uyushmasining ijrochi direktori Timur Pistryuganing soʻzlariga koʻra, bir yillik urush 10 yillik minalardan tozalash jarayoni demakdir.

“Bunda ikkita omil muhim: minalardan tozalash boʻyicha hukumat tizimi va mablagʻ”, dedi u. “Mablagʻ masalasiga kelsak, hech bir davlat budjeti uni qoplay olmaydi. Buni faqat xalqaro donorlar hisobidan amalga oshirish mumkin.”

Ukrainada 1 kv.m maydonni minadan tozalashga 3-4 dollargacha ketadi va bu ishni xalqaro hamkorlar yordamisiz amalga oshirish mushkul, dedi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 7

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Ukrainadagi patron Ukraina barcha sapyorlarining elchisiga oʻxshaydi. Kelayotgan oylarda yanada koʻp foyda keltiradi deb umid qilaman.

Javob berish

Hududlarni minalardan yaxshiroq tozalash uchun rossiyalik asirlarni mina dalalaridan yurishga majburlash kerak.

Javob berish

Hududiy jihatidan Ukraina kichik davlat emas, shuning uchun hamma joyni minalardan tozalash juda mushkul. Aftidan, baxtsiz hodisalar uzoq vaqt davomida yuz berib turadi. Ular qila oladigan narsa - ortiqcha aralashmaslik va sapyorlarga yordam berish.

Javob berish

“Insonlar hayoti va salomatligi uchun jiddiy tahdidlar qoldirish Kremlning eski amaliyotidir”. Ularning qoʻlidan keladigan yagona narsa shu.

Javob berish

Eng qoʻrqinchlisi, oʻnlab yillar davomida tinch fuqarolarning minaga duch kelib portlashi bilan bogʻliq voqealar koʻp boʻladi. Ukrainaliklar uchun sayr qilish va piknik uchun oʻrmonlarga borish uzoq vaqt davomida xavfli boʻlib qoladi. Bu dahshatli, chunki minalardan tozalash qanchalik shoshilinch va sapyorlar soni qancha koʻp boʻlmasin, yanada koʻproq begunoh odamlar qurbon boʻladi.

Javob berish

Ular butun sayyorani yoʻq qilib, oʻzlaridan keyin kuyib ketgan yerni qoldirishmoqchi.

Javob berish

Orklar yer yuzida faqat orklar yashashini xohlaydi

Javob berish