Karvonsaroy
Inson huquqlari

Rossiyaning “filtrlash lagerlari” natsistlar gettolarini eslatmoqda

Olga Chepil

Ukrainaning Mariupol port shahrida yoʻl boʻyidagi vayronaga aylangan uy oldida suratga tushgan rossiyalik xizmatchi, 18-may. Mariupolliklarga koʻra, ularning qarindoshlari uylaridan majburan olib chiqib ketilgan va Rossiyaga deportatsiya qilingan. [Olga Maltseva/AFP]

Ukrainaning Mariupol port shahrida yoʻl boʻyidagi vayronaga aylangan uy oldida suratga tushgan rossiyalik xizmatchi, 18-may. Mariupolliklarga koʻra, ularning qarindoshlari uylaridan majburan olib chiqib ketilgan va Rossiyaga deportatsiya qilingan. [Olga Maltseva/AFP]

KIYEV – Rossiyaning ukrainalik fuqarolarni “filtrlash lagerlarida” shafqatsiz soʻroqqa tutishi natsistlar Germaniyasining gettolari va konsentratsion lagerlarini yodga solmoqda, deydi uylaridan majburan olib ketilgan va qochib ketgan ukrainaliklar.

12-may kuni Qoʻshma Shtatlar Moskvaning bosqinga qarshilik qilgan bir necha oʻn ming ukrainalikni Rossiya nazorati ostidagi hududga majburan olib ketishda aybladi.

Lagerlarda “shafqatsiz soʻroqlar” olib borilgani haqida guvohlarning koʻrsatmalari bor, deydi Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YXHT) amerikalik elchisi Maykl Karpenter.

Urush jinoyatiga tenglashtirish mumkin boʻlgan bunday shafqatsiz va majburiy koʻchirishlar hozir ham davom etmoqda”, deb aytgan Karpenter Venadagi tashkilotga.

Chapda: Mariupolda fevral oyida urush boshlanishidan avval oʻz uyi joylashgan koʻp qavatli bino oldida suratga tushgan Valeriya Chernish. Oʻngda: aprel oyida bino bombardimon qilingan. [Chernishning shaxsiy arxivi]

Chapda: Mariupolda fevral oyida urush boshlanishidan avval oʻz uyi joylashgan koʻp qavatli bino oldida suratga tushgan Valeriya Chernish. Oʻngda: aprel oyida bino bombardimon qilingan. [Chernishning shaxsiy arxivi]

“Bu yovuzlikning davom etishiga yoʻl qoʻymasligimiz kerak.”

“Qoʻshma Shtatlar Rossiyaning qurolli kuchlari bu “filtrlash lagerlarida” soʻroq qilish uchun bir necha ming ukrainalikni olib ketgani va yana bir necha oʻn minglab fuqarolarni Rossiya yoki uning nazorati ostidagi hududga evakuatsiya qilgani haqida maʼlumotga ega, aksar holatlarda evakuatsiya qilinganlarga yakuniy manzil haqida xabar berilmagan”, deydi u.

Karpenterning daʼvolarini Ukraina hukumati tasdiqlagan, unga koʻra 1,2 million ukrainaliklar Rossiya yoki uning nazorati ostidagi hududlarga deportatsiya qilingan.

Kiyev Moskva tomonidan qoʻlga tushganlarni soʻroq qilish bilan shugʻullanuvchi “filtrlash lagerlarini” qoraladi.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning Rossiya hujum boshlaganidan olti hafta oʻtib – aprel oyi boshlarida bergan maʼlumotiga koʻra, Rossiya minglab ukrainaliklarni oʻz hududiga olib ketgan.

Bu raqamlar 1,18 millionga yetgan, ular orasida 200 ming nafar yosh bola ham bor, deb xabar beradi Ukrainaning inson huquqlari boʻyicha ombudsmani Lyudmila Denisova 9-may kuni.

Rossiyaliklar faqatgina Rossiya kuydirilgan yer kampaniyasida yakson qilgan Mariupolning oʻzidan minglab odamlarni olib ketgan, deb aytgan Karpenter.

Guvohlardan biriga koʻra, Ukraina sharqida joylashgan rossiyaparast ayirmachilar nazoratidagi “Donetsk shahriga olib ketilishdan hamma qoʻrqardi”, deb aytgan Karpenter.

