Karvonsaroy
Inson huquqlari

Ukrainaliklarning majburan koʻchirilishi Sovet davriga oid vahshiyliklarni eslatmoqda

Olga Chepil

Qrimlik tatar ayol Elmira Halimova 1944-yilda Qrimdan deportatsiya qilingan ota-onasining suratlarini koʻrsatmoqda. Ujgorod, Ukraina, 13-may. [Akim Halimov/Karvonsaroy]

Qrimlik tatar ayol Elmira Halimova 1944-yilda Qrimdan deportatsiya qilingan ota-onasining suratlarini koʻrsatmoqda. Ujgorod, Ukraina, 13-may. [Akim Halimov/Karvonsaroy]

KIYEV – Rossiya tarafidan ukrainaliklarning ommaviy oʻgʻirlanishi va boshqa joyga koʻchirilishi ota-bobolari Sovet zulmidan jabr koʻrgan Markaziy Osiyodagi koʻpchilikning gʻazabini keltirib, ogʻriqli xotiralarni paydo qilmoqda.

Rossiya 24-fevral kuni Ukrainaga bostirib kirdi, oʻshandan beri mamlakat ichida sakkiz milliondan ortiq odam uy-joyini tark etdi, olti milliondan ortiq qochqin esa chegarani kesib oʻtdi.

Bosqinchi kuchlar katta muvaffaqiyatga erisha olmasa-da, ayrim hududlar, jumladan Xerson va Mariupol shaharlarini egallab olib, mahalliy aholini qoʻrquvga solgan.

Ortga chekinishdan avval, Rossiya kuchlari Kiyev yaqinidagi Irpen va Bucha shaharlarida yuzlab tinch aholini oʻldirgan. Ular oʻz nazoratidagi hududlarda nimalar qilayotgani tashqaridagilar uchun nomaʼlumligicha qolmoqda.

1944-yilda Sovet rejimi tarafidan Qrimdan deportatsiya qilingan Elmira Halimova ota-onasining arxiv fotosurati. [Akim Halimov/Karvonsaroy]

1944-yilda Sovet rejimi tarafidan Qrimdan deportatsiya qilingan Elmira Halimova ota-onasining arxiv fotosurati. [Akim Halimov/Karvonsaroy]

Guvohlarning soʻzlariga koʻra, tinch fuqarolarni qatl qilish va zoʻrlashdan tashqari, Rossiya qoʻshinlari minglab ukrainaliklarni Rossiyaga yoki Ukrainaning Rossiya nazoratidagi boshqa hududlariga olib ketmoqda.

Ukraina hukumati hisob-kitoblariga koʻra, Rossiya yoki uning nazoratidagi hududlarga 1,2 millionga yaqin ukrainalik deportatsiya qilingan.

Harbiy jinoyatga tenglashtirish mumkin boʻlgan bunday shafqatsiz va majburiy koʻchirishlar hozir ham davom etmoqda”, deb aytgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotidagi (YXHT) AQSH elchisi Maykl Karpenter 12-may kuni Venada.

Stalincha qonunbuzarliklar

Tarixchilarga koʻra, Rossiya prezidenti Vladimir Putin Iosif Stalinning butun Sovet Ittifoqi, jumladan Markaziy Osiyoni jarohatlagan paranoidal va jazolovchi siyosatini tiriltirmoqda.

Yuz berayotgan voqealar Stalin qatagʻonlari va SSSRdagi xalqlarni (etnik ozchiliklarni) majburan koʻchirish jarayonini eslatadi, deydi 1917-1921-yillardagi Ukraina inqilobi muzeyi direktori, tarixchi Aleksandr Kucheruk.

Stalin Ikkinchi jahon urushi vaqtida va undan oldin koʻp sonli etnik polyaklar, nemislar, koreyslar va qrim-tatarlarni ularga ishonmagani sababli eski va odamlar bilan liq toʻla poyezdlarda Rossiyaning Yevropa qismi va sovetlarning Uzoq Sharqidan Oʻrta Osiyoga surgun qilgan.

