Karvonsaroy
Terrorizm

Germaniya tojikistonlik ID aʼzolarini suiqasd uyushtirishda ayblab qamoq jazosiga hukm qildi

Karvonsaroy va AFP

15-aprel kuni Karlsruye shahridagi Germaniya Federal Oliy sudi hududidan chiqib kelayotgan politsiya avtomashinasi. Germaniya politsiyasi “Islom davlati” (ID) terrorchilik guruhiga aloqadorlikda gumon qilingan besh tojikistonlikni hibsga oldi. Besh kishidan toʻrtovi 31-may kuni qamoq jazosiga hukm qilingan. Beshinchi shaxs 2021-yil yanvarda aybdor deb topildi va qamoqqa hukm qilindi.[Tomas Lones/AFP]

15-aprel kuni Karlsruye shahridagi Germaniya Federal Oliy sudi hududidan chiqib kelayotgan politsiya avtomashinasi. Germaniya politsiyasi “Islom davlati” (ID) terrorchilik guruhiga aloqadorlikda gumon qilingan besh tojikistonlikni hibsga oldi. Besh kishidan toʻrtovi 31-may kuni qamoq jazosiga hukm qilingan. Beshinchi shaxs 2021-yil yanvarda aybdor deb topildi va qamoqqa hukm qilindi.[Tomas Lones/AFP]

BERLIN, Germaniya – Afgʻoniston bilan aloqador besh nafar tojikistonlik “Islom davlati” (ID) bilan bogʻliq faoliyati uchun Germaniyada qamoqqa hukm qilingan.

Seshanba (31-mart) kuni Germaniya sudi mamlakat ichida va xorijda hujumlar rejalagan ID guruhiga aʼzo besh nafar erkakni qoʻlga olgan.

Bu erkaklar 2019-yildan beri ularga radikal gʻoyalarni singdirgan Afgʻonistondagi ID yetakchisi bilan aloqada boʻlishgan.

IDning Xuroson boʻlinmasi aprel va may oylarida Oʻzbekiston va Tojikistonni Afgʻonistondan turib oʻqqa tutganini daʼvo qilgan edi.

Germaniya va Albaniyada rejalangan hujumlar

Germaniya politsiyasi 2020-yil aprel oyida ularning toʻrt nafarini qoʻlga olgan. Xuddi shu oyda Albaniya politsiyasi ularning beshinchisi – Komron B.ni hibsga olgan va shu yilning iyun oyidayoq Germaniyaga ekstraditsiya qilgan.

25-34 yoshdagi erkaklar uch yilu sakkiz oydan 9 yarim yilgacha qamoq jazosiga hukm qilingan, deb xabar beradi Dyusseldorfdagi sud.

Ular 2017-yil aprel oyida Stokgolmda yuk mashinasi bilan hujum uyushtirgan tojikistonlik jinoyatchi, shuningdek 2020-yilning noyabr oyida Venada toʻrt kishini otib oʻldirgan Makedoniya va Avstriya fuqarosi kirgan doiralarga aʼzo boʻlishgan.

Germaniyaning Noys shahrida islom dinini tanqid qilgan YouTube-blogerini otib oʻldirishni rejalagani uchun 26 yashar Sunnatullo K.ga eng uzoq muddatli qamoq jazosi tayinlangan.

Tergovchilar bu suiqasdning oldini olganlar, deb xabar bergan sud.

33 yashar Farhodshohga esa Albaniyada yollanma qotillikni rejalashtirgani uchun sakkiz yarim yil jazo muddati tayinlangan.

Sudga koʻra, jinoyatchilar “kuzatuv chogʻida nishonning shaxsiga shubha qilishgani” sababli jinoyat sodir etilmagan.

34 yashar Muhammadali G. 29 yashar Azizjon B. va 25 yoshli Komron B. terrorchilik tashkilotidagi ishtiroki uchun jazolangan.

Ular “radikal qarashlari bilan” ID uchun “jihod” qilmoqchi boʻlganlar, deb maʼlum qilgan sud.

Ularning beshovi ham Germaniyaga qochoq boʻlib kelgan.

Soʻnggi yillarda IDga aloqador terrorchilar bir nechta qonli hujumlarni amalga oshirganlar, 2016-yil dekabrda 12 kishining oʻlimiga sabab boʻlgan Berlindagi rojdestvo yarmarkasida odamlar ustiga mashina haydash holati ularning eng dahshatlisi boʻlgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 3

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Yaxshiyamki odamlar xavfsizligini oldindan taʼminlash va shunga oʻxshagan jinoyatchilarni qoʻlga olishga yordam beradigan texnologiyalar bor. Ammo butun dunyo boʻylab “Islom davlati” haqida tobora koʻproq xabarlar paydo boʻlayotgani xavotirli.

Javob berish

Qochqinlar iqtisod uchun doim muammoli masala boʻlib kelgan, ammo Germaniya koʻp yordam berishi aniq. Ammo bunday “qochqinlardan” keyin dasturlarni ham yopib qoʻyishlari mumkin.

Javob berish

Radikal mafkura qayerga burilmasin, hech qachon yaxshilikka olib kelmagan.

Javob berish