Agar biror shaxs “ukrainalik natsist” (Rossiya prezidenti Vladimir Putinning sevimli epiteti) ekanlikda ayblansa, rossiyaliklar uni Donetskka “qoʻshimcha soʻrovlar yoki qatl qilish” uchun olib ketishgan, deb aytgan u omon qolganlardan birining soʻzlaridan iqtibos keltirib.

“Otishmalar vaqtida rossiyaliklar odamlar bombalardan yashiringan uylarga va yertoʻlalarga kirishgan”, deb aytgan Ukraina telekanali muharriri, mariupollik Marina familiyasini ochiqlamaslikni soʻrab.

“Rossiyaliklar ularni qayerga olib ketayotganliklarini aytmay avtobusga chiqarishgan”, deb aytgan u. “Hali ham ayrim doʻstlarim va qarindoshlarim bilan bogʻlana olmayapman.”

Unga koʻra, avtobuslar Rossiyaga ketgan.

Marinaning bir nechta qarindoshi Rossiyaning Lipetsk, Kaluga va Leningrad viloyatlariga hech qanday rasmiy hujjatlarsiz olib ketilgan, ular qachon va qanday qilib uyga qaytishini bilmaydi.

21-asr konslagerlari

Rossiyaning “filtrlash markazlari” ishgʻol qilingan Donetsk va Lugansk viloyatlaridagi maktablar, oʻrta maxsus bilib yurtlarida, axloq tuzatish muassasalarida va boshqa obyektlarda joylashgan, deydi 19 yashar raqs oʻqituvchisi, mariupollik Valeriya Chernish.

Chernish, uning ukasi va ota-onasi Ukraina nazoratidagi hududga qochib oʻtguniga qadar, ularni “filtrlash” jarayonidan oʻtkazish uchun Donetsk viloyatidagi Nikolsk qishlogʻiga olib ketishgan edi.

“Filtrlash jarayoni rossiyalik FSB (Federal xavfsizlik xizmati) xodimlari tomonidan olib boriladi”, deb aytgan u. “Ular Putinga munosabatingizni soʻraydi. Koʻz toʻrpardasini suratga olishadi va barmoq izlarini olishadi... Filtrlash jarayoni olti soat davom etadi.”

“Filtrlashdan” keyin rossiyaliklar ukrainaliklarni uch guruhga: Rossiya rejimini qoʻllab-quvvatlovchilar, hech qanday pozitsiya ega boʻlmaganlar va Rossiya rejimini qoʻllab-quvvatlamaydiganlarga boʻlishadi, deb aytgan Chernish.

“Ular olib ketiladi va soʻroqqa tutiladi, undan keyin ularga nima boʻlishin nomaʼlum”, deb aytgan u. “Filtrlash jarayonidan oʻtganlarga esa Rossiyaga ketish yoki Mariupolda harakatlanish uchun hujjat yoki guvohnoma beriladi.”

“Vaqtincha saqlash punktiga yetib kelganimizda, bu guvohnomalarni olish uchun yerda kutib yotgan yuzlab odamlarni koʻrdik. Ularni minglab rossiyalik askarlar qoʻriqlardi”, deb aytgan Chernish.

“Bu menga getto va natsistlarni eslatib yubordi. Biz 21-asrda goʻyoki shuni boshdan kechirayotgandekmiz.”

Filtrlash jarayonidan oʻtgan 10 foiz ukrainaliklar, asosan erkaklar axloq tuzatish muassasalariga tushadi, deb aytgan Mariupol meri maslahatchisi Petro Andryushchenko. Qolganlar guvohnoma bilan Mariupolda qoladi yoki Rossiyaga olib ketiladi.

“Mariupol yaqinidagi filtratsiya lagerlarida saralashdan oʻtmagan va “ishonchsiz” deb topilganlar Donetsk viloyati, Olenevka qishlogʻidagi 52-sonli sobiq axloq tuzatish muassasasiga yoki Donetskdagi mashhur “Izolyatsiya” qamoqxonasiga joʻnatilmoqda”, deb yozgan u Telegramda 11-may kuni.

Hibsga olinganlar orasida askarlarning qarindoshlari, sobiq huquq-tartibot idoralari xodimlari, faollar, jurnalistlar va vatanparvarlik ruhidagi tatuirovkasi tufayli shubha uygʻotgan shaxslar bor, dedi u.

