Karvonsaroy
Xavfsizlik

AQSH Markaziy qoʻmondonligi Markaziy Osiyoda xavfsizlik boʻyicha muzokara oʻtkazdi

Karvonsaroy

15-iyun kuni AQSH va Tojikiston delegatsiyalari ikki mamlakat oʻrtasidagi hamkorlikning joriy holati va istiqbollarini muhokama qilgan. [Tojikiston prezidenti veb-sayti]

15-iyun kuni AQSH va Tojikiston delegatsiyalari ikki mamlakat oʻrtasidagi hamkorlikning joriy holati va istiqbollarini muhokama qilgan. [Tojikiston prezidenti veb-sayti]

DUSHANBE – AQSH Markaziy qoʻmondonligining yangi qoʻmondoni shu oyda Tojikiston, Oʻzbekiston va Qozogʻiston yetakchilari bilan xavfsizlik masalasida muzokara oʻtkazdi.

Chorshanba (15-iyun) kuni general Maykl “Erik” Kurilla AQSH-Tojikiston oʻrtasidagi xavfsizlik masalalarini muhokama qilish uchun Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon bilan uchrashdi, deb xabar beradi tojik prezidentining rasmiy sayti.

AQSH va Tojikiston delegatsiyalari ikki mamlakat oʻrtasida, ayniqsa harbiy va xavfsizlik sohalaridagi aloqalarini kengaytirish imkoniyatlarini koʻrib chiqdilar.

Ular shuningdek, mintaqaviy va xalqaro masalalar, terrorizmga qarshi kurash, giyohvand moddalar savdosi va boshqa transmilliy jinoyatlar bilan bogʻliq vaziyatni muhokama qildilar.

2017-yilning 17-iyul kuni Tojikistonning Faxrobod shahrida boʻlib oʻtgan koʻp millatli “Mintaqaviy hamkorlik-2017” mashgʻulotlarida mudofaa pozitsiyasini egallagan tojik harbiy xizmatchisi. AQSH Markaziy qoʻmondonligi harbiy xizmatchilari Qirgʻiziston, Tojikiston, Pokiston va moʻgʻulistonlik hamkasblari, shuningdek, qozogʻistonlik kuzatuvchilar bilan mashgʻulot oʻtkazdilar. [AQSH Havo kuchlari shtabi serjanti Maykl Battls]

Bayonotda suhbatning boshqa tafsilotlari ochiqlanmagan.

Oʻzbekiston va Qozogʻiston

Tojikistondagi uchrashuv Kurilla ikki postsovet mamlakat – Oʻzbekiston va Qozogʻistondagi muzokaralar ortidan oʻtkazilgan.

Oʻtgan haftaning seshanba kuni Kurilla Toshkentda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Oʻzbekistonning yuqori martabali harbiy mulozimlari bilan uchrashgan.

“Bular ikki mamlakat armiyalari uchun xavotirli boʻlgan asosiy mavzular boʻyicha muhim va yuqori darajadagi muzokaralar boʻldi”, deb aytgan Kurilla Toshkentdagi AQSH elchixonasi bayonotiga koʻra.

Bu mavzular “20 yillik vaqt ichida jangovar tajribamizdan olingan saboqlar”, zoʻravonlik mafkurasi tahdidi, Suriyadagi “Islom davlati” mahbuslari uchun moʻljallangan al-Hol jamlogʻining “soat bombasi”, AQSH va Oʻzbekiston maxsus kuchlari hamkorligini kuchaytirish yoʻllari kabilarni oʻz ichiga olgan, dedi u.

Kurilla shuningdek 11-iyun kuni Nur-Sultonda Qozogʻiston mudofaa vaziri Ruslan Jaksilikov bilan muzokara oʻtkazgan, deyiladi Markaziy qoʻmondonlik bayonotida.

Ular “umumiy xavfsizlik muammolari va Markaziy Osiyo mintaqasida mudofaa hamkorligini kengaytirish imkoniyatlarini muhokama qildilar”, deb xabar beradi AQSH Markaziy qoʻmondonligi.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500