Karvonsaroy
Xavfsizlik

Xitoyning dron tashuvchisi uning agressiv hududiy daʼvolaridan dalolat bermoqda

Karvonsaroy va AFP

Xitoy bandargohidagi “Zhu Hai Yun” dron tashuvchi kemasi. [Fayl]

Xitoy bandargohidagi “Zhu Hai Yun” dron tashuvchi kemasi. [Fayl]

Tahlilchilarga koʻra, Xitoyning yaqinda taqdim etilgan dronlar uchun moʻljallangan tashuvchi kemasi Tinch okeanida harbiy ustunlikka intilayotgan Pekinning niyatlari borasida xavotirni kuchaytirmoqda.

Rasmiy ravishda bu shunchaki tadqiqot kemasi ekani aytilsa-da, oʻtgan oy ishga tushirilgan “Zhu Hai Yun” kemasini Xitoyning bu hududga masofadan boshqariladigan bir talay dronlar joylashtirishga shoshilayotganidan darak beradi.

Davlat ommaviy axborot vositalariga koʻra, “Zhu Hai Yun” aniq belgilanmagan sondagi uchar dronlar, shuningdek, yerusti va suv osti kemalarini tashiy oladi va avtonom tarzda ishlashga imkon beradigan sunʼiy intellekt bilan jihozlangan.

Xabarlarga koʻra, kema shuningdek, “tajovuzkor nishonlarni qoʻlga olish va yoʻq qilish” jangovar salohiyatiga ega.

Aprel oyida Janubiy Xitoy dengizida oʻtkazilgan mashgʻulotlar chogʻida yashirinish maqsadida tutun chiqarayotgan Xitoy kemasi. [Xitoy mudofaa vazirligi]

Aprel oyida Janubiy Xitoy dengizida oʻtkazilgan mashgʻulotlar chogʻida yashirinish maqsadida tutun chiqarayotgan Xitoy kemasi. [Xitoy mudofaa vazirligi]

Oʻtgan oy xitoylik tadqiqotchilar bambuk oʻrmonining zich hududi boʻylab mustaqil tarzda harakatlanayotgan qurilmalarni koʻrsatuvchi bir talay dronlar ishtirokida tajriba oʻtkazganini maʼlum qilgan. [Yuman Gao va Rui Jin tarqatma materiallari/AFP]

Oʻtgan oy xitoylik tadqiqotchilar bambuk oʻrmonining zich hududi boʻylab mustaqil tarzda harakatlanayotgan qurilmalarni koʻrsatuvchi bir talay dronlar ishtirokida tajriba oʻtkazganini maʼlum qilgan. [Yuman Gao va Rui Jin tarqatma materiallari/AFP]

89 metr uzunlikdagi kema yil oxiriga qadar 18 uzelga teng maksimal tezlikda foydalanishga topshirilishi kutilmoqda. Bu Xitoyga oʻz taʼsiri ostida deb hisoblaydigan Tinch okeanidagi ulkan hududni kuzatish salohiyatini sezilarli darajada oshirish imkonini beradi.

Dunyo mamlakatlarining armiyalarida dronlar eskadrilyalari jangovar harakatlarning muhim ishtirokchisi hisoblanadi, ular bilan masalan, qimmatroq samolyotlar yoki tanklardan koʻra, oz son bilan va askarlarning hayotini xavf ostiga qoʻymay mudofaa tizimlarini yengish mumkin.

“Bu, ehtimol, shu turdagi ilk ishlanmadir, lekin hozir dunyoning boshqa mamlakatlarining harbiy-dengiz kuchlari, jumladan, AQSH harbiy-dengiz kuchlari ham dengiz sohasida masofaviy urush olib borish imkoniyatlarini sinovdan oʻtkazmoqda”, deydi Nyu-Yorkdagi Kornel universitetida xalqaro aloqalar boʻyicha mutaxassis boʻlib ishlaydigan AQSH armiyasi podpolkovnigi Pol Lushenko.