Parij Siyosiy tadqiqotlar instituti tomonidan yuritiladigan tarixiy saytga koʻra, odamlarni kuch ishlatib koʻchirishgani sababli ayrim etnik guruhlar orasida oʻlim darajasi 50 foizga yetgan.

“Stalin butun boshli xalqlarga nisbatan vasvasali daʼvolarni ilgari surdi. Ular sotqinlar deb eʼlon qilinib, boshqa joyga koʻchirildi”, deydi Kucheruk.

“Qrim-tatarlar tunda olib ketildi, bolgarlar deportatsiya qilindi, shuningdek, chechenlar kabi Kavkaz xalqlari ham majburan boshqa joylarga koʻchirildi”, deydi u.

“Rossiya doim deportatsiya bilan shugʻullanib kelgan. Bu mustamlakachilarning amaliyoti. Egallab olgan hududlarda hukmronlik qilish uchun ular aholini aralashtirib yuborishi kerak, ularga faqat rus dunyosi bilan rus tili boʻlishi kerak”, deydi Kucheruk.

Takrorlangan genotsid

Qrim-tatar oilalaridan birining ikki avlodi ularni taʼqib qilayotgan rus qoʻshinlarining nafratiga duchor boʻlgan.

1944-yil may oyida Sovet kuchlari tarafidan Qrim yarim orolidan Oʻzbekistonga, Volgaboʻyi va Sibirga majburan olib chiqib ketilgan Qrim tatarlari soni 190 mingga yaqin edi.

Parij Siyosiy tadqiqotlar instituti maʼlumotlariga koʻra, majburiy koʻchirish va surgunning birinchi yarim yilligi davomida ular orasida oʻlim darajasi 20% dan 46,2% ga yetgan.

“Bunday qatliom Ukrainada yana takrorlanayotgan dahshatli”, deb aytgan Oʻzbekistonning Olmaliq shahrida tugʻilgan qrimlik tatar Elmira Halimova. Uning otasi oʻz vaqtida Qrimdan shu yerga deportatsiya qilingan.

Hozir Halimova va uning turmush oʻrtogʻi rossiyalik askarlardan omon qolish uchun oʻzlari yashayotgan Irpendan Ukraina gʻarbiga qochmoqda.

“Otam va uning oilasi Qrimda yashagan. Bir kuni u 11 yasharligida sayr qilish uchun oʻrmonga ketib, uyga qaytib kelganida u yerda hech kimni topa olmagan. Uning oilasi Oʻzbekistonga deportatsiya qilingan.”

“Narsalarni yigʻishtirish uchun ularga 20 daqiqa berishgan. Keyinchalik uning oʻzi ham deportatsiya qilingan va oʻz ota-onasini begona yurtda ikki yil izlagan”, dedi Halimova.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 4

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Qoʻrqinchlisi koʻchgan yosh bolalarning ham miyalari zaharlanishi mumkin va hamma ham bunga bardosh bera olmaydi. Katta yoshlilar esa qamoqqa olinishi yoki undan yomoni boʻlishidan qoʻrqib hech nima deyishmaydi.

Javob berish

Sovetlarning usullari. Ukrainada allaqachon bunday boʻlayotgan edi, qoʻshimchasiga boshqa odamlarning uylariga kirib olib omon qolganlar orasida yashash uchun odamlarning odobi qanday boʻlishi kerak.

Javob berish

Ruslar butun boshli xalqlarni deportatsiya qilish niqobi ostida genotsidni amalga oshirgan.

Javob berish

Mavzu juda qiziqarli va ayniqsa hozirgi davrimiz uchun dolzarbdir. Deportatsiya – etnik guruhlar yoki umuman odamlarni majburiy koʻchirish sifatida ikki yoqlama jihatga ega: birinchidan, mahalliy aholini majburan koʻchirish, ikkinchidan, “tozalangan hududga” boshqa odamlar kelib yashashi. Koʻchib kelgan boshqa odamlar kim? Ular oʻz xohishi bilan kelganmi, bu qanday yuz bergan va hozir qanday boʻlmoqda? Birovning uyiga oʻrnashib, “ildiz” qoʻygan odamlarning ijtimoiy psixologiyasi qanday...

Javob berish