https://central.asia-news.com/uz-Latn/articles/cnmi_ca/newsbriefs/2017/11/02/newsbrief-03

AQSh’dagi terrorchilik hujumida ayblangan O‘zbekistonlik gumondor shaxs “Islom davlati” nomidan harakat qilgan.

AFP

NYU-YORK – Nyu-Yorkdagi so‘nggi 16 yil ichida amalga oshirilgan eng dahshatli terrorchilik hujumini sodir etishda gumon qilingan O‘zbekistonlik immigrant “Islom davlati” (IShID) nomidan harakat qilganiga iqror bo‘ldi, deb chorshanba kuni (1 noyabr) xabar berdi tergovchilar.

Sayfullo Soyipov seshanba kuni (31 oktyabr) boshqaruvidagi ijaraga olingan yuk avtomobilini qasddan velosipedchilar uchun mo‘ljallangan yo‘lakchaga haydab sakkiz kishini hayotiga zomin bo‘lib, yana 12 kishini yaraladi.

Soipov tergovchilarga odamlarni o‘ldirganidan “ko‘ngli to‘lganini” va ushbu hujumni bir yil davomida rejalashtirib yurganini so‘zlab berdi.

Fojea qurbonlari orasida bolalikdan do‘st bo‘lgan va o‘rta maktabni bitirganlariga 30 yil to‘lganini nishonlash uchun kelgan besh nafar Argentinalik, 31 yoshli Belgiyalik ona va ikki nafar, Nyu-York va Nyu-Jersilik erkaklar borligi to‘g‘risida xabar berildi.

12 ta yaralangan shaxslarning to‘rttasi og‘ir ahvolda ekani ham aytildi.

BBC tomonidan 1 noyabrda tarqatilgan xabarga ko‘ra Federal Qidiruv Byurosi (FQB) yana bir kelib chiqishi O‘zbekistonlik bo‘lgan AQSh’da istiqomat qiluvchi shaxs, ushbu jinoyat bo‘yicha tergovchilarni qiziqtirgan Muhammadzoir Qodirovni manzilini aniqladi.

Sizga maqola yoqdimi?

1
Fikrlar 0
Siyosat
Captcha *