Karvonsaroy
Iqtisodiyot

Kremlning rubl kursini oshirishga urinishi Rossiya iqtisodiyoti va Qozogʻiston biznesiga ziyon yetkazmoqda

Kseniya Bondal

28-aprel kuni Moskva markazidagi Kreml oldida suratga olingan Rossiya rubli tangasi. [Aleksandr Nemenov/AFP]

28-aprel kuni Moskva markazidagi Kreml oldida suratga olingan Rossiya rubli tangasi. [Aleksandr Nemenov/AFP]

OLMAOTA – Moskvaning rubl kursini sunʼiy ravishda oshirishga qaratilgan kapital nazorati Rossiyaning allaqachon inqirozga uchragan iqtisodiga ogʻir yuk boʻlib tushgan va uning eksportchilariga zarar yetkazmoqda.

24-fevral kuni Moskvaning Ukrainaga bostirib kirishi ortidan joriy etilgan xalqaro sanktsiyalar Rossiyani qimmatli mahsulotlar – smartfonlardan tortib, Aerobuslar va modali kiyimlargacha import qilish imkoniyatidan mahrum etgan.

Bu voqeadan koʻp oʻtmay rubl keskin qadrsizlana boshladi va bosqindan keyin bir AQSH dollari 140 rublgacha chiqdi.

Rossiya banki mart oyida rossiyaliklarning chet el valyutasiga talabini kamaytirish va rublga boʻlgan talabni oshirish maqsadida cheklovlar joriy qildi.

18-aprel kuni Moskvadagi valyuta ayirboshlash shoxobchasidan chiqib ketayotgan ayol. [Aleksandr Nemenov/AFP]

18-aprel kuni Moskvadagi valyuta ayirboshlash shoxobchasidan chiqib ketayotgan ayol. [Aleksandr Nemenov/AFP]

Mart oyida “Markaziy bank fuqarolarning chet el valyutasidan foydalanishiga cheklovlar qoʻyib, ularga 9-sentyabrgacha 10 ming dollardan ortiq pul yechib olishga ruxsat berilmasligi va banklar qattiq valyutani naqd koʻrinishida sota olmasligini aytdi”, deb xabar berdi Reuters 10-mart kuni.

Bunday chora-tadbirlar natijasida chorshanba (29-iyun) kuni kurs bir dollar uchun qariyb 52 rublga teng boʻldi.

Rubl kursi keskin pasaymagan boʻlsa-da, Moskvaning bosqini tufayli kelib chiqqan boshqa iqtisodiy muammolar saqlanib qolmoqda.

Rossiya iqtisodiy tanazzulga uchramoqda. 2022-yil oxirigacha YAIM 30% ga tushishi prognoz qilinmoqda”, deb yozgan Xalqaro moliya instituti bosh iqtisodchisi Robin Bruks may oyida tvitida.

Yakshanba kuni toʻlanishi kerak boʻlgan 100 million dollarga yaqin foizlar boʻyicha imtiyozli davr tugagach, Rossiya bir asrdan koʻproq vaqt ichida ilk marta xorijiy valyutadagi suveren qarzini toʻlamay, defoltga yoʻl qoʻygan. Bu haqda dushanba kuni Bloomberg News xabar berdi.

Oxirgi marta bundan holat 1918-yilda yuz bergan edi.

Oʻsayotgan rubl

Rossiyaning kapital nazorati milliy budjetga ham tahdid solmoqda.l

Mart va aprel oylarida Rossiya Yevropaga energiya sotishdan 47 milliard dollar ishlab oldi, bu Rossiyaning 2021-yilning mart-aprel oylarida xuddi shu bozordagi daromadidan ikki baravar koʻp, garchi “Moskvaning MDHga kirmaydigan mamlakatlarga gaz eksporti... 2022-yilning dastlabki besh oyida deyarli 28% ga kamaygan boʻlsa ham”, deb xabar bergan CNN iyun oyi boshida.

Biroq, energiya resurslari savdosi asosan xorijiy valyutada, xususan, Rossiyadagi xarajatlar uchun rublga ayirboshlanishi kerak boʻlgan dollarda baholanadi.

Ayirboshlash kursining yuqoriligi hukumatning energiya sotishdan kamroq rubl ishlashini anglatadi. Rossiya shuningdek, sanktsiyalar tufayli chet el valyutasini import uchun sarflay olmaydi.