Kemaning real imkoniyatlari hali namoyish etilmagan boʻlsa-da, Pekinning mintaqadagi hududiy daʼvolarini mustahkamlash niyati oydinlashmoqda.

“Bu zoʻravon, provokatsion, keskin va tajovuzkor holat ekani aniq”, dedi Lushenko AFPga.

Dronlar galasi ishtirokidagi tajribalar

Avtonom va nisbatan arzon dronlar flotini tashkil etish Xitoyning Tinch okeanidagi hududga kirishni taqiqlash va bloklashni taʼminlash qobiliyatini sezilarli darajada oshiradi.

“Zhu Hai Yun” shuningdek, Xitoyning dengiz tubini xaritalash imkoniyatlarini yaxshilashi mumkin, bu bilan uning suv osti kemalariga yashirin afzalliklarga ega boʻladi.

Anʼanaviy aviatashuvchilar yoki yuzlab askarlarni olib yuradigan esminetslardan farqli oʻlaroq, dron tashuvchisi uzoq vaqt davomida mustaqil harakatlanishi, hatto raketa uchirishga qodir boʻlgan qurilmalarni yuborib, kuzatuv “tarmogʻini” yaratishi mumkin.

“Bular Xitoyning kelajakdagi mojarolarida, jumladan Tayvan orolida ham hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻladigan imkoniyatlardir”, deb yozgan may oyida Jozef Trevitik va Oliver Parken kabi strateglar War Zone saytida.

Pekin Tayvan ustidan nazoratni oʻz qoʻliga olish istagi borligini yashirmaydi. Harbiy tahlilchilarga koʻra, u qachon va qay tarzda chora koʻrishni baholash uchun Rossiyaning Ukrainaga bosqiniga nisbatan Gʻarbning munosabatini diqqat bilan kuzatmoqda.

Oʻtgan oyda xitoylik tadqiqotchilar bir gala dronlar ishtirokida tajriba oʻtkazganini eʼlon qildi, unda 10 ta qurilma bambuk oʻrmoni ichida daraxtlarga yoki bir-biriga urilmay, avtonom tarzda boshqarilgan.

“Yakuniy maqsad – kollektiv idrokka ega tizimni ishlab chiqish”, deydi Jeneva xavfsizlik siyosati markazining xatarlar boʻlimi rahbari Jan-Mark Rikli.

“Bu baliqlar toʻdasiga oʻxshagan narsa. Ularning suvdagi harakati bitta baliqning emas, balki ularning jamoaviy idroki mahsuli”, deb aytgan u AFP nashriga.

Urush davri shubhalari

Oʻz-oʻzini boshqaruvchi dronlar floti nazariy jihatdan sonining oʻzi bilan mudofaa tizimlarini yoki hujumchi kuchlarni izdan chiqarishi mumkin, raqibning oʻq-dorilari tugaguncha quruqlikdagi yoki dengizdagi jang maydonlarini toʻldirishi mumkin.

“Odatiy ogʻir qurollarga nisbatan ishlab chiqarish va boshqarish ancha arzon boʻlgan oʻnlab, yuzlab yoki minglab qurilmalar bilan yuzma-yuz kelganda, odatiy hujum imkonsiz boʻlib qoladi”, deb aytgan Rikli.

Bu – kutilmagan tahdidlarga qarshi chora koʻrish uchun inson boshqaruviga muhtoj, dasturlashtirilgan va yarim avtonom hozirgi qurollar oldida katta texnologik yutuq boʻlishi mumkin.

Zamonaviy urushda bunday chuqur siljishni inobatga olgan holda 2020-yilda RAND korporatsiyasi tomonidan oʻtkazilgan tadqiqot shuni koʻrsatdiki, uchuvchisiz boshqariladigan transport vositalar bortdagi maʼlumotlarni qayta ishlash imkoniyatlarini sezilarli yaxshilashga muhtoj boʻlsa-da, “zamonaviy standartlarga koʻra, talab etiladigan umumiy elektron-hisoblash imkoniyatlari zamonaviy smartfonlarnikiga qaraganda pastroq boʻladi.”

