Karvonsaroy
Tahlil

Isteʼfodagi polkovnikning bayonotiga koʻra, Kreml jamoatchilikni Ukrainadagi magʻlubiyatga tayyorlamoqda

Olga Chepil

30-mart kuni Ukraina qoʻshinlari Xarkov sharqidagi Malaya Rogan qishlogʻini qaytarib olganidan keyin yerda yotgan rus askarlari jasadlari yonidan oʻtayotgan ukrainalik askar. [Fadel Senna/AFP]

30-mart kuni Ukraina qoʻshinlari Xarkov sharqidagi Malaya Rogan qishlogʻini qaytarib olganidan keyin yerda yotgan rus askarlari jasadlari yonidan oʻtayotgan ukrainalik askar. [Fadel Senna/AFP]

KIYEV – Sobiq rossiyalik polkovnikning Ukrainadagi Rossiya “maxsus operatsiyasi” boʻyicha haqqoniy fikrlari tahlilchilarda Kremlning tashviqot mashinasi jamoatchilikni bosqinning muqarrar magʻlubiyatiga tayyorlayaptimi, degan savolni paydo qilgan.

Kreml urush yaxshi ketayotganini taʼkidlashda davom etayotgan boʻlsa-da, “Rossiya-1” telekanalining “60 daqiqa” dasturida chiqish qilgan rossiyalik harbiy muxbir va isteʼfodagi polkovnik Mixail Xodarenok vaziyat bundan buyogʻiga yomonlashib borishini aytgan.

“Harbiy va siyosiy vaziyatimizning eng katta kamchiligi shundaki, biz geosiyosiy jihatdan butunlay yakkalanib qoldik va buni tan olishni istamasak-da, deyarli butun dunyo bizga qarshi”, dedi u 16-may kuni davlat qoʻllovidagi telekanalning jonli efirida.

“Biz bu vaziyatdan chiqishimiz kerak”, dedi Xodarenok Kreml chizigʻidan chiqmasligi bilan tanilgan dastur boshlovchisi Olga Skabeyevaga.

Suratda: Kuyib ketgan rossiyalik askarning jasadi, 8-aprel, Ukrainaning Odessa viloyati, Dmitrovka shahri. [Mettyu Rattman/Karvonsaroy]

Suratda: Kuyib ketgan rossiyalik askarning jasadi, 8-aprel, Ukrainaning Odessa viloyati, Dmitrovka shahri. [Mettyu Rattman/Karvonsaroy]

7-mart kuni Telegramda chop etilgan bu suratda Mariupol chekkasida qoʻlga olingan Rossiya tankini koʻrish mumkin.

7-mart kuni Telegramda chop etilgan bu suratda Mariupol chekkasida qoʻlga olingan Rossiya tankini koʻrish mumkin.

Ukraina bir millionga yaqin ukrainalikni oʻz jangovar saflariga qabul qilishga tayyor, dedi Xodarenok Ukraina armiyasining kuchli jangovar va maʼnaviy ruhiga ishora qilib.

Bu omillarning barchasi Rossiya armiyasi uchun vaziyatni yanada ogʻirlashtiradi, dedi u buni “yaqin kelajakning voqeligi” sifatida qabul qilish kerakligini qoʻshimcha qilib.

“Koʻp oʻtmay Amerikaning lend-liz tartibi va Yevropa yordami amal qila boshlaydi, shuning uchun biz yaqin orada qurollangan Ukraina askarlari bir millionga yetishini qabul qilishimiz kerak.”

“Va biz buni operativ va strategik hisob-kitoblarimizda inobatga olishimiz kerak, bu maʼnoda vaziyat biz uchun yanada yomonlashishi aniq”, dedi Xodarenok.

Tashviqot karnayi

Rossiya tok-shoulari, jumladan, “Rossiya-1” efirlarida ham chiqish qilgan ukrainalik huquqbon Eduard Bagirov Xodarenokning ovozini darhol oʻchirishmaganidan hayron boʻlganini aytadi.

Ularga yoqmaydigan nimadir aytsangiz, mikrofoningizni uzib qoʻyishadi yoki tomoshabinlar baqirib, qarsak chala boshlaydi, boshqa mehmonlar gapingizni boʻlishadi yoki toʻsatdan boshlovchilar soʻz boshlab, gapirishga bermaydi. Bu kanallarda ular faqat oʻzlariga kerakli mavzu va koʻrsatma boʻyicha chiqish qilishadi”, dedi Bagirov.

