Karvonsaroy

Tojikistonda 2017 yilda balog‘atga yetmaganlar bilan bog‘liq 41 ta nikoh qayd qilingan

Caravanserai

DUShANBE -- Tojikistonda balog‘at yoshiga yetmagan qizlar bilan bog‘liq nikohlar soni 2017 yilning dastlabki to‘qqiz oyida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3% ga o‘sgan, bu to‘g‘risida Ozod Yevropa/Ozodlik radiosi tojik xizmati seshanba kuni (31 oktabr) huquqni muhofaza qilish organi xodimining so‘zlarini keltirgan holda xabar qildi.

Hokimiyat organlari noqonuniy deb tan olingan 41 ta shunday nikohni qayd qilganlar. Bularning asosiy qismi So‘g‘d va Xatlon viloyatlarida sodir bo‘lgan.

Balog‘atga yetmagan kelinlarning ota-onalari ikki yil majburiy mehnat yoki olti oylik qamoq jazosiga hukm qilinishlari mumkin.

Tojikiston qonunlariga ko‘ra ayollar 18 yoshgacha turmushga chiqa olmaydilar, biroq yetim qizlar 17 yoshda turmushga chiqishlari mumkin.

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 0

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500