“Talab darajasida qurollangan va tayyorgarlikdan oʻtgan 900 ga yaqin askardan iborat eskadron har olti soatda 300 ta L-CAAT qurilmasini uchirishi va qaytarishi, kuniga jami 1200 ta parvozni amalga oshirishi mumkin”, deyiladi xabarda armiya bor berishi mumkin boʻlgan arzon aviatexnikani nazarda tutib.

“Xitoy shiddat bilan oʻz salohiyatini kuchaytirayotgani xabardormiz”, deydi Pekinning yangi dronlari haqida fikr bildirgan Kornel universitetining xalqaro munosabatlar boʻyicha mutaxassisi Lushenko.

“Biz bir partiyali Xitoy davlati haqiqatda ham kemani jang vaqtida integratsiyalashgan holda ishlatishi mumkinligini koʻrsatadigan emperik maʼlumotga ega emasmiz.”

Oʻzaro ayblovlar

“Zhu Hai Yun” oʻtgan oy oxirida Tinch okeani janubida Xitoyning yirik diplomatik muvaffaqiyatsizligi ortidan taqdim etilgan.

Tinch okeanidagi 10 ta orol davlati rahbarlari Fiji poytaxti Suva shahrida Xitoy tashqi ishlar vaziri Van I bilan muzokaralar chogʻida Xitoyning ularni Pekin orbitasiga jalb qilish tashabbusini rad etgan.

Kichik orol davlatlari Pekinning mintaqaviy xavfsizlik shartnomasiga oid taklifi “nosamimiy” ekanini payqab, hukumat va sanoatda Xitoy taʼsiridan mustaqil qolishni afzal koʻrganlar.

Shuningdek, bu voqea Xitoy va Avstraliya oʻrtasida bir qator xavfsizlik va savdo mojarolari, jumladan 26-may kuni Xitoy jangovar samolyotlari xalqaro havo hududlarida Avstraliya patrul nazorati samolyotini qoʻlga olganidan keyin sodir boʻlgan.

Oʻtgan haftaning chorshanba (8-iyun) kuni Avstraliya hukumati Xitoy jangovar samolyoti qoʻlga olgan va alyuminiy zarrachalardan iborat bulutni tarqatgan paytda uning patrul nazorati samolyoti xalqaro havo hududida boʻlganini taʼkidlagan.

Radar tomonidan boshqariladigan raketalarni chalgʻitish uchun ishlab chiqarilgan mayda zarrachalar Avstraliya samolyoti dvigatellariga tushgan. Kanberra bu holatni “juda xavfli” deb atadi.

Xitoy mudofaa vazirligi vakili Tan Kefey 7-iyun kuni Avstraliyaning suvosti kemasiga qarshi kurashuvchi P-8A patrul nazorati samolyoti Janubiy Xitoy dengizidagi (Xitoyda Sisha nomi bilan tanilgan) Parasel orollariga yaqin kelganini aytib oʻtgan.

U Avstraliya samolyotini Xitoy suvereniteti va xavfsizligiga tahdid solishda, Avstraliya hukumatini esa “yolgʻon xabar” tarqatishda ayblagan.

Pekin Janubiy Xitoy dengizining katta qismi ustidan suverenitet yoki ayrim eksklyuziv huquqlarni talab qilmoqda va bu daʼvolarni huquqiy jihatdan asoslash uchun Osiyodagi joylarga xitoycha nomlar bermoqda.

Har yili trillionlab dollar savdo yoʻnalishlari oʻtadigan Janubiy Xitoy dengizidagi hududlarga Xitoydan tashqari Bruney, Malayziya, Filippin, Tayvan va Vyetnam ham daʼvogarlik qiladi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500