Urush vaqtida Rossiyada Kremlning tashviqotini yoyishda asosiy karnaylaridan biriga aylangan “60 daqiqa” tok-shousi ham shu sxema boʻyicha ishlaydi, dedi Bagirov.

“Xodarenokning deyarli toʻqqiz daqiqa tinimsiz gapirgani, Skabeyeva unga bir nechta savol bergani va unga toʻxtovsiz gapirishga ruxsat berilgani meni hayratda qoldirdi”, dedi u.

“Rossiya Jinoyat kodeksiga rioya qilinsa, u 15 yil olishi kerak. Uning mulohazalari [Rossiya prezidenti Vladimir] Putinning Rossiya gʻalaba qozonishi haqidagi soʻzlarini inkor qildi. Bu shuni koʻrsatadiki, ular shu gap-soʻzlar aytilishini xohlaganlar”, dedi u.

Xodarenokning bayonotlari Rossiya harbiylarining fikrini ifoda qiladi, deydi Bagirov.

“Xodarenok kabi odam gapirganida, u barcha harbiylarning nuqtayi nazarini ifodalaydi. Bu uning shaxsiy fikri emas. Bu – butun Rossiya harbiy shtabi va Rossiya oliy rahbariyatining aytilmagan soʻzlari”, deb qoʻshimcha qildi u.

“U katta generallar va harbiylar ayta olmagan fikrni bayon qilmoqda”, dedi Bagirov.

Rossiyadagi har bir idora – Federal xavfsizlik xizmati (FSB), Tashqi razvedka xizmati yoki Mudofaa vazirligi intervyu berishi va ularning nomidan gapirishi mumkin boʻlgan “gapiruvchi kallalarga” ega, deydi kiyevlik harbiy ekspert Aleksandr Kovalenko.

Xodarenok – Mudofaa vazirligining karnayi, dedi Kovalenko.

“Xodarenok Mudofaa vazirligidagi barcha harbiylarning fikrini ifoda qiladi. Ular qanday vaziyatga tushib qolishganini, bu urushda magʻlub boʻlishayotganini tushunadilar va Xodarenok ularning nomidan efirga chiqmoqda”, dedi Kovalenko.

“Hamma Rossiyaning muqarrar magʻlubiyat holatida ekanini tushunib turibdi. Ular taslim boʻlishga tayyorgarlik koʻrishlari kerak. Ular muvaffaqiyatsizlikka uchraganliklarini endi omma oldida tan ola boshladilar”, deydi u.

Xodarenoknikiga oʻxshash boshqa bayonotlar ham ruslarga haqiqatni koʻrsata boshladi va ularga Rossiya urushda katta muammolarni boshdan kechirayotgani va minimal yoʻqotishlar bilan chiqib ketishi kerakligi haqida maʼlumot berish uchun zamin yaratmoqda, deb qoʻshimcha qildi u.

“Bularning bari jamoatchilikni hech boʻlmaganda magʻlubiyatga va muqarrar voqealarga tayyorlashga qaratilgan”, dedi Kovalenko.

“Bu gʻalaba emas, magʻlubiyat”

Koʻpchilik rossiyaliklar urushning bir necha oyga choʻzilib ketganiga hayron boʻlmoqda, deydi kiyevlik Xalqaro istiqbolli tadqiqotlar markazining ichki siyosat departamenti direktori Igor Petrenko.

“Rossiya avvaliga Ukraina hududida NATOga qarshi urushayotganini aytdi. Armiya bilan maqtanib, tezkor gʻalabani vaʼda qildi”, dedi u.

“Odamlar nima uchun hukumat bir narsani gapirganini, amalda esa hammasi butunlay boshqacha boʻlib chiqqanini tushunishni istamoqda. Endi rahbarlar aybdorni topishga harakat qilmoqda”, dedi Petrenko.

Petrenkoga koʻra, Xodarenokning davlat telekanallaridagi bayonotlari Kreml ichidagi ixtiloflardan darak beradi.

Mudofaa vaziri Sergey Shoyguning kursisi liqillab qolgan, deb qoʻshimcha qildi u.

“Rossiya armiyasining zaif ekani haqidagi bu gaplar unga yoʻnaltirilgan. Uning oʻzi va layoqati borasida koʻplab savollar paydo boʻlgan”, dedi Petrenko.