“Iqtisod qonuni oddiy: mahsulotga talab qancha koʻp boʻlsa, uning narxi shunchalik yuqori boʻladi. Valyuta bozorida rubl bilan ham xuddi shunday holat kuzatilmoqda - uning kursi koʻtarildi”, deydi olmaotalik moliyachi Arman Beysembayev.

Rublning mustahkamlanishi Rossiya eksportchilariga katta yoʻqotishlar bilan tahdid soladi, chunki ular rubl olar ekan, ular urushdan oldingi davrga qaraganda kamroq pul ishlagan boʻladi.

Ilgari eksportchi 1000 dollarni 84 ming rublga almashtirishi mumkin edi. Agar oʻsha 1000 dollar endi atigi 53 ming rublga tushsa, bu endi boshqa masala, dedi u.

“Bundan tashqari, bu Rossiya budjeti uchun katta yoʻqotishdir, chunki hisob-kitoblarga koʻra, dollar kursining 1 rublga oshishi Rossiya gʻaznasiga 6 milliard rublga tushmoqda”, dedi u.

“Rossiya budjetining daromadlari va xarajatlari bir dollar uchun 70 rubl kursida belgilanugan va kurs 52 ga mustahkamlangach, budjet 108 milliard rublga qisqardi.”

“Rossiya moliya mutasaddilari rublning biroz zaiflashuvini istaydi, lekin ularda bunday imkoniyat yoʻq. Shu tariqa mamlakat siyosati uning iqtisodiyotiga zarar yetkazamoqda”, deydi Beysembayev.

Qozogʻiston jabr koʻradi

Rossiyaning harakatlari Qozogʻistonga ham bevosita taʼsir qilmoqda.

Rublning mustahkamlanishi Qozogʻiston xarid qilayotgan tovarlar va xomashyoning yanada qimmatlashuvini anglatadi, dedi Beysembayev.

Rossiyalik taʼminotchilar bilan ishlaydigan ayrim qozoq kompaniyalarining xarajatlari ikki barobar oshadi, deb aytgan u.

“Ushbu kurs boʻyicha hisoblarni toʻlay olmaydiganlar yetkazib beruvchilarni boshqa mamlakatlardan izlashga majbur boʻlishadi.”

“Ammo bunda ham muammo paydo boʻladi”, deb qoʻshimcha qilgan Beysembayev.

“Biz Xitoydan qurilma va texnikani toʻgʻridan-toʻgʻri import qila olmaymiz, buni faqat Rossiya (agar isteʼmolchi xitoy yoki ingliz tilini bilmasa va hujjatlarning rus tilida boʻlishini istasa) orqali amalga oshirish mumkin. Muammo shundaki, Rossiya sifat sertifikatlari, kafolat hujjatlari, foydalanish qoʻllanmalari va dasturiy taʼminotni ruschalashtiradi va shundan keyin mahsulot Qozogʻistonga eksport qilinadi.”

Oddiy misol – smartfonlar va maishiy texnika ruschalashtirilmay Qozogʻistonga kiritilmaydi, deb aytgan u. Agar sanktsiyalar Rossiyani bu qurilmalardan uzib qoʻysa, Qozogʻiston ham uziladi.

Misol uchun Germaniyaning yuqori sifatli oshxona maishiy texnikasini ishlab chiqaruvchi Miele kompaniyasi oʻz tovarlarini MDH davlatlarida sotish uchun Rossiyaga eksklyuziv huquq bergan, deydi Beysembayev.

Qozogʻistonning Rossiya bilan aloqasi, shuningdek logistika zanjiridagi muammolar sababli Qozogʻistonda inflyatsiya oshadi, deb aytgan u.

Rasman 14 foiz koʻrsatkichidagi inflyatsiya joriy yilning oxiriga kelib 20 foizga chiqishi mumkin, deb aytgan u.

Rossiyaliklar juda mohirona harakat qilishmoqda. Rossiyaning politsiyasi haqida nima desangiz deyishingiz mumkin, ammo uning moliyaviy va iqtisodiy sektori mukammal ishlamoqda, oʻziga xizmat koʻrsatish sxemalarini ishlab chiqmoqda va undan foyda koʻrmoqda.”

“Ammo hozir (Rossiya prezidenti Vladimir) Putin uning (Rossiyaning moliyaviy sektori) ustiga ogʻir tosh bosib qoʻydi va ular qanday qilib bu vaziyatdan chiqishlarini tasavvur qilish mushkul”, dedi u.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500