Karvonsaroy
Qochqinlar

Rossiya hududiga majburan olib kirilgan ukrainaliklar karaxt ahvolda qolmoqdalar

Karvonsaroy va AFP

3-may kuni Ukrainaning Mariupol shahridan Zaporojyedagi qochqinlarni roʻyxatga olish va taqsimlash punktiga yetib kelgan yarador ayol. [Dimitar Dilkoff/AFP]

3-may kuni Ukrainaning Mariupol shahridan Zaporojyedagi qochqinlarni roʻyxatga olish va taqsimlash punktiga yetib kelgan yarador ayol. [Dimitar Dilkoff/AFP]

VARSHAVA, Polsha – Ukrainaning vayronaga aylangan Mariupol shahridan qochishga muvaffaq boʻlganlardan ayrimlari Rossiyaga borishdan boshqa choralari qolmaganini aytmoqda. Kiyev hukumati buni “deportatsiya” deb atagan.

Raketa hujumida halok boʻlgan otasining oʻlimi ortidan bir necha hafta Mariupoldagi yertoʻlada jon saqlagan Tatyana toʻqqiz yoshli qizalogʻi hayotini saqlab qolish umidida shaharni tark etishga qaror qilgan.

U uyali yoki boshqa turdagi aloqaga imkoni boʻlmagani holda oʻqqa tutishlar orasida tanaffusdan foydalanib, chiqish yoʻllari haqida maʼlumot olish uchun rossiyaparast hukumat tomonidan tashkil etilgan yigʻin punktiga borgan.

U yerda unga Rossiyaga borishdan boshqa chora yoʻqligini aytishgan.

Ukrainaning Mariupol shahridagi Ilyich metallurgiya zavodi qisman vayron boʻlgan, 18-may kungi surat. [Olga Maltseva/AFP]

Ukrainaning Mariupol shahridagi Ilyich metallurgiya zavodi qisman vayron boʻlgan, 18-may kungi surat. [Olga Maltseva/AFP]

“Biz karaxt ahvolda qoldik. Rossiyaga borishni istamas edik”, deydi Latviyaning Riga shahrida oilasi bilan boshpana izlayotgan 38 yoshli buxgalter.

“Seni oʻldirmoqchi boʻlgan davlatga qanday borasan?”

Majburiy koʻchirish jarayonlari sovet diktatori Iosif Stalinning paranoidal va jazolovchi siyosatini eslatadi.

Stalin Ikkinchi jahon urushi vaqtida va undan oldin koʻp sonli etnik polyaklar, nemislar, koreyslar va qrim-tatarlarni ularga ishonmagani sababli eski va odamlar bilan liq toʻla poyezdlarda Rossiyaning Yevropa qismi va sovetlarning Uzoq Sharqidan Oʻrta Osiyoga surgun qilgan.

“Shafqatsiz soʻroqlar”

Ukrainaning inson huquqlari boʻyicha ombudsmani Lyudmila Denisovaning 9-may kuni maʼlum qilishicha, Rossiya 1,18 milliondan ortiq ukrainalikni, jumladan, kamida 200 ming bolani Rossiyaga yoki uning nazoratidagi hududlarga majburan deportatsiya qilgan.

Guvohlarning koʻrsatmalari lagerlardagi “shafqatsiz soʻroqlardan” dalolat bermoqda, dedi AQSHning Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotidagi (YXHT) elchisi Maykl Karpenter.

“Bunday shafqatsizlik va majburiy koʻchirishlar hozir, biz gapirib turganimizda sodir boʻlmoqda va bu harakatlarni urush jinoyatlariga tenglashtirish mumkin”, deb aytgan u Venadagi tashkilotda qilgan chiqishida.

Rossiyaning “filtrlash markazlari” ishgʻol qilingan Donetsk va Lugansk viloyatlaridagi maktablar, oʻrta maxsus bilib yurtlarida, axloq tuzatish muassasalarida va boshqa obyektlarda joylashgan, degan edi 19 yashar raqs oʻqituvchisi, mariupollik Valeriya Chernish may oyida Karvonsaroy bilan suhbatda.

