Karvonsaroy
Fan va texnologiya

Ukrainadagi urush Rossiyaning kiber urushlarda zaif ekanligini koʻrsatib qoʻydi

Karvonsaroy va AFP

Ukrainaning soʻnggi oylardagi muvaffaqiyati mamlakatlar Rossiyaga qarshi kibernizoga tayyorlana olishini koʻrsatmoqda, deydi kiberxavfsizlik boʻyicha ekspertlar. [Negative Space/Pexels]

Ukrainaning soʻnggi oylardagi muvaffaqiyati mamlakatlar Rossiyaga qarshi kibernizoga tayyorlana olishini koʻrsatmoqda, deydi kiberxavfsizlik boʻyicha ekspertlar. [Negative Space/Pexels]

Yevropaning bir nechta jangovar kibermudofaa kuchlari rahbarlari chorshanba (8-iyun) kuni Rossiya Ukrainaga qarshi hujumda raqamli jangovar imkoniyatlarni qoʻllashda kutilganidan ancha samarasiz boʻlganini eʼtirof etganlar.

Fevral oyida Ukrainaga bostirib kirgan Rossiya oʻz maqsadlari, jumladan Kiyevni tezda ishgʻol qilish rejasini amalga oshira olmagan.

“Kiberxavfsizlik mutaxassislari orasida biz Rossiyaning avvalgi harakatlari va imkoniyatlarini inobat olgan holda kiberhujumning Perl Xarbori boʻladi deb aniq ishongan edik”, deb aytgan Polsha milliy kiberxavfsizlik markazi rahbari, general Karol Molenda.

Ammo Ukraina bunga tayyor boʻlgan va “Rossiyadan kelgan hujumlarga bardosh bera oldi”, deb aytgan Molenda Fransiyaning Lill shahrida oʻtgan Xalqaro kiberxavfsizlik forumidagi uchrashuvda.

2019-yil 6-mart kuni Kiyevdagi Ukraina xavfsizlik xizmati (SBU) bosh qarorgohida Yevropa Ittifoqi va Ukrainaning kiberxavfsizlik boʻyicha qoʻshma mashgʻulotlar chogʻida ekranlar oldida soʻzlashib turgan xodimlar. [Sergey Supinskiy/AFP]

2019-yil 6-mart kuni Kiyevdagi Ukraina xavfsizlik xizmati (SBU) bosh qarorgohida Yevropa Ittifoqi va Ukrainaning kiberxavfsizlik boʻyicha qoʻshma mashgʻulotlar chogʻida ekranlar oldida soʻzlashib turgan xodimlar. [Sergey Supinskiy/AFP]

Bu “yaxshi hujum qilish salohiyatiga ega, ammo mudofaada sust” Rossiyaga qarshi kibernizoga tayyor boʻla olishingizni koʻrsatadi, deb qoʻshimcha qilgan u.

Rossiya hujumlar oldida ojiz

Mamlakatga qarshi uyushtirilgan kiberhujumlar asosan mustaqil xakerlarning ishi ekanligi aytiladi.

Washington Post nashriga koʻra, chorshanba kuni Rossiya radiostansiyasidagi yangiliklar dasturining efiri Ukraina madhiyasi va urushga qarshi qoʻshiqlar bilan uzilgan, bu Rossiya ommaviy axborot vositalari urushga qarshi chiqayotgan xakerlar tomonidan nishonga olinayotganligiga misol boʻla oladi.

9-may kuni xakerlar rossiyalik foylanuvchilarning smart televizorlaridagi Gʻalaba kuni tashviqotini bloklab qoʻygan va “Minglab ukrainaliklar va halok boʻlgan yuzlab yosh bolalarning qoni sizlarning qoʻllaringizda. Telekanallar va hukumat sizni aldamoqda. Urushga yoʻq”, degan ukrainaparast xabar qoldirishgan.

Aprel oyida bir guruh xakerlar Butunrossiya davlat televideniye va radioeshittirish kompaniyasining 900 mingdan ortiq elektron xatlarini eʼlon qilishgan. Xatlar 20 yillik muddat ichida yuborilgan boʻlgan.

Mart oyida xakerlar Rossiya senzura idoraligining Boshqirdiston boʻlimidan olingan 360 mingdan ortiq fayllarni eʼlon qilgan.

Ukrainadagi harakatlar muvofiqlashtirilmagan

Rossiya “muvofiqlashgan kiber va kinetik urushni olib borishga” tayyor emas, deb aytgan Litvaning kiberxavfsizlik boʻyicha rahbari Romualdas Petkyavichyus.

Ukrainada hamma joyda, “minglab” kiber faoliyatlar olib borilmoqda, deb aytgan u AFP nashriga. “Ammo ular juda yaxshi rejalashtirilgan deb oʻylamayman.”

