Karvonsaroy
Xavfsizlik

Rossiyaning Ukrainadagi urushi tufayli KXSHTga aʼzolik masalasi soʻroq ostida qolmoqda

Kanat Altinbayev

Rossiyaning Ukrainaga bosqini fonida Kiyevda Ukraina-Rossiya doʻstligiga atab oʻrnatilgan sovet davri yodgorligi olib tashlanmoqda, 26-aprel. [Genya Savilov/AFP]

Rossiyaning Ukrainaga bosqini fonida Kiyevda Ukraina-Rossiya doʻstligiga atab oʻrnatilgan sovet davri yodgorligi olib tashlanmoqda, 26-aprel. [Genya Savilov/AFP]

OLMAOTA – Soʻnggi oylarda Rossiyaning Ukrainaga bosqini Markaziy Osiyo davlatlarining Moskva boshchiligidagi Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga (ODKB) aʼzoligi qiymatini shubha ostida qoldirgan.

Fevral oyida bosqin boshlanganidan beri Rossiya kuchlari yuzlab ukrainalik tinch fuqarolarni oʻldirishda va harbiy jinoyatlarda ayblangan, olti milliondan ortiq odam esa oʻz uyini tark etishga majbur boʻlib, qochqinga aylangan.

Moskvaning tajovuzi jahon hamjamiyatini larzaga solar ekan, dunyo mamlakatlarini ham Rossiya, ham Gʻarb bilan munosabatlarini qayta koʻrib chiqishga undagan.

Yaqindagina ikki anʼanaviy shimoliy mamlakat boʻlgan Shvetsiya va Finlandiya NATOga aʼzo boʻlish choralarni tezlashtirmoqda.

Rossiyalik harbiy xizmatchilar Moskva boshqaruvidagi harbiy ittifoq – Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga (KXSHT) aʼzo mamlakatlar bilan birga “Rubej-2021” harbiy mashgʻulotlarida ishtirok etmoqda, Qirgʻiziston poytaxti Bishkekdan 200 km uzoqlikdagi Baliqchi shahri, 2021-yil 9-sentabr. [Vyacheslav Oseledko/AFP]

Rossiyalik harbiy xizmatchilar Moskva boshqaruvidagi harbiy ittifoq – Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga (KXSHT) aʼzo mamlakatlar bilan birga “Rubej-2021” harbiy mashgʻulotlarida ishtirok etmoqda, Qirgʻiziston poytaxti Bishkekdan 200 km uzoqlikdagi Baliqchi shahri, 2021-yil 9-sentabr. [Vyacheslav Oseledko/AFP]

6-yanvar kuni Kiyevdagi Qozogʻiston elchixonasi oldida “Diktatorlikka yoʻq, birdamlikka ha!”, “Erkinlik” plakatlarini koʻtarib olgan faollar. Qozogʻistondagi namoyishchilarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan ushbu tadbirda KXSHT tinchlikparvar kuchlari kontingenti niqobi ostida Rossiyaning mamlakatdagi harbiy aralashuvini toʻxtatish talab qilingan. [Sergey Supinskiy/AFP]

6-yanvar kuni Kiyevdagi Qozogʻiston elchixonasi oldida “Diktatorlikka yoʻq, birdamlikka ha!”, “Erkinlik” plakatlarini koʻtarib olgan faollar. Qozogʻistondagi namoyishchilarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan ushbu tadbirda KXSHT tinchlikparvar kuchlari kontingenti niqobi ostida Rossiyaning mamlakatdagi harbiy aralashuvini toʻxtatish talab qilingan. [Sergey Supinskiy/AFP]

Dushanba (16-may) kuni bu ikki davlat parlamentlari NATOga aʼzo boʻlish masalasini muhokama qila boshlagan – ikki qoʻshni davlat Rossiyani tajovuzdan tiyib turish vositasi sifatida shu hafta aʼzolik uchun ariza topshirmoqchi.

Yakshanba kuni Finlandiya rasman NATOga aʼzo boʻlish niyatini eʼlon qilar ekan, Shvetsiya hukmron partiyasining aʼzolik masalasini qoʻllab-quvvatlagani qoʻshma ariza uchun yoʻl ochdi.