Chernish, uning ukasi va ota-onasi Ukraina nazoratidagi hududga qochib oʻtguniga qadar, ularni “filtrlash” jarayonidan oʻtkazish uchun Donetsk viloyatidagi Nikolsk qishlogʻiga olib ketishgan edi.

“Filtrlash jarayoni Rossiyaning FSB (Federal xavfsizlik xizmati) xodimlari tomonidan olib boriladi. Ular Putin haqidagi fikringizni soʻrashadi. Koʻz toʻrpardasini suratga olishadi va barmoq izlarini olishadi... Filtrlash jarayoni olti soatgacha davom etishi mumkin”, deb eslaydi u.

“Filtrlashdan” keyin rossiyaliklar ukrainaliklarni uch guruhga: Rossiya rejimini qoʻllab-quvvatlovchilar, hech qanday pozitsiya ega boʻlmaganlar va Rossiya rejimini qoʻllab-quvvatlamaydiganlarga boʻlishadi, deydi Chernish.

“Ular olib ketiladi va soʻroqqa tutiladi, soʻng ularga nima boʻlishi nomaʼlum”, deb aytgan u. “Filtrlash jarayonidan oʻtganlarga esa Rossiyaga ketish yoki Mariupolda harakatlanish uchun hujjat yoki guvohnoma beriladi.”

“Yoʻq deb ayta olmaysiz”

AFP bilan suhbatda boʻlgan Rossiya mudofaa vazirligi rasmiysi Mixail Mizintsev Rossiyaga bir million ukrainalik tinch aholi koʻchirilganini tasdiqladi.

Ukraina hukumatiga koʻra, umumiy hisobda 20 ming nafar aholisi oʻldirilgan Mariupol shahrilik boshqa ikki oila ham Rossiyaga ketishga majbur boʻlganini aytgan.

Yirik sanoat korxonasining xodimi Svetlana ham qandaydir rus askarlari ularga shaharning bir qismini toʻliq rossiyaliklar nazoratiga topshirishni buyurguniga qadar eri va qaynota-qaynotasi bilan Mariupolda yertoʻlada jon saqlagan.

“Qurolli odam sizga buyruq beradigan boʻlsa, hech qanaqasiga yoʻq deyolmaysiz”, dedi oʻshandan beri Ukraina gʻarbidagi Lvovga borishga muvaffaq boʻlgan 46 yashar erkak.

Uning oilasi dastlab Mariupol yaqinidagi Novoazovskka – Rossiya qoʻllovidagi ayirmachilar nazoratida boʻlgan hududga olib ketilgan.

U yerda ular toʻrt kun maktab binosida boʻlishgan.

Keyin ular Starobeshevoga olib kelinib, odamlar bilan liq toʻla jamoat markaziga joylashtirilganlar. U yerda odamlar polda uxlar edi.

“Eng yomoni – iflos oyoqlar, yuvuqsiz tana hidlari edi. Kiyimlarimizni qancha yuvsak ham, ular ketgani yoʻq”, deydi Svetlana.

Oradan 3 kun oʻtgach, oilani ayirmachi hukumat politsiyasi tomonidan egallab olingan binoda soʻroq qilishgan.

Ular Ukraina armiyasida qarindoshlari bor-yoʻqligi haqidagi yozma savollarga javob berishlari, barmoq izlari olinib, telefonlarini tekshirish uchun topshirishlari kerak edi.

Boshqa bir xonada erkaklar Ukrainaga oid vatanparvarlik tatuirovkalari yoki jangovar jarohatlari yoʻqligini koʻrsatish uchun yechinishga majbur boʻlishgan – ularning harbiy emasliklarini shu yoʻl bilan tekshirishgan.

“Turmush oʻrtogʻim ich kiyimi va paypogʻidan boshqa hamma narsani yechishga majbur boʻldi”, dedi Svetlana.