Fransiya kibermudofaa kuchlari qoʻmondoni, general Dide Tisseyr ham kompyuter hujumlari va joylardagi Rossiyaning harbiy hujumlari oʻrtasida aloqa yoʻqligi haqida xuddi shunday fikr bildirgan.

“Balki ular buni oʻzlari istagandek tashkillashtira olmagandir” va ularning imkoniyatlari “biz tasavvur qilgandek kuchli emasdir”, deb aytgan u.

Ammo mojaro tahlili jangga mustaqil xakerlik guruhlarining qoʻshilishi tufayli murakkablashar ekan, Ukrainaga Microsoft va Starlink kabi kompaniyalar ham yordamga kelgan, deb taʼkidladi u.

Kibermakondagi ayni nizo barcha jamoalar maydonda ularni ajratib turuvchi formalarni kiymagan “regbi boʻyicha jahon chempionatiga oʻxshaydi”. Xalq ham maydonda boʻlgani uchun bu urinishlar hisobga olinishiga yoʻl qoʻymaslik kerak.

Hujumlar tarixi

Bir necha oylar avval tahlilchilar potentsial bosqin boshlash uchun tayyorgarlik kampaniyasi doirasida Kreml soxta bayroq operatsiyalarini oʻtkazayotgani, kiberhujumlarni amalga oshirayotgani va dezinformatsiya tarqatayotgani haqida ogohlantirgan edilar.

Moskva uzoq yillardan beri butun dunyo boʻylab gibrid urushlar olib boradi.

Oʻtgan oʻn yillikdagi eng keskin kiberhujumlarning ayrimlari Rossiyaning Ukrainadagi hujumlari bilan bogʻliq boʻlgan va boshqa joylarda ham takrorlangan, deb xabar bergan AQSH razvedkasi.

Masalan, 2014-yilda Ukraina markaziy saylov komissiyasiga qarshi sodir etilgan xakerlik hujumida aniqlangan Rossiya harbiy razvedka dasturlari 2016-yil Qoʻshma Shtatlarda demokratik partiyaning milliy qoʻmitasi serverlarida topilgan, deb xabar beradi New York Times nashri.

Oʻtgan yil oktabr oyida Ukraina elektr tarmoqlari, 2017-yil Fransiyadagi saylovlar va 2018-yildagi Qishki olimpiadaga kiberhujum uyushtirgan olti nafar GRU zobitiga AQSH hukumati tarafidan sirtdan ayblov eʼlon qilingan edi. GRU Rossiyaning harbiy razvedka agentligidir.

Rossiyalik olti josus, shuningdek 2017-yilda butun dunyodagi kompyuterlarni zararlab, birgina AQSHning uch kompaniyasiga qariyb 1 milliard dollar ziyon keltirgan “NotPetya” virusi hujumlarida ayblangan.

Kiber urush sohasida hamkorlik

Soʻnggi yillarda qisman Qoʻshma Shtatlar va Yevropa Ittifoqi (YI) hamkorligi tufayli Ukraina kibertahdidlarga qarshi kurash salohiyatini sezilarli darajada yaxshiladi, degan edi axborot tizimlari xavfsizligi sohasida faoliyat yurituvchi ISACA xalqaro uyushmasining Kiyevdagi boʻlimi prezidenti Oleksiy Baranovskiy fevral oyida Karvonsaroy nashriga.

Yanvardagi hujumdan keyin NATO Kiyev bilan kiber urush sohasidagi hamkorlikni eʼlon qilish orqali zudlik bilan javob qaytardi. Oʻshanda YI Ukrainaga yordam berish uchun “barcha resurslarini” yoʻnaltirgani haqida xabar bergan edi.

Oʻtgan yil oxirlarida Qoʻshma Shtatlar va Britaniya Rossiya davlat tashkilotlari va Kreml nomidan kiber hujumlarni amalga oshirgan xususiy vositachilardan mudofaalanishda yordam berish uchun Ukrainaga kiber urush boʻyicha mutaxassislarni yuborgan.

AQSH fuqarolik tadqiqotlari va taraqqiyot jamgʻarmasi hamda AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi “Ukrainada kiberxavfsizlik samaradorligini qoʻllab-quvvatlash va yaxshilash boʻyicha” AQSH moliyalashtirgan loyihalarni amalga oshirmoqdalar, deb aytgan Baranovsiy.

Fevral oyida AQSH razvedkasi va milliy xavfsizlik idoralari rasmiylari Rossiyaning kiber tahdidlari va katta miqyosdagi hujumlarni qaytara olishi uchun AQSH tarafidan Ukraina koʻrsatiladigan yordamni muhokama qilish borasida uchrashdilar.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500