“Ayni paytda Rossiyaning koʻplab liberal kanallarida va umuman matbuotda uning ishi katta muammoga aylantirilmoqda. Armiya talon-taroj qilinmoqda”, dedi u Rossiya qurolli kuchlari oʻz qoʻshinlarini yetarli darajada jihozlanmagan va Ukraina qarshilik kuchlari bilan kurashga tayyor boʻlmagan holatda qoldirgani sababli tarqagan korrupsiyaga oid xabarlarga ishora qilib.

“Bu borada hech qanday natija yoʻq. Armiya AQSHnikidan yaxshiroq ekani aytildi, ammo hech qanday natijaga erishilmadi”, dedi Petrenko.

Oxirgi uch oyda Rossiyaning Ukrainadagi yoʻqotishlarini Sovet Ittifoqining Afgʻonistondagi toʻqqiz yillik yoʻqotishlari bilan qiyoslash mumkin boʻlsa-da, bu Rossiyaga oʻzi xohlagan tezkor gʻalabani olib kelmadi, deydi u.

“Rossiya oʻzining geosiyosiy va iqtisodiy taʼsirini yoʻqotdi. Rossiya askarlari hozir boʻlgan Ukraina hududlarida ular oʻz taʼsirini saqlab qola olmayapti. Bu gʻalaba emas, magʻlubiyat”, deb qoʻshimcha qildi Petrenko.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 11

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Kiyev uch kun ichida Rossiya uchun falokatga aylandi.

Javob berish

Koʻplab maʼlumotlarga koʻra, u yerda juda koʻp buryatlarning jasadlari topilgan, shu jumladan bu fotosuratdagi jasad ham. Ular hech kim bilmaydigan maxsus buryat jangchilarini tayyorlaganmi?

Javob berish

Ha, jonivorlar uyi desa ham boʻladi, Ukraina hududida shunchalik koʻp oʻlganidan, tez orada bu oʻlkalarda bir yarimta ayol, uchta qariya va yalangʻoch dashtdan boshqasi qolmaydi.

Javob berish

Olga Skabeyevadan iqtibos keltirmang; u faqat tashviqotga qodir boʻlgan miyasi aynigan tovuq. Ajablanarlisi, uning yangiliklar dasturlari deb ataladigan tashviqot shoularida faktlarni ogʻzi bilan soxtalashtirishga urinishi kishini hayratga soladi.

Javob berish

Bu - Rossiyadagi eng nochor va omi mintaqalardan biri. Shuning uchun ukrainaliklar ularni shunchalik koʻp oʻldirayotgani ajablanarli emas, hech kim norozilik bildirmayapti ham, gapirmayapti ham. Hammaga, ayniqsa hukumatga bu odamlar, jumladan, ularning oilalari bir tiyin.

Javob berish

“Kreml hali ham urush yaxshi ketayotganini taʼkidlasa-da...” Xoʻsh, boshqa nima ham deyishi mumkin? Biz hamma ishei rasvo qildik, lekin reja shunday edi. Shunday deyishlari qoldi faqat.

Javob berish

Shuncha koʻp harbiy xodimlarning vazifadan ozod qilinishi va ishdan olinishi armiya safida nima boʻlayotganini tushunmaslikdan dalolat beradi, armiyaning inqirozi yaqinlashayotganga oʻxshaydi.

Javob berish

Ular Ukrainada mag‘lubiyatga tayyorlanishar ekan, Kiyevni, Mikolayev va Odessa kabi boshqa shaharlarni o‘qqa tutishmoqda, bundan tashqari Xarkovda otishma tugamagan.

Javob berish

Putin – fashist

Javob berish

Ularning ishlari ishonchli emas. Ular Xersonda odamlarni shunchaki qamab qoʻyishgan va qorani oq, Ukraina esa dushman deb oʻz tashviqotlarini tarqatishmoqda. Vaziyat borgan sari Jorj Orvelning “1984” asariga oʻxshab boryapti, agar hududni boʻshatishsa va magʻlubiyatni tan olishsa nur ustiga aʼlo nur boʻlardi.

Javob berish

Dunyodagi aqli borlarning hammasi Ukrainani qoʻllab-quvvatlaydi va bu Orkostonni magʻlub qilishi uchun barchasini beryapti. Muhimi rossiyaliklar ham nima boʻlishini tushunishyapti.

Javob berish