“Biz telefonlarimizdagi hamma suratlar va ijtimoiy tarmoqlarni oʻchirib tashladik”, dedi u “Ukrainaga moyil pozitsiyasi” tufayli yuzaga kelishi mumkin boʻlgan oqibatlardan qoʻrqib.

“Natsistlar”

Aprel oyida oʻgay akasi bilan Mariupolni tark etgan 23 yoshli Ivan Druz ham Starobeshevoda xuddi shunday munosabatga duch kelgan.

Oʻshanda u Ukraina nazorati ostidagi hududlarga borishni umid qilgandi, biroq Rossiya ishgʻol qilgan joylarda uzoq muddat koʻchib yurib, hozirda Rigada boʻlgan Druzga buning iloji yoʻqligini aytishgan.

“Avvaliga seni rosa holdan toydirishadi, keyin esa faqat bitta yoʻnalishda ketishing mumkinligini aytishadi”, deydi u.

Rossiya chegarasiga yetib kelganidan keyin u yechinishga va xolasi bilan ukrain tilida suhbatlashgani haqidagi savollariga javob berishga majbur boʻlgan.

“Nima uchun u menga ukrain tilida yozayotganini soʻrashdi” va “natsist emasligimni tekshirmoqchi boʻlishdi”, dedi u.

Rossiyaga yetib kelishgach, Tatyana va Druzning oilasi Mariupoldan 100 km uzoqlikda joylashgan Taganrogga joʻnatilgan.

Bu yerga yetib kelishlari bilan ularga poyezdda shimol tarafga taxminan 1000 km – Vladimir shahriga borishlari kerakligini aytishgan.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 6

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Ular kelib, butunlay tinch shaharlarni va siyosatdan mutlaqo xoli odamlarni xonavayron qilgani yetmagandek, bu odamlarni ularni oʻldirish uchun kelgan mamlakatga majburan olib ketishdi. Ularni qanday taqdir kutayotganini tasavvur qilish dahshatli.

Javob berish

Birgina “Filtrlash” soʻzining oʻzi odamni dahshatga soladi; darhol 2-Jahon urushi haqidagi barcha qoʻrqinchli kitoblar va filmlar esga tushadi. Tarix takrorlanayotgan davrda yashayotgandekmizmi? Va uning eng dahshatli sahifalari takrorlanayotganga oʻxshaydi.

Javob berish

Таганрогга кўчирилган танишларим ҳақидаги ҳикояни ўқидим. Уларга ё ўша ерга боришлари ёки сўроқ қилинишлари айтилган. Сўроқ билан уларнинг ўлдирилиши назарда тутилган. Бахтга кўра, улар машиналари юришга яроқли бўлгани учун чиқиб кетишга, Таганрогдан қочиб, Абхазия орқали Украинага қайтишга муваффақ бўлишган. Аммо бундай, ҳолатга тушиш у ёқда турсин, уларнинг бошдан кечирганларини ўқишнинг ўзи жуда қўрқинчли.

Javob berish

Eng qoʻrqinchlisi, “buyuk qutqaruvchilar” tomonidan yaratilgan dahshatli sharoitda omon qolishga muvaffaq boʻlganlar endi umrlarining oxirigacha shu jarohat bilan yashaydilar. Mariupolliklar shaharni Sovet davridan keyin juda yaxshi qurgan edilar; u yerda juda koʻp ishlar qilindi. Korxonalar, markaziy maydon rekonstruksiyasi, yangi festivallar... Biz u yerda taʼtilda boʻlgandik – ajoyib shahar edi. Taxminan bir yil oldin biz tashrif buyurgan shaharni vayronalar fotosuratlarida tanish juda dahshatli!

Javob berish

Bu Rossiyaning navbatdagi harbiy jinoyati boʻlib, uning eskirish muddati yoʻq.

Javob berish

Eng dahshatlisi shundaki, ularning koʻplari haqidagi barcha maʼlumotlarni yashirib, oʻchirib tashladilar va bu haqda gapira oladiganlarni oʻldirishdi.

Javob berish