Karvonsaroy

Qirg‘iziston rus inqilobi sanasini nishonlashdan to‘xtadi

AFP

BISHKEK – Sobiq Ittifoq a’zosi bo‘lgan Qirg‘izistonda seshanba kuni (7 noyabr) bir asr davomida ilk bor 1917 yilda Rossiyada bo‘lib o‘tgan Bolsheviklar inqilobi yodga olinmadi.

Vladimir Leninni Rossiyada hokimiyat tepasiga olib kelgan inqilobning yuz yilligini nishonlash o‘rniga Qirg‘iziston Prezidenti Almazbek Atambayev oktabrning so‘nggi kunlarida ushbu voqeani “bu kun o‘z ahamiyatini yo‘qotgani” sababli mamlakatda nishonlashni to‘xtatish haqida qaror e’lon qildi.

Buning o‘rniga Qirg‘izistonda 7 noyabrdan Chor hukumati tomonidan 1916 yilda amalga oshirilgan qonli bosqin qurbonlarini xotirlash uchun foydalaniladi, deb aytildi qarorda.

Shuningdek qarorda chorshanba kuni (8 noyabr) Stalinizm qatag‘oni qurbonlarini xotirlash kuni deb belgilandi.

Bu qarordan so‘ng sobiq Ittifoq davlatlari ichida Rossiya 2005 yilda ushbu bayramdan voz kechgandan so‘ng faqat Belarusgina Oktabr Inqilobi kunini nishonlashda davom etadi.click to display unverified text

Sizga maqola yoqdimi?

Fikrlar 2

Siyosat * Majburiy 1500 / 1500

Atambayev endi boshmachilar kunini nishonlaydimi? ))))) Siz pindoslar hech qachon Qizil armiya va Lenin erishgan darajaga yetolmaysizlar. Siz miyalari qurib qolgan qurt-qumursqalarsiz.

Javob berish

Hechdan ko‘ra kech... Lekin, odamlarni bayramdan mahrum qilish qanday bo‘larkin?...

Javob berish