Rossiyalar ularning koʻpchiligini qattiq soʻroq qilmoqda, koʻplari esa shunchaki gʻoyib boʻlyapti, deb qoʻshimcha qildi u.

“Aytish mumkinki, bu Rossiya tarafidan Yevropaning qoq markazida yaratilgan haqiqiy 21-asr konslageridir”, dedi Andryushchenko.

Pasportni olib qoʻyish va surgun

Ukrainadan majburan chiqarib yuborilganlarning uyga qaytishi mushkul, deydi tahlilchilar.

Oʻz mamlakatidan majburan chiqarib yuborilgan ukrainaliklarga huquqiy yordam koʻrsatayotgan ZMINA inson huquqlari markazining advokatlik boʻyicha menejeri Alyona Lunevaning soʻzlariga koʻra, eng katta muammo shundaki, ruslar ukrainaliklarni Rossiyaga olib kelgach, ularning pasportlarini olib qoʻyishadi.

“Mariupol, Izyum va Chernigov viloyatidan kimnidir olib chiqish urush jinoyatidir”, dedi u. “Ruslar shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni aldov yoʻli bilan olib qoʻyishmoqda”.

“Masalan, ular ukrainaliklarga yo boshpana yoki immigrant maqomini taklif qilishadi, keyin esa goʻyoki shu maqsadda pasportlarini olib qoʻyishadi”, dedi Luneva. “Keyin ularga suratli maʼlumotnoma berishadi, tamom... Rossiyaga olib ketishadi va ular endi hech qayerga keta olmaydilar.”

“Nima qilib boʻlsa ham, ularning shaxsini va Ukrainaga qaytish yoki Rossiyani tark etish talabida ekanini aniqlashimiz kerak”, deydi u. “Ular vaqtinchalik saqlash markazlarida boʻlib, pul, aloqalar, hujjatlar yoki istiqbollarga ega emas.”

“Biz Qrimdagi markazlarda boʻlib turgan 33 ming kishini bilamiz va ular qandaydir yoʻl bilan oʻsha markazlardagi koʻngillilar orqali biz bilan bogʻlanishga harakat qilmoqda”, dedi Luneva.

Bolalarga qarshi jinoyatlar

Noqonuniy ravishda chiqarib yuborilgan ukrainaliklar orasidagi bolalar alohida xavotirga sabab boʻlmoqda.

Aksar bolalar Rossiyaga majburan deportatsiya qilingan yoki Rossiya tomonidan bosib olingan hududlarga – Donetsk Xalq Respublikasi va Lugansk Xalq Respublikasiga qarindoshlari bilan birga majburan olib oʻtilgan, dedi Zelenskiyning bola huquqlari va bolalar reabilitatsiyasi boʻyicha maslahatchisi Darya Gerasimchuk.

Moskvaning noqonuniy olib ketilgan bolalar orasidagi yetimlarga nisbatan oʻz rejasi bor, dedi u.

“Rossiyaliklar ukrainalik bolalarni asrab olishi uchun Rossiya farzand asrab olish toʻgʻrisidagi qonunlarni soddalashtirishga tayyorlanmoqda”, dedi u.

“Bu bolalar noqonuniy ravishda deportatsiya qilingani aniq, bu Jeneva konvensiyasi tomonidan taqiqlangan. Farzandlikka olishni soddalashtirish toʻgʻrisidagi qonun esa Rossiya tomonidan ukrainalik bolalarga nisbatan sodir etiladigan jinoyatlar sonini yanada oshiradi”, dedi Gerasimchuk.

“Biz bu jarayonga yoʻl qoʻymaslik uchun barcha tashkilotlarga murojaat qilyapmiz”, dedi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 3

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Odamlar xohlaydimi yoki yoʻq u yerda yashashga majbur. Ular ketish taqiqlangan, u yerda juda koʻp xabarlar kelmoqda. Ikkinchi jahon urushidan bitta farqi, ular gaz kameralarini ishlatishmayapti. Bu dahshatli, hamma narsa shunday qaytarilar ekan tarixni oʻrganishdan nima foyda?

Javob berish

“Biz bu jarayonga yoʻl qoʻymaslik uchun barcha tashkilotlarga murojaat qilyapmiz”, dedi u.

Javob berish

Gitlerga ham konslagerlar qurishni Rossiya oʻrgatgan.

Javob berish