Bu qadam Finlyandiya uchun 75 yil, Shvetsiya uchun esa ikki asrdan koʻproq davom etgan ikki mamlakatning qoʻshilmaslik siyosatidagi keskin burilish boʻldi.

Markaziy Osiyoda esa KXSHT tarkibida qolish-qolmaslik masalasi dolzarb boʻlib turibdi.

Hafsalasi pir boʻlgan aʼzolar

ODKBga aʼzo boʻla turib, koʻplab iltimoslarga qaramay, jumladan, 1999, 2010 va 2021-yillarda Moskvadan hech qachon harbiy yordam ololmagan Qirgʻizistonda NATOga moyillik kayfiyatining keng tarqalgani ajablanarli emas.

Real yordamning yoʻqligi KXSHT Moskva uchun asosan mintaqadagi harbiy taʼsirini saqlab qolish vositasi ekanligini koʻrsatmoqda, deydi tahlilchilar.

KXSHTning kelib chiqishi 1992-yilda Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin Armaniston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Rossiya, Tojikiston va Oʻzbekiston tomonidan imzolangan Kollektiv xavfsizlik shartnomasiga borib taqaladi.

Bu davlatlar rasmiylari 10 yildan soʻng shartnomani toʻlaqonli tashkilot – KXSHTga aylantirishga kelishib olgan edilar.

2009-yilda KXSHT goʻyoki aʼzo davlatlarni xorijiy tajovuzlardan himoya qilish; xalqaro terrorizm va ekstremizm, transmilliy uyushgan jinoyatchilik va narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish, tabiiy ofatlar va boshqa favqulodda vaziyatlarga chora koʻrish uchun kollektiv favqulodda kuchlarini tuzdi.

Ammo KXSHT tashkil topganidan beri hafsalasi pir boʻlgan bir qancha aʼzolar uni tark etdi. 1993-yilda tashkilotga qoʻshilgan Ozarbayjon va Gruziya 1999-yilda, Oʻzbekiston esa 2012-yilda uning safidan chiqib ketgan.

Aprel oyida Qirgʻizistonda rasmiy Bishkek KXSHTdan chiqish va NATOga aʼzo boʻlish imkoniyatini koʻrib chiqayotgani haqida mish-mishlar tarqaldi.

Aprel oyi oxirida prezident Sadir Japarovning matbuot kotibi Erbol Sultonboyev bu gap-soʻzlarni rad etgan boʻlsa-da, aholi orasida moyillik kayfiyati saqlanib qolgan.

“Qaniydi shunday boʻlsa”, deb izoh qoldirgan Sultonboyevning Feysbukdagi obunachilaridan biri Uzakbek Bakirov postga javoban.

Kiyevda istiqomat qiluvchi daniyalik jurnalist Maykl Andersenga koʻra, KXSHTning asl maqsadi mintaqani himoya qilish emas, balki boshqa aʼzo davlatlar ustidan Rossiyaning harbiy taʼsiri va nazoratini kengaytirishdir.

“KXSHT Moskvaga strategik geosiyosiy maqsadlariga erishish uchun kerak”, deydi 20 yil davomida postsovet Rossiyasini yoritgan Andersen.

Rossiya KXSHTga aʼzo davlatlarda muntazam ravishda harbiy mashgʻulotlar oʻtkazib turadi va Markaziy Osiyoda, xususan Tojikiston va Qirgʻizistonda harbiy bazalariga ega. Ammo inqirozli vaziyatlar yuzaga kelganida, u kamdan-kam hollarda harbiy koʻmak taklif qiladi.

Ikki taraflamalik tarixi

1999-yilda Oʻzbekiston islomiy harakati (OʻIH)ning yuzlab jangarilari Afgʻoniston va Tojikiston orqali Qirgʻiziston janubiga oʻtgan va tinch fuqarolarni garovga olib, Oʻzbekistonga erkin oʻtishni talab qilganida KXSHT vaziyatga aralashmagan edi.

Qirgʻiziston KXSHTning yordamiga umid qilmay, hozirgi Botken viloyatiga qoʻshin kiritishga majbur boʻldi va ikki oy kurashib, jangarilarni magʻlub etdi.

2014-yilda Jenevadagi xavfsizlik sektorini demokratik boshqarish markazi (DCAF) olib borgan tadqiqotda xulosa qilinishicha, Qirgʻizistonning Botken voqealaridan olgan saboqlari “qoʻshni davlatlar va kollektiv xavfsizlik tizimidagi (bugungi KXShT) hamkorlarning harbiy yordamiga tayanmaslik kerakligini koʻrsatgan.”

“Hamkor-davlatlardan tashqarida qoʻshma harbiy harakatlar va milliy qurolli kuchlarning ishtiroki toʻgʻrisida qaror qabul qilishning bayonoti va huquqiy tartibi ishlab chiqilmagani nuqtai nazaridan kollektiv xavfsizlik mexanizmi ishlamasligi mumkin”, deyiladi unda.

“Qirgʻiziston qurolli toʻdalar va xalqaro terrorchilik guruhlariga qarshi turish masalasi bilan toʻqnashishga tayyor turishi lozim”, deb qoʻshimcha qilinadi tadqiqotda.

Qirgʻiziston buni oʻzining achchiq tajribasida bir necha bor boshdan oʻtkazgan.

KXSHT 2010-yilda Qirgʻiziston janubida qirgʻizlar va etnik oʻzbeklar oʻrtasidagi toʻqnashuvlarda ham bir chekkkada turgan.

Qirgʻizistondagi hodisalar mamlakatning ichki ishlari boʻlib, ittifoqning aralashuvi shartlariga mos kelmasligini aytgan Moskva Qirgʻiziston hukumatining mamlakatni barqarorlashtirishga koʻmak berish borasidagi iltimosini rad etgan.

2021-yil aprel oyida KXSHTga aʼzo Qirgʻiziston va Tojikiston chegarasidagi bahsli hududda suv taqsimlash punkti masalasida toʻqnashuvlar yuzaga kelar ekan, tashkilot aʼzo mamlakatlar oʻrtasidagi nizoni qanday hal qilishi borasida anglashilmovchilik paydo boʻlgan edi.

Oʻshanda Moskva KXSHT koordinatori sifatida Bishkek va Dushanbeni “bunday vaziyatlar yana qaytarilmasligi uchun samarali choralar koʻrishga” chaqirish bilan cheklangan edi.

Keyinchalik ikki mamlakat oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib olganlar.

2021-yil may oyidagi parlament majlisida qirgʻizistonlik deputatlar KXSHTni jiddiy tanqid ostiga olib, u “Qirgʻiziston va Tojikiston oʻrtasidagi qurolli nizoga hech qanday munosabat bildirmaganini” aytganlar.

Deputatlardan biri, Aybek Osmonov Qirgʻizistonni KXSHTni tark etishga chaqirgan.

“Bir mamlakat ikkinchisiga ochiqdan-ochiq hujum qilganida KXSHT bunga umuman ahamiyat bermadi. Nimaga KXSHTga aʼzo boʻlganmiz oʻzi?”, deb savol bergan qirgʻizistonlik deputat Aybek Osmonov.

“Tashkilot shu darajada adolatsiz harakat qilar ekan, biz uning tarkibida boʻlmasligimiz kerak degan fikrdaman”, deb qoʻshimcha qilgan u.

Moskvaning “himmati”

KXSHT askarlarini joylashtirsa ham, bu ishdan Rossiyaning manfaati koʻzlanadi.

2002-yili tashkil topgan KXSHT ittifoq sifatida faqat bir marta, shu yilning yanvar oyida Qozogʻistonga tinchlikparvar kuchlar yuborgan.

Hukumatga qarshi qurolli guruhlar va xavfsizlik kuchlari oʻrtasidagi toʻqnashuv hamda eng yirik shahar boʻlmish Olmaota talonchilik toʻlqinidan larzaga kelishi ortidan mamlakatga Rossiya yetakchiligidagi 2000 dan ortiq KXSHT askarlari missiyasi yuborilgan.

Bir necha kun davomida ularning safiga KXSHTga aʼzo boshqa davlatlar – Belarus, Tojikiston, Armaniston va keyinroq Qirgʻizistondan ham askarlar kelib qoʻshilgan.

Qozogʻiston ham, Rossiya ham oʻnlab odamlar oʻlimi va deyarli 10 ming kishining qamoqqa olinishiga sabab boʻlgan hodisani xorijiy “terrorchilarning” hukumatni agʻdarishga urinishi deb baholab, bunga deyarli hech qanday dalil keltirmagan.

Zoʻravonlik bilan amalga oshirilgan bostirishlar Qozogʻiston yetakchilari va elitasining “belaruslashuviga” olib kelishi mumkin, degan edi oʻzbekistonlik siyosiy tahlilchi Rafayel Sattorov Belarusning Rossiya prezidenti Vladimir Putin xohish-istaklariga sodiqligini nazarda tutib.

2020-yilda Belarusda prezident saylovlarning soxtalashtirilganiga qarshi namoyishlar chogʻida Kreml Aleksandr Lukashenko rejimini qoʻllab-quvvatlagan edi.

Ammo Moskvaning bunday “himmati” koʻp hollarda qimmatga tushadi.

Kreml endi davlat toʻntarishiga yoʻl qoʻymagani evaziga Qozogʻistonga bir qancha talablar qoʻyishi mumkin, degan edi Sattorov.

“Kreml uchun mintaqadagi boshqa davlatlar ham imkon qadar tezroq xulosa chiqarishi va yangi sharoitlarga tayyor boʻlishi juda muhim”, degan u.

Qozogʻistonga xorijiy armiya boʻlinmasining joylashtirilishi mamlakat suverenitetiga xavf soladi, deydi Vashingtondagi Milliy mudofaa universiteti professori Erika Marat.

“Qozogʻistondagi KXSHT askarlari Rossiyaning Nur-Sulton rejimi ustidan taʼsiri va nazorati ramzi boʻlib qoldi, bu esa Moskva uchun manfaatli”, deb aytgan u.

Rossiyaning ulugʻlik “afsonasi”

Ukrainadagi urush uchinchi oy davom etar ekan, sobiq Sovet davlatlarining aksariyati Rossiyaning “ulugʻligidan” tobora koʻproq xavfsiramoqda.

Ikkinchi jahon urushida Moskvaning natsizm ustidan gʻalabasiga bagʻishlangan 9-may kungi bayram tadbirlari bu kayfiyatni yanada kuchaytirgan.

Yillar davomida Qizil maydondagi parad Rossiya armiyasi yengilmas ekani haqidagi gʻoyani ilgari surib kelgan, deydi Olmaota viloyati garnizonining nafaqadagi zobiti Dauren Ospanov.

“Haqiqiy janglar esa buning afsonadan boshqa narsa emasligini koʻrsatdi”, deb aytgan u.

Rossiya armiyasi Ukrainada butkul sharmanda boʻldi, deydi Kiyevdagi diniyalik jurnalist Maykl Andersen.

“U haqiqiy armiya emas. Ular bir toʻda qotillar, oʻgʻrilar va zoʻravonlar”, deb aytgan u.

Bu yilgi urush sababli Markaziy Osiyo mamlakatlari Putinning Ukrainadagi urush bilan Rossiya “Ona vatanni” himoya qilmoqda, degan daʼvosini qoʻllab-quvvatlamadilar.

Oʻzbekiston Rossiyaning Ukrainaga bosqiniga qarshi oʻlaroq, odatda Gʻalaba kunini nishonlashda qoʻllaniladigan belgilarni taqiqlagan.

Qozogʻiston Nur-Sultonda har yili oʻtkaziladigan Gʻalaba kuni paradini bekor qilgan boʻlsa, Qirgʻiziston davlat milliy xavfsizlik qoʻmitasi (GKNB) fuqarolarni Rossiya hujumini qoʻllab-quvvatlovchi “Z” belgisini qoʻllamaslik haqida ogohlantirgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 16

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Afsuski, Qirgʻiziston rahbariyati avvalgi prezidentlarni xatolarni qayta-qayta takrorlamoqda! Atambayev Kremlning nogʻorasiga oʻynab, AQSHning harbiy bazasini yopishga urindi. Japarov butun ilgʻor qirgʻiz jamiyatining salbiy qarashini sezmay, Kremlga yuzlanmoqda!!! Kreml KXSHTni oʻzining fashistik rejasiga “tortishga” urinmoqda. Agar shunday boʻlsa, xalq Japarovni agʻdarib tashlaydi! Ukrainaga shon-sharaflar!!! Ukraina bor edi, Ukraina bor, Ukraina bundan keyin ham boʻladi!!!

Javob berish

Ukrainaga tajovuzkor va qotil davlat (Rossiya) ustidan mutloq Gʻalaba tilaymiz!!!! Ukrainaga shon-sharaflar! Himoyachilarga shon-sharaflar!!!

Javob berish

“Rossiya armiyasi Ukrainada butunlay sharmanda boʻldi”, deydi daniyalik jurnalist Andersen. Bu, albatta, ajoyib, lekin Yevropa Ittifoqi bechora Ukrainaga qachon normal yordam bera oladi? Buyuk Britaniya nima uchun ketgani ajablanarli emas, endi ular va Qoʻshma Shtatlar Ukrainaga toʻliq yordam berishmoqda, Evropa Ittifoqi esa [harakat qilmay] faqat choralarni koʻrib chiqmoqda.

Javob berish

Ular gaz shartnomalaridan qancha pul yoʻqotishlarinigina hisoblashyapti, lekin Rossiyani sharmanda qilib boʻlmaydi; Nimalar deyapsiz, ular shunchalik qoʻrqib-qaltirayaptilar, chunki “buyuk va qudratli”ni ranjitib qoʻyish mumkin.

Javob berish

Keyin “rus dunyosi” tarafdorlari nega butun dunyoda hamma ularni shunchalik yomon koʻrishini va ularning boshqa xalqlar bilan buyuk doʻstlik yodgorliklarini buzishini tushuna olmay yurishadi. Bunday doʻstlar bilan dushmanning ham keragi yoʻq.

Javob berish

KXSHT va Bojxona ittifoqi allaqachon parchalanib bormoqda.

Javob berish

Kreml bir paytlar hamkor boʻlgan, lekin hozir ikkilanib turgan va siyosiy-iqtisodiy jihatdan bunday qilish manfaatli emasligini tushunayotgan davlatlardan koʻproq vaʼdalar va alohida munosabat talab qila boshlaydi.

Javob berish

Koʻpgina sheriklardan voz kechib, iqtisodiy va siyosiy aloqalarni uzib, Rossiya, albatta, iqtisodiy va siyosiy imkoniyatlarini sezilarli darajada qisqartirdi. Bu nima maqsadda boshlangani hali ham tushunarsiz.

Javob berish

Ha, toʻgʻri hatto KXSHT ustidan Gʻarb ham kuladi, ular uni ikkita ushanka qalpogʻi, uchta doʻppi va bir toʻda qoʻy deb atashadi. Aqlli odamlar toʻgʻri xulosa chiqaradi.

Javob berish

Bunday porox bochkasida oʻtirgandan koʻra, oqil va harakatlarini oldindar bashorat qilsa boʻladigan hamkorlar bilan alьyans tuzish va hamkorlik qilish yaxshi.

Javob berish

Koʻrinib turibdiki Rossiya Ukrainadan oʻzini himoya qila olmas ekan. Yaqinda urush Rossiyaning hududiga oʻtadi.

Javob berish

KXSHT – chalajon idora

Javob berish

Ukrainaliklar oʻz hududidan ularni quvib chiqarganidan va yana Rossiyaning bir nechta viloyatini qoʻlga olganidan keyin bu “ulugʻlikni” koʻramiz. Boshidan shunday rejalashtirilgan edi degan oqlashlarni kutib qolaman.

Javob berish

“Haqiqiy jang buning afsonadan boshqasi emasligini koʻrsatdi...” Albatta bu afsona. Rossiya faqat tashviqot qila olganini tarixda koʻrish mumkin. Boshqa narsa qoʻlidan kelmaydi.

Javob berish

Bu tashkilotning umuman bemantiq ekanligini tushunish uchun “Rossiya yetakchiligidagi KXSHT” jumlasining oʻzi yetarli. Rossiya yetakchilik qilgan va muvaffaqiyatsizlikka uchramagan biror narsani eslashga harakat qilyapman va hech nima yodimga kelmayapti.

Javob berish

KXSHT aʼzolari faqat bir-birini ayblaydigan oʻlik tashkilot. Ular Qozogʻistonda uch kunni inshootlarni qoʻriqlashdan boshqa hech nima qilmay oʻtkazishdi. Befoyda tashkilot